- Bosh sahifa
- Yangiliklar
Yangiliklar

Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos maʼnaviy xazinadir
07.02.2023O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida “Boqiy maʼnaviy meros” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlandi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etligan kitoblarning vazirlik va idoralardagi o‘tkazilayotgan taqdimotining mantiqiy davomi bo‘ldi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari, Agentlik markaziy apparati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. Unda so‘z olgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi Ozoda Tojiboyeva Alisher Navoiy va Boburning shoir shaxsi va ijodi bilan bog‘liq maʼlumotlarni ishtirokchilarga eʼtiboriga havola etar ekan, …

Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda
30.01.2023Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bugun Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi ichki ko‘chalarda joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rgandi.O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha ma’lumot berildi.Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz, “Davlat tili to‘g‘risi” dagi qonun …

Yangi nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
27.01.2023Bugun, 27-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma, bo‘limlari, shuningdek, hududiy boshqarmalari boshliq-xodimlari ishtirokida “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi.Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga jadal surʼatlar bilan kirib kelmoqda. Bugun nafaqat mahsulotlar, balki xizmatlarni ham AKT orqali sotish va xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.Zamonaviy AKTni jamiyatning barcha sohalariga joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirish, hamda jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.Jumladan, taqdimoti o‘tkazilgan alifbo tartibida joylashtirilgan 10 000 …

Tuman hokimligi mas’ullari bilan ish hujjatlari yuritishdagi kamchiliklar muhokama qilindi
24.01.2023O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash borasida Yakkabog‘ tuman hokimligi tomonidan qator vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.Xususan, davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish, xodimlarga davlat tilini chuqur o'rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.Ayniqsa, hujjat ustida ishlovchi mutaxassislarga hujjat yuritishda eng ko‘p qo‘llaniladigan, ularni tuzish tartib qoidalari haqida batafsil yoritilgan Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi foydalanish uchun tavsiya qilindi.Mutaxassislarga tizimda ish yuritishni lotin yozuvida tashkil …

Qashqadaryo: o‘rganishlar tizimli asosda olib borilmoqda
16.01.2023Viloyatning tashkilot va muassasalarida reja asosida ishchi guruhlar tomonidan ish qog‘ozlari, turli blankalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish to‘liq lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida joriy qilinishining holati va shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari talablari tushuntirib o‘tilmoqda.Yakkabog‘, Dehqonobod, Muborak, Qarshi tumani maslahatchilari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida davlat tilini rivojlantirish borasida mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Namunali ish yuritayotgan xodimlarning mehnati e'tirof etildi.Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Bu kabi nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Vatanimga tayanchman
14.01.2023Yurtimizda Vatan himoyasidek sharafli kasbga o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz, nafaqadagi faxriylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib kelmoqda. Shu bois, har yili 14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni sifatida munosib tarzda nishonlanadi. Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 14-dekabrdagi farmoyishiga asosan, joriy yilning 12-yanvar kuni vazirlikda ham “Vatanimga tayanchman” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova so‘zga chiqib, vazirlik xodimlarini hamda vataniga cheksiz muhabbati bo‘lgan har bir insonlarni ushbu ulug‘ bayram bilan tabriklab, barchaga xush kayfiyat ulashdi. Dastur davomida ma’rifatparvar yozuvchi, …

Yangi kitoblar taqdimoti
11.01.2023Joriy yilning 10-yanvar kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “Ona tilim – mangu makonim”, “Davlat tilida ish yuritish”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Taqdimot Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, FA va Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Tadbirda Qo‘mita va jamg‘arma mutasaddi xodimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar raislari va faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.“O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” birinchi nashri bo‘lib, ilmiy va ko‘pgina mashhur olimlarning fikrlari ham inobatga olingan holda tuzilgan.Mazkur lug‘at nihoyatda boy ma’lumotlarga …

Qonunning mustahkamligi qonun tilining mukammaligidadir
10.01.2023Prezidentimiz Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yuborgan Murojaatnomada yaratiladigan qonunlar har tomonlama mustahkam boʻlishi haqida alohida qayd etdi. Qonunning mustahkamligining uning tilining mukammaligidadir. 2021-yilning 28-oktyabrida hukumat qarori bilan “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Unga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin lingvistik ekspertizadan oʻtkaziladigan boʻldi. Ushbu nizomda lingvistik ekspertiza oʻtkazish tartibi, unga qoʻyiladigan talablar, bayon etilgan jumlalarning soddaligi, qisqaligi va taʼriflarning aniqligi bosh mezon etib belgilangan. Mazkur qarorning qabul qilinishi yuridik va lingvistik sohada koʻplab muammolarning birinchi navbatda, huquq normalarining berilishida aniqlikka erishish borasida yechimini kutayotgan masalalar borligini …

Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash har bir tadbirkorning burchidir
09.01.2023Nurota tumani hokimligi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, tuman DSI bilan tuman markaziy hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddalari ijrosi oʻrganildi. Unda tuman hokimining maslahatchisi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari va DSI xodimlari ishtirok etdilar. Oʻrganishlar davomida 10 dan ortiq maʼnan eskirgan bannerlar olib tashlandi, 20 dan ortiq tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ogohlantirishlar berildi.

SOHAVIY BILIMNING OSHISHI ERTAMIZNING POYDEVORIDIR
06.01.2023O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi topshirig‘ining ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan quyidagi kitoblar – “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Ona tilim - mangu makonim”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” kabi kitoblar kombinatimizga taqdim etildi. Ushbu kitoblar Yangi yilning ilk kunlarida boshqaruv raisi - bosh direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Ataxanova tomonidan kombinatning Axborot texnologiyalari departamenti, Notarmoq aktivlar boshqarmasi va Muhandislik markazi ilmiy-texnik kutubxonasiga amaliyotda keng foydalanish uchun topshirildi.

Prezident: “Yangi Oʻzbekistonni barchamiz birgalikda bunyod etamiz”
04.01.2023Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalqimiz tomonidan keng oʻrganilib, vazirlik va idoralar oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda reja-dasturlarini ishlab chiqmoqdalar. Shu munosabat bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻlib oʻtgan maʼrifiy uchrashuvda Murojaatnomani tizimli oʻrganib borish, soha oldidagi muhim masalalarning tahlili, milliy sifat infratuzilmasining rivojlanish dasturi muhokama qilindi.Seminarda “Taraqqiyot strategiyasiʼʼ markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etib, Murojaatnomada bildirilgan oltita yoʻnalishda keltirilgan masalalar bizga kelgusi yildagi faoliyat yoʻnalishimizni belgilab berish asnosida, zimmamizga katta masʼuliyat va javobgarlik yuklaganligini alohida qayd etdi.E.Tulyakov Murojaatnomada inson qadri va uning orzu-umidlarining …

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH – DAVR TALABI
04.01.2023DEHQONOBOD TUMANIDA TASHKIL ETILGAN DAVRA SUHBATI SHUNDAY NOMLANDI2023-yil 4-yanvar kuni tuman Davlat xizmatlari agentligida hokim maslahatchisi T.Ergasheva tomonidan agentlik hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, IIB xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 1-yanvardan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ish qog‘ozlari, turli blankalar, ish yuritish va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish to‘liq lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida joriy qilinishi lozimligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi 776-son …

Nishon tumanida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari tashkil qilindi
29.12.2022Nishon tumani ko‘chalarida joylashgan xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarining nomlanishi, joylashtirilgan reklama vositalari va qurilmalarining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga mosligi o‘rganildi. “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Nishon hokimligi ishchi guruhi tomonidan hududdagi tashqi targ‘ibot vositalari va tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan tashqi reklamalarni monitoring qilindi.O.Abdurahmonova Nishon tuman hokimining maslahatchisi

Yangi yildan lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tamiz...mi?
29.12.2022Eshik qoqib kelayotgan Yangi yil yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasida juda katta o‘zgarishlarni va’da qilmoqda.Mamlakatimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan vatandoshlarimiz buni Prezidentimizning joriy yil 20-dekabrda yo‘llagan Murojaatnomalari orqali yanada yaqindan his qilishdi.Ammo shu bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvardan to‘liq kuchga kiradigan yana bir hujjat borki, jamoatchilik hozircha unga sezilarli e’tibor qaratmayotgani ajablanarlidir.Gap O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida bormoqda.Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan …

Qashqadaryo viloyati va tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirokida seminar tashkil etildi
27.12.2022Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan maslahatchilar zimmasidagi vazifalarga e’tibor qaratildi.Prezidentimizning “Albatta, chet tilini bilish – zamon talabi, ammo ona tilini bilishga majbur qilish kerak, mening farzandim chet tillarini biladi-yu, ona tilini bilmaydi degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas, chet tilini bilish kerak, lekin ona tilini bilishga majbur” - deb aytgan fikrlari milliy tilimizning rivojlanishida chuqur ahamiyatga ega ekani haqida aytib o‘tildi va yakuniga уetayotgan yil sarhisob qilindi.Xatlov davomida aniqlangan 10200 dan ortiq tashqi yozuvning 8910 tasi davlat tili me'yorlariga moslangani mavjud 13685 ta ko'cha davlat reestriga kiritilgani aytildi. Tarixiy …

Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
27.12.2022Joriy yilning 26-dekabr kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiya kun tartibida bir qator muhim masalalar, xususan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining ijrosi ko‘rib chiqildi.Masala yuzasidan Navoiy viloyati hokimining maslahatchisi Qobil Astonovning axboroti eshitilib, barcha hokimliklar, tashkilot va korxona rahbarlariga 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qaror ijrosiga taalluqli boshqa masalalar …

Navbatdagi o‘rganish ishlari Samarqand shahri Navoiy shoh ko‘chasida olib borildi
26.12.2022O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 98 ga yaqin targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi. Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchqun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorda jarimaga tortilishingiz haqida ogohlantiradi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Tumanda qonun ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
23.12.2022Joriy yilning 21-dekabr kuni “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan Vobkent tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Xalilov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari N.Rustamov bilan hamkorlikda tumandagi “Vobkent” va “Quruvchi” mahallalari hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari hamda tumandagi Milliy gvardiya tuman qo‘riqlash bo‘linmasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy ishlar holati o'rganildi.O'rganish …

Tadbirkorlar ogohlantirilmoqda
23.12.2022Joriy yilning 23-dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimligi Ishchi guruh tomonidan tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.Ishchi guruh tomonidan tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibini buzganligi bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunning 47-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. Eslatib o‘tamiz, tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibini buzganligi ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorigacha jarima tortilishiga sabab bo‘ladi.

Urganch davlat universitetida “KITOBXON TALABA” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
21.12.202220-dekabr kuni “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda yil davomidagi tanlovlarda finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan talabalar ishtirok etishdi.Talabalar tanlovning final bosqichida quyidagi badiiy asarlar asosida kuch sinashdilar:Asqad Muxtorning “Chinor” romani;Rashod Nuri Gunteginning “Choliqushi” romani;Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani;Abdulla Qahhorning “Sarob” romani;Isajon Sultonning “Genetik” romani; I.S. Turgenev “Asya” asari;V.G.Korolenko “Paradoks” asari;Mixail Bulgakovning “Ityurak” asari;N.V.Gogol “O‘lik jonlar” asari;A.P.Chexov “Ionich” asari. “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining final bosqichi g‘oliblari: 1-o‘rin -Jumaniyazova Munis 204-guruh talabasi (o‘zbek tili);2-o‘rin - G‘ulomjonova Munira 192-guruh talabasi (rus tili);3-o‘rin - Nilufar Hajikurbanova 191-guruh talabasi(o‘zbek tili). Tanlov g‘oliblari fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan diplom hamda estalik sovg‘alari bilan …

Tashqi reklama: Raqobatni qonunni buzish orqali yengib bo‘lmaydi
20.12.2022O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi, “Davlat tili haqida”gi Qonuni 20-moddasida reklama matnlari, lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida eʼlon qilinishi, uning boshqa tillardagi tarjimasi kichik o‘lchamda berilishi mumkinligi qayd etilgan.Ammo afsuski, baʼzi savdo do‘konlari yoki xizmat ko‘rsatish shahobchalari peshtoqidagi tashqi yozuvlarda ajnabiy tildagi lavhalar uchrab turibdi.Mazkur holatning oldini olish maqsadida viloyat hokimining 2022-yil 13-dekabrdagi 8500-sonli bayoni bilan viloyatdagi barcha tashqi yozuvlarni tartibga keltirish borasida tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari …

“Ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident
20.12.2022“Milliy o‘zligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident.

2023-yil - «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi
20.12.2022Prezident parlamentga murojaatnomasida ta’lim masalasiga alohida urg‘u qaratmoqda.

E’lon
20.12.2022Bugun soat 11.00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK va nodavlat teleradiokanallar, Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘gri jonli efirda namoyish etiladi.

Farg‘onada bir guruh olimlar ishtirokida yig'ilish bo‘lib o‘tdi
19.12.2022Farg‘ona davlat universitetida joy nomlari haqida ilmiy izlanishlar olib borgan filologlar, toponimistlar hamda manbashunos olimlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda yig‘ilganlar bilan O‘zbekiston Respublikasining toponimik ensiklopediyasini yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bo‘lim mudiri U.Mahmudov hamda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Tongotarovalar qatnashdilar.

Til bayrami dunyo mamlakatlarida qachon, qanday nishonlanadi?
19.12.2022Bugun dunyoda 7 mingga yaqin til mavjud. Ammo hammasi ham yetarlicha himoyalangan emas. Ma’lumotlarga qaraganda, ularning 43 foizi yo‘qolib ketish arafasida. Har ikki haftada bitta til muomaladan chiqayotganiga ishonmasangiz ham kerak…Bor-yo‘g‘i yuzga yaqin til ta’lim tizimida, davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda qo‘llaniladi. O‘nga yaqini dunyoda rasmiy maqomga ega, xolos. BMT ham dunyo aholisining katta qismi so‘zlashadigan 6 tilda – ingliz, arab, rus, fransuz, xitoy hamda ispan tilida faoliyat olib boradi.Ko‘plab xalqlar ona tiliga hurmat sifatida har yili alohida bir kunni bayram qilib keladi. Keling, bunday sanalar qachon va qanday nishonlanishi bilan tanishamiz.1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tili ham davlat …

MUTOLAA: ENG YAXSHILAR TAQDIRLANDI
18.12.2022Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida, xodimlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda maʼrifatli jamiyat sari ildam qadam tashlash bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilangan. Shu maqsadda, vazirligimizda joriy yilning 13-dekabr kuni “Birga kitob mutolaa qilamiz”, deb nomlangan tanlovi bo‘lib o‘tdi.Tanlov “Zoom” platformasi orqali tashkil etilib, bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Toshkent shahri va viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari hamda Markaziy apparatdan 36 ta jamoa, har bir jamoada 3 nafardan, jami 108 nafar ishtirokchi qatnashdi.Tanlov shartlariga ko‘ra, “Temur tuzuklari” …

Adliya vazirligi va tilshunos olimlar hamkorligida “Ismlar” elektron lug‘ati va mobil ilovasi yaratilmoqda
16.12.2022Inson dunyoga kelishi bilan unga ism qo‘yiladi va u Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarida tegishli tartibda qayd etiladi. Ushbu jarayonda fuqarolarga qulaylik yaratish, ismlarning ma’nosi va yozilishidagi o‘ziga xosliklarni e’tiborga olish, milliy qadriyatlarga mos ismlarni ommalashtirish masalalari bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.Hozirgi kunda Adliya vazirligi tashabbusi va taklifiga ko‘ra Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fandar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan o‘zbek ismlarining elektron imlo lug‘atini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Ushbu elektron lug‘atda ismlarning o‘zbek tili lotin alifblsida hamda ingliz tilida yozilishi va ma’nosi (izohi) aks etadi. Lug‘at FHDYO elektron tizimiga …

“Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida” qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
16.12.2022Toshkent viloyati Olmaliq shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Shanayev Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida Olmaliq shahar kasb-hunar maktabida o‘rganish o‘tkazdi.Oʻrganish natijasida ushbu muassasaning muhr, buyruq, chiqish xatlari, ish yuritish hujjatlar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida yuritilayotganligi va baʼzi ichki hujjatlari kirill alifbosida ekanligi aniqlanib kerakli tavsiyalar berildi. Bu kabi o‘rganishlar barcha tashkilot va idoralarda oʻtkazilishi davom etadi.

Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun: xorijda qanday?
16.12.2022OZARBAYJONKonstitutsiyaga koʻra, davlat tili ozarbayjon tili hisoblanadi. “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tashkilotlarda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Qonun talabiga rioya qilmaslik tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.ROSSIYA“Davlat tili toʻgʻrisida”gi Rossiya Federal qonuniga koʻra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan. QATAR2019-yilda qabul qilingan yangi qonunga koʻra, Qatarda barcha davlat organlari va rasmiy hujjatlarda arab tilidan majburiy foydalaniladi. Qonun talablariga amal qilmaganlik uchun 50 000 qatar riali (14 000 AQSH dollari atrofida) miqdorida jarima belgilangan.TURKIYABarcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar hech …

“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash har birimizning burchimizdir
16.12.2022Joriy yilning 14-dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi B.Zaripovning 2022-yil 13-dekabrdagi 1/8500-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”go qonuni hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga muvofiq G‘ijduvon tumanida joylashtirilgan barcha turdagi reklamalar, e’lonlar, peshlavhalar va boshqa axborotlarni davlat tiliga moslashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja grafigi asosida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Yuldashov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari U.Ergashev bilan hamkorlikda tumandagi mahallalari hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish sektorlarida tashqi reklama peshlavhalarining qonun talablariga hamda milliy qadriyatlarga mosligi o‘rganildi. Uchrashuv davomida har bir tadbirkorga …

Otashin shoirni yod etib – Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi oʻtkazildi
15.12.2022Bugun, 15-dekabr kuni Oʻzbek Milliy akademik teatrida otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Kechada taniqli adiblar, ilm-fan, madaniyat, sanʼat namoyandalari, ijodkorlar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid nutq soʻzlab, davlat rahbarining “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori oʻzbek adabiy muhitida, shoir xotirasini abadiylashtirishda, u qoldirgan adabiy merosni yosh avlodga chuqur oʻrgatishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shoirning “Tanlangan asarlar”i toʻplami hamda “Usmon Nosir zamondoshlari xotirasida” kitobi nashr etilganini aytib oʻtdi. Tadbir avvalida kinematografiya agentligi …

O‘rganish olib borildi
15.12.2022Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N. Mirzayeva tomonidan Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda shahardagi “Mustaqillik”, “Baxt” mahalla fuqarolar yig‘inida davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorning "Yo‘l xaritasi" da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash, bo‘lim xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishni targ‘ib qilish borasida tavsiyalar berildi. Jumladan, mazkur bo‘limdagi barcha tashqi yozuvlar monitoring qilindi. Shuningdek, aniqlangan xato va kamchliklar yuzasidan tegishli mas'ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi ellik oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
15.12.2022Sessiya kun tartibida "Shaharda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtish boʻyicha "Yoʻl xaritasi"da belgilangan vazifalarning toʻliq va samarali bajarilishi toʻgʻrisida" masalasi boʻyicha shahar hokimi maslahatchisi O. Xotamovaning maʼruzasi tinglandi. Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirliar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori bilan tasdiqlangan "Yoʻl xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, 21-bandning toʻliq bajarilishi yuzasidan korxona va tashkilotlar rahbarlari eslatildi.

Dunyodagi eng qadimgi kutubxonalar
14.12.20221. Ashshurbanipal kutubxonasi. Dunyodagi eng qadimgi kutubxonasiga miloddan avvalgi VII asrda asos solingan. Ossuriya hukmdori Ashurbanipalning buyrug‘i bilan qurilgan. Ushbu kutubxona Iroqda joylashgan. Kutubxona 30000 ga yaqin mixxatlardan iborat. Unda arxiv hujjatlar, diniy afsonalar va ilmiy matnlar saqlangan. Shu jumladan 4000 yillik “Gilgamish eposi” ham saqlangan. 2. Aleksandriya kutubxonasi. Miloddan avvalgi 323-yilda Buyuk Iskandarning o‘limidan keyin Misr ustidan nazorat uning sobiq generali Ptolomey I qo‘liga o‘tdi va u Iskandariya shahrida ta’lim markazini yaratmoqchi bo‘ldi. Natijada Iskandariya kutubxonasini qurdirdi. Ushbu kutibxona qadimgi dunyoning intellektual marvaridiga aylangan. Unda 500 mingdan ziyod papirus varaqlari saqlangan bo‘lib, unda adabiyot asarlari, tarix, huquq, …

Amaldagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
13.12.2022O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi va “Davlat tili haqida”gi Qonunlar ijrosi yuzasidan Yakkabog' tumani hokimining maslahatchisi D.Xushvaqtova, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari tomonidan markaziy ko‘chalardagi tashqi reklama vositalarining holati monitoring qilindi.O‘rganish natijalariga ko‘ra qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yirtilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi. Hududlarda tadbirkorlar bilan suhbatlar olib borilib, amaldagi qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari davom etadi. …

Farg‘onada qonun ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi
13.12.2022“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan Yozyovon tumani hamda Quvasoy shaharlari hokimlarining maslahatchilari tomonidan markaziy ko‘chalardagi tashqi reklama vositalarining holati monitoring qilindi. O‘rganish natijalariga ko‘ra qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yirtilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi. Hududlarda amaliy tadbirlar davom etmoqda. S.Tongotarova, Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

Qutlov
13.12.2022Bugun atoqli adabiyotshunos Naim Karimov 90 yoshga toʻlganligi munosabati bilan Fanlar akademiyasida xalqaro anjuman bo'lib oʻtganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik. Ushbu munosabat bilan Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri hamda Departament xodimlari olimning uyiga tashrif buyurib Naim Karimovni qutlashdi.

