- Bosh sahifa
- “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi
- E'lon
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi
Davlat
tiliga eʼtiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili talablariga rioya etasizmi?
Ehtimol, siz o‘zbek tilini kompyuter tiliga aylantirish haqida
o‘ylayotgandirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari
departamenti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish
jamg‘armasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish
vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar
akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘zbek tilining davlat tili
sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib
qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni
rivojlantirish maqsadida “Qadring
baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov
to‘rtta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
Birinchi
“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida
mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.
Ikkinchi
yo‘nalish“Davlat
tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim”
vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.
Uchinchi
“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy
mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.
To‘rtinchi
yo‘nalish “O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi
badiiy asar” yozuvchi, shoirlar o‘rtasida aniqlanadi.
Tanlovning
har bir yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar joriy yilning 1-iyulidan 1-sentabriga
qadar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan ishchi guruh
tomonidan qabul qilinadi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
arafasida eʼlon qilinib, qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Darvoqe,
Tanlov nizomiga ko‘ra, oldingi yillarda g‘olib bo‘lganlar tanlovda ishtirok etmaydi.
Tanlov haqidagi batafsil
maʼlumotni www.til.gov.uz saytidan
yoki (71) 215-53-98, (71)2398699 raqamlariga bog‘lanib olishingiz mumkin.
Tilimizning taqdiriga befarq bo‘lmang va “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovini ijtimoiy tarmoqlarda #qadribalandonatilim kalit so‘zi bilan ommalashtiring.