"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi

Vazirlar Mahkamasining

2022-yil 6-iyundagi 118-son yig‘ilish bayoniga

1-ilova

 

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining tuman/shaharlarda davlat tilini to‘laqonli joriy etishga qaratilgan “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etilishini hamda faol qo‘llanishini ta’minlashga qaratilgan namunali ishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi (keyingi o‘rinlarda – Tanlov)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi;

1.2. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 10-fevraldagi 73-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi;

1.3. Tanlovda o‘z hududida o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqib, amaliyotda faol qo‘llagan, jumladan, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat idoralari, tashkilotlar, ijtimoiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini targ‘ib etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llashni rag‘batlantirish, mehnat jamoalarida davlat tiliga hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini o‘rganishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga o‘zbekcha nom berishni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni namunali yo‘lga qo‘ygan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tuman va shaharlar) idoralari qatnashadi;

1.4. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash, tashkiliy chora-tadbirlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalar O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Tanlovga doir chora-tadbirlarning umumiy ijrosi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) tomonidan muvofiqlashtiriladi.

II. Tanlovning maqsadi

2.1. Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

-jamiyatda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi obro‘-e’tiborini oshirish;

-mehnat jamoalarida davlat tilini bilishning burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish;

-hududlarda davlat tilini to‘laqonli joriy etish hamda barcha millat va elatlar vakillariga o‘zbek tilini o‘rganishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish;

-lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish jarayonini jadallashtirish.

III. Tanlovda ishtirok etish tartibi

3.1. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan bittadan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tuman va shahar) idorasi ishtirok etadi;

3.2. Oldingi yillarda g‘olib bo‘lganlar tanlovda ishtirok etmaydi.

IV. Tanlovning tashkiliy qo‘mitasini tashkil etish tartibi

4.1. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mita tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

4.2. Tashkiliy qo‘mita tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi;

4.3. Departament hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tanlovning ijrochi tashkilotchilari hisoblanadi;

4.4. Respublika tashkiliy qo‘mitasi quyidagi huquqlarga ega:

-majlis qarori bilan o‘z a’zolarini tanlovni o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish uchun mas’ul sifatida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralariga biriktirish;

-o‘z a’zolaridan iborat komissiya tuzish hamda tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralari faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish;

-o‘rganish natijasida tavsiya etilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralari faoliyatini ushbu Nizomga muvofiqligi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish.

 V. Tanlovning vazifalari

5.1. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

-mehnat jamoalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib etish;

-hududlarda idora va tashkilotlar nomlari (peshlavhalar), joy nomlari, reklama e’lonlari, savdo, xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlari, yo‘l (manzil) va jamoat transportlari ko‘rsatkichlari matnining davlat tilida xatosiz yozilishiga erishish;

-hududiy ommaviy axborot vositalarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishini ta’minlash;

-savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini o‘zbekcha nomda ro‘yxatga olishni rag‘batlantirish;

-mehnat jamoalaridagi turli millat va elatlar vakillarining davlat tilini o‘rganishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;

-ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilarning davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib etishga qaratilgan faoliyatini rag‘batlantirish;

-davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashda yuqori natijalarga erishgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralarining ushbu yo‘nalishdagi yutuq va muvaffaqiyatlarini ommalashtirish.

VI. Tanlovni o‘tkazish bosqichlari va muddatlari

6.1. Birinchi bosqich (1-iyuldan 1-sentabrgacha)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tuzilgan Ishchi guruh mahalliy ijro hokimiyati (tuman/shahar) organlari faoliyatini joyiga chiqib o‘rgangan holda, tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etadi;

6.2. Ikkinchi bosqich (1-30-sentabrgacha)da tavsiya etilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tuman/shahar) organlari faoliyati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi;

6.3. Uchinchi bosqich (10-oktabrgacha)da tanlov g‘oliblari aniqlanadi;

6.4. Tanlov har yili o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida e’lon qilinadi.

VII. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash

7.1. Tanlov g‘oliblari ushbu Nizomga ilova qilingan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalarini baholash bo‘yicha Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK) ro‘yxatiga binoan aniqlanadi;

7.2. EMSK bo‘yicha ishtirokchilar orasidan eng yuqori natijaga ega uchta o‘rin (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi;