Naim Karimov 90 yoshda!
12.12.2022Naim Karimov — oʻzbek adabiyotshunosi, jamoat arbobi. U 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tug'ilgan.Filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov “Hamid Olimjon” (1979), “Oybek” (1985), “Usmon Nosir”, “Usmon Nosir hayotining so‘nggi yillari” (1993-1994) asarlari muallifidir. Yubiley munosabati bilan Fanlar akademiyasida xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda.Yuksak xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Naim Karimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy mukofoti bilan taqdirlandi.O‘zbek tili hamda adabiyotining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Naim Karimovga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.Hurmat bilan, Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari

Aziz yurtdoshlar!
10.12.2022Sizlarni 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, tiynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam. Ushbu sana munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-u omad, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va ularnining ijrosi
09.12.20222022-yil 9-dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va ularnining ijrosi” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘lish o‘tkazildi.Yig‘lish 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish ishlarini sarhisob qilish va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan masalalarga tegishli ko‘rsatmalar va maslahatlar berish maqsadida o‘tkazildi. Ish yuritish faoliyatida quyidagi asosiy huquqiy-normativ hujjatlarga ko’ra ishlar samaradorligini oshirish va kerakli natijalarga erishish zarurligi ta’kidlandi. Bunda asosan O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2020-yil 20-оktabrdаgi “Mаmlаkаtimizdа o‘zbеk tilini yanаdа rivоjlаntirish …

Maslahatchi “Davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ijrosi"ga bag‘ishlangan ma’rifat soatini o‘tkazdi
09.12.2022Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ijrosi" boʻyicha Ohangaron shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Nilufar Mirzayeva boshqarma vakillari uchun maʼnaviyat-maʼrifat soatini oʻtkazdi. Maʼnaviyat-maʼrifat soati mazmunli tashkil etildi. FVVning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Sertifikatlar topshirildi
09.12.2022Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi Qashqadaryo hududiy bo‘linmasi rahbari Erkin Tursaxatov lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek imlosi, o‘zbek adabiy tili me'yorlari, davlat tilida ish yuritish o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan Koson tuman hokimligi xodimlariga sertifikatlar topshirdi. Bu haqda Koson tuman hokimi maslahatchisi M. Hayitova xabar berdi.

Tilga e’tibor — elga e’tibor
09.12.2022Tilga e’tibor — elga e’tiborFarg‘ona viloyati Toshloq tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirokida “Tilga e‘tibor — elga e’tibor” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda har qanday xalq o‘z jonidek aziz bo‘lgan tilini asrab-avaylashi, rivojlantirishi, uning jozibasini to‘la namoyon etishi uchun harakat qilishi lozimligi, chunki tilda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanishi ta'kidlandi.S.Tongotarova, Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
07.12.2022Bugun Xorazm viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Farxod Ermanov so‘zga chiqib, barchani Konstitutsiya bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi. Viloyat sanʼat ustalari ijrosida bayram konserti namoyish etildi. Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirlar shahar va tumanlarda davom etmoqda. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun me’yorlarini buzganlik uchun qonunchilikda javobgarlik mavjud
07.12.2022Shahrisabz tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Jalilova “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan “Loliston” va “Shamaton” MFYlari o‘rganildi. Ularga imlo xatolar, "'Reklama to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini tushuntirish ishlari olib borildi.

QONUN TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI
05.12.20222022-yil 2-noyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-779-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilingan edi. Yangi tahrirdagi qonunga inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlash, xalq bilan ochiq muloqot mexanizmlarini yanada takomillashtirish, jamiyat hayotiga oid muhim hujjatlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini joriy etish maqsadida bir qator yangi normalar va o'ndan ortiq o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritildi. Joriy yilning 1-dekabr sanasida “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunni targ`ibot qilish maqsadida Kadastrlar palatasi Peshku tumani bo`limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda …

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o'tilmoqda
02.12.2022Viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Temirov: 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilab qo‘yilgan.

Sayyor seminar bo‘lib o‘tdi
01.12.2022Joriy yilning 1-dekabr kuni “Ammofos-Maxam” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, matbuot xizmatlari va kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha sayyor seminar-trening o‘tkazildi. Shuningdek, seminarda korxona-tashkilot rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Seminarda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti masʼul xodimi, “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar boshlang‘ich kengashi raislari, kasaba uyushma qo‘mitalari raislari …

1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
01.12.2022Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bayram-tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan “Mámleketlik tilde is júrgiziw” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida Til fidoyilariga qimmatbaho sovg‘alar berildi. Ayni damda esa “Davlat tili haqida”gi Nizomning qabul qilinganligiga 33 yil to‘lgani munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lmoqda. Unda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov hamda Respublika …

XORAZM VILOYATIDA QONUN IJROSI TAʼMINLANMOQDA
01.12.2022Bugun Davlar kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi qonuni ijrosi doirasida viloyatdagi geografik obyektlarning nomlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi va uning birinchi kunida seminar-trening tashkil etildi.Seminarda ishchi guruhi rahbari U.Mahmudov ma’muriy-hududiy birliklar, shaxs va tarixiy nomlar, ular bo‘yicha ekspert xulosalari olinishi, mahalliy kengashlarda tasdiqlanishi, davlat reyestri bazasiga kiritilishi masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi mahallalarning aniq chegaralari, koʻchalarning toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berdi. Ishchi guruh tomonidan tuman va shaharlar kesimida geografik obyektlar roʻyxati, mahallalarning sxematik xaritalari alohida-alohida koʻrib chiqildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf …

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman Davlat soliq inspeksiyasida ish hujjatlari davlat tili talablariga mos olib borilmoqda
30.11.20222023-yilning yanvar oyidan e`tiboran barcha yozuvlar, ish hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga asosan lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Shu maqsadda tuman hokimi maslahatchisi D.Xushvaqtova hududdagi barcha davlat tashkilotlari va korxonalarida o‘rganishlar olib bormoqda.Navbatdagi o‘rganishda Yakkabog‘ tuman Davlat soliq inspeksiyasida ish hujjatlar, buyruqlar, murojaatlar, xatlar, ichki va tashqi targ`ibot vositalari hamda eshik ustidagi yozuvlarning barchasi davlat tili talablari asosida olib borilayotgani aniqlandi. Ayrim kamchiliklar yuzasidan tushunchalar berildi.D.Xushvaqtova

Tuman, mahallalar xaritasi qiyosiy o‘rganilib, mayjud tafovutlar bartaraf etilib, nomsiz ko‘chalar belgilab olindi
30.11.2022Joriy yilning 17-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan tuzilgan ishchi guruhi Buxoroda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-son Qonuning mazmun-mohiyati, ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha dolzarb masalalar, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash, shuningdek, nomlarni davlat ekspertlzasidan o‘tkazish, tegishli qaror bilan tasdiqlash va davlat reyestriga kiritilishini ta'minlash hamda "GEONAMES, UZ" elektron axborot veb-portali bilan ishlash borasida seminar tashkil etildi.Seminarda tumanlar hokimlari maslahatchilari, Kadastr palatasi, statistika va mahalla bo‘limi rahbarlari ishtirok etishdi. Bugun Buxoro tumanida mavjud mahallalar …

Xorijlik fuqarolar uchun “O‘zbek maktabi” ochildi
28.11.2022Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti milliy tilimizni keng targ‘ib qilish, o‘rgatish bo‘yicha maxsus metodikalar ishlab chiqish kabi muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.Besh yildan buyon sinov tariqasida universitet qoshida faoliyat yuritayotgan xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish kurslarida 300 dan ortiq chet el fuqarolari, jumladan, Koreya, Xitoy, AQSH, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar fuqarolari o‘zbek tilini muvaffaqiyatli o‘rgandilar.Ushbu mehnatlar samarasi o‘laroq universitetda “Uzbek school” — xorijliklar uchun o‘zbek tili tayyorlov kurslari maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Bu kurslarda o‘zbek tili o‘rganuvchilar xohishiga ko‘ra, kichik, o‘rta guruhlarda yoki individual o‘rgatiladi.Shuningdek, tadbir doirasida universitet o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan «Xorijliklar …

Biz +siz+ular = Barchamiz mas’ulmiz
28.11.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘zgazmali boshqa axborot matnlarini “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiqlashtirish vazifasi belgilab qo‘yilgan.Kuni kecha Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rgandi. O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarning mas’ullariga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar …

AQShda o‘zbek shoiri Abdulla Oripov haqida film suratga olinmoqda
25.11.2022AQShda O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri, mamlakat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov haqidagi badiiy filmi tasvirga olinmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasining ijodiy guruhi O‘zbekistondagi tasvirga olish ishlarini yakunladi. Hozir filmning suratka olish jarayonlari AQShning Xyuston, Los-Anjeles va Nyu York shaharlarida davom etyapti.Filmda Abdulla Oripovning keksalik davrini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Surxondaryo teatri aktyori Qudratilla Burxonov, rafiqasi Xanifa Mustafoyeva rolini esa xalq artisti Gulchehra Jamilova ijro qilmoqda.Bundan tashqari kinokartinada «Do‘stlik» ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salom, mahoratli yosh aktrisa Rayhon Asadova va boshqa mahoratli aktyorlarni ham ko‘rish mumkin.Film rejissyori Muzaffarxon Erkinov …

SURXONDARYODA QONUN IJROSI TAʼMINLANMOQDA
25.11.2022Bugun Davlar kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi doirasida viloyatda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tashkil etish, tuman va shaharlarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan seminar-mashgʻulot tashkil etildi.Seminarda tarixiy kelib chiqishga ega aholi punktlari nomlari, geografik obyektlarni toʻliq davlat reyestrga kiritish masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi 723 ta mahallalarning aniq chegarali, koʻchalari toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berildi.Ishchi guruh tomonidan tuman va shaharlar kesimida geografik obyektlar roʻyxati, mahallalarning sxematik xaritalari alohida-alohida koʻrib chiqildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda
24.11.2022Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini yuksaltirish maqsadida hokimlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Ayni paytda ular hududlarda davlat tilini rivojlantirish, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borgan holda davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqda. Xususan, Yakkasaroy tumanida ham. Kuni kecha Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini …

Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda
24.11.2022Ayni kunlarda mamlakatimizda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi joriy etish to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar prokuraturasining mas’ul xodimi, Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi …

Nazorat tadbirlari olib borilmoqda
24.11.202221-noyabr kuni Urganch tumani hokimining 2022-yil 16-noyabrdagi 356-12-0-F/22-sonli farmoyishiga asosan tuzilgan ishchi guruh a’zolari tumandagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish uchun nazorat tadbirlarini olib bordi. Jumladan, tumandagi 1, 8, 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda MTMBga qarashli 1, 4, 9-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasida bo‘lib ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda hujjat yuritishda o‘zbek tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalari bilan tanishildi. @ Urganch tumani hokimi maslahatchisi Shahlo Ramanova

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI XODIMLARI DAVLAT TILIDA ISH YURITISHGA O‘QITILMOQDA
23.11.2022Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv tashkil etildi.O‘quvdan asosiy maqsad – o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha xodimlarning bilim va malakasini oshirishdan iboratdir.Darslarda professor o‘qituvchilar tomonidan ilmiy faktlarga tayangan holda xodimlarga davlat tilida ish yuritishning asosiy mezonlari bo‘yicha aniq tushunchalar berilmoqda. Boshqarma xodimlari bir oy davomida o‘qitiladi va o‘quv kursini tamomlaganlarga maxsus sertifikat beriladi.

Qonun talabiga javob bermaydigan bannerlar bartaraf qilinmoqda
23.11.2022Tuproqqalʼa tumani hokimligi va tuman Obodonlashtirish bo‘limi hamda Ishchi guruh a'zolari tomonidan “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi tashqi reklama bannerlarining qonun talablariga mosligi o‘rganilib, noqonuniy o‘rnatilgan 15 taga yaqin bannerlar joyida bartaraf qilindi. Hurmatli tadbirkorlar Sizdan Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Respublika ishchi guruhi Davlat reyestridagi joy nomlarini qayta tekshirib chiqmoqda
23.11.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan Kadastr agentligining masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzilgan.Ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi bo‘yicha Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib chiqmoqda. Shuningdek, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining viloyat. boshqarmasi va uning filiallari masʼul xodimlari, hokimlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatalariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari bilan birgalikda Davlat reyestridagi joy nomlarini qayta tekshirib chiqilmoqda.

Hindistonda O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi
21.11.2022Hindistonning yetakchi oliygohlaridan biri - Dehli universitetida O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo” AA muxbiri.Markaz Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Dehli universiteti o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida tashkil etildi.«O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi” faoliyatining asosiy maqsadi hindistonlik talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish va ushbu sohada qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borishga qaratilgan.Markaz ochilishiga bag‘ishlangan rasmiy tadbirda Dehli universiteti vitse-kansleri Yogesh Singx, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov, universitet professor-o‘qituvchilari, Dehli universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, Dehli universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok …

Farg‘onada hokim maslahatchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi
21.11.2022Farg‘ona shahar Yoshlar markazida «Geografik obyektlarning nomlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabr kungi «Davlat fuqarolik хizmatchilari tomonidan odob-aхloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 595-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar tashkil qilindi.Seminarda tuman (shahar) hokimlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdilar.S.Tongotarova, Farg'ona viloyati hokimining maslahatchisi

QONUN IJROSI NAVOIYDA TAʼMINLANMOQDA
20.11.2022Bugun Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi doirasida viloyatda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tashkil etish, tuman va shaharlarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan seminar-mashgʻulot tashkil etildi.Seminarda tarixiy kelib chiqishga ega aholi punktlari nomlari, geografik obyektlarni toʻliq davlat reyestrga kiritish masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi 330 ta mahallalarning aniq chegarali, koʻchalari toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berildi.Ishchi guruh tomonidan tuman va shaharlar kesimida geografik obyektlar roʻyxati, mahallalarning sxematik xaritalari alohida-alohida koʻrib chiqildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
18.11.2022Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 31 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi.Tanlov uchun 300 ga yaqin videorolik yuborildi. Ular orasidan hakamlar hayʼati qaroriga koʻra, quyidagi 5 nafar nomzod nominatsiya sovrindori deb topildi: 1. Charos Azizova;2. Azizbek Akromjonov;3. Shoira Raufboyeva;4. Rahmatilla Gʻoyibnazarov5. Shahboz Maxmatmurodov. Sovrindorlarning har biri 1 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Tanlovning asosiy gʻoliblari bilan tanishing: 1-oʻrin – Gulmira Alimova 10 million soʻm;2-oʻrin – Elyor Abdumalikov, 7 million soʻm;3-oʻrin – Javlon Vafoyev, 5 million soʻm;4-oʻrin – Islomjon Qoʻchqorov, 3 million soʻm;5-oʻrin – Umrbek Roʻzimov, 3 million soʻm bilan taqdirlandi. Barcha …

"Mening yurtim" telekanali Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda taqdim etadi
18.11.2022"Mening yurtim" telekanali Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda taqdim etadi: Bugun O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan soat 15:00da "5 ketdim" shousining maxsus bayram sonini tomosha qiling!

17 dan ortiq tashqi reklamalar va 75 ga yaqin bannerlar qaytadan ishlandi
18.11.2022Toshkent shahri Olmazor tuman hokimligi, tuman IIO FMB, tuman Obodonlashtirish bo‘limi hamda Ishchi guruh a'zolari tomonidan “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi “Farobiy”, “Nurafshon”, “Chimboy”, “Sag‘bon”, “Umid” ko‘chalaridagi tashqi yozuv e'lonlari, tashqi reklama bannerlarining qonun talablariga mosligi o‘rganilib, noqonuniy o‘rnatilgan 17 dan ortiq tashqi reklamalar va 75 ga yaqin bannerlar qaytadan ishlandi. Hurmatli tadbirkorlar Sizdan “Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

YANGI GEOGRAFIK NOMLAR
18.11.2022“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini talablariga mos ravishda tumandagi nomsiz koʻchalarni aniqlashni jadallashtirish, takrorlanuvchi va nomsiz koʻchalarni xatlov qilish va nom berish boʻyicha mahallalar tomonidan tuman komissiyasiga takliflar kiritish ishlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi oʻrinbosari S.Saidov, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasi masʼul kotibi G.Gapparova hamda Toshkent shahar hokimligining “Raqamli rivojlanish departamenti” MCHJ boʻlimi boshligʻi A.Djabbarovlar Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.

Muqaddasdir Vatan bayrog‘i
18.11.2022Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: moviy, oq, yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi. Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun
17.11.2022Mazkur sana munosabati bilan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati bo‘linmalarida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” mavzusida chellenj tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, ushbu chellenjda Markaziy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.

Maktab direktorlari davlat tiliga oid qarorlar bilan tanishtirildi
17.11.2022Tumandagi 4-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining davlat tiliga oid qarorlari ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘ldi. Unda tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan umumta’lim maktablarida davlat tilida hujjat yuritish, ichki targ‘ibot vositalari ahvolini o‘rganish natijalari haqida gapirildi.Har bir umumta’lim maktabida davlat tili bo‘yicha mas’ul biriktirish, barcha targ‘ibot yozuvlarini qayta ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni tugatish yuzasidan topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida malaka oshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

“Xalqlar doʻstligi” maydonida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkaziladi
17.11.202218-noyabr kuni soat 11:00 da “Xalqlar doʻstligi” maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkaziladi.Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashkil etadigan tadbirda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va sanʼat nomoyandalari, sportchilar, harbiylar, faol yoshlar, OAV vakillari ishtirok etadi. Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati oʻtkazilgan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi hamda “Inson qadri uchun” turkumidagi videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlanishi kutilmoqda.manba

Muqaddasdir vatan bayrog‘i!
17.11.2022Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani hokimligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 31 yilligi munosabati bilan #Muqaddasdir_vatan_bayroģi heshteglari ostida chorlovlar o'tkazilmoqda.

MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I
16.11.2022Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Navoiy shahri bo‘ylab “Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir” shiori ostida chorlov tadbirlari o‘tkazilmoqda. Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati

Toshkent davlat agrar universitetida “Hilpiragan bayrog‘im - mening ikki qanotim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
16.11.2022Toshkent davlat agrar universiteti madaniyat saroyida O‘simliklar himoyasi agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Hilpiragan bayrog‘im mening ikki qanotim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi, tadbirni fakultet dekani N.Namozov ochib berdi. Tadbirga taklif qilingan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Mustafaqulov bayram bilan barchani tabrikladi. Tadbir iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlar, she’r, ashula va raqslar asosida o‘tib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Davlat tili tadbirkorlarga begonami?
16.11.2022Ta’kidlash joizki, Samarqand shahrida keyingi paytlarda tashqi reklama vositalarini davlat tili qoidalariga moslashtirish borasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 12-15-noyabr kunlari navbatdagi o‘rganish ishlari shaharning Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Sadriddin Ayniy, Turkiston ko‘chalarida amalga oshirildi. Tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan 200 dan ortiq tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etildi. Bu kabi o‘rganish ishlari shaharda muntazam olib borilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida seminar tashkil etildi
14.11.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi "Geografik obyektlarniing nomlari to'g'risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarniing nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida"gi 295-son qarori hamda 2022-yil 21-oktabrdagi 30/1-29-78-son topshirig'ini ta’minlash maqsadida,davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining toponimik entsiklopediyasini yaratish bo'yicha soha yetakchi professor o'qituvchilari ishtirokida seminar o'tkazildi.Seminarda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, bo'lim boshlig'i U.Maxmudov, viloyat hokimining maslahatchisi B.Mavlyanov, markazning Jizzax viloyati bo‘linmasi rahbari S.Axmedov va universitet yetakchi professor o'qituvchilair ishtirok etdi. Kelgusi rejalar belgilab olindi.

Farg‘onada markaz xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi
12.11.2022Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasida markaz xodimlari hamda o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib ‘tdi.Uchrashuvda o‘qituvchilarga tinglovchilar bilan ishlashda "Davlat tili haqida"gi Qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabr kungi PQ-5850-son Farmoni hamda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi mavqeini tubdan oshirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyatini yetarli darajada tushuntirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.S.Tongotarova, Farg'ona viloyati hokimining maslahatchisi

TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
11.11.2022Joriy yilning 10-noyabr kuni Uchquduq tuman adliya bo‘limi va tuman hokimligi hamkorligida tuman davlat soliq inspeksiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori, Davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida” gi 2022-yil 2-noyabrdagi 799-son Qonuni maqsad va vazifalari yuzasidan targ’ibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida soliq inspeksiyasi xodimlari tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Islomova va tuman adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti D.Rustamovadan targ‘ibot mavzulari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan …

“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi
11.11.2022Yakkabog‘ tumani hokimligi tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida “Bunyodkor” , "Jaychi" mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarida O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonun hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddalari ijrosi o‘rganildi. Unda Yakkabog‘ tuman hokimining maslahatchisi D. Xushvaqtova, tuman hokimligi vakillari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Yusupov, deputatlar N.Elmurodova, F.Sattorovalar ishtirok etdilar. O‘rganishlar natijasida 15 dan ortiq tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ogohlantirish xatlari berildi.Ogohlantirish xatlarini olgan tadbirkorlar …

Tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi
11.11.2022Karmana tumanidagi M-37 avtomagistral yo‘lida hamda "Navoiy" ko‘chasida o‘rnatilgan reklamalarning O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga mosligini o‘rganish bo‘yicha tuman hokimi maslahatchisi B.Xamrayev hamda Ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘limi rahbari D.Muxamedov bilan hamkorlikda reyd tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmaydigan turli targ‘ibot vositalari va reklama bannerlari aniqlanib, ularni qonunchilik talablari asosida yozilishini ta’minlash choralari ko‘rildi. Shuningdek, bu borada tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi.

GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH MUHIM MASALA
10.11.2022Guliston davlat universitetining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy-uslubiy yorlam ko‘rsatish maksadida respublika ishchi guruh bilan seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda viloyat, tuman va shahar hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligni oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tuman va shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining geografik obyektlarni nomlash va ularni davlat ryestriga kiritish sohasida faoliyat olib boruvchi masʼul xodimlar, tuman va shahar …

“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi amalda
10.11.2022Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddalari ijrosi o‘rganildi. Unda Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A.Ro‘zitoev, tuman hokimligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va “Kamolon” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirok etdilar.O‘rganishlar natijasida 10dan ortiq tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ogohlantirish xatlari berildi. Ogohlantirish xatlarini olgan tadbirkorlar tomonidan kamchiliklar qisqa muddatlarda bartaraf etildi.

Farg‘onada Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri rahbarligida yig'ilish bo‘lib o‘tdi
09.11.2022Ahmad Farg‘oniy nomidagi axborot-kutubxona markazida viloyat, tuman, shahar hokimlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo'yicha maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi.Mazkur yig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri S.S.Shukurov qatnashib, “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi hamda "Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida"gi Qonunlarning ijrosini ta'minlash yuzasidan hududlarda olib borilishi lozim bo'lgan vazifalar hamda bugungi kunda mas'ullar tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar masalasiga to'xtalib o'tdi.Shuningdek, S.S.Shukurov mutasaddilarga (nomsiz) mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va xiyobonlarga nom berish va ularning nomini o'zgartirish bilan bog'liq jarayonlarni yanada jadallashtirish;- tashqi yozuvlar …

“Reklama to‘g’risida”gi Qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘rab qolamiz
08.11.2022Olmazor tuman hokimligi, tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, tuman Davlat soliq inspektsiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi, tuman deputati Yo.Malikov hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bosh mutaxassisi N.Murodovlar bilan birgalikda “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi Qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi Usta Shirin ko‘chasidagi “Chuqursoy” qurilish mollari bozoridagi tashqi yozuv e'lonlari, reklama yozuvlari, turli xil axborot matnlari qonun talablariga mosligi o‘rganilib, tegishli ishlari olib borildi hamda ogohlantirish xatlari taqdim etildi. Hurmatli tadbirkorlar …

Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hokimlarining maslahatchilari tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan hamkorlida monitoring ishlari tashkil qilindi
08.11.2022“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona shahar Ma’rifat, Saylgoh, Ahmad al-Farg‘oniy ko‘chalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ‘ibot ishlari amalga oshirildi, shuningdek, talabga javob bermaydigan reklama va boshqa targ'ibot vositalari o'rnida bartaraf qilindi. Hududlarda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.S.Tongotarova, Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

Radioviktorina
07.11.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “Yoshlar” radiokanali hamkorligida “Tilimiz-boyligimiz” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi. Radioviktorina “Yoshlar” radiokanalida har payshanba soat 18.30 da efirga uzatiladi. Ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 104.0 FM to‘lqiniga 71-286-32-25, 71-233-80-70 telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “Yoshlar” radiokanali hamkorligida “Tilimiz-boyligimiz” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi. Radioviktorina “Yoshlar” radiokanalida har payshanba soat 18.30 da efirga uzatiladi. Ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 104.0 FM to‘lqiniga 71-286-32-25, 71-233-80-70 telefon raqamlari orqali …

Farg‘onada maktabgacha ta'lim tizimidagi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi
07.11.2022“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 22-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida shahardagi barcha MTT direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Kun tartibidagi masala yuzasidan har bir tashkilot kesimida bugungi kunda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ahvoli atroflicha muhokama qilindi, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.Shu bilan birga, yig‘ilganlarga o‘tgan davr mobaynida ona tilimizga katta e’tibor qaratilgan holda uning mavqeini oshirish, sofligini saqlash, bu boradagi qonunchiligimizning ma’no-mazmunini yosh avlod onggiga singdirish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlab o‘tildi. S.Tongotarova,Farg'ona viloyati hokimining …

Urganch tuman tadbirkorlariga ogohlantirish berildi
07.11.20224-noyabr kuni Urganch tuman hokimligi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh a'zolari hamrohligida “Davlat tili haqida”gi qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi 4-sektor hududidagi “Orzu”, “Baxshilar” hamda “Hilol” mahallalaridagi tashqi yozuv e'lonlari, reklama matnlari, bannerlarini qonun talablariga mosligi o‘rganilib, noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama yozuvlari oldirib tashlandi va xato yozilganlari imlo qoidalariga muvofiq lotin alifbosida yozilishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirildi. Hurmatli tadbirkorlar, Sizdan “Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘raymiz. O‘rganishlar davomida do‘kon, o‘quv markazlari, MTT vakillariga “Reklama to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati, belgilangan javobgarliklar haqida maʼlumotlar berildi. To‘g‘ri …

Viloyat hokimligi, prokuratura va adliya boshqarmasi hamkorligida seminar tashkil etildi
04.11.20222023-yil 1-yanvaridan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.Bunda asosan, jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi, imlo, uslubiy, grammatik hamda orfografiya qoidalariga mosligi kabilar e’tiborga olinadi. O‘tkazilgan seminarda mazkur masalalar muhokama qilindi.Viloyat hokimi maslahatchisi Z.Aminova, viloyat prokuraturasi bo'lim prokurori I.Xoldanov va adliya xodimlari tomonidan “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi, huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatiga hamda joylarda ishchi guruhlar tomonida olib borilayotgan o‘rganishlarning natijalariga e’tibor qaratildi. Seminar yakunida davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarga tashakkurnoma va tabriknomalar taqdim etildi.

Jizzax viloyati hokimligi rahbar-xodimlari malaka oshirishda
02.11.2022Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarorining ijrosini ta’minlash masalasi har doimgidan ham dolzarb bosqichga kirdi. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining rahbar-xodiimlari, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganish bilan birgalikda “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirmoqda.

Tabrik
02.11.2022Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish toʻgʻrisida MDH PA Kengashining qarori qabul qilingan edi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov hamda Departament xodimlari bugun olimning bu yuksak mukofotga sazovor boʻlgani bilan qutladilar.

KITOBDAN YAXSHI DO‘ST YO‘Q JAHOHDA
02.11.2022Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona shahridagi 2-sektor hududida joylashgan o‘rta ta'lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirokida "Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda" mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda dastavval o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi mavqeini tubdan oshirish, bu boradagi qonunchilik hujjatlarining ma’no-mazmunini yosh avlod ongiga singdirish borasida olib borilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Shundan so‘ng yosh avlodning ma’naviy salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etishi, yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirilsagina, kamoloti yo‘lida qolgan barcha amallarni kitobning o‘zi o‘rgatishi borasida so‘z bordi.Tadbir so‘nggida an’anaga ko‘ra yig‘ilganlar uchun …

Yangihayotda qonun ijrosi bo‘yicha yangiliklar ko‘rinmayapti
01.11.2022Shu yilning 9-sentabr kunidan yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirgan bo‘lsa-da, bunga masʼul bo‘lgan idoralar tomonidan deyarli hech qanday amaliy ish qilinmayapti. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi qoshida tashkil qilingan “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi yaqinda Yangihayot tumanida bo‘lib, shunday xulosaga keldi.Guruh yer usti metrosining bekatlari, bozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlari, o‘quv markazlari, xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lib, qonun talablariga qanchalik amal qilinayotgani bilan tanishdi.Tashqi reklamalar, peshlavhalarning boshqa tillarda yozilganiga o‘rganib ham qolganmiz. Ularning imloviy xatolar bilan yozilganini ham tushunish mumkin. Lekin yoshlarning bilimini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv markazlari peshlavhalaridagi imloviy xatolarni hech narsa …

Oʻzbek adabiyotshunos olimi Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlandi
31.10.2022Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish toʻgʻrisida MDH PA Kengashining qarori qabul qilindi. Yalpi majlisda olimga mukofotni Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasi rahbari Nurlanbek Shakiyev topshirdi. Shuhrat Sirojiddinov matnshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida yirik olim sifatida tanilgan, oʻzbek mumtoz adabiyoti, dinshunoslik va tarjima nazariyasiga oid qator ilmiy asarlariga ega. Yozuvchi 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta monografiya va oʻquv qoʻllanmalari muallifi hisoblanadi. Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012-yil noyabr oyida taʼsis etilgan. Mukofot har yili madaniyat, maʼrifat sohasidagi xizmatlari, gumanitar fanlar, adabiyot …

Aholi punktlari nomlari aks etgan belgilar yangisiga almashtirilmoqda
31.10.2022Samarqand viloyati hokimligi hamda Transport vazirligi hamkorligida viloyat hududidan o‘tuvchi M-37, M-39 va A-378 xalqaro magistral yo‘lida joylashgan, yaroqlilik muddati o‘tgan, imlo xatolar bilan yozilgan aholi punktlari nomlari yozilgan belgilar xatlovdan o‘tkazilib, yangisiga almashtirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, M-37 xalqaro magistral yo‘lining Oqdaryo tumanidan o‘tgan qismida joylashgan 10 ga yaqin aholi punktlari nomlari aks etgan belgilar zamonaviy ko'rinishda yangisiga almashtirildi. Sherali TEMIROV, Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Ozarbayjon televideniyesida intervyu
31.10.2022Ustozlar qardoshlarga mamlakatimizda til siyosati, davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlar, Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyati, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi faoliyati, savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga milliy nom berish, milliy nomlar bazasini yaratish, nomlash xizmati bo‘yicha ma’lumot berdilar.

OKTABR – “O‘zbek tili va adabiyoti oyligi”
31.10.2022Ma'lumki, joriy yil 9-sentabrdan yangi tahrirda Oʼzbekiston Respublikasining “Reklama toʼgʼrisida”gi Qonuni kuchga kirdi. Unda reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bo'yicha bir qator talablar belgilangan. Ushbu talablarning joylardagi holatini oʼrganish maqsadida “Milliy tiklanish” partiyasi qoshidagi “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Toshkent shahrining Sergeli tumani boʼldi. Nazorat guruhi aʼzolari va tuman hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda faollar bilan birgalikda tumandagi oʼttizga yaqin savdo rastalariga ilingan reklamalar bilan tanishishdi. Qonun buzilish holatlari bo'yicha tadbirkorlar ogohlantirilib, bartaraf etish yuzasidan taklif va …

Quvasoyda “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati xodimlariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
31.10.2022Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” malaka oshirish kurslarida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining 28 nafar xodimlari o‘qitildi.An’anaviy tarzda tashkil qilingan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 28 nafar tinglovchilarga (rahbar va ma’sul xodimlarga) tantanali ravishda sertifikat topshirildi. Shuningdek, tadbir davomida "Tilning davlat taraqqiyotidagi roli" mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda har bir shaxs hayotning har jabhasida til sofligini saqlashga, uning umrboqiyligini ta’minlashga, ayniqsa kelajak avlodga uning jozibasini yo‘qotmagan holda yetkazishga mas’ul ekanligi ta’kidlab …

Rasmiy munosabat
27.10.2022“QITMIR CHOL”nomli telegram kanalida Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasidagi “Ikkichi” nomi bilan ochilgan savdo do‘konning reklama yozuvlarida “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablariga amal qilinmaganligi haqida foto murojaat qoldirilgan edi. Yakkasaroy tuman hokimligi shuni maʼlum qiladiki, holat bo‘yicha Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tomonidan holat o‘rganilib tadbirkorga “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablari tushuntirilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati berildi. Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz. Til qoidalariga amal qilinishiga har birimiz masʼuldirmiz. “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablariga ko‘ra, biron reklama yoki eʼlon, ko‘rgazmali yozuvlar bo‘lsa, oldin davlat tilimizda, …

“O‘zbek tili bayrami kuni” umumxalq bayrami davom etmoqda
27.10.202226-oktabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida “21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hamda mas’ul xodimi, shoira Farog‘at Xudoyqulova ishtirok etdi.Uyushma ijro etuvchi apparati hamda “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirok etgan uchrashuv g‘oyat qiziqarli va sermazmun bo‘ldi.Tadbirda shoira Farog‘at Xudoyqulova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga joriy yil 21-oktabrda e’lon qilingan bayram tabrigi butun xalqimizning ko‘nglini tog‘dek ko‘targanligini ta’kidladi.Tabrikda aytilganidek, inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga …
Rasmiy munosabat
27.10.2022XAVOTIR VA MUNOZARAGA ASOS YO‘Q Joriy yilning 26-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bo‘lim mudiri U.Mahmudov va Toshkent shahar hokimligidan hokim o‘rinbosari A.Xen, hokimning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoyev hamda Toponimika bo‘limi boshlig‘i A.Djabbarov ishtirokida Singapurning “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasi rahbari O.Mirzajonov va o‘rinbosari Z.Mirzaulukov bilan poytaxtimizda joylashgan G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i nomi o‘zgarishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda tadbirkor-investor bog‘ning nomi o‘zgarmasligini, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini hurmat qilishini, bog‘ning nomini o‘zgartirishga hech qanday xohishi yo‘qligini ta’kidladi.“Dream Park” va “Orzular bog‘i” kabi nomdan faqat savdo belgisi …

Sibirda O‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda
26.10.2022Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan 21-oktabr–O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Tadbirda Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasining Sibirь bo‘limi direktorining o‘rinbosari Natalya Maxotina, Novosibirsk davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori Vladislav Kokoulin, shuningdek, Novosibirsk shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba-yoshlar ishtirok etdi.Ma'rifiy anjumanda O‘zbekistonda «Davlat tili haqida»gi qonunni qabul qilinish jarayonlari, xususan, qonunning asosiy maqsad va vazifalari, uning mazmun-mohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Unda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat …

Nishon tumanida davlat tilida yuritilishini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
25.10.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6084-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatimizda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tashkilot va idoralarda hamda muassasalarda ish yuritish hujjatlarining davlat tilida yuritilishini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida xato va kamchiliklar aniqlanib, tuman hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tegishli mas’ullarga ish yuritish hujjatlarining davlat tilida yuritilishini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Nishon tumani hokim maslahatchisi O.Abdurahmonova

O‘zbek tilida ish yuritishni barcha xodimlar mukammal bilishi kerak
25.10.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari asosida Konsepsiya tasdiqlandi. O‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha zarur sharoitlarni yaratish vazifalari belgilangan. Qashqadaryo viloyati hokimligining bir guruh xodimlariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari topshirildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida" (https://lex.uz/uz/docs/6145972)gi Qonuni 28-moddasida Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga …

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” shiori ostidagi tadbir o'z nihoyasiga yetdi
24.10.2022Tadbir doirasida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan, ommaviy axborot vositalarida davlat tilini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan materiallarni yoritishda qo‘shgan hissasi uchun “Madaniyat va ma'rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, "Mening yurtim telekanallari, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “Oriat-dono” radiokanali, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi va boshqalar taqdirlandi.Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish tizimiga qo‘shgan hissasi uchun Bobojonov Farxod, Boyxonova Shoira, To‘ychiyev Abdurashid va boshqalar taqdirlandilar.Shuningdek, “Davlat tili ustuvorligini ta'minlagan eng namunali hudud” yo‘nalishida 3-o‘rin Qo‘ng‘irot Qumqo‘rg‘on tumanlari, 2-o‘rin Jondor tumani va Jomboy tumanlari, 1-o‘rinni esa Zarafshon tumani egalladi. “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” …

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maslahatchilar o‘rtasida ZAKOVAT o‘yini tashkil qilindi
19.10.2022Bugun Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi va Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda maslahatchilar, shoir-yozuvchilar, soha mutaxassislari o'rtasida Zakovat oʻyini bo‘lib o‘tdi.Jami 12 jamoa ishtirok etgan intellektual o‘yin qizg‘in hamda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida taklif etilgan san’atkorlar o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi. Unda viloyat hokimlari maslahatchilaridan tashkil topgan “Tafakkur” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2-o‘rinni vazir va idora raislarning maslahatchilaridan iborat bo‘lgan “Jadidlar”, 3-o‘rinni esa “Abdulhamid Cho‘lpon” jamoalari egalladi. Faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar …

Buxoroda o‘zbek tili bayrami keng nishonlandi
18.10.2022Milliy tilga eʼtibor va ehtirom millatsevarlik, vatanparvarlik, oliyjanoblikning yorqin ifodasidir. Milliy til – milliy urf-odat, qadriyatlarni, milliy maʼnaviy meros-manbalarni bilish, o‘zlashtirish, yetkazib berish, targ‘ib etishda, o‘zlikni anglash, anglatishda birlamchi vosita. Til millatga, jamiyatga, Vatanga daxldor oliy tushuncha. Shu bois ham ona tilimizni ulug‘lash, uning borligini-da bir neʼmat bilib, bayram sifatida nishonlash har bir millat vakili uchun farzdir.Buxoroda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tantanalari erta tongdanoq Buxoro davlat universitetida buyuk shoir, so‘z mulkining sohibqironi Alisher Navoiy byusti oldiga gul qo‘yish marosimidan boshlandi.Marosimda so‘zga chiqqan …

“Maʼrifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovining respublika bosqichi toʻgʻrisida
18.10.2022Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan esselar tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi. Ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyotning jamiyat hayotida, xususan, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda tutgan oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan bu tanlov umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari tomonidan qizgʻin kutib olindi. Maʼlumot uchun:Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida tanlovning maktab bosqichida 68 649 nafar, tuman, (shahar) bosqichida jami 13408 nafar, shundan: 1-yoʻnalish boʻyicha 7696 nafar ona tili …

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!
18.10.2022Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini #Onatilimfaxrim chorlovini ommalashtirish orqali ifoda etishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir." Shunday ekan, davlat tiliga hurmat – yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim! Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

O‘zTTSA Davlat nazorati Departamenti Mashinasozlik va metallurgiya sektori boshlig‘i hamda Maʼnaviyat va o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha masʼul S.Shukurova Buxoro viloyati hududiy bo‘limida bo‘ldi
18.10.2022Maʼnaviyat xonasidagi kutubxonada o‘zbek tilida ish yuritish kitoblari mavjud bo‘lib, undan Departament mutaxassislari doimiy ravishda foydalanib kelishadi.Tadbir davomida UzMMI laboratoriyalari bilan tanishib o‘tildi va undagi o‘zbek tili lotin alifbosiga asoslanib ish yuritilganligini o‘rganib chiqildi va imlo qoidalari davlat tilida ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Til bayrami nishonlanishi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning “ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi maʼlumot isteʼmolchiga davlat tilida taqdim etiladi” deb belgilangan tegishli moddalari mazmun-mohiyati yuzasidan …

O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha Xalqaro olimpiada boshlandi
17.10.2022O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda O‘zbek tili va adabiyoti fanidan xalqaro olimpiada tashkil etildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda o‘zbek tilining nufuzi tobora yuksalmoqda. O‘zbek tilining jamiyatimizda keng qo‘llanilishi bilan bir qatorda xorijlik fuqarolar tomonidan o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq universitetlari va markazlarida o‘zbek tili kurslari faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazlarni o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘zbek tilini o‘rganishga oid adabiyotlar bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Prezidentimizning 2021-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda …

Sirdaryo viloyati hokimligining majlislar zalida viloyat iqtisodiy majmua xodimlari hamda oila va xotin-qizlar komissiyalari vakilalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
17.10.2022Yig‘ilish avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva qatnashchilarni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 33 yilligi bilan muborakbod etdi.Shundan so‘ng, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi v.v.b. Obiddin Mahmudov so‘z oldi.Notiq milliy tilda millat ruhi, uning boy tarixiy qiyofasi, qadriyatlar, sobit e’tiqodlar aks etishi yurt farovonligining ustunidir. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Shu boisdan, ona tilini asrab-avaylash, uning mavqeini yanada mustahkamlash, rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining muhim omili …

Tabrik
17.10.2022"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!" Samarqand tumani hokimligi Sizlarni O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to'lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Navoiyda bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda
17.10.2022Qiziltepa tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 33 yilligi hamda “21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida “Ona tilim mangu yashaydi” mavzusida tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.Tadbirda jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, oʻqituvchi-pedagoglar, ijodkor yoshlar, havaskor shoirlar hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ishtirok etishmoqda. Tadbirlar davomida buyuk ajdodlarimizning gʻazal va sheʼrlaridan namunalar oʻqilib, badiiy asarlaridan sahna koʻrinishlari namoyish etilmoqda.

