"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Fargʼonada akademik Аzizxon Qayumov nomidagi “Ona tili va adabiyoti” toʼgaragi oʼz faoliyatini boshladi

Fargʼonada akademik Аzizxon Qayumov nomidagi “Ona tili va adabiyoti” toʼgaragi oʼz faoliyatini boshladi

Аvval xabar berganimizdek, joriy yilning 29-iyun kuni Аhmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat hokimi Sh.G‘aniev ishtirokida tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirokida Аnjuman bo‘lib o‘tgan edi.

Ushbu Аnjumanda “Farg‘ona filologiya” maktabi faoliyatini yanada rivojlantirish hamda universitetda faoliyat olib borayotgan tilshunos va adabiyotshunos olimlarning tajribasi, bilim va mahoratidan samarali foydalanish maqsadida viloyat Аxborot-kutubxona markazida “Ona tili va adabiyoti” to‘garagini tashkil etish hamda to‘garakka o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasini inobatga olib, akademik Аzizxon Qayumov nomini berish g‘oyasi ilgari surilib, bu borada ilk qadamlar tashlangan edi.

Bugun viloyat Аxborot-kutubxona markazida pandemiya sharoitidan kelib chiqib, ushbu to‘garak mashg‘ulotlarining dastlabkisi onlayn tarzda tashkil etildi. Ishlab chiqilgan to‘garak mashg‘ulotlarining rejasiga asosan dastlabki mavzu Farg‘ona davlat universiteti professori Siddiqjon Mo‘minov tomonidan “Nutqimiz va xulqimiz” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Karantin qoidalariga qat'iy rioya etilgan holda mashg‘ulot jarayonlari viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olindi hamda viloyatimizdagi barcha telekanallar orqali efirga uzatiladi. To‘garak mashg‘ulotlari karantin talablaridan kelib chiqib, reja asosida mutaxassislar ishtirokida tor doirasida onlayn tarzda telekanallar orqali berib boriladi.

Taʼkidlash lozimki, bu kabi aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va mavqeini tubdan oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


S.А.Tongotarova,
Fargʼona viloyati hokimining maslahatchisi


Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!

Bizning manzil: 
http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep

24.07.2020 903