7.3. EMSK bo‘yicha natijalari teng kelib qolgan tanlov ishtirokchilari Respublika tashkiliy qo‘mitasi Ekspertlar kengashida ovozga qo‘yish yo‘li bilan aniqlanadi;

7.4. Tanlov natijalari va g‘oliblarning ro‘yxati tanlovning rasmiy sayti hamda axborot hamkorlari hisoblangan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;

7.5. Tanlovni tashkil etish va g‘oliblarni taqdirlash O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

VIII. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Departament ushbu Nizomga muvofiq tanlovga tavsiya etilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tuman/shahar) organlarining davlat tilini to‘laqonli joriy etish sohasidagi faoliyati va tegishli hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir;

8.2. Ushbu Nizom talablari asosida g‘oliblarga berilgan yutuqlar qiymati amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq solish obyekti deb hisoblanadi;

8.3. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.


 

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”  Respublika tanlovining

“Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud”

yo‘nalishini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

Nizomga ilova

 

 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalarini baholash bo‘yicha eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari

RO‘YXATI

 

 

Ustuvor vazifalar

Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (EMSK) hisoblash uchun taqdim etiladigan ma’lumot

Baholash mezoni

Ma’lumot taqdim etish davriyligi

Maqsadli ko‘rsatkich o‘rnatish mezoni

Ma’lumot taqdim etuvchi tashkilot

1.      

Davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish

Idora va tashkilotlar nomlari (peshlavhalar)ning davlat tilida xatosiz yozilganligi

Ball

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar
va shaharlar) idoralari

2.      

Joy nomlari, reklama e’lonlari, savdo, xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarining davlat tilida xatosiz yozilganligi

Ball

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar
va shaharlar) idoralari

3.      

Yo‘l (manzil) va jamoat transportlari ko‘rsatkichlari matnining davlat tilida xatosiz yozilganligi

Ball

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar
va shaharlar) idoralari

4.      

Savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarining o‘zbekcha nom bilan ro‘yxatga olinganligi

%

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari soniga nisbatan

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar
va shaharlar) idoralari

5.      

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish

Hududiy web-saytlar
(va boshqa axborot resurslari)ning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tganligi

%

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Hududiy veb-saytlar (va boshqa axborot resurslari) soniga nisbatan

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar
va shaharlar) idoralari

6.      

Hududiy bosma ommaviy axborot vositalarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tganligi

%

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Hududiy bosma ommaviy axborot vositalari soniga nisbatan

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar
va shaharlar) idoralari

7.      

Davlat tilini o‘rganishga sharoit yaratish

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa millat va elat vakillarining o‘zbek tilini o‘rganishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi

%

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Xodimlar soniga nisbatan

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar
va shaharlar) idoralari

8.      

Davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilarning davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish masalalari bo‘yicha markaziy nashrlarda chiqishlari

Soni

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralari

9.      

Tilshunos professor-o‘qituvchilar, yozuvchi-shoirlar ishtirokida hududdagi davlat idoralari, tashkilotlar, ijtimoiy muassasalar, tadbirkorlik subyektlarida davlat tilining ahamiyati, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tilishidan ko‘zlangan maqsadni targ‘ib etuvchi ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilganligi

Ball

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tumanlar va shaharlar) idoralari

 

 




Vazirlar Mahkamasining

2022-yil 6-iyundagi  118-son yig‘ilish bayoniga

2-ilova 


“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining

vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari mehnat jamoalarida
davlat tilini bilishning burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishishga qaratilgan “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etilishini hamda faol qo‘llanishini ta’minlashga qaratilgan namunali ishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi (keyingi o‘rinlarda – Tanlov)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi;

1.2. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 10-fevraldagi 73-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi;

1.3. Tanlovda o‘z tizimida o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqib, amaliyotda faol qo‘llagan, jumladan, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, quyi bo‘g‘inlarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini targ‘ib etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llashni rag‘batlantirish, mehnat jamoalarida davlat tiliga hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni namunali yo‘lga qo‘ygan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari aniqlanadi;

1.4. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash, tashkiliy ishlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Tanlovga doir tadbirlarning umumiy ijrosi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) tomonidan muvofiqlashtiriladi.