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!
17.10.2022Navoiy shahar hokimligi xodimlari ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini #Onatilimfaxrim chorlovini ommalashtirish orqali ifoda etishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganidek, «Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.» Shunday ekan, davlat tiliga hurmat – yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim!Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting! Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati

Sirdaryo viloyatida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
17.10.2022Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov boshchiligida Sirdaryo viloyatida “Qadring baland boʻlsin, Ona tilim!” shiori ostida yig‘ilish boʻlib oʻtdi.Sirdaryo viloyatida davlat tili siyosati qay darajada olib borilayotgani hamda shu boradagi muammolar haqida so‘z bordi. Viloyatdagi yutuq hamda kamchiliklar oʻrganildi. Kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.

ZAKOVAT
14.10.2022O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "NKMK" AJ Markaziy kon boshqarmasi yoshlari o‘rtasida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o‘tdi.Intellektual o'yinda 13 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, "Muruntov" koni jamoas 1-o‘rin, "Texnik nazorat bo‘limi" jamoasi 2-o‘rin, "2-GMZ" jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi
14.10.2022Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi joriy etish to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar prokuraturasining mas’ul xodimi, Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Umarovalar ishtirokida maxsus ishchi guruhlari shakllantirilib, shahar va tumandagi davlat tashkilotlardagi holatlar o‘rganildi.O‘rganish davomida davlat tilini rivojlantirish, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borgan …

Ona tilim faxrim
14.10.2022“21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Baxmal tumanida O‘smat shaharchasining markaziy shoh ko'chasiga hamda aholi gavjum maskanlariga o‘zbek tilini ulug‘lovchi hikmatli so‘zlar, she’riy satrlar aks ettirilgan tasviriy targ‘ibot vositalari joylashtirilmoqda. Til millat ko'zgusidir! Ona tilimizning, davlat tilimizning umrboqiyligi esa millat va uning milliy maʼnaviyati abadiyligiga ishora.

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!
14.10.2022Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #ona_tilim_faxrim chorlovini ommalashtirish orqali ifoda etishmoqda. Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e'tiborni mustaqillikka bo‘lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim! Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

OKTABR – “O‘zbek tili va adabiyoti oyligi”
13.10.2022Ma'lumki, joriy yil 9-sentabrdan yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. Unda reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bo'yicha bir qator talablar belgilangan. Ushbu talablarning joylardagi holatini o‘rganish maqsadida “Milliy tiklanish” partiyasi qoshidagi “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Toshkent shahrining Sergeli tumani bo‘ldi. Nazorat guruhi aʼzolari va tuman hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda faollar bilan birgalikda tumandagi o‘ttizga yaqin savdo rastalariga ilingan reklamalar bilan tanishishdi. Qonun buzilish holatlari bo'yicha tadbirkorlar ogohlantirilib, bartaraf etish yuzasidan taklif va …

O‘zbek tili bayrami arafasida o‘ziga xos chorlov
13.10.2022Bayram arafasida tumanning barcha davlat tashkilotlari va korxonalarida O‘zbek tili bayramining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Qarshi tumanida davlat tili bayramiga alohida e’tibor qaratilib, til bayramiga munosib tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, bugun Qarshi tumani hokimligi xodimlari tomonidan o‘ziga xos "chorlov" o‘tkazildi.

Tilga e’tibor – elga e’tibor
13.10.2022“21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Samarqand shahrida katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususan, shaharning markaziy ko‘chalarida joylashgan 35 ga yaqin LED ekranlarga va 50 dan ortiq boshqarmalar peshtoqlaridagi hamda ko‘p qavatli binolarning tom qismiga o‘rnatilgan elektron monitorlarga davlat tilini madh etuvchi targ‘ibot-tashviqot materiallari joylashtirilmoqda. Sherali TEMIROV, Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

SEN MILLAT G‘URURISAN, ONA TILIM!
13.10.2022Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning maʼnaviyati, madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi, eng muhimi mustaqillik belgisidir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi tomonidan, tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamkorligida Shahrisabz tumanida O'zbekiston Respublikasi '"Davlat tili to‘g‘risidagi" Qonunning qabul qilinganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan "Sen millat g‘ururisan, ona tilim!" shiori ostida challenge o‘tkazildi.

Milliy gvardiya Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi
11.10.2022 Milliy gvardiya Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi ma’naviyat markazida “Qadring baland bo‘sin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri o’rinbosari Z.Ro’ziyev, dapartament mas’ul xodimi R.Tursunov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi M.Valiyev, O‘zbekiston xalq artistlari Tesha Mo‘minov, Afzal Rafiqov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Ergashevlar ishtirok etishdi. Tadbirda davlat tili bo‘yicha qabul qilingan …

"Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!"
11.10.202221-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan #onatilimfaxrim chorlovlarida Yakkabog‘ tumanidagi "Kafolat- yo‘lovchi tashish" MChJ xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.Chorlovlar tumandagi barcha tashkilot va korxonalar bo‘ylab davom etadi.

“ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI
11.10.2022Kecha, 10-oktabr kuni Urganch davlat universitetida “Eng yaxshi kitobxon talaba” Respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda UrDU, TTA UF, TATU UF, OʻzXA UFning oliy taʼlim muassasasi bosqichi gʻoliblari qatnashdilar. Tanlovni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, tanlovning ushbu bosqichi shartlari bilan tanishtirdi: 1. “Eng bilimdon talaba” sharti (test shaklida);2. “Annotatsiya mahorati” sharti;3. “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish”. Tanlov natijalariga koʻra:1-o‘rin Madaminova Dilnura (Urganch davlat universiteti);2-o‘rin Ibodullayeva Baxtigul (TTA Urganch filiali);3-o‘rin Jumaniyozova Munis (Urganch davlat universiteti). Gʻoliblar faxriy yorliq va badiiy kitob bilan taqdirlandi.

NORMATIV HUQUQIY HUJJATLARGA OID SЕMINAR O‘TKAZILDI
11.10.2022Arnasoy tuman hokimligi majlislar zalida “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida seminar o‘tkazildi.Mazkur seminarda Arnasoy hokimligi, tuman Adliya bo‘limi, tumandagi tashkilot, korxona hamda muassasalarning kadrlar bo‘limi va ish yurituvchi hodimlari ishtirok etdi. Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 662-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni!
11.10.2022Shahrisabz shahar hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda Axborot-kutubxona markazi xodimlari va kitobxonlar o‘rtasida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy muloqot tashkil etildi.Unda shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova hamda RMMM shahar bo‘linmasi rahbari L.Abdullayevalar ona tilimiz tarixi va uning bugungi mavqeyi haqida fikr yuritdilar. Muloqot davomida 2020-yilning 10-aprelida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni alohida tilga olindi. Boisi, mazkur Qonunning qabul qilinishi nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 milliondan ortiq oʻzbeklar va ona tilimiz ixlosmandlarini birdek quvontirdi. Ahamiyatlisi, …

Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma aniqlandi
10.10.2022Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati aʼzosi Badriddin Maqsudov maʼlum qildi.Uning aytishicha, kitob Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi bo‘lishi mumkin.Kitobning xotimasida qo‘lyozma hijriy 1027-yil rajab oyida bitilgani qayd etilgan. Bu milodiy 1618-yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.Kitob kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qayerda ko‘chirilgani hozircha maʼlum emas. Maʼlumot o‘rnida, ayni paytga qadar Amir Temur haqida bitilgan turkiy asarlarning eng qadimiysi 1713-yilda yaratilgan, deb kelinadi.

DIQQAT TANLOV
10.10.2022O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari talabalari o‘rtasida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! Tanlov uchun materiallar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi: videoroliklar davomiyligi 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak; tilni madh etuvchi she’rni ijro etish mahoratiga e’tibor qaratish lozim;· materiallar @moturidiyuz_bot telegram manziliga 2022-yil 17-oktabr soat 17:00 ga qadar yuborilishi so‘raladi.Tanlov g‘oliblari Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan munosib taqdirlanadi. Shoshiling va iqtidoringizni namoyon qiling!

SAMARQANDDA OKTABR OYI - “SAVODXONLIKNI OSHIRISH OYLIGI” DEB E’LON QILINDI
10.10.2022O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan joriy yilning oktabr oyi viloyat xalq ta’limi tizimida filologiya (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili ) fanlarini chuqur o‘rganish - “Savodxonlikni oshirish oyligi” deb e’lon qilindi. Ayni paytda viloyat maktablarida mazkur oylik doirasida ochiq darslar va tadbirlar boshlab yuborilgan. Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Termiz va Qumqoʻrgʻon tumanlaridagi ayrim aholi punktlari nomi oʻzgardi
10.10.2022Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qarori bilan Termiz tumanidagi “Yangiariq” hamda Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Oqqapchigʻay”, “Ketmon” va “Arslonboyli” QFYdagi ayrim aholi punktlari nomlari o'zgartirilgan.Jumladan, Termiz tumani boʻyicha:“Yangiariq” QFY, “Qahramon” aholi punkti – “Doʻstlik”;Qumqoʻrgʻon tumani boʻyicha:“Tebat” MFY “Ouzikent” aholi punkti – “Chorvador”;“Koʻganli” MFY “Egriqoq” aholi punkti – “Oltin kamar”;“Koʻganli” MFY “Lupang” aholi punkti – “Karvon yoʻli”;“Koʻganli” MFY “Maxat” aholi punkti – “Oydin koʻl”;“Achamayli” MFY “Kochay” aholi punkti – “Zamin”;“Achamayli” MFY “Qaychili” aholi punkti – “Navroʻz”, deb qayta nomlandi.

"G‘ALVIR" loyihasi
10.10.2022"G'ALVIR" loyihasi Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda tayyorlangan savollar bilan efirga chiqadi.Dushanba - seshanba - chorshanba kunlari 19:00dan boshlab FM 106.5da tinglang va ishtirok eting. Payshanba kuni g'oliblardan biri bo'lishingiz mumkin.

Davlat xizmatchisining nutq madaniyati haqida so‘z yuritildi
09.10.2022Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimi xodimlari Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan har juma kuni tashkil etiladigan bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʼrifat soati”da faol ishtirok etib keladilar. “Siyosiy-maʼrifat soati”ning bugungi soni til va nutq madaniyati masalalariga bagʻishlandi. Unda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimboy Jumaniyozov “Muloqot madaniyati va notiqlik sanʼati” mavzusida maʼruza qildi. Bu bejiz emas, albatta. 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan respublika boʻylab oʻzbek tili oyligi boshlanadi va shu munosabat bilan turli mavzu vav mazmundagi tadbirlar oʻtkaziladi. Bu maʼrifiy soatni ham shunday tadbirlardan …

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasida “QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi
07.10.2022Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!” mavzusidagi tilshunos olimlar va yozuvchilar bilan uchrashuv hamda seminar-trening boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti masʻul xodimi R.Tursunov, Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori A.Eminovlar ishtirok etishdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-son Farmoni va boshqa davlat tiliga oid …

Innovatsion rivojlanish vazirligida Isajon Sulton ijodiga bagʻishlangan tadbir tashkil qilindi
06.10.2022Yaqinda Turkiyaning Bursa shahrida Turk til qurumi, Turk davlatlari kengashi, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Otaturk nomidagi madaniyat, tarix va til yuksak qurumi tomonidan o‘tkazilgan “Tilda, fikrda, ishda birlik – turkiy dunyo adabiyot (roman) mukofotlari” tanlovida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Bilga xoqon” asari g‘oliblar qatoridan oʻrin olgan edi.Innovatsion rivojlanish vazirligida Isajon Sulton ijodiga bagʻishlangan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda soʻzga chiqqan Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Shukurov Sobir Sayfiyevich davlatimiz tomonidan ijodkorlarga qilinayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar, jumladan, yosh ijodkorlarga uy-joy ajratilayotgani xususida gapirib, Isajon akaning yutugʻi ham ana shu e’tiborning …

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Davlat soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi
05.10.2022Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish hamda faol qoʻllanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda ularning quyi tizimlarida 5-oktabr kuni Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi. Oʻrganish davomida qoʻmita, markaz hamda agentlikda davlat tilida ish yuritilishi qanday daraja ekanligi va tizimdagi yutuq kamchiliklar oʻrganildi. Kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.

TASHQI REKLAMA VA YOZUVLARI DAVLAT TILIGA MOSLIK DARAJASI O‘RGANILDI.
05.10.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror ijrosi bo‘yicha Joriy yilning 3-oktabr kuni Kogon tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Muhiddinov hamda Respublika Ma'naviyat va ma‘rifat markazi Kogon tuman bo‘linmasi tomonidan grafik asosida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan yozuvlarni o‘rganib, ma'nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tadbirkorlarga tushuntirish va targ'ibot ishlarini olib borishdi.Tadbirkorlarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida …

Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimligi tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi.
05.10.2022Yangiobod tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlari diqqatiga!2022-yil 7-iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda Lex.uz qabul qilindi. Unda reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasida bir qator talablar belgilandi. Qonun 8 ta bob va 53 ta moddadan iborat bo'lib, joriy yilning 9-sentabr kunidan kuchga kirdi. Shu paytga qadar amaldagi qonunimizda reklama tiliga bo‘lgan talab mavjud emas edi. Yaʼni reklama uni beruvchining xohishiga ko‘ra istalgan tilda berilishi mumkin edi. Endilikda reklamani dastlab davlat tilida berish qatʼiy belgilandi va reklama beruvchining ixtiyoriga ko‘ra boshqa tillarda ham aynan qaytarilishi mumkin bo‘ldi. Qonun talablarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan …

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻrganish olib borildi.
05.10.2022Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish hamda faol qoʻllanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamda ularning quyi tizimlarida 4-oktabr kuni Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.Oʻrganish davomida agentlik hamda kutubxonadagi davlat tilida ish yuritilishi qanday daraja ekanligi va tizimdagi yutuq, kamchiliklar oʻrganildi. Kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.

REKLAMA VOSITALARINING O‘ZBEK TILIGA MUVOFIQLIGI TA’MINLANADI: “Dolzarb 5 kunlik”
28.09.2022O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni 6-moddasining joylardagi tushuntirish-targ‘iboti davom etmoqda. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova boshchiligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashqi reklama obyektlarining davlat tiliga muvofiqligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘tkazilayotgan “Dolzarb 5 kunlik” doirasida “Olchazor Aziya” savdo majmuasi hududi bo‘ylab o‘tkazilgan tushuntirish-targ‘ibot ishida 26 nafar tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatmaviy murojaat xatlari taqdim etildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqal’a tumanida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga amal qilinishi holatini o‘rganildi
26.09.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqarg‘i Kengashi Prezidentning “Qoraqalpoq tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish choralari to‘g‘risi” da 410-sonli qarori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yil 16-dekabr kungi 11-07/5-12/395-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumanida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga amal qilinishi bo‘yicha, tashqi va ichki yozuvlar, peshlavhalar, bannerlar va bashqa axborot matnlarining holatini o‘rganildi. Ellikqal’a dehqon bozori MChJ tashkiloti rahbarlariga tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Sherbaev, …

Qashqadaryo viloyatida respublika ishchi guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
26.09.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi yuzasidan respublika ishchi guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri o'rinbosari Z.Ro'ziyev boshqarib borgan yig‘ilishda, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, viloyat va tuman, shahar hokimlarining maslahatchilari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish borasida Qashqadaryo viloyatida qilinayotgan ishlar, “Qadring baland …

“Davlat tilida ish yuritish asoslari va til siyosatini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi!
26.09.2022Onlayn shaklda tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.To‘ychiyeva, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i O‘.Boboyorov, Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy-huquqiy axborot markazi bosh maslahatchisi S.Eshonxo‘jayev, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig'i O.Egamov va Yuridik bo‘limi boshlig‘i A.Abdukarimov, monomarkaz mutasaddi xodimlari hamda hududiy boshqarma vakillari ishtirok etdilar.O‘zaro erkin va ochiq muloqot tarzida kechgan mazkur uchrashuvda Davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan so‘nggi o‘zgarishlar, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi …

Hazrati Sulton ota cho‘qqisidagi peshlavha yozuvi nazoratga olindi va isloh qilindi
22.09.2022Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Kristiak Chobanu mamlakatimiz aholisini mustaqillik bayrami bilan Hazrati Sulton ota cho‘qqisidan turib o‘zbek tilida tabriklagan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov sahifasida elchining orqasidagi peshlavha yozuvi xorijiy (rus) tilda yoritilganligi muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng bu masala Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi va isloh qilindi.Cho‘qqidagi noqulay ob-havo tufayli mazkur masalani hal qilish bir oz kechikkanligini ma’lum qilamiz. Ushbu masalaga jamoatchilik e'tiborini qaratgan Kun.uz muxbiri Ilyos Safarovga hamda yordam qo‘lini cho‘zgan …

Energetika vazirligida “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz neʼmat” shiori ostida “Davlat tiliga eʼtibor – mustaqillikka eʼtibor” mavzusidagi maʼrifat soati o‘tkazildi
20.09.2022Bugun 20-sentabr kuni Energetika vazirligida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – eng ulug‘ va eng aziz neʼmat” shiori ostida “Davlat tiliga eʼtibor – mustaqillikka eʼtibor” mavzusida maʼrifat soati o‘tkazildi. Unda Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi G‘.Hamrayev, Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi rahbari I.Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Iminov o‘z chiqishlarida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, davlat tili maqomi berilgan o‘zbek tiliga …

Lotin alifbosiga asoslangan Davlat tilida ish yuritish yuzasidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi
20.09.2022Mirobod tumani hokimligida bugun malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan 30 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman hokimligi xodimlari hamda tumandagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning ish yurituvchilari Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining malakali mutaxassislari tomonidan bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.Tadbirda Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori,filologiya fanlari nomzodi, …

Davlat nazorati Departamentida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi
19.09.2022Davlat nazorati Departamentida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi, chiqish xatlari, ichki buyruqlar, tadbirkorlaik subyektlarida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o‘tkazish haqidagi dalolatnomalar o‘rganildi.Departamentning saytidagi materiallar mazmun va davlat tiliga rioya etilganligi jihatidan tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar xodimlarga ko‘rsatib o‘tildi, "Davlat tilida ish yuritish" kitobidagi uslubiy ko‘rsatmalar bilan yaqindan tanishishlari haqida eslatildi. Xatolar ustida ishlash vazifalari topshirildi.Rahbariyat bilan kelgusida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘rganish va mavjud bilimlarni yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etishga kelishib …

Bog‘ot tumanida o‘quv seminari tashkil etildi
16.09.2022Bog‘ot tumani hokimligining majlislar zalida joriy yil 1-oktabrdan ish yuritish lotin yozuviga o‘tkazilishi bo‘yicha viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla faollari ishtirok etdilar. Seminarni Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudoyberganov olib bordi. Seminarda 1-oktabridan ish yuritishni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borishga tayyorgarlik ko‘rish, unli harflar hamda harfiy birikmalarning lotin yozuvida ifodalanishi kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Joriy yil 9-sentabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonuni 6-moddasi talablarini amalga oshirish bo‘yicha oldda turgan vazifalar …

Reklama qonunchiligi o‘zgardi
16.09.2022Hurmatli, tadbirkorlar! Mamlakatimizda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 9-sentabrdan kuchga kirdi.Endilikda ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hamda ta’lim muassasalarida foydalaniladigan bosma (darslik, kundalik, daftar kabi) nashrlar reklamasi taqiqlanadi. Tamaki mahsulotlari yoki nikotin iste’moliga aloqador moslamalarni reklama qilish ham shu jumladandir.Shuningdek, energetik ichimliklar reklamasi soat 7:00 dan 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilinmaydi. Yangi tartibga ko‘ra, narx (tarif)larni chet el valyutasida ko‘rsatish mumkin emas. Alohida hollarda mahsulotning yosh tasnifini ko‘rsatish shart.Milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek, axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid shakllar, iboralar va obrazlardan reklama materialida foydalanish man etiladi.Bundan tashqari, dori vositalarini reklama …

Jamiyatda o‘quv mashg‘ulotlarining 5-bosqichi boshlandi
16.09.2022"Ammofos-Maksam" AJda joriy yil uchun O‘zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash, davlat tilida ish yuritishni tizimli tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar belgilab olingan. Rejadagi mazkur vazifalar amaliyotini yo‘lga qo‘yishda qator tadbirlar tashkillashtirib kelinmoqda. Xususan, 6-sentabrdan korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish savodxonligini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish, malaka oshirish markazi tomonidan 25 nafar mutaxassislar uchun "O‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish" o‘quv mashg‘ulotlarining …

Yakkasaroy tuman hokimligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
15.09.2022Uchrashuvda Yakkasaroy tuman hokimi A.Sayfutdinov, hokim o‘rinbosarlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori,filologiya fanlari nomzodi,dotsent I.Azimov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i, katta o‘qituvchi O‘.Boboyorovlar, hokimlik xodimlari ishtirok etdilar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida Yakkasaroy tuman hokimligi …

URGANCH SHAHRIDA SEMINAR: JORIY YIL 1-OKTABRDAN ISH YURITISH LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK TILIDA OLIB BORILADI
13.09.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 61-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha idora, tashkilotlar, boshqarmalar va mahalliy hokimliklarda ish yuritish lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida bo'lishi belgilangan.Urganch shahar hokimligining majlislar zalida mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 7-sentabrda Xorazm viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan 2 soatlik o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Urganch shahar hokimi O.Xolboyev, hokim o‘rinbosarlari, shahardagi idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla faollari ishtirok etdilar. Seminarni Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudoyberganov olib bordi.Seminarda …

Tashqi reklama va targʻibot vositalarining holati oʻrganildi.
13.09.2022Qiziltepa tuman hokimligi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi bilan hamkorlikda Madaniyat, Vangʻozi hamda Oqmachit mahallalarida joylashgan qurilish, savdo va aholiga xizmat koʻrsatish shaxobchalarida tashqi reklama va targʻibot vositalarining holati oʻrganildi. Monitoring davomida maʼnan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi va “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga zid boʻlgan, noqonuniy oʻrnatilgan reklama va targʻibot bannerlari olib tashlanib, tadbirkorlarga tuman hokimi maslahatchisi E. Karimov hamda Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari N. Kenjayevlar tomonidan Qonun talablariga rioya etgan holda targʻibot bannerlarini sifatli oʻrnatish boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar berib oʻtildi.

Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.
12.09.2022Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish hamda faol qoʻllanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati, Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligida 9-sentabr kuni Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi. Oʻrganish natijasida Qoʻmita tizimida davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi oʻz vaqtida sifatli ta'minlanayotganligi, ish yuritishni davlat tilida lotin alifbosida tashkil etilganligi, oʻzbek tilini keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar munosib baholandi. 2022-yilda “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” hamda “Reklama …

Jizzax viloyatida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
12.09.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmonlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rahbari o'rinbosari Zafar Ro'ziyev va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Inomjon Azimov, Jizzax viloyati (tuman, shahar) hokimlarining maslahatchilari ishtirok etishdi. “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan Baxmal tumanidagi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumotlar …

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmon ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
09.09.2022Joriy yilning 8-sentabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligida O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonlar va qarorlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri o‘rinbosari Z.Ro‘ziyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, Sirdaryo viloyati hokimi maslahatchisi G‘.Yusupov, tuman (shahar) hokimi maslahatchilari hamda viloyatdagi boshqarma va korxonalarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida tuman-shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali …

Viloyat va tuman hokimlarining maslahatchilari tadbirkorlarga murojaat bilan chiqishmoqda
08.09.2022TADBIRKORLAR DIQQATIGA!Viloyat va tuman hokimlarining maslahatchilari tadbirkorlarga murojaat bilan chiqishmoqda."Reklama to'g'risida"gi Qonun 9-sentabrdan kuchga kiradi.2022-yil 7-iyunda qabul qilingan Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” bo‘lib, unga amal qilishlaringiz so'raladi. Qonun talablarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

TADBIRKORLAR VA BARCHA REKLAMA BERUVCHILAR DIQQATIGA!
08.09.2022"Reklama to'g'risida"gi yangi tahrirdagi Qonunga binoan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish vakolatli organ tomonidan belgilab berilgan chizmalariga muvofiq bo‘lishi kerak.Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) yo‘lning qatnov qismiga chiqarib o‘rnatish taqiqlanadi.Tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlariga, yo‘l belgilariga va svetoforlarga, ularning tirgaklariga yoki harakatni tartibga solish uchun mo‘ljallangan boshqa har qanday qurilmaga o‘rnatish, shuningdek tutash hududdagi obodonlashtirish elementlarini buzgan holda o‘rnatish taqiqlanadi. Navoiy shahar hokimligi axborot xizmati

“Ma’naviyat va kitobxonlik soati hamda ish yuritishni davlat tilida tashkil etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
07.09.2022Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari xodimlari orasida kitobxonlik madaniyatiini yanada rivojlantirish, adabiyotshunos olimlar ishtirokida “Ma’naviyat va kitobxonlik soati” o‘tkazish rejasi belgilangan. Mazkur rejaga asosan, bugun Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida Yozuvchilar Uyushmasining Nurafshon shahridagi kutubxonasida «Ma’naviyat va kitobxonlik soati hamda ish yuritishni davlat tilida tashkil etish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari – O‘zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toir va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Fayziyeva Sayyora ishtirok etishdi. Shu o‘rinda, viloyat tashkilotlari qatorida bunday uchrashuvlar ilk bora tashkil etilayotganligi …

Korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish savodxonligi oshirilmoqda
07.09.2022“Ammofos-Maxam”AJda 6-sentabrdan korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish savodxonligini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish, malaka oshirish markazi tomonidan 25 nafar mutaxassislar uchun “O‘zbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish” o‘quv mashg‘ulotlarining keyingi 5-bosqichi boshlandi.

Nishon tumanidagi ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikasida tashqi yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi
07.09.2022Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror ijrosi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Abdurahmonova hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nishon tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi X.Davronov grafik asosida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan yozuvlarni o‘rganib, ma’nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to'g'risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tadbirkorlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishdi. Nishon tuman hokimi maslahatchisi …

Mahalla vakillarining takliflari mas'ullar tomonidan o'rganildi
07.09.2022Qibray tumani hududidagi Mehnat mahalla fuqarolar yig'inidagi yangi tashkil etilgan namunaviy uylar joylashgan ko‘chalarga mahalla vakillarining yangi nom berish to‘g‘risidagi takliflari Qibray tuman hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi N.Usmonova, tuman Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri mutaxassisi D.Buxarbayev "Mehnat" mahallasi raisi A.Utepov,mahalladagi hokim yordamchisi D.Islomov va 1-sektor mas’ul kotibi N.Qayumxodjayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarining nomlari to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqildi.

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi.
06.09.2022Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Ohangaron shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi. O‘rganish davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida 2022-yil uchun “Yo‘l xaritasi” da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash, bo‘lim xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishni targ‘ib qilish borasida tavsiyalar berildi. Jumladan, mazkur bo‘limdagi barcha tashqi yozuvlar monitoring qilindi hamda lotin va kirill yozuvlarida aralash o‘rnatilgan …

Qadrli yurtdoshlar!
02.09.2022Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!Mustaqilligimizni mustahkamlash, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz hayoti farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu va xayrli ishlaringizga zafarlar yor bo‘lsin!Xalqimizning bebaho xazinasi, milliy o‘zligimiz ramzi bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, uni avlodlarga bezavol yetkazishda, jonajon tilimizning o‘rni va nufuzini oshirishda barchangizni hamjihatlikka, hamkorlikka chorlaymiz!Sizlarga mustahkam salomatlik, uzoq umr, oilangizga to‘kinlik, totuvlik, shodu xurramlik tilaymiz!Betakror diyorimiz – g‘o‘zal O‘zbekistonimizning quyoshi mangu porlab tursin!Istiqlolimiz umrboqiy bo‘lsin!Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Parkent tumanidagi toponimik obyektlar nomlanishi masalasi yuzasidan muhokama majlisi bo‘lib o‘tdi
22.08.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi 283-sonli “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandiga muvofiq, Parkent tumani hududidagi mahallalar, shox ko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlar hamda qabristonlarning soni va nomlarini Davlat reyestriga kiritish masalalari yuzasidan Parkent tumanidagi barcha Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan muhokama majlisi bo‘lib o‘tdi.Majlisda Parkent tuman hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Soatov hamda hokim maslahatchisi Abdulaziz Abdumutalovlar so‘zga chiqib, tumandagi mavjud ko‘chalar nomlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga mosligi, “Geonames” platformasida takror kelishi kabi masalalar yuzasidan raislar bilan maslahatlashib olishdi. Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil …

Davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari tahlili
19.08.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 19-avgust kuni Mirobod tumani hokimligi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan tuman hokimligi xodimlari hamda tumandagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning ish yurituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Z.Ro‘ziyev hаmdа mas'ul hodimi R.Tursunovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ma’ruzada …

Tashqi reklama va yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi
19.08.2022Toshkent viloyati Ohangaron shahrida "Reklama to'g'risida"gi yangi tahrirdagi 776-sonli qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablari ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining maslahatchisi Shaxnoza Xo‘jayevaning ishtirokida ishchi guruh tomonidan shahardagi tashqi yozuvlar tahlil qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlariga ogohlantirish xatlari tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risidagi”gi Qonuni muhokama qilindi
18.08.2022Qashqadaryo Viloyati Yakkabog‘ tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Xushvaqtova tumandagi reklama tayyorlovchi korxona egalari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida yangi tahrirdagi Qonun mazmun-mohiyati haqida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan O‘RQ-776-sonli “Reklama to‘g‘risidagi”gi Qonunida yuqoridagi og‘riqli vaziyatlarga aniqlik kiritganligi, Qonunning joriy yilning 9-sentabridan kuchga kirishi, tashqi reklama yozuvlarining birinchi navbatda davlat tilida berilishi ularning tartibga keltirilishi bilan ham ahamiyat kasb etishi tushuntirildi. …

Tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari berildi
18.08.2022Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama toʻgʻrisida”gi OʻRQ-776-son Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi U.Mirjalolov, Din ishlari bo'yicha Qo'mintaning Yangiyer shahar bosh mutaxassisi Sh.Eshonqulov hamda shahar Ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxasisi B.Akramov bilan hamkorlikda Yangiyer shahridagi “Davlatobod”, “Ma'rifat” va "Fazilat" mahallalalari hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida tashqi reklama va bannerlarning qonun talablariga hamda milliy qadriyatlarga mosligi o‘rganildi. Bunda tadbirkorlarga tushuntirishish ishlari olib borilib, qonun talablariga zid bo‘lgan tashqi targ‘ibot vositalari olib tashalnib, tadbirkorlarga ogohlantirish xatlari …

Tashqi reklama va yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi
17.08.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror ijrosi bo‘yicha Olot tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Samatov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Olot tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi S.Samatov grafik asosida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan yozuvlarni o‘rganib, ma’nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to'g'risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tadbirkorlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishdi. Bugun, tuman markazida …

“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING YANGI TAHRIRI KUCHGA KIRADI
17.08.2022Bugun keng va shinam avtomobil yo‘llari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, yirik hajmdagi savdo uylari tomon yo‘lingiz tushsa, tashqi tasviriy vositalar, bunda yirik hajmdagi let monitorlar-u bannerlar tasavvuringizda ko‘cha yuzini bezagandek go‘yo. Keng hajmda katta qilib yozilgan peshtoq yozuvlari esa inson xayolini chalkashtirib yuboradi. Tashqi tasviriy vositalardagi izohli rasmlar turli millat vakillariga xos: o‘zbek, rus, ingliz, arab, koreys,…, xullas davomli sanash mumkin. Demak, tashqi reklamalardagi milliy ruh ham shunga yarasha. Milliy ruh haqida gap ketganda millatning aksini tushunish odat tusiga kirgan. Haqiqatan ham shunday. Ammo millatning yuzi nafaqat suratda, balki yozuvda ham aks etadi. …

DAVLAT TILI – MILLAT KO‘ZGUSI!
16.08.2022Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrisabz shahar bo'linmasi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarning davlat tiliga bo‘lgan e’tiborini oshirish hamda tashqi axborot matnlari va reklama vositalarida davlat tilining amal qilinishi bilan bog‘liq imloviy, uslubiy va so‘z qo‘llashdagi g‘aliz xatolarni bartaraf etish maqsadida Shahrisabz shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari L.Abdullayeva hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrisabz shahar bo'linmasi matbuot xizmati.

O‘zbek mumtoz adabiyoti Buyuk Britaniyani o‘ziga maftun etmoqda
11.08.2022LONDON, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. 18-19-asrlarda yashab ijod qilgan o‘zbek shoiralari Jahon Otin Uvaysiy va Nodira qalamiga mansub she’rlar Buyuk Britaniyada tarjima qilinib, to‘plam holida chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. O‘zbekiston elchixonasidan ma’lum qilinishicha, "Nodira va Uvaysiy: tanlangan she’rlar" (Nodira and Uvaysiy: Selected Poems) kitobi Londonda 2021-yilda nashrdan chiqqan "Alisher Navoiyning 12 g‘azali, Abdulhamid Cho‘lponning 14 she’ri" («12 Ghazals By Alisher Navoiy, 14 Poems By Abdulhamid Cho'lpon») to‘plamidan keyingi ikkinchi yirik loyiha bo‘ldi. Tarjimalar muallifi - ingliz shoiri Endryu Staniland. Bu ijodiy loyiha elchixona ko‘magida amalga oshirilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda mamlakatimiz va …

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi.
08.08.2022Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Mirzayeva tomonidan 2022-yil 2-avgust kuni Ishchi guruh a'zolari bilan birgalikda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi hamda Dehqon bozori idorasida davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi. O‘rganish davomida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida 2022-yil uchun "Yo‘l xaritasi" da belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash, bo‘lim xodimlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishni targ‘ib qilish borasida tavsiyalar berildi. Jumladan, mazkur bo‘limdagi barcha tashqi yozuvlar monitoring qilindi hamda lotin va kirill yozuvlarida aralash o'rnatilgan …

Vobkentda "Reklama tog'risida”gi Qonunning ijrosi ta'minlanmoqda
05.08.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-son “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati Vobkent tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Xalilov hamda tuman hokimligi axborot xizmati bilan hamkorlikda tumandagi “Shifokor” va “Charmgaron” mahallasi hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish sektorlarida tashqi reklama va bannerlarning qonun talabiga hamda milliy qadriyatlarga mosligi o‘rganildi. Ma’nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili …

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida
03.08.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriXalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991-yil 31-avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tariximizdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir.Aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbayi bo‘lib kelmoqda.Ayniqsa, so‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga …

“Savdo peshtoqida aks etgan eng chiroyli milliy nom” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
01.08.2022Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman hokimligi tomonidan savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va aholiga servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida e’lon qilingan “Savdo peshtoqida aks etgan eng chiroyli milliy nom” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. O‘zbek tilini nufuzini oshirish, o‘zbekona milliy nomlarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan tanlovda Yakkabog‘ tumanidagi 100 dan oshiq korxona va shoxobchalar ishtirok etib, milliylik bilan uyg‘unlashgan “Chinor” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi 1-o‘ringa, “Anor” 2-o‘ringa, “Charog‘on” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi 3-o‘ringa munosib deb topildi. Tanlovning taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Z.Aminova ishtirok etdi. G‘oliblar tuman hokimining tashakkurnomasi hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. D. …

RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MARIFAT MARKAZIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
30.07.2022Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida 29-iyul kuni Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda davlat qo‘mitalari, markaziy muassasalar hamda agentliklarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, davlat tilida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklifalar eshitildi.

Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
29.07.2022Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni tuman hokimi o‘rinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat Kengash raisi o‘rinbosari J.Djanikulov olib bordi.Unda viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi, Toshkent viloyati hokimining Davlat tili maslahatchisi Shahnoza Xo‘jayeva, shuningdek, tumandagi bo‘lim, korxona va tashkilot rahbarlari, tumandagi taʼlim muassasalarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktablarning ijodiy-madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchilari ishtirok etishdi.Tadbirda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining 2022-yil uchun tuzilgan "Yo‘l xaritasi" birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.Nodirovaning axboroti tinglandi. Toshkent viloyati hokimining Davlat tili …

Namunali tadbirkorlar rag‘batlantirildi
29.07.2022Samarqand viloyati Jomboy tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Hujjatning 6-moddasida reklama faqat davlat tilida yuritilishi belgilab qo‘yilgani e’tiborga molik. Tadbirda ushbu jihat yuzasidan ishtirokchilarga tushuncha berildi. Shuningdek, tuman markazining zamonaviy qiyofasini saqlash, obodonlashtirish ishlarini tartibli tashkil qilish, bino va inshootlar fasadi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.Namunali tadbirkorlar tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Farg‘ona viloyatida davlat tili yuzasidan hafta boshida amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tafsiloti
27.07.2022Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan joylarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida Marg‘ilon shahar “Dilijonim” nodavlat ta’lim muassasasida o‘rganish o‘tkazildi. Farg‘ona viloyati hokimligining tashabbusi bilan “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” Farg‘ona hududiy bo‘linmasida Qo‘shtepa tuman “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan ayollar uchun tashkil qilingan maxsus o‘quv kurslarida ishtirok etayotgan tinglovchilar bilan navbatdagi dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosi yuzasidan Dang‘ara tuman “Qashqar”, “Targ‘ova” mahalla fuqarolar yig‘inlarida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish hamda tashqi yozuvlar va targ‘ibot …
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
26.07.2022O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 18-maydagi 30/1-3425-son XDFU, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2022-yil 23-may kunidagi 4/523-170-sonli ko‘rsatmalari hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2021-yil 15-dekabr kunidagi 381-sonli buyrug‘ining ilovasida keltirilgan “2022-o‘quv yilida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun, davlat tilining ustuvorligiga erishish, shuningdek, davlat tilini rivojlantirish bilan bog‘liq qabul qilingan hujjatlarda shaxsiy tarkibning davlat tilida ish yuritishga oid bilim-malakalarini oshirib borish vazifalari belgilangan.Shu munosabat bilan joriy yilning 22-iyul kuni boshqarmaning shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan “Ma’naviy-ma’rifiy …

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!’’
25.07.2022Yuqori Chirchiq tumanidagi Astrum IT akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Toshkent viloyati hokimligining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yisha maslahatchilari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Toshkent viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi – Mahmud Toirov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi – Rustam Tursunov, Filologiya fanlari doktori, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – Inomjon Azimov, …

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda bajarilgan “O‘zbek tilida neyming: meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha
20.07.2022O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda bajarilgan “O‘zbek tilida neyming: meʼyoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha yakunlandi.Loyihaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish, savdo obyektlari, mahsulotlar, uning brendiga nom qo‘yish jarayonini yengillashtirish, xalqimizning milliy anʼanalari va mentalitetiga yot bo‘lgan to‘qima nomlarning oldini olish, yangi nomlarning o‘zbek adabiy tili meʼyorlariga mos bo‘lishini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyekti bilan shug‘ullanuvchi ommani neyming texnologiyasi asoslaridan xabardor qilish, ularga uslubiy ko‘rsatmalar berish, savdo brendlari nomlarining zaxirasini yaratish, o‘zbek xalqining milliy-madaniy qarashlari, mentaliteti hamda o‘zbek adabiy tili meʼyorlariga asoslangan nom yaratishning elektron dasturiy taʼminotini yaratish hamda internet tarmog‘ida neyming …

Madaniyat xodimlari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda
19.07.2022O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, vazirlik tomonidan tasdiqlangan jadval asosida joriy yilning 14-iyulidan e’tiboran hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘quv-seminarlari boshlandi.Unda mas’ul mutaxassislar tomonidan ta’limga oid islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish asoslari, ijro intizomi, moliya-xo‘jalik, konsert-tomosha, teatrlar va madaniyat markazlari faoliyati yuzasidan ma’ruzalar o‘tilib, o‘quv-seminari ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berilmoqda.

Toyloqda tashqi reklamalarning Qonunga mosligi o‘rganilmoqda
18.07.2022Bir necha kundurki tumanning markaziy ko‘chalarida joylashgan tashqi reklamalar, peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga mosligi tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.Tuman hududidagi 200 ga yaqin tashqi reklama obyektlarining qonun talablariga moslik holati o‘rganilib, qonunga zid ravishda o‘rnatilgan va davlat tili me’yorlarida yozilmagan tashqi reklama obyektlari olib tashlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunlari talablariga rioya etishni istamagan tadbirkorlarga ogohlantirish berilib, tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Hurmatli tadbirkorlar! Mahsulot yoki xizmat k o‘rsatish haqidagi reklamalarni qonunga rioya qilgan holda joylashtirishingiz so‘raladi. Aks holda, …

“Maʼnaviyat” asosiy tushunchalar lug‘atining taqdimoti o‘tkazildi
18.07.202216-iyul kuni Ichki ishlar vazirligining Madaniyat saroyida Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan nashr qilingan “Maʼnaviyat” asosiy tushunchalar lug‘atining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Unda Ichki ishlar organlari hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlari ishtirok etdi. Markaz rahbari Minhojiddin Hojimatov so‘zga chiqib, kitob falsafiy qarashlar, chuqur tahliliy yondashuvlar, aniq manbalarga tayangan holda yaratilgani va o‘quvchi tafakkurini yanada oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini bildirdi.– Haqiqiy ilmga maʼnaviyat orqali erishiladi, – dedi o‘z nutqida Minhojiddin Mirzo. – Kitobga bo‘lgan muhabbat, eng avvalo, vatanga, oilaga bo‘lgan muhabbatdir. Bugun olimlarimiz, shoir-u yozuvchilarimiz qatorida yosh, izlanuvchan tadqiqotchilarimiz ham xalqimiz, qolaversa, yoshlarimizning …

DIQQAT, TANLOV!
13.07.2022Yakkabog‘ tuman hokimligi hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi savdo, maishiy va umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda aholiga servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida "SAVDO PESHTOQIDA AKS ETGAN ENG CHIROYLI MILLIY NOM" tanlovini e’lon qiladi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan 2022- yil 13-20 iyul kunlari tanlov ishtirokchilarining hujjatlari va fotolavhalari o‘rganib chiqilib, 23- iyul kuni g‘oliblar taqdirlanadi. Tanlov tashkiliy qo‘mitasi

TIL – MA’NAVIY YUKSALISHNING ASOSI
08.07.2022Maʼlumki, shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston — Inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida harakatlanayotgan “Madaniyat karvoni” Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Yozuvchi-shoirlar, ziyolilar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillaridan tarkib topgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi targ‘ibotchilari viloyatning barcha go‘shalarida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Galdagi tadbir Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuxammedova oilani mustahkamlashning huquqiy asoslari, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yosh oilalarini qo‘llab-quvvatlash, oilada milliy qadriyatlar rivoji va ularning yoshlar tarbiyasiga …

Davlat tilining nufuzini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda
07.07.20226-iyul kuni "Вirinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ bo‘limlarida davlat tiliga asoslangan lotin alifbosida ish yuritilishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganishda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Abduraxmanova ishtirok etib, kerakli taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi. Unda o‘zbek tilining nufuzini oshirish, barcha xodimlarning ish faoliyatida ish yuritilishi faqat davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlari talablari asosida olib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi
01.07.2022Davlat tiliga eʼtiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili talablariga rioya etasizmi? Ehtimol, siz o‘zbek tilini kompyuter tiliga aylantirish haqida o‘ylayotgandirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovini …

Davlat gerbi — mustaqillik timsoli
01.07.2022O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda Agentlik markaziy apparati, shuningdek, “ZOOM” platformasi orqali barcha tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etishdi.Ma’rifiy tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mutaxassislari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari tomonidan ishtirokchilarga mazkur mavzu yuzasidan keng tushuncha hamda ma’lumotlar berildi. Xususan, yig‘ilishda ishtirokchilarga bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam — 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy …

Farg‘onada “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
28.06.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son hamda 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi hamda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman hokimining maslahatchisi Nargizaxon Obidova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Ro‘zimuhammad Xoshimovlar hamkorligida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida viloyat ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Abdullayevna hamda tuman (shahar) hokimlarining maslahatchilari, shuningdek, olimlar, filologlar, yozuvchilar, shoirlar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.Seminarda o‘zbek tili tarixi hamda hozirgi kunda unga berilayotgan e’tibor yuzasidan ijodkor Alisher Toshqulov, filologlar …

Davlat tilida ish yuritayotgan eng namunali tashkilot va korxonalar aniqlandi
21.06.2022Yakkabog‘ tumani hokimligi tashabbusi bilan tumanda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlari va korxonalari o'rtasida "Eng namunali davlat tilida ish yuritayotgan tashkilot va korxona" tаnlovi o‘tkazildi. Tanlovda tumandagi 40 dan ortiq davlat tashkiloti va korxonalari ishtirok etdi. Tanlov nizomiga ko‘ra: ish hujjatlari, idora nomi, ichki va tashqi targ‘ibot vositalari, xatlar va ma'lumotlar, peshlavhalar, elektron hujjat almashish tizimida ish hujjatlarining davlat tilida bexato yurutilishi o‘rganildi va baholandi. Tanlovda: 1-o‘ringa tuman Ichki ishlar bo‘limi; 2-o‘ringa Yakkabog‘ hudud gaz filiali; 3-o‘ringa Davlat Kadastr agentligi tuman bo‘limi munosib deb topildi.Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Z.Aminova ishtirok etdi. Tanlov g‘oliblari viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari …

“TIL – MILLATNING RUHIDIR” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
17.06.2022O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Til – millatning ruhidir” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Abdulla Qodiriy muzeyida tashkillashtirilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti masʼul xodimlari, Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, taniqli shoir va sanʼatkorlar ishtirok etishdi.Unda maʼruzachilar tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirishga doir islohotlarning ustuvor jihatlari, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirishga oid muhim vazifalar va amaliy natijalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, davlat tiliga bo‘lgan eʼtibor va tilimiz rivojiga …

Agentlikda davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi
17.06.2022O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash, lotin alifbosiga bosqichma bosqich to‘liq o‘tish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Agentlikning markaziy apparati bilan bir qatorda uning tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida ham ijobiy ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, monitoring qilish, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xuddi shunday maqsadda Agentlikning tizim tashkiloti hisoblangan Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenting davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, lotin alifbosiga o‘tish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar holati o‘rganildi. Agentlikda yuritilayotgan barcha ichki hujjatlar, texnik hujjatlar, lavozim yo‘riqnomalari hamda idoraviy kutubxona …

LOTIN ALIFBOSIGA O‘TISHGA TAYYORMIZMI?
16.06.2022Toshkent elektr ta’minoti masofasida “Lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosida ish yuritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari bо‘yicha maslahatchisi Dilorom Jalolova, “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati Davlat tilini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘limi boshlig‘i Hulkar Hotamboyevalar tashrif buyurib, ishchi-xodimlar bilan ochiq suhbat tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan kirill yozuvi yozishmalarining oxirgi muddati 2023-yil 1-yanvar etib qat’iy belgilangani, shuningdek, korxona hujjatlari bilan ishlashda o‘zbek tili imlo qoidalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish asosiy masala ekanligi ta’kidlandi. Yig‘ilganlarga chet tillari bilan bir qatorda o‘zbek tiliga ham yuksak e’tibor bilan …

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” , “Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?”
15.06.2022Madaniyat vazirligida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” hamda “Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.Unda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Shuhrat Kuchimov, madaniyat vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov, Madaniyat vazirligi Yuridik byuro boshlig‘i Alisher Saidjonov hamda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.Har ikki mavzuning birgalikda muhokama qilingani bejiz emas, albatta. Gap shundaki, mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha …

Farg‘ona viloyatida davlat tilini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
15.06.20222022-yil 14-iyun kuni aholining ma’naviy va kitobxonlik darajasini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini yanada ommalashtirish, ularning mutolaa va nutq madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari hamda o‘rta ta’lim maktablarining kutubxona xodimlari ishtirokida “Kasbiy faoliyatni takomillashtirish omillari: kitobxonlik madaniyati, nutq madaniyati, shaxsiy rivojlanish” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonov, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori H.Shermatovalar qatnashdilar. Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan joylarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida …

YANGI TAHRIRDAGI "REKLAMA TO‘G‘RISIDA"GI QONUNGA KO‘RA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA REKLAMA DAVLAT TILIDA TARQATILISHI QATʼIY BELGILANDI
15.06.2022“Reklama to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 2022-yil 7-iyunda qabul qilindi. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining "REKLAMA TO‘G‘RISIDA"gi qonunining 6-moddasi "REKLAMANING TILI" haqida. 6️-modda. Reklamaning tili Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin: reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy maʼnosini buzib koʻrsatmasligi kerak;tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi …

ISHCHI-XODIMLARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI
14.06.2022Joriy yilning 5-may kunidan 3-iyun kuniga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati filiali xodimlari tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJning 60 nafar bo‘lim rahbarlari va mutaxassislariga “O‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari” bo‘yicha o‘quv mashg'ulotlari tashkil etildi.Bir oy davom etgan mashg'ulotlar so‘nggida barcha tinglovchilar test sinovlari topshirishdi.Bugun “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining maslahatchisi S. Abdurahmonova, “Maxam-Chirchiq” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari A. Kosimov tomonidan o‘quv kursining 60 nafar bitiruvchilariga sertIfikatlar va 100 …

Toshkent davlat agrar universitetida Universitetlararo shartnoma tuzish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha anjuman tashkil etildi
14.06.2022Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlarini amalga oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlida qishloq xo‘jaligi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash jarayonida talaba yoshlarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, kelgusidagi mehnat faoliyatida hujjatlar bilan ishlash borasida savodxonligini oshirish hamda sohaga oid fanlarning o‘zbek tilida o‘qitilishini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini yanada yaxshilash masalalari …

O‘ZBEK TILINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASIDA HISOBOT YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
10.06.2022Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 3 ta loyiha (Oʻzbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish, Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovasini yaratish, Jadid.uz elektron platformasini yaratish) moliyalashtirilgan bo‘lib, 2022-yil tuzilgan shartnomaga asosan yillik hisobotni olish belgilangan.Shu munosabat bilan, 2022-yil 8-iyun kuni loyiha hisobotlarini xolis qabul qilish uchun ishchi guruhi ishtirokida hisobot yig’ilishi tashkil etildi.

MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH QO‘MITASIDA SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI
04.06.2022Joriy yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2020-yildagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-son Farmoni va boshqa davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil qilindi.Unda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari Asadulla Urolovich Qayumov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Iminov, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining rais maslahatchisi Go‘zal Qodirova, Qo‘mita va Agentlikning markaziy apparat xodimlari markaziy studiyadan, …

"Ammofos-Maxam" AJ ishchi-xodimlari sertifikatlarni qabul qilib olishdi
27.05.2022"Ammofos-Maxam"AJ ishchi-xodimlari aprel oyida 144 soatlik O'zbek adabiy tili me'yorlari va davlat tilida ish yuritish kursini tugatganligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi tomonidan berilgan sertifikatlarni qabul qilib olishdi.

Davlat tili tadbirkorga begonami?
27.05.2022Ayni kunlarda Samarqand shahrida tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish ishlari jadal davom etmoqda. Joriy yilning 4 oyi davomida shaharning Rudakiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Firdavsiy, Bo‘stonsaroy, Ibn Sino, Afrosiyob, Sadriddin Ayniy, Shabod, Usta Umar Jo‘raqulov, Zarafshon ko‘chalarida joylashgan savdo, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, servis xizmati ko‘rsatish obyektlariga tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘rnatilgan peshlavha, reklama, e’lon va boshqa axborot matnlari tartibga keltirildi. Ishchi guruhlar tomonidan olib borilgan muntazam tushuntirish, targ‘ibot ishlariga qaramasdan ba’zi tadbirkorlik subyeklari “Davlat tili haqida”gi Qonun talablarini bajarmasdan kelmoqda. Hurmatli tadbirkorlik subyektlari! Tashqi reklama vositalarini o‘rnatishda “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasiga amal qilishingizni so‘rab …

Davlat tilini rivojlantirish departamentiga rahbar tayinlandi
27.05.2022Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan (270-son, 19.05.2022y.) SHUKUROV SOBIR SAYFIYEVICH Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi.S.Shukurov bunga qadar Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA bosh direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.Shuningdek, u Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turli masʼuliyatli lavozimlarda mehnat qilgan.

INSON QADRI AZIZ - XOTIRA MUQADDAS
09.05.20229 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini chin yurakdan tabriklaymiz. Barchangizga mustahkam sogʼlik-salomatlik, uzoq umr, xonadonlaringizga fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaymiz.Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

MO‘JIZA EMASDIR FALAKDA OFTOB, MO‘JIZA ASLIDA BEMINNAT KITOB
30.04.2022Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga binoan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 29-aprel kuni “Kitob – kamolot ko‘zgusi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston”, “G‘afur G‘ulom”, “Sharq”, “O‘zdavkitobsavdota’minot” nashriyotlar 3000 dan ortiq yangi kitoblar bilan qatnashdi.Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirning maslahatchisi v.v.b. Obiddin Maxmudov tadbirni ocharkan, hozirgi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga, adabiyot va san’atni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi va bu davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotganligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.Tadbirga taklif etilgan mehmonlar kitob, ma’rifat bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdilar.— Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega …

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH: NAVBATDAGI SEMINAR
28.04.2022Joriy yilning 26-mart kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga binoan, vazirlikning Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, ijrosini amalga tatbiq etish maqsadida vazirlik tizimi Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi xodimlari uchun navbatdagi oʻquv seminari tashkil etildi.Shu yilning mart oyidan boshlab, haftada ikki marotaba muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutidan lingvist, filolog-ekspert, filologiya fanlari …
Android smartfonlar uchun “Tahrirchi” dasturi yaratildi
26.04.2022Toshkent shahridagi Inha universiteti Matbuot xizmatining xabar berishicha, universitet talabasi Muhammadsaid Mamasaidov android telefonlari uchun imlo xatolarisiz yozishga moʻljallangan yangi “Tahrirchi” nomli klaviatura asoschisiga aylandi. Baʼzan toʻgʻri yozganimiz bilan koʻp hollarda oʻzbek adabiy tili qoidalarini buzgan holda, imloviy xatolarga yoʻl qoʻyamiz. Ushbu yangi yaratilgan android dastur esa aynan aholining oʻzbek tili boʻyicha savodxonligini oshirish va global internet tarmogʻida ona tilimizda xatosiz muloqot tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida imlo xatolarni avtomatik ravishda toʻgʻrilashni taklif etadi. Dasturning negizi, morfologik tahlilchi oʻzbek tilini tabiiy qayta ishlash sohasining boshlangʻich asoslaridan hisoblanadi. “Tahrirchi” notoʻgʻri soʻzlarni adabiy tilga moslab toʻgʻrilash, yakunlanmay qolib ketgan soʻzlarni …

“RAMAZON” SOʻZINING MAʼNOSI
21.04.2022Ramazon soʻzini arablar qadimdan kelayotgan lugʻatlaridan olganlar. Hijriy taqvimning toʻqqizinchi oyi boʻlmish Ramazon ilk bor shiddatli jazirama issiq kunlariga, kuydiradigan haroratli kunlarga toʻgʻri kelgani uchun “Ramazon” deb atalgan. Ramazon degani “ramz” soʻzidan olingan boʻlib, “qizimoq”, “qizib choʻgʻ boʻlmoq”, “kuydirmoq” maʼnolaridadir. Jazirama issiqda qolgan qoʻylar kuyib, qorayib, oʻlib qolar ekan.Shuning uchun mazkur oyda roʻza tutgan odamning gunohlari kuyib, yoʻq boʻladi, aybu nuqsonlari Ramazonning savoblari jilolanib turgan muborak quyoshida oʻlib ketadi, degan tushuncha paydo boʻlgan.Ramazon roʻzasi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarining ikkinchi yilida Shaʼbon oyidan ikki kecha oʻtganidan soʻng dushanba kuni farz qilindi. Bu milodiy …

HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATINING MAʼNAVIY SAMARASI
20.04.2022Maʼlumki, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy koʻmaklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash ishlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambagʻallikni qisqartirish, “mahallabay” ishlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan respublikamizning har bir mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori …

Davlat xizmatlari agentligida “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati”
12.04.2022Davlat xizmatlari agentligida har oyda tashkil etiladigan navbatdagi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati” kuni kecha aholi foydalanishiga topshirilgan Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, sohadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash, ularni muhokama qilish va bartaraf etish yuzasidan monitoring ishlarini olib borishdan boshlandi. Tadbirda xodimlar tomonidan Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar va g'oyalar bo'yicha mulohaza almashinildi. Shu bilan birga, Ma'naviyat burchagini shakllantirish bo'yicha tavsiyaviy ahamiyatga ega kitoblar ro'yxati tuzildi, xodimlar tomonidan o'qigan kitoblarlardan olgan taassurotlari bo'yicha ma'lumotlar berildi.Bundan tashqari, xodimlar o'rtasida Buyuk sarkarda Amir Temur …

“YOSH KITOBXON” TANLOVINING 10-14, 15-19 VA 20-30 YOSH TOIFASI BOʻYICHA RESPUBLIKA GʻOLIBLARI ANIQLANDI
12.04.2022Tanlovining 10-14 yosh toifasi boʻyicha Buxoro shahridagi 30-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Muxlisa Nasimova “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, Muxlisa mazkur tanlovda uchinchi marta ishtirok etishi. Ilk bor ishtirok etganida, 6-sinfda edi, oʻshanda shahar bosqichi gʻoliblari qatoridan joy olgan. 2020-yilda viloyat gʻolibi sifatida respublika bosqichida ishtirok etgan.“Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasi boʻyicha respublika bosqichida Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinjon Hayitboyev faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.“Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichida Alisher …

MA’NAVIY PORTRET: O‘ZBEK TILINING ISLOHI
29.03.2022Har qanday millatda milliy uyg‘onish, albatta, ma’naviyatsiz ro‘y bermaydi. Ma’naviyat esa millat tilisiz yuksalmaydi. Til orqali muayyan millat o‘z ma’naviy portretini yaratadi. Shunday ekan, bu borada Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy hayotida katta burilish yasadi. Til borasida, uni qo‘riqlashda, to‘g‘ri yozish qoidalarini tatbiq etishda rasmiy hujjatlar tilining ahamiyati yuqori.Savodxonlik alifbodan boshlanadi Savodsizlik har doim madaniyatsizlik, johillik, ma’naviy qashshoqlik kabi tush unchalar bilan uzviy bog‘liqdir. O‘z tilini muhabbat bilan bexato va sof …

Reklamalarni DAVLAT TILIDA eʼlon qilish talabi qoʻyiladi
09.03.2022O‘zbekistonda reklamalarni davlat tilida berish qat’iy belgilanishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunga binoan, davlat tilidagi reklama boshqa tillarda ham aynan qaytarilishi mumkinligi belgilanmoqda.Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurod Hayitmetov “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri yuzasidan ma’lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.Ma’lum qilinishicha, ayni damda Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun tayyorlanayotgan qonunda bir qator yangiliklar nazarda tutilgan.“Shu paytga qadar amaldagi qonunimizda reklama tiliga bo‘lgan talab mavjud emasdi. Ya’ni reklama uni beruvchining xohishiga ko‘ra, istalgan tilda berilishi mumkin edi. Endilikda reklamani dastlab davlat tilida berish qat’iy belgilanyapti …
“Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli Respublika fotokoʻrgazmasi tashkil etildi
04.03.2022Ayol oilaninggina emas, jamiyatning ham gultoji. Qaysi soha yoki qaysi jabhada boʻlmasin, ayol bor boʻlsa, albatta u yerdan mehrning, nafosatning hidi keladi. U ishga hissiyot, taʼlim-tarbiya olishda oʻz tuygʻu va haroratini bagʻishlaydi. Baxtning nafasi yeladi. Tan olib ayta olamanki, Ayollarmiz, ayniqsa, qizlarimiz garchi qaldirgʻochday mehribon, burgut kabi chapdast, lochindek uchqur hamda musichadek beozor boʻla turib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish uchun bilim asoslari va amaliyotni egallashda olgʻa qarab intilmoqda. Ular kelajakda oʻz kasbiy mahoratini puxta egallab, bir nechta xorijiy tillarni oʻzlashtirib, kompyuter bilan bemalol tillasha oladi, maʼnaviyati yuksak... Sifatlar roʻyxatini yana davom ettirish mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi …

“GʻAZAL GʻIZOLI” KUYGA KO‘CHGANDA
18.02.202218-fevral kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yozuvchilar uyushmasi hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamkorligida “Gʻazal gʻizoli” bayozining taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, bayozga gʻazallari kirgan mualliflar, yosh ijodkorlar, vazirlik va idoralarning rahbar maslahatchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Mazkur toʻplamda zamondosh shoirlarimizning gʻazaliyotidan namunalar jamlangan. Ming yillik tarixga ega boʻlgan gʻazal bugungi kunda ham insonining quvonchu qaygʻusi, tashvish va iztiroblari, umid va shodliklari, orzu va armonlarini ifodalash uchun muhim badiiy vosita sifatida milliy adabiyotimizda oʻziga xos oʻringa ega. Unda ustoz shoirlarning va umidli yosh qalamkashlarning gʻazallarini oʻqiganda bunga amin …

“GʻAZAL GʻIZOLI” KUYGA KO‘CHGANDA
18.02.202218-fevral kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yozuvchilar uyushmasi hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamkorligida “Gʻazal gʻizoli” bayozining taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, bayozga gʻazallari kirgan mualliflar, yosh ijodkorlar, vazirlik va idoralarning rahbar maslahatchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Mazkur toʻplamda zamondosh shoirlarimizning gʻazaliyotidan namunalar jamlangan. Ming yillik tarixga ega boʻlgan gʻazal bugungi kunda ham insonining quvonchu qaygʻusi, tashvish va iztiroblari, umid va shodliklari, orzu va armonlarini ifodalash uchun muhim badiiy vosita sifatida milliy adabiyotimizda oʻziga xos oʻringa ega. Unda ustoz shoirlarning va umidli yosh qalamkashlarning gʻazallarini oʻqiganda bunga amin …

MUMTOZ OHANGLARGA OSHUFTALIK
11.02.2022O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridagi voqealar adiblarimizni “Adabiyot o‘ladimi?” – deb o‘ylashga majbur qilgan edi. Sobiq mustamlaka changalidan qutulgan navqiron respublikamiz hayotida hodisalar shu qadar tezkorlik kasb etdiki, adabiyot davrning yangi savollariga javob berishdan ojiz qolgandek va odamlar So‘zdan yiroqlashgandek tuyuldi. Aslida, adabiyot o‘tmish, bugun va kelajakni butkul qamrab olgan ma’naviy mo‘’jizadir. Zotan, So‘z kabi inson ruhiyatini larzaga soladigan boshqa bir yaratiqni bashariyat hali kashf etgani yo‘q. So‘z hamma davrlarda dolzarb va qudratli bo‘lib qolaveradi. Asosiy masala zarur So‘zni topish va uni yuksak badiiyat bilan kishilarga taqdim etishdir.Bugun adabiyotimizda ana shu majburiyatni anglagan adib va shoirlarimiz …

“Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi
11.02.2022O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriO‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biridir. Uning ezgu insoniy fazilatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini hisobga olib hamda shoir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida:1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat …

MUHABBAT INSHOLARI
03.02.2022Yunon rivoyatlari asosida avval Gʻarb estetikasida, keyinroq esa butun dunyoga keng yoyilgan bir tamoyilga koʻra, shoirlarning ilhomi qanotli, uchar ot (Pegas) shaklida boʻladi. Bizning mumtoz Sharq soʻz sanʼatida esa ilhom – pari timsolida tasavvur etiladi. Shuning uchun ilhom parisi, deymiz. Yana, qaddi-qomat behad mavzun, maʼsum koʻzli ohu ham ilhom ramzidir. Ohuni arablar gʻizol, toʻgʻrirogʻi – gʻazol deb ataydilar. Yaqinda “Adabiyot” nashriyoti shoir Rustam Mirvohid tashabbusi va saʼy-harakatini qoʻllab-quvvatlab, mumtoz anʼanalar ruhida ijod qilayotgan oʻttiz toʻqqiz oʻzbek shoirining gʻazallarini bir muqovaga jamlab, ishtiqoq badiiy sanʼatini qoʻllagan holda uni “Gʻazal gʻizoli” degan goʻzal bir nom ila kitobxonlarga …

Yod etingiz kamtarin Chustiyni ham
28.01.2022Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mashhur gʻazalnavis shoir Nabixon Chustiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan “YOD ETINGIZ KAMTARIN CHUSTIYNI HAM!” nomli kitob taqdimoti boʻlib o‘tdi. Tadbirda yozuvchilar, shoirlar, adabiyot ahli, yosh ijodkorlar hamda vazirlik va idoralarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchilari ishtirok etishdi. Tadbirda adabiyotshunos olim Sultonmurod Olim, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Rustam Mirvohid, Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi rahbari Ziyovuddin Mansur Chustiy hayoti va ijodi, uning maʼnaviy merosi , gʻazallari va uning mazmun-mohiyati haqida gapirdi. Taqdimotda taʼkidlanganidek, har qanday …

Akademik: “Soha rivojlanishi uning atamalarining toʻgʻri tanlanishi va qoʻllanishi ham bogʻliq”
27.01.2022Bugungi globallashuv jarayonida mamlakat va jamiyatning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Aynan ilm-fan orqali yangi bilimlar oʻzlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Huddi shunday bugungi kunda sohalar yoki tarmoqlar rivojini taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqarishga ilmiy innovatsiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish xizmat koʻrsatishni taʼlim jarayoni bilan uygʻunlashtirish ijobiy samara beradi. Zero, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik lavozimiga kirishgan ilk kunlaridayoq birinchi uchrashuvlari ham aynan ilm ahli bilan oʻtkazilgan va yurtimiz ilm-fanining jahon miqyosiga olib chiqish vazifalari …

“Kimki maʼnaviyat masalasi – bu faqat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb oʻylasa, xato qiladi”
26.01.2022“Kimki maʼnaviyat masalasi – bu faqat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb oʻylasa, xato qiladi” - Prezident.“Maʼnaviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam boʻlsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shuncha kuchli boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari.Strategiyaning maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yoʻnalishi boʻyicha Prezident quyidagi vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etdi:- mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish;- jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish; - mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish.

Farg'ona viloyatida davlat tilini rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
26.01.20222022-yil 25-yanvar kuni Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova tomonidan viloyatda davlat tilini rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi."Reklama to'g'risida"gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori ijrosi yuzasidan Farg'ona shahrining Quvasoy ko'chasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan tashqi reklamalarning holati o'rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.Yozyovon tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida "Men sevgan asar" mavzusida kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari va tarixiy shaxslardan Iskandar Zulqarnayn shaxsiga taalluqli qiziqarli hamda kerakli ma'lumotlar berildi.O‘zbekiston …

ARUZNING MANGU VA OʻLMAS OHANGLARI
26.01.2022Tuygʻular inson fitratida gʻalayon qilar ekan, qiyofa topmogʻi, bitiklarga aylanmogʻi uchun oʻziga munosib shakl, ohang talab etadi va ana shu munosib ohanglarga ingandagina goʻzal, taʼsirli ifoda topadi. Ijod oʻzi yuqqan kishisiga ¬– oʻz egasiga tinchlik bermas bir neʼmat. Qalbda gʻalayon etib tursa, uni bitmay turib, xotirjam tortmoqqa imkon yoʻq. Bu gʻalayonlar koʻproq sheʼriy satrlarda namoyon boʻladi. Shoirlar oʻz hislarini oʻzbek va dunyo sheʼriyatida keng tarqalgan besh vazndan birida ifoda etadilar. Albatta, bugungi kunda lirikada barmoq vazni yetakchilik qiladi. Biroq oʻn asrdan ortiq vaqt ichida yaratilgan katta maʼnaviy xazinamiz – ulkan adabiyotimiz aruz vaznida bitilgani barchaga …
“Qamishdan bel bogʻlab”mi yoki... ?
24.01.2022Goho gʻalati soʻzlarga duch kelamiz. Maʼnosiga uncha eʼtibor qilmaymiz. Ana shularing biri – “qamishdan bel bogʻlab” degan iboradir.“Siz toʻyni boshlayvering, qamishdan bel bogʻlab xizmat qilamiz”, deya lof uradi vallomat ogʻaynilar. Ajab, qamishdan ham belbogʻ chiqadimi?..…Bizningcha, bu iboraning ilk shakli “qayishdan…” ham, “qamishdek…” ham emas, “qumoshdan bel bogʻlab xizmat qilish” shaklida boʻlgan.Xo‘sh, qumosh nima?“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” (V jild, 377 – b.)da aytilishicha: “Qumosh (arabcha: gazlama, mato; boʻz; eski latta-putta) esk. Mato, gazlama. Hech qanday usta ham toʻqiy olmaydi olamning munchalik atlas-qumoshin (Gʻ. Gʻulom). Jandamga koʻhan shohi qumoshini alishmam (Muqimiy)”.Demak, qumosh – mato, gazlama ekan. Biroq …
GʻAZAL MAVJLARI
22.01.2022Gʻazal xalqimizning ongi va qalbiga shunchalik singib ketganki, ashulani ham, sheʼrni ham gʻazal deydi, qoʻshiqchini esa gʻazalxon. “Qani, bitta gʻazal oʻqib bering-chi” – deyishadi. Bunda qoʻshiq aytib berish ham, sheʼr oʻqish ham tushuniladi.Xalqimizning gʻazalga boʻlgan muhabbati hech qachon susaymaganini barmoq vazni oʻzbek sheʼriyatining asosiy vazniga aylanganida ham gʻazalnavislik anʼanasi davom etganida koʻrish mumkin. Barhayot anʼanalar va umrboqiy qadriyatlar qayta tiklangan mustaqillik davrida esa asrlar davomida sheʼriyatimizning yetakchi vazni boʻlib kelgan aruzga eʼtibor ham yanada kuchaydi va yosh qalamkashlar misolida gʻazalnavislar safi kengaydi. Bu koʻhna va mashhur janrda ijod qilayotgan turli avlod vakillari ijodidan dastalangan “Gʻazal …

Prezident qarori: “Zakovat”ning respublika bosqichi gʻoliblarini rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi
20.01.2022Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi maʼlum qildi.Qarorga koʻra, — Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklandi;— 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi;— 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda oliy taʼlim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida …

«Davlat tilida ish yuritish» uslubiy qo‘llanmasi qoraqalpoq tilida chop etildi
19.01.2022Joriy yilning 18-yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida keng jamoatchilik ishtirokida yangidan nashr qilingan qoraqalpoq tilidagi «Mámleketlik tilde is júrgiziw» (davlat tilida ish yuritish) uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining maslahatchisi – Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti boshlig‘i P.Dabılov boshqarib bordi. Taqdimotda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori A.Eminov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, ushbu markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i F.Babadjanov hamda boshqalar nutq so‘zlab, ushbu kitobning mazmun-mohiyati …

Sankt-Peterburgda Alisher Navoiy yubileyi munosabati bilan Navoiyxonlik kechasi o‘tkazildi
13.12.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekistonda va xorijda bir qator tadbirlar, ilmiy anjumanlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tashabbusi, Davlat Ermitaji va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Navoiyxonlik kechasi tashkil etildi. Hazrat Navoiyning 580 yilligi hamda qamal davrida o‘tkazilgan adabiy anjumanga 80 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirda o‘zbekistonlik va rossiyalik olimlar buyuk mutafakkir hayoti va ijodi yuzasidan yangi …

Samarqand tumanida 10 dekabrdan - 20 dekabrga qadar “Davlat tili 10 kunligi” e’lon qilindi
13.12.2021Tuman hokimligida tashqi reklama, peshlavha, narxnoma va boshqa axborot matnlarining davlat tilida yuritilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda tuman hokimi N.Mavlonov, sektor rahbarlari, viloyat hokimining maslahatchisi Sh.Temirov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tumandagi profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hududiy soliq inspektorlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.Qayd qilinganidek, “Davlat tili 10 kunligi” davomida har bir mahallada profilaktika inspektori rahbarligida mahalla raisi va hududiy soliq nozirlari ishtirokida ishchi guruhi shakllantirilib, barcha xorijiy tilda va imloviy xatolar bilan yozilgan reklama bannerlarini olib tashlash …

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
12.12.2021Konstitutsiya – biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixor, kerak bo‘lsa, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qatʼi nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya. Konstitutsiya - nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo‘lini yoritib turguvchi mayoqdir. Shunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning maʼnosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkor.7-dekabr kuni Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi ijro apparatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – demokratik islohotlar tayanchi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda …

Nur-Sulton shahrida Alisher Navoiyga ehtirom ramzi o‘rnatiladi
07.12.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi.Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘zaro manfaatlar va mintaqaviy yaqinlashuv g‘oyalarini ilgari surgan holda tashqi siyosat sohasida yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirdilar. Prezidentlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatini ishtirokchi davlatlar manfaatlariga qat’iy hurmat asosida mavjud salohiyatlardan maksimal darajada to‘liq foydalanish maqsadida takomillashtirish yo‘lida maqsadli ish olib borishga kelishib oldilar.Gumanitar almashinuvlarni kengaytirish, ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.Qozog‘iston Prezidenti xalqlarimizning ma’naviy yaqinligi va …

«Vatanim madhiyasini kuylayman!»
06.12.2021Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan «Vatanim madhiyasini kuylayman!» shiori ostida tanlov e’lon qiladi.Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila»;• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab»;• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh»;• «Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi».Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, mamlakat hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xorijiy davlatlar fuqarolaridan iborat jamoalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasini jamoaviy bo‘lib kuylagan videolavhani taqdim qilish orqali ishtirok etishi mumkin. Buning uchun internetdagi ochiq manbalarda …

Chingiz Aytmatov tavalludi Toshkentda nishonlanmoqda
05.12.2021Buyuk adib Chingiz Aytmatov tavalludining 93 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar turkumi boshlandi. 2-dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda shu munosabat bilan fotosurat va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda o‘quvchilar «Manas» eposi hamda yozuvchining «Momo yer» qissasidan sahna ko‘rinishi namoyish etishdi.Anjuman doirasida Ch.Aytmatovning noyob fotosuratlari va kitoblari namoyish etildi. Ma’rifiy kecha yakunida Qirg‘iziston elchixonasi maktab kutubxonasiga adib asarlari turkumini taqdim etdi.Atoqli qirg‘iz adibining qariyb hamma asari o‘zbek tilida nashr etilgan. O‘zbek xalqi va madaniyatiga hamisha ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan yozuvchi mamlakatimizning «Do‘stlik», «Buyuk …
“Alisher Navoiy merosi: tadqiqotlar va tahlillar” turkumidan yettita kitob nashr qilindi
25.11.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yurtimizda qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, yangi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.Yaqinda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida buyuk mutafakkir hayoti va ijodi haqidagi yangi tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan “Alisher Navoiy merosi: tadqiqotlar va tahlillar” turkumidan yettita kitob nashr qilindi. Alisher Navoiy she’rlarini o‘z ichiga olgan “Oqquyunli muxlislar devoni” 876/1471-yili Oqquyunlilar saltanatidagi Navoiy she’riyati muxlislari tomonidan ko‘chirilgan. Abdurahim Xorazmiy ko‘chirgan mazkur qo‘lyozma saqlanishi joyi – Qohira (Misr). Unda Navoiy she’rlari tili Oqquyunlilar saltanatida yoyilgan o‘g‘uz turkchasiga biroz moslashtirilgan. Mazkur nashrda devon …

Ibrohim TOHIRIY: til, atama va imlo bahslarida milliy asoslarimizni unutmaylik!
25.11.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilab berdi. Shuningdek, yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.“Hammamiz yaxshi tushunamiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etadigan kuchli ma’naviyatga tayanamiz. …

Sherzod Shermatov xalqaro konferensiyada o‘zbek tilida gapirdi
24.11.2021Bugun Innovatsion rivojlanish vazirligida «InnoWeek.uz-2021» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida «Sun’iy intellekt - texnologik rivojlanish asosi» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Xalqaro anjumanda ishtirok etgan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov o‘zbek tilida ma’ruza qildi, deya xabar bermoqda "Oyina.uz" muxbiri Inobat Ahatova.Vazir nutqi avvalida ma’ruza boshqa tillarga sinxron tarjima qilinishini aniqlashtirib, tasdiq javobini olgach, to‘liq o‘zbek tilida chiqish qildi.«Sun’iy intellekt qiyin vazifaga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin biz hozir u bilan shug‘ullanmasak ertaga kech bo‘lib qolishi mumkin.Umid qilamanki, bugungi konferensiyada mutaxassislarimiz sun’iy intellektni ijobiy tomonlarini ham, salbiy tomonlarini ham, imkoniyat va xavflarini ham tahlil qilib beradi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlangan, tegishli …

Sog‘liqni saqlash tizimida davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi
24.11.2021O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash borasida sog‘liqni saqlash tizimida qator vazifalar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish, xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi yuzasidan bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tuman tibbiyot birlashmasida monitoring o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida, birlashmada ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha belgilangan talablar asosida faoliyat tashkil etilganligi kuzatildi.Tizimda ish …

Davlat xizmatlari agentligi ish yuritishda to‘liq lotin alifbosiga o‘tdi
20.11.2021Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni to‘liq ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratdi.Mazkur hujjatga asosan, 2023-yilning 1-yanvariga qadar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilangan.Aytish kerakki, boshqarma hamda uning tizimidagi idoralarda joriy yil 10-noyabrdan boshlab, ish yuritish hamda boshqa barcha jarayonlar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirila boshlandi. Shuningdek, tashkilotning ma’muriy binolaridagi peshlavhalar, turli ko‘rinishdagi devoriy …

Vatan bayrog‘i – hurlik va tinchlik timsoli
18.11.202118-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida maʼnaviy-madaniy tadbir o‘tkazildi.Qo‘mita raisining maslahatchisi Qahramon Kamolov tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinishi, uning sxematik va rangli tasviri, shaklu-shamoyili, qonun bilan Davlat bayrog‘i doimiy ravishda ko‘tarilishi shart qilib ko‘rsatilgan obyektlar, tashrif obyektlari, umummilliy bayram va tantanali tadbirlar, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblarini mukofotlash marosimi, qolaversa Davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan belgilarni transport vositalariga o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi qiziqarli va aniq faktlarga asoslangan maʼlumotlarni yetkazdi.Tadbirda qo‘mita ijro apparati xodimlari …

2022-yildan «El-yurt umidi» stipendiatlaridan o‘zbek tili va adabiyotini bilish talab etiladi
15.11.2021Kuni kecha AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «El-yurt umidi» fondiga oid bir qator yangiliklar ma’lum qilindi. Xususan, keyingi besh yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijga o‘qishga yuboriladigan talabalar soni 700 nafarga yetkaziladi. Yangi tartibga ko‘ra, endi stipendiatlikka nomzodlarni saralash jarayonida ularning o‘zbek tili va adabiyotini bilish darajasiga ham e’tibor qaratiladi. Oyina.uz

Davlat tilida ish yuritish to‘g‘risida davra suhbati
13.11.2021“Farg‘onaazot” AJning bosh mutaxassislari, barcha korxona va bo‘lim boshliqlari uchun “Davlat tilida ish yuritishga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish” mavzusida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va uchrab turgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishda uchrayotgan to‘siqlar va muammolar o‘rtaga tashlandi. Bu muammolarni hal qilish bo‘yicha turli xil fikr va mulohazalar almashildi.Ta’kidlash joizki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita …

Belgiyada o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi
10.11.2021Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasida xorijdagi vatandoshlar farzandlariga hamda chet ellik o‘zbek tili ixlosmandlari uchun onlayn va offlayn shakllarda o‘quv kurslarini tashkil etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.Tadbirda O‘zbekiston turizm va sport vazirligi delegatsiyasi, Belgiya va Niderlandiyada istiqomat qiladigan vatandoshlar, o‘zbekistonlik talabalar hamda chet ellik til ixlosmandlari qatnashdi.Yig‘ilganlarga bugungi kunda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashadiganlar soni 50 milliondan oshiq ekani va 65 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasida o‘zbek tili o‘qitilayotgani aytildi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash hamda ona tilimizni chet elda keng targ‘ib qilish …

O‘rganishlar o‘z samarasini bermoqda
09.11.2021Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti va uning joylardagi vakillarining asosiy vazifalaridan biri davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etishdan iborat.Toshkent shahri Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahatchisi Dildora Ismoiljonova tumandagi markaz ko‘chalaridagi savdo do‘konlarida o‘rganishlar olib borib, tadbirkorlarga “Davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun talablari tushuntirildi. O‘rganishlar o‘z samarasini bermoqda.Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz, …

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida ham O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi
07.11.2021Til — har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan — millat barhayot.Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.Bu fikrimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqini keltirishimiz mumkin: «Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin».1989-yil 21-oktabr. Bu sanani unutishga aslo haqqimiz yo‘q.Zero, aynan shu kunda …

“O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot”
07.11.2021“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir “O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot” mavzusidagi doimiy ilmiy-amaliy seminar doirasida o‘tkazildi.Markaz rahbariyatining bayram tabrigidan so‘ng 7 xil millat vakillari mehnat qilayotgan Markaz jamoasi o‘rtasida “Bugun o‘zbek tilida so‘zlashamiz” aksiyasi o‘tkazildi. Turli millatga mansub xodimlarning o‘zbek tilidagi chiqishlari davlat tiliga ko‘rsatilgan hurmat-e’tiborning ifodasi bo‘lib, juda qiziqarli bo‘ldi.Shundan so‘ng O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab tayyorlangan videoloyiha …

Prezident o‘zbek tilining nufuzi oshirilishini aytdi
07.11.2021Prezidenti Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida davlat tili haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.— Milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini oshirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish bilan bog‘liq vazifalar doimiy kun tartibimizda turadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. xabar.uz

Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar
06.11.2021Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan universitet binosida “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.Anjuman o‘zbek tilining bugungi kundagi o‘rni, ahamiyati, imlo masalalari, davlat tili sifatida nufuzi, lug‘atlar tuzish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, ta’lim bosqichlarida davlat tilining o‘qitilishiga doir soha mutaxassislarining tadqiqotlari, izlanishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Sh.Sirojiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti …

Oʻzbek tilida harbiy terminologiya masalalariga bagʻishlangan maʼrifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi
05.11.2021Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.Til millat koʻzgusi, gʻururi, tafakkur manbayidir.Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.Dar haqiqat bugun yer yuzida olti mingga yaqin til va lahja boʻlsa, ulardan bor-yoʻgʻi yuzga yaqini davlat tili maqomiga ega. Ular orasida oʻzbek tili ham borligi bizning baxtimiz, faxrimizdir. 1989-yil 21-oktabrda, yaʼni hali sobiq tuzum mavjud bir paytda “Davlat …

Xalq yozuvchisi bilan uchrashuv
05.11.2021Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Adabiyotshunos olimlar, talaba-yoshlar va so‘z ixlosmandlari ishtirokidagi tadbirda universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov Isajon Sulton asarlarining bugungi o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, badiiy saviyasi haqida alohida to‘xtaldi.Shuningdek, adibning yangi chop etilgan «Alisher Navoiy» romani adabiyot olamida katta voqelik bo‘lganini e’tirof etdi.Adabiy kechada professorlar Bahodir Karimov, Abdulla Ulug‘ov, dotsent Umida Rasulova va boshqalar Isajon Sulton nasri jozibasi, o‘ziga xosligi, adibning badiiy salohiyati yuqori ekanligini alohida e’tirof etishdi.– Hazrat Navoiyning hayot yo‘lini yoritish uchun hamma ham kuch topa olmaydi, –deydi …

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
03.11.2021Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tanlovga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir avvalida davlat va jamoat arboblari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos va tilshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari Adiblar xiyobonidagi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘l qo‘yib, ulug‘ bobokalonimiz ruhiga ehtirom ko‘rsatdi.Shundan so‘ng Muqumiy nomidagi O‘zbekiston musiqali darama teatrida …

Til rivojiga bag‘ishlangan anjuman
03.11.2021Buxoro viloyati hokimligi, BuxDU Pedagogika instituti hamkorligida “Zamonaviy tilshunoslikning milliy yuksalish va ilmiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.Anjumanda so‘zga chiqqan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi B.Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari I.Azimov, BuxDU rektori O.Hamidov, Oliy Majlis Senati aʼzosi, falsafa fanlari doktori A.Huseynova, taniqli tilshunos olimlar M.Abuzalova, B.Bahriddinova va boshqalar tilshunoslikning anʼanaviy va zamonaviy yo‘nalishlari, davlat tilining sofligini saqlash, lingvistik komptensiyani shakllantirish muammolari, o‘zbek tili raqamli resursining takomillashtirilish, ona tili fani metodikasi o‘qitilishining dolzarb …

O‘zbek tilida milliylik va til jozibasini saqlab qolish muammolari muhokama qilindi
03.11.2021Samarqand davlat universitetida “XXI asr o‘zbek uslubshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Anjumanda o‘zbek tili uslubshunosligida milliylik va til jozibasini saqlab qolish, yangi yuzaga kelayotgan uslublar holatini o‘rganish muammolari muhokama qilindi. bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalar uchun bu juda muhimdir.Konferensiyaning sho‘’ba majlislarida ushbu masalalar bo‘yicha tilshunos olimlarning ma’ruzalari tinglandi, taqdimotlar qilindi.– Samarqand tilshunoslik maktabida uslubshunoslik bo‘yicha o‘z davrida salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan, – deydi o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Suyun Karimov. – Ayni paytda, soha oldida hal qilish lozim bo‘lgan muammolar ko‘p. Anjumanda hozirgi …

Tilga e’tibor – elga e’tibor
02.11.2021Millatning yashashi va ravnaq topishini ona tilisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozir yer yuzida 7 mingga yaqin til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 95 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Bu tillarning orasida o‘zbek tilining ham borligi quvonarli. Bugungi kunda o‘zbek tili dunyoning 60 ga yaqin oliygohlarida va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. Jahon miqyosida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 50 million kishi atrofida. Oʻzbek tilida taxminan 1 400 000-1 600 000 atrofida soʻz bor.O‘z tarixiga ega bo‘lgan ona tilimizga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berildi. 2020-yildan esa 21-oktabr sanasi – O‘zbek tili bayrami kuni …

Qozog‘iston milliy ma’naviyatni yuksaltirish uchun 280 million dollar yo‘naltirmoqchi
28.10.2021Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi Milliy ma’naviy yangilanish loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Currenttime” nashri.Qozoq tilini kundalik maishiy muloqotdan ilm-fan va biznes tili darajasiga ko‘tarish, shuningdek, Qozog‘istondan boshqa mamlakatlarda ham milliy madaniyatni targ‘ib qilish loyihaning asosiy vazifalari etib belgilangan. “Aslida bu inson ongiga tikilgan sarmoya bo‘lib, uning natijasi jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarida: madaniyat, iqtisodiyot, ta’limda namoyon bo‘ladi”, deydi vazir Aida Balaeva. Hisob-kitobga ko‘ra, loyiha 280 million dollarga tushadi.Taqdimotda ma’lum qilinishicha, milliy ma’naviyatni shakllantirish haqidagi taklif allaqachon hukumat tomonidan tasdiqlangan. Rasmiylar ko‘plab muhokamalarga qaramay loyihadan voz kechmoqchi emas. oyina.uz

Oʻzbek tili bayramini koʻtarinki kayfiyatda qarshi olindi
27.10.2021Rossiyadagi Gersen nomli pedogogika universitetining Toshkent filiali talabalari Oʻzbek tili bayramini koʻtarinki kayfiyatda qarshi oldilar.Rus millatiga mansub talabalar tilidan yangragan oʻzbekcha tabriklar yigʻilganlar eʼtirofiga sabab boʻldi. Milliy anʼanalarimiz aks etgan musiqiy dasturda turli millatga mansub yoshlar Alisher Navoiy, Bobur gʻazallarini maromiga yetkazib ijro etdilar.

Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!
27.10.2021Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, o‘lmas tarixidir. Shunga ko‘ra millatning yashashi va ravnaq topishini ona tilisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ona tilimiz hisoblangan o‘zbek tili tarixi o‘zbek millatining bor kechmishi, taraqqiyotini o‘zida aks etdirgan katta tarixga ega til bo‘lsada, 1989-yilning 21-oktabrida sobiq ittifoq davrida qabul qilingan “Davlat tili haqida” gi Qonun bilan o‘zbek tili birinchi marta davlat tili maqomini olishga musharraf bo‘ldi.2020-yil 10-aprelda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan esa 21-oktabr sanasi mamlakatimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilandi. …

Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari o‘rtasida til bilag‘onlari ko‘rik-tanlovi o'tkazildi
25.10.202121-oktabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Til-millat ko'zgusi” shiori ostida Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tizimi xodimlari o‘rtasida til bilag‘onlari ko‘rik tanlovi o'tkazildi.Ushbu tanlovda xodimlar 4 ta yo'nalish: • She’r aytish;• Nasriy asardan parcha yoki monologni ifodali aytish (o'qish);• Notiqlik;• Kichik hajmli maqola yozish bo'yicha ishtirok etib o'z bilim, mahorat va istedodlarini ko'rsatdilar.Ishtirokchilarni holisona baholashda o'z hissalarini qo'shgan ustozlar safidan jurnalist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi A.Sabirov, taniqli shoir va dramaturg, Turkmaniston Respublikasi Firog'i medali sohibi Qurbon Muhammad Rizo, jurnalist va yozuvchi, "Yilning eng faol jurnalisti" mukofoti sohibi Ro'zimboy Xasanlar joy oldi.Ustoz shoirlar …

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
23.10.2021Sana munosabati bilan mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, mavqeyi hamda obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni to‘laqonli joriy etishni ta’minlashda ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun bir guruh tilshunos va adabiyotshunos olimlar, faxriylar, shoirlar hamda yozuvchilar Xorazm viloyati hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Davlat kadastrlari palatasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
23.10.202121-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan 23-oktabr kuni Davlat kadastrlari palatasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik. Tashkil etilgan tadbir davomida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida #onatilimfaxrim heshtegini targ‘ibotida ishtirok etib, o‘zbek tili mavqeyini mustahkamlashga hissa qo‘shishdi. Bayramona tadbir yakunida musobaqalar g‘oliblari e’lon qilinib, barcha ishtirokchi bolajonlarga palata rahbariyati tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi
23.10.2021Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida Vazirlar Mahkamasi Maʻnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan nashr etilgan yangi kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi.“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori ijrosi yuzasidan bugungi kunda Qoʻmita tizimida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida yangi uslubdagi kutubxona burchagi tashkil etildi. Ushbu kutubxona fondi oʻzbek tili (lotin alifbosi)da nashr etilgan kitoblar bilan boyib bormoqda.Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiAxborot xizmati

Urganch davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tili taraqqiyotining yangi bosqichi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
22.10.20212021-yilning 20-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda o‘zbek tili taraqqiyotining yangi bosqichi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjumanda tilshunos olimlar, shoirlar, sohaning yetuk mutaxassislari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi hamda Filologiya fakultetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Anjumanni Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov olib bordi. Konferensiyani UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Davletov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Anjumanda so‘z olganlar, xususan, Xorazm viloyat hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi raisi G.Ibodullayeva, taniqli shoirlar Q.Muhammadrizo hamda …

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Til –ulug‘ neʼmat va bebaho qadriyat” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
22.10.2021O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tarkibidagi harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Til –ulug‘ neʼmat va bebaho qadriyat” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yuldashev, yozuvchi Maʼmura Zohidova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimi, shoira Oygul Ubaydulla qizi hamda korxona xodimlari ishtirok etdilar.Qozoqboy Yuldashev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni juda qiziqarli tarixiy maʼlumotlar, bugungi kunda tilimizning nufuzi va mavqeyini oshirish yo‘lida yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, yaqin yillar ichida …
Davlat tili ustuvorligini taʼminlashning qonuniy asoslari yaratildi
21.10.202121-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniDunyodagi yirik tillar katalogi – Ethnologue maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib kurrai zaminimizda 7 139 ta til mavjud va ularning eng keng tarqalgan 40 tasida Yer aholisining uchdan ikki qismi so‘zlashadi. Kommunikatsiyalarning rivojlanishi, globallashuv va migratsiya, urbanizatsiya jarayonlari oqibatida ular soni ham kamaymoqda. Statistik maʼlumotlar taxminan har ikki haftada bitta til “o‘lik tillar” ro‘yxatidan joy olayotganini ko‘rsatadi. Yana qiziq jihati, dunyodagi barcha xalqlarning milliy mustaqilligi bo‘lsa-da, ularning hammasi ham rasmiy tiliga ega emas. Bor-yo‘g‘i yuzga yaqinigina davlat tili maqomini olgan. Albatta, biz bu borada faxr etsa arzigulik, munosib va sharafli …

Milliy o‘zligimiz timsoli
21.10.2021Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdug‘affor Qirg‘izboyev mamlakatimizda o‘zbek tiliga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.Prezidentimizning O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xalqimizga bayram tabrigida ona tilimizni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish, bu boradagi amaliy ishlar, tadqiqotlarni rivojlantirish, zarur qo‘llanma, lug‘atlar, ilmiy-ma’rifiy manbalarni yaratish, uning targ‘botini kuchaytirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda.Ona tilimizni rivojlantirish borasida …
Milliy yuksalishga chorlovchi kuch
20.10.2021Ona tili – milliy o‘zligimiz timsoli. Til – millat va Vatan tushunchalari kabi muqaddas sanaladi. Shu bois uni Vatan kabi asrash, himoya qilish lozim. Yurtimizda O‘zbek tili bayrami kunining alohida sana sifatida nishonlanayotgani ana shu yo‘ldagi muhim qadamlardan biridir.Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Davlat tili va maʼnaviyat – jamiyatning ikki ustuni” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda ona tilimizning barhayot kuch-qudrati ulug‘landi. Maʼnaviy-maʼrifiy kechaga Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan vakillar, taniqli olim va adabiyotshunoslar bilan …

“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
20.10.2021Tadbirini Markaz direktori Nozimjon Dalibayev ochib berdi.Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi Rustam Mirvohid hamda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar ishtirok etdilar.Tadbir davomida o‘zbek tili naqadar millatning bebaho hazinasi va ma’naviy boyligi ekanligi, til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qolganligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Shuningdek, til – muqaddas ona kabi azizligi, bizning o‘zbek tilimiz hech qaysi tildan kam emasligi to‘g‘risida ta’kidlandi.Ko‘p ulug‘ shoirlar hayoti, ona tilimizga katta hissa qo‘shgan adib va …

“O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi
20.10.2021O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusidagi an’anviy respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi. Unda respublikamizning turli hudularidan yetakchi soha mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.Anjumanni FA o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, professor N.Mahmudov ochib berdi va mazkur anjumanning ilmiy ahamiyati haqida gapirdi.Anjumanda davlat tilini joriy etish tizimining yurislingvistik masalalari, badiiy matnda okkazional nomlarning o‘rni, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda ta'lim samaradorligini oshirish usullari, badiiy matnlarni lingvopoetik tahlil qilish, rusiyzabon talabalarning nutqiy madaniyat malakalarini oshirish usullari kabi bir-biridan qiziqarli ma’ruzalar …

AKT vazirligida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
19.10.202121-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lganligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlari xodimlari bevosita, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlar vakillari videokonferensaloqa ko‘rinishida ishtirok etishdi.Davra suhbati avvalida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub “Ona tilim o‘lmaydi” …

“Til bor ekan – millat barhayot” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
18.10.2021Davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, shu jumaladan, O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash maqsadida Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Adiblar xiyoboni”da “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi ijro apparati va mudofaa sanoati kompleksi tizimidagi korxonalarining xodimlari ishtirok etdilar.Tadbir ishtirokchilari so‘ngi yillar ichida davlatimiz tomonidan ona tilimizning nufuzi va mavqeyini oshirish yo‘lida olib borilayotgan siyosat, ona tilimizning ming yillik jilvalari hamda kelgusi taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasining aʼzolari ijodkor shoirlar Alisher Boymurod va Anvar Botir o‘z …

O‘zbekistonda ilk bor xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan talabalar o‘rtasida “O‘zbek tilida notiqlik sanʼati” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi
18.10.2021Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” va universitetning 90 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda ilk bor xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan talabalar o‘rtasida “O‘zbek tilida notiqlik sanʼati” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, “Ishonch” savdo do‘konlari tarmog‘i va “Murad Buildings” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.Tadbirning kirish qismida so‘z olgan Toshkent davlat iqtisodiyot iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mansur Eshov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Dilshodjon Rahmonov, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun …

“Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida huquqiy bayram sayli o‘tkazildi
16.10.2021Adliya vazirligi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida “Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida huquqiy bayram sayli o‘tkazildi.Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Abdugʻaffor Qirgʻizboyev ishtirok etib, Oʻzbek tili bayrami kuni arafasida tashkil etilayotgan tashabbuslar, davlat tili nufuzi va mavqeyini oshirish borasida Hukumat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’ruza qildi.Tadbir doirasida yig‘ilgan xayriya mablag‘lari haqidagi sertifikat adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan “Ezgu amal” xayriya jamg‘armasiga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning saraton kasalligiga chalingan farzandlarini davolash uchun topshirildi.Shuningdek, bayram tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etilib, adliya, …

Favqulodda vaziyatlar vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
16.10.2021Favqulodda vaziyatlar vazirligi majlislar zalida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tili asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, taniqli tilshunos olim Inomjon Azimov, vazirlik Markaziy apparati harbiy xizmatchi va xizmatchilari ishtirok etdilar.Tadbirni vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev olib bordi.Ma’naviyat va ma’rifat mashg‘ulotida so‘zga chiqqan mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish sohasidagi islohotlar, ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad-vazifalar, ushbu islohotlarning o‘ziga …

Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kechasi tashkil etildi
16.10.2021O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi hamkorligida o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kechasi tashkil etildi. O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, Abdulla Qodiriy ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib joriy yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi 84-son bayoni qabul qilindi. Mazkur hujjatga ko‘ra joriy yilning 4-14-oktabr kunlari Abdulla Qodiriy …

21-oktabr – O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
15.10.20212021-yil 14-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy majlislar zalida 21-oktabr – O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi X. Xasilov ishtirok etdilar.Tadbir davomida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tanlov natijalari eʼlon qilindi. Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha “Eng yaxshi korxona”, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha “Eng yaxshi korxona”, Ona tilimizni tarannum etuvchi “Eng yaxshi sheʼr” va O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar qimmatbaho sovg‘a, diplom va tanlov nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, davlat …

Parijda “O‘zbek tili bayrami” kuni nishonlandi
15.10.2021Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida tobora yaqinlashib kelayotgan «O‘zbek tili bayrami»ga bag‘ishlangan madaniy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Tadbirda ushbu mamlakatdagi vatandoshlar vakillari, xorijlik o‘zbek tili va adabiyoti olimlari va ixlosmandlari hamda o‘zbekistonlik talabalar qatnashdi.O‘zbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi elchisi Sardor Rustamboyev O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlarni tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga havola qildi.Tadbirda Fransiya ijtimoiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, navoiyshunos olim Mark Tutan hamda o‘zbekistonlik tadqiqotchi Dilnoza Doto‘rayeva o‘zbek tilining tarixi va rivojlanishi to‘g‘risidagi maʼruza bilan ishtirok etdi. Ular o‘zbek mumtoz …

“Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” haftaligi doirasida “Qodiriyni yod etib” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
14.10.2021Bu yil o‘zbek romanchiligining asoschisi, asarlari orqali nafaqat o‘zbek balki jahon adabiyoti rivojiga ham ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib Abdulla Avloniy tavalludining 127 yilligi kitobxonlar o‘rtasida keng nishonlanmoqda.Kuni kecha Chilonzor tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chilonzor tumani bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ushbu sana munosabati bilan “Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” haftaligi doirasida “Qodiriyni yod etib” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taniqli yozuvchi va shoirlar, fan nomzodlari hamda Chilonzor tumanidagi umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.Tadbir doirasida tumandagi mavjud barcha umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida Abdulla Qodiriy asarlarini …

Davlat tili mavqeyi va nufuzini oshirish bo'yicha o'quv-seminar bo'lib o'tdi
14.10.2021Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 20-oktabrida “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida joriy yilning 13-oktabr kuni “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” mavzusida oʻtkazildi.Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasiMatbuot xizmati

Taʼlim inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha “onlayn” tanlov tashkil etildi
13.10.2021Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlat tili nufuzini yanada oshirishga qaratilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha onlayn tanlov oʻtkazilmoqda.Tanlov uch bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar hakamlar hayʼati tomonidan berilgan mavzular doirasida esse yozish orqali oʻzlarining ijodiy salohiyatlarini ko‘rsatishdi. Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar o‘zbek tilidagi nutqi, notiqlik qobiliyatini namoyon etishdi. Shuningdek, yakuniy bosqichda 20 ta savoldan iborat test sinovlarida qatnashib, oʻzbek tili boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.Onlayn tanlovda ishtirok etgan Taʼlim inspeksiyasi xodimlari, hududiy …

MUHTASHAM ONA TILIM!
13.10.2021Men bu til haqida til uchida gapirolmayman!Gar o‘shandoq gapirsam onam xafa bo‘ladiganday. Chunki men aynan mana shu tilda orombaxsh allalar tinglab ulg‘aydim! Bu moʻtabar qo‘shiq so‘zlari mayin ohang og‘ushida har zarra qonimga dovur singib, so‘rilib ketgan. Ajab emaski, onajonimning yuragi ostida mitti vujud bo‘la turib ham tashqi muhitdan taralayotgan turkiy tovushlarni tanib va tanlab yotgan bo‘lsam?!Bu so‘zlarim kimlar uchundir erish tuyulishi ham mumkin. Chunki tegra-atrofimizda faqat pasport maʼlumotlaridagina “o‘zbek” deya qayd etilgan, ammo begona tillarda biyron so‘zlab, o‘z ona tilini unutayozganlar ham oz emas ekan. Baʼzida ko‘cha-ko‘ydagi quloqqa chalingan suhbatlarni eshita turib, “xayriyatki, mustaqillikka erishibmiz, …

Adabiy tanlovlarning g‘oliblari taqdirlandi
12.10.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlarida “Abdulla Oripov izdoshlari”, "O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovlarining tuman-shahar, viloyat va Respublika bosqichlarini tashkil etish belgilangan edi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda ko‘rik-tanlovlarning tuman va shahar, viloyat bosqichlarini o‘tkazdi.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yil aprel oyida Respublikamizdagi 206 ta tuman va shaharda tanlovlarning birinchi bosqichi o‘tkazildi. Mamlakatimizdagi 9000 ga yaqin maktab mazkur tanlovlarga jalb etildi. Tanlovning viloyat bosqichiga har bir tuman va shahardan 2 nafar g‘olib yo‘l olishdi.Tadbirda O‘zbekiston Yoo‘uvchilar uyushmasi raisi, xalq …

“Davlat tilida ommaviy diktant” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi
08.10.2021“Sirdaryo IES” aksiyadorlik jamiyatida 2021-yil 6-oktabr kuni korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida ko‘rik-tanlovning, “Davlat tili (lotin alifbosi)da ommaviy diktant” nominatsiyasi bo‘yicha 1-bosqich tanlovi bo‘lib o‘tdi.Ayni paytgacha ko‘rik-tanlovlarning birinchi bosqichi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, To‘raqo‘rg‘on IES, Sirdaryo IES, Navoiy IES hamda Farg‘ona IEMda yakunlandi hamda ikki nominatsiya - “Davlat tilida (lotin yozuvida) ommaviy diktant” hamda “Ijodiy tanlov” (sheʼr, maqom, askiya) nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlar aniqlandi.Tanlov natijalariga ko‘ra:1-o‘rin: Elektr korxonasi ishchisi Saida Abduraimova,2-o‘rin: MHB ishchisi Uljanoy Holiqova,3-o‘rin: 1-QTS ishchisi Solijon Imomov munosib deb topildilar.“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida tanlovlarni respublika boʻylab oʻtkazish davom etmoqda.

Toshkent shahrida “Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida marafon tashkil etilmoqda
08.10.2021Adliya vazirligi 16-oktabr kuni “Ezgu amal” xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan marafon tashkil etmoqda. Marafon kuni Adliya vazirligidan Adiblar xiyobonigacha piyoda yurib boriladi. Marafon qatnashchilari egnida til haqidagi iqtiboslar tushirilgan liboslar bo‘ladi. #onatilimfaxrimBizning manzil: https://t.me/dtrdep

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
07.10.2021Tadbirda vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor Muzaffar Tojibayev, shoir O‘ktam Davletov, UrDU o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Barno Abdullayeva, “Ezgu so‘z” gazetasi muxbiri Maxfira Karimova hamda harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdilar.Tadbirda bugungi kunda yurtimizda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeyini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zbek tilining nafosati, o‘ziga xosligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilib, har bir xodimning davlat tilida ish yuritishi, ona tilini qadrlashi va bu boradagi tadbirlarga samarali hissa qo‘shishi lozimligi aytib o‘tildi.Davra suhbati ijodkorlar ishtirokidagi ajoyib mushoiraga aylanib ketdi. Ona vatan, ona tili, tinchlik va do‘stlik, shukronalik …

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro ko‘rik tanlovining britaniyalik g‘olibiga mukofot topshirildi
07.10.2021Buyuk Britaniyada o‘zbek tili, madaniyati va tarixini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida Oksford universiteti tadqiqotchisi, tarix fanidan ma’ruzachi Tomas Velsford bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbek tilini puxta o‘rgangan britaniