"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tili bilan bogʻliq yangiliklar

“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida respublikaning turli hududlarida ishchi guruhlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda (Batafsil: https://telegra.ph/Davlat-tili-bilan-bog%CA%BBliq-yangiliklar-07-14).

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hokimining maslahatchisi Sh.Bo'ronov boshchiligida markaziy ko'chalarda o'rnatilgan tashqi reklama yozuvlari o'rganildi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ham hokimning maslahatchisi R.Namozova boshchiligida o'rganish ishlari tashkil etildi.

Qonun talablariga zid bo'lgan tashqi reklama vositalari to'g'risida tushuntirish berib o'tildi. Aksariyat kamchiliklar joyida bartaraf etildi, ba'zilariga muddatlar belgilandi.


Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!

Bizning manzil:

http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep


14.07.2020 5242