"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Umumiy ma'lumot

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish;

- davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

- davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

- davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati olib borilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;

- ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil              26-martdagi PQ-5040-son qaroriga muvofiq ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish choralarini ko‘radi;

- targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etishga ko‘maklashadi;

- aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi;

- madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlarida, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida                      ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish choralarini ko‘radi;

b) davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish sohasida:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga muvofiq o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millatlar va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarini amalga oshirishni ta’minlaydi;

- davlat va jamiyat hayotida davlat tilining nufuzini oshirish, shu jumladan, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish, davlat tilining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va rolini oshirish choralarini ko‘radi;

- davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi;

- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari davlat tilida tayyorlanishi va kiritilishining monitoringini olib boradi, bu sohada qonun talablarining buzilishi haqida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga tegishli ko‘rsatmalar yuboradi;

- davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining samarali va amaliy shakllarini joriy etadi, ushbu yo‘nalishda davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

d) davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

- davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda ularga har tomonlama ko‘maklashadi;

- davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

e) davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati olib borilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash borasida:

- davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini belgilab beradigan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi;

f) o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish sohasida:

- o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini puxta va tizimli tahlil qilib boradi va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflarni ishlab chiqadi;

- lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

- lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash bo‘yicha zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

g) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida:

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini puxta va tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan asoslangan takliflarni ishlab chiqadi;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha zarur                          chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- xorijiy mamlakatlarning davlat tilini rivojlantirish sohasidagi tajribasini, qonunchilik hujjatlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va ularning natijalari bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

h) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:

- davlat tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha davlat, hududiy va tarmoq dasturlarini hamda “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha davlat, hududiy va tarmoq dasturlari hamda “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

- “O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash, barcha hududlarda bayram tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

i) ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish sohasida:

- ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

- ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;

- zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi va monitoring olib boradi;

j) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish masalalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.