"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH MUHIM MASALA

    Guliston davlat universitetining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy-uslubiy yorlam ko‘rsatish maksadida respublika ishchi guruh bilan seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda viloyat, tuman va shahar hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligni oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tuman va shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining geografik obyektlarni nomlash va ularni davlat ryestriga kiritish sohasida faoliyat olib boruvchi masʼul xodimlar, tuman va shahar davlat kadastri bo‘limining nomlash va ularni davlat ryestriga kiritish sohasi masʼul xodimlari, Tuman va shahar statistika bo‘limining Geografik obyektlarni nomlash va ularni davlat statistika hisobotlarida aks ettirish sohasida faoliyat olib boruvchi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.


    Seminar-trening ishtirokchilariga Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti bo‘lim mudiri Uchqun Mahmudov ushbu soha  yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi asosiy jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

– O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ–799-son Qonunining mazmun-mohiyati hamda ushbu sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha dolzarb masalalar;

– geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash, shuningdek, nomlarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tegishli qaror bilan tasdiqlash va davlat ryestriga kiritilishini taʼminlash;

– “Geonames.uz” elektron axborot veb-portali bilan ishlash. 

– davlat ryestrida jamlangan obʼekt nomini amalda joyida mavjud bo‘lgan obʼekt nomi bilan mosligi;

– tegishli bir hudud doirasida takrorlanadigan obyekt nomlari ro‘yxati;

– davlat ryestriga kiritilmagan obʼekt nomlari ro‘yxati;

– davlat ryestridan o‘chiriladigan obyekt nomlari ro‘yxati;

– geografik obʼektning bog‘lanishi tahili;

– mahallaning chegaralari aniq belgilangan, hududdagi ko‘chalarning toifalarga (ko‘cha, shoh ko‘cha, tor ko‘cha, berk ko‘cha) ajratilgan va nomlari ko‘rsatilgan sxematik xaritalar tahlili

– bir nechta mahallalardan kesib o‘tuvchi ko‘chaga nom berish holatini o‘rganish va boshqalar.


    Bu borada hududlardagi geografik obʼektlarga, ziyoratgohlarga, mahalla, ko‘chalarga nom berish yoki o‘zgartirish barchamizning vazifamizga kiradi. Bu o‘rinda o‘sha joyning tarixi, geografik xaritasi aniq bo‘lishi, qolaversa aholining ham fikr-mulohazalari inobatga olinishi maqsadga muvofiq. 

    Bulardan tashqari joy nomlari haqida ilmiy izlanishlar olib borgan Sirdaryo viloyatidagi tarixchilar, filologlar, geograflar, etnograflar, toponimistlar, manbashunoslar olimlar bilan uchrashish hamda ulardan O‘zbekiston Respublikasining toponimik ensiklopediyasini yaratish bo‘yicha takliflarni olishni reja qilganmiz, - deya so‘zini yakunladi.


    Bundan tashqari viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligni oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi G‘aybulla Yusupov ham viloyatimizda mavjud “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi qilinadigan ishlar xususida maʼlumotlar berib o‘tdi.

    Seminar-trening bahs-munozara asosida savol javoblarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar. 

23.11.2022 269