II. Tanlovning maqsadi

2.1. Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

-jamiyatda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish;

-mehnat jamoalarida davlat tilini puxta bilishning burch va majburiyat sifatida his etilishiga erishish;

-hamma sohada davlat tilini to‘laqonli joriy etish hamda davlat
va xo‘jalik boshqaruvi idoralari faoliyati bilan bog‘liq amaliyotda
barcha millat va elatlar vakillariga o‘zbek tilini o‘rganishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish;

-lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni jadallashtirish.

III. Tanlovda ishtirok etish tartibi

3.1. Tanlovda vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘z tashabbusiga ko‘ra ishtirok etadi;

3.2. Nomzodlar tanlovda ishtirok etish haqida Tashkiliy qo‘mitaga ariza beradi (1 iyulga qadar);

3.3. Tanlov ishtirokchilari ro‘yxati hamda ular faoliyatining Tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘rganilish jadvali rasmiy sayt hamda axborot hamkorlari hisoblangan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi
(10-iyulga qadar);

3.4. Oldingi yillarda g‘olib bo‘lganlar tanlovda ishtirok etmaydi.

IV. Tanlovning tashkiliy qo‘mitasini tashkil etish tartibi

4.1. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

4.2. Tashkiliy qo‘mita tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi;

4.3. Departament hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tanlovning ijrochi tashkilotchilari hisoblanadi;

4.4. Respublika tashkiliy qo‘mitasi quyidagi huquqlarga ega:

-majlis qarori bilan o‘z a’zolarini tanlovni o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish uchun mas’ul sifatida vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalariga biriktirish;

-o‘z a’zolaridan iborat komissiya tuzish hamda tanlovda ishtirok etishga ariza bergan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish;

-o‘rganish natijasida tanlovda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalarining davlat tilini to‘laqonli joriy etish sohasidagi faoliyati ushbu Nizomga muvofiqligi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish.

V. Tanlovning vazifalari

5.1. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

-mehnat jamoalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib etish;

-vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va ularning quyi bo‘g‘inlarida nomlar (peshlavhalar), e’lonlar, targ‘ibot materiallari matnining davlat tilida xatosiz yozilishiga erishish;

-vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari muassisligidagi ommaviy axborot vositalarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishini ta’minlash;

-mehnat jamoalaridagi turli millat va elatlar vakillarining davlat tilini o‘rganishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;

-ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilarning davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni targ‘ib etishga qaratilgan faoliyatini rag‘batlantirish;

-mehnat jamoalari xodimlarining davlat tilini talab darajasida o‘rganishlarini ta’minlash maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, uning filiallarida o‘qitilish soni
va sifatini oshirish hamda bu yo‘nalishda yuqori samaradorlikka erishish;

-davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashda yuqori natijalarga erishgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalarining ushbu yo‘nalishdagi yutuq va muvaffaqiyatlarini ommalashtirish.

VI. Tanlovni o‘tkazish bosqichlari va muddatlari

6.1. Birinchi bosqich (1 iyuldan 1 sentabrgacha)da vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari tanlovda ishtirok etish yuzasidan ariza bilan murojaat qiladi;

6.2. Ikkinchi bosqich (1 - 30 sentabrgacha)da tanlovda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari faoliyati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi;

6.3. Uchinchi bosqich (5-oktabrga qadar) tanlov Nizomida belgilangan baholash mezonlariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan vazirlik, idora
va xo‘jalik birlashmalari Respublika Hakamlar hay’atiga tavsiya etilib,
(10-oktabrgacha) Hay’at tomonidan tanlov g‘oliblari aniqlanadi;

6.4. Tanlov har yili o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida e’lon qilinadi.

VII. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash

7.1. Tanlov g‘oliblari ushbu Nizomga ilova qilingan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari tizimida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalarini baholash bo‘yicha Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK) ro‘yxatiga binoan aniqlanadi;

7.2. EMSK bo‘yicha ishtirokchilar orasidan eng yuqori natijaga ega uchta o‘rin (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi;

7.3. EMSK bo‘yicha natijalari teng kelib qolgan tanlov ishtirokchilari Hakamlar hay’atida ovozga qo‘yish yo‘li bilan aniqlanadi;

7.4. Tanlov natijalari va g‘oliblarining ro‘yxati tanlovning rasmiy sayti hamda axborot hamkorlari hisoblangan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

VIII. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Tashkiliy qo‘mita ushbu Nizomga muvofiq tanlovda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalarining davlat tilini to‘laqonli joriy etish sohasidagi faoliyati va tegishli hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir;

8.2. Ushbu Nizom talablari asosida g‘oliblarga berilgan yutuqlar qiymati  amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq solish ob’ekti deb hisoblanad;

8.3. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.

 


Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”  Respublika tanlovining

“Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud”

yo‘nalishini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

Nizomga ilova

 

 

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga
qaratilgan faoliyat natijalarini baholash bo‘yicha eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari

 

RO‘YXATI

 

Ustuvor vazifalar

Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (EMSK) hisoblash uchun taqdim etiladigan ma’lumot

Baholash mezoni

Ma’lumot taqdim etish davriyligi

Maqsadli ko‘rsatkich o‘rnatish mezoni

Ma’lumot taqdim etuvchi tashkilot

1.      

Davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari nomlari (peshlavhalar)ning davlat tilida xatosiz yozilganligi

Ball

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari

2.      

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalariga taalluqli e’lonlar, targ‘ibot materiallari matnining davlat tilida xatosiz yozilganligi

Ball

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari

3.      

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalariga tegishli web-saytlar (va boshqa axborot resurslari)ning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tganligi

%

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalariga tegishli veb-saytlar soniga nisbatan

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari

4.      

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari tizimi muassisligidagi bosma ommaviy axborot vositalarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tganligi

%

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Markaziy bosma ommaviy axborot vositalari soniga nisbatan

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari

5.      

Davlat tilini o‘rganishga sharoit yaratish

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa millat va elat vakillarining o‘zbek tilini o‘rganishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi

%

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Xodimlar soniga nisbatan

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari

6.      

Davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilarning davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish masalalari bo‘yicha markaziy nashrlarda chiqishlari

Soni

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari

7.      

Tilshunos professor-o‘qituvchilar, yozuvchi-shoirlar ishtirokida vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari tizimida davlat tilining ahamiyati, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tilishidan ko‘zlangan maqsadni targ‘ib etuvchi ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilganligi

Ball

O‘rganish davriga qadar bo‘lgan oxirgi chorak

Tashkiliy qo‘mita xulosasi

Vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari

 


                                                                   Vazirlar Mahkamasining

2022-yil 6-iyundagi  118-son yig‘ilish bayoniga

3-ilova

 

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining

o‘zbek tilini ilmiy-amaliy jihatdan rivojlantirishga
doir ishlanmalarni rag‘batlantirishga qaratilgan
“O‘zbek tilini rivojlantirishga doir eng yaxshi ilmiy-amaliy
loyihalar va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishini tashkil etish
va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, innovatsion texnoparklar, mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilining ilmiy-amaliy,  axborot-kommunikativ, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etilishini hamda faol qo‘llanishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy loyihalarni rag‘batlantirishga qaratilgan “O‘zbek tilini rivojlantirishga doir eng yaxshi ilmiy-amaliy loyihalar va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishi (keyingi o‘rinlarda – Tanlov)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi;

1.2. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 10-fevraldagi 73-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi;

1.3. Tanlovda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish, davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish
va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar yaratish, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish, xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dastur va darsliklar yaratishda ilg‘or natijalarga erishgan ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari qatnashadi;

1.4. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash, tashkiliy chora-tadbirlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Tanlovga doir chora-tadbirlarning umumiy ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) tomonidan muvofiqlashtiriladi.

II. Tanlovning maqsadi

2.1. Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

-davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;

-davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalashuvini ta’minlash;

-barcha sohalarda davlat tilini to‘laqonli joriy etish hamda barcha millat
va elatlar vakillariga o‘zbek tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoit yaratish;

-lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha eng yaxshi ilmiy-amaliy loyihalarni tanlab olish.

III. Tanlovda ishtirok etish tartibi

3.1. Tanlovda ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari tanlovning rasmiy saytida e’lon qilingan elektron manzil orqali ilmiy-amaliy loyihalarini elektron shaklda taqdim etish orqali ishtirok etadi;

3.2. Oldingi yillarda g‘olib bo‘lganlar tanlovda ishtirok etmaydi.

IV. Tanlovning tashkiliy qo‘mitasini tashkil etish tartibi

4.1. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

4.2. Tashkiliy qo‘mita tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi;

4.3. Departament hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tanlovning ijrochi tashkilotchilari hisoblanadi;

4.4. Respublika tashkiliy qo‘mitasi quyidagi huquqlarga ega:

-o‘z a’zolaridan iborat tarkibda komissiya tuzish hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, innovatsion texnoparklar va mustaqil ilmiy izlanuvchilar hamda dasturchilarning tanlovga taqdim etilgan ishlarini o‘rganish;

-o‘rganish natijasida tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ilmiy-amaliy loyihalarning ushbu Nizomga muvofiqligi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish.

V. Tanlovning vazifalari

5.1. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

-o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi lingvistik, sohaviy-terminologik, qomusiy lug‘atlar yaratishni rag‘batlantirish;

-davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar ishlab chiqilishini rag‘batlantirish;

-dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish;

-xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish;

-davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashda yuqori natijalarga erishgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, innovatsion texnoparklar, mustaqil ilmiy izlanuvchilar va dasturchilarning ushbu yo‘nalishdagi yutuq va muvaffaqiyatlarini ommalashtirish.

VI. Tanlovning yo‘nalishlari

6.1. Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlar qabul qilinadi:

-lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish;

-davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish;

-davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalaridan foydalanish uchun onlayn dasturlar ishlab chiqish;

-dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish;

-xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar, lug‘atlar, amaliy qo‘llanmalar yaratish.

VII. Tanlovni o‘tkazish bosqichlari va muddatlari

7.1. Birinchi bosqich (1-iyuldan 1-sentabrgacha)da ilmiy tashkilotlar,
oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari tanlovning rasmiy saytida e’lon qilingan elektron manzil orqali ilmiy-amaliy loyihalarini taqdim etadi;

7.2. Ikkinchi bosqich (1-30-sentabrgacha)da taqdim etilgan ilmiy-amaliy loyihalar ijrochi tomonidan shakllantirilgan Ekspertlar guruhi tomonidan o‘rganiladi hamda baholash mezonlariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan nomzodlar Respublika Hakamlar hay’atiga tavsiya etiladi;

7.3. Uchinchi bosqich (10-oktabrgacha)da Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov g‘oliblari aniqlanadi.

7.4. Tanlov har yili o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida e’lon qilinadi.

VIII. Tanlovga ilmiy-amaliy loyihalarni
taqdim etish tartibi va baholash mezonlari

8.1. Tanlov uchun ilmiy-amaliy loyihalar rasmiy saytda e’lon qilingan elektron manzil orqali taqdim etiladi;

8.2. Tanlovga belgilangan mavzu va yo‘nalishlarga mos keladigan so‘nggi bir yil ichida yaratilgan (nashr etilgan/patentlangan) lug‘atlar, elektron dasturlar, amaliy qo‘llanmalar  taqdim etilishi mumkin;

8.3. Dasturiy mahsulotlarga ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ilova qilinishi lozim;

8.4. Elektron shaklda taqdim etilmagan ilmiy-amaliy ishlar tanlovda ishtirok etmaydi;

8.5. Ilmiy-amaliy loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

-loyihaning ilmiy-amaliy yangiligi, dasturiy mahsulotning mazmuniy
va texnik mukammalligi;

-mavzuga mosligi va dolzarbligi. Ilmiy-tadqiqot va dasturiy mahsulotning tanlov mavzusiga hamda tanlov oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi;

-g‘oyaning o‘ziga xosligi. Dasturiy mahsulot foydalanish uchun qulay bo‘lishi va avval yaratilgan boshqa dasturiy mahsulotlarni aynan takrorlamasligi;

-amaliy qo‘llanmalarning qulay va soddaligi, zamonaviy pedagogik yutuqlardan foydalanilganligi.

IX. Mualliflik huquqlari

9.1. Tanlovda ishtirok etayotgan ilmiy-amaliy loyihalarda mualliflik huquqlari buzilganida ishni tanlovga taqdim etgan muallif (mualliflar jamoasi) javobgar hisoblanadi;

9.2. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan ilmiy-amaliy loyiha(lar)ning muallifi ekanligini, ularda boshqa shaxslarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqi buzilmaganligini kafolatlaydi. Mazkur talab buzilgan taqdirda, ishtirokchi tashkilotchilarga yetkazilgan barcha zarar hamda tashkilotchilarning o‘z huquqlarini himoya qilishi uchun sarflangan xarajatlarini qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi;

9.3. Tanlovda ishtirok etayotgan ilmiy-amaliy loyihalardan ommaviy ravishda foydalanish mualliflik huquqiga oid qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi;

9.4. Tanlovda g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilarning ilmiy-amaliy loyihalariga munosabat bildirilmaydi va qaytarilmaydi;

9.5. Tanlovda tegishli o‘rin olmagan loyihalardan kelgusida mualliflar o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishlari mumkin;

9.6. Ilmiy-amaliy loyihasini tanlovga taqdim etish orqali ishtirokchi ushbu Nizomning barcha bandlariga o‘z roziligini bildiradi. 

X. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash

10.1. Tanlovning yakuniy bosqichiga taqdim etilgan ilmiy-amaliy loyihalar orasidan Hakamlar hay’atida ovozga qo‘yish yo‘li bilan eng ko‘p ovoz to‘plagan uchta o‘rin (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi;

10.2. Tanlov natijalari va g‘oliblarning ro‘yxati tanlovning rasmiy sayti hamda axborot hamkorlari hisoblangan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;

10.3. Tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

XI. Yakunlovchi qoidalar

11.1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu Nizomga muvofiq tanlovda ishtirok etayotgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, innovatsion texnoparklar hamda ixtiyoriy ilmiy izlanuvchilar
va dasturchilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy-amaliy loyihalarning xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir;

11.2. Mazkur Nizom talablari asosida g‘oliblarga berilgan yutuqlar qiymati amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq solish obyekti deb hisoblanadi;

11.3. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.



 

Vazirlar Mahkamasining

2022-yil 6-iyundagi  118-son yig‘ilish bayoniga

4-ilova

 

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining

yozuvchi va shoirlar o‘rtasida “O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishini tashkil etish
va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, yozuvchi-shoirlar, iqtidorli yosh ijodkorlar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi qadri, o‘rni va mavqeini oshirish, o‘zbek tilining barcha adabiy jabhalarda faol qo‘llanishini ta’minlashga hamda badiiy-ijodiy loyihalarni rag‘batlantirishga qaratilgan “O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishi (keyingi o‘rinlarda – Tanlov)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi;

1.2. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil   21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 10-fevraldagi 73-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi;

1.3. Tanlovda o‘zbek tilining qudratini, jozibasini yuksak darajada tarannum etayotgan, o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan mehr muhabbatni mustahkamlashga, unutib borilayotgan so‘zlarga yangi hayot baxsh etishga xizmat qilayotgan mahoratli yozuvchi va shoirlar qatnashadi;

1.4. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash, tashkiliy chora-tadbirlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Tanlovga doir chora-tadbirlarning umumiy ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) tomonidan muvofiqlashtiriladi.

II. Tanlovning maqsadi

2.1. Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

-o‘zbek tili sofligini ta’minlash, tilni  tabiiy boyitib borish va aholi nutq madaniyatini oshirish;

-o‘zbek tilining o‘rni va nufuzi, o‘tmishi va kelajagini badiiy asarlar orqali ko‘rsatish;

-o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlash, unutib borilayotgan so‘zlarga yangi hayot baxsh etish;

-yosh avlod qalbida o‘zbek adabiy tiliga so‘nmas samimiy hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish;

-badiiy asarlar orqali o‘zlikni anglatish, yurt qadri va sha’nini ulug‘lashda o‘zbek adabiy tilining dunyo adabiy tillari bilan bir qatorda ekanligini singdirish;

-o‘zbek badiiy tilini o‘rganish va o‘rgatishni targ‘ib etish.

III. Tanlovda ishtirok etish tartibi

3.1. Tanlovda yozuvchi va shoirlar tanlovning rasmiy saytida e’lon qilingan elektron manzil orqali adabiy-badiiy asarlarini elektron shaklda taqdim etish orqali ishtirok etadi;

3.2. Oldingi yillarda g‘olib bo‘lganlar tanlovda ishtirok etmaydi.

IV. Tashkiliy qo‘mitani tashkil etish tartibi

4.1. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

4.2. Tashkiliy qo‘mita tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni boshqaradi;

4.3. Departament hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Tanlovning ijrochi tashkilotchilari hisoblanadi;

4.4. Respublika tashkiliy qo‘mitasi quyidagi huquqlarga ega:

-o‘z a’zolaridan iborat tarkibda komissiya tuzish hamda tanlovga taqdim etilgan ishlarni o‘rganish;

-o‘rganish natijasida tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan asarlarning ushbu Nizomga muvofiqligi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish.

V. Tanlovning vazifalari

5.1. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

-yozuvchi va shoirlarning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish va ularning ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirish;

-o‘zbek tilining o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish;

-yosh iste’dod sohiblarini izlab topish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va o‘zbek adabiyotini yangi asarlar bilan boyitish;

-dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda o‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish.

VI. Tanlov yo‘nalishlari

6.1. Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha adabiy asarlar qabul qilinadi:

-o‘zbek adabiy tilining imkoniyatlari va jozibasini aks ettiradigan
eng yaxshi badiiy asarlar (she’riy, nasriy);

-o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlashga, unutib borilayotgan so‘zlarga yangi hayot baxsh etishga xizmat qiladigan asarlar (she’riy, nasriy, publitsistik);

-o‘zbek tilining boshqa tillardan qolishmaydigan, go‘zalligi va nufuzi, keng imkoniyatlarini yorqin namoyon etadigan eng yaxshi badiiy tarjimalar (she’riy, nasriy).

VII. Tanlov bosqichlari va muddatlari

7.1. Birinchi bosqich (1-iyuldan 1-sentabrgacha)da ishtirokchilar tanlovning rasmiy saytida e’lon qilingan elektron manzil orqali badiiy asarlarini taqdim etadi;

7.2. Ikkinchi bosqich (1-30-sentabrgacha)da taqdim etilgan badiiy asarlar ijrochi tomonidan shakllantirilgan Ekspertlar guruhi tomonidan o‘rganiladi hamda baholash mezonlariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan nomzodlar Respublika Hakamlar hay’atiga tavsiya etiladi;

7.3. Uchinchi bosqich (10-oktabrgacha)da Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov g‘oliblari aniqlanadi;

7.4. Tanlov har yili o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida e’lon qilinadi.

VIII. Asarlarni taqdim etish  va baholash

8.1. Tanlov uchun asarlar rasmiy saytda e’lon qilingan elektron manzil orqali taqdim etiladi;

8.2. Tanlovga belgilangan mavzu va yo‘nalishlarga mos keladigan so‘nggi bir yil ichida yaratilgan (nashr etilgan/patentlangan) asarlar taqdim etilishi mumkin;

8.3. Elektron shaklda taqdim etilmagan asarlar tanlovda ishtirok etmaydi;

8.4. Asarlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

-asar g‘oyasi, tili va uslubining o‘ziga xosligi;

-asarning badiiy qimmati;

-badiiy tasavvurning mukammalligi;

-tanlov maqsadi va vazifasiga mosligi.

IX. Mualliflik huquqlari

9.1. Tanlovda ishtirok etayotgan asarlarda mualliflik huquqlari buzilganida ishni tanlovga taqdim etgan muallif (mualliflar jamoasi) javobgar hisoblanadi;

9.2. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan asarning muallifi ekanligini, ularda boshqa shaxslarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqiga dahl qilinmaganligini kafolatlaydi. Mazkur talab buzilganda, ishtirokchi tashkilotchilarga yetkazilgan barcha zarar hamda tashkilotchilarning o‘z huquqlarini himoya qilishi uchun sarflangan xarajatlarini qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi;

9.3. Tanlovda ishtirok etayotgan asarlardan ommaviy ravishda foydalanish mualliflik huquqiga oid qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi;

9.4. Tanlovda g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilarning asarlariga rasmiy munosabat bildirilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi;

9.5. Ishtirokchi asarini tanlovga taqdim etish orqali ushbu Nizomning barcha bandlariga o‘z roziligini bildirgan hisoblanadi.

X. G‘oliblarni aniqlash va taqdirlash

10.1. Tanlovning yakuniy bosqichiga taqdim etilgan asarlar orasidan Hakamlar hay’atida ovozga qo‘yish yo‘li bilan eng ko‘p ovoz to‘plagan uchta o‘rin (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi;

10.2. Tanlov natijalari tanlovning rasmiy sayti hamda axborot hamkorlari hisoblangan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;

10.3. Tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

XI. Yakunlovchi qoidalar

11.1. Hakamlar hay’ati ushbu Nizomga muvofiq tanlovda ishtirok etayotgan ijodkorlar tomonidan taqdim etilgan asarlarning xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.

11.2. G‘oliblarga berilgan yutuqlar qiymati qonunchilikka asosan belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti deb hisoblanadi.

11.3. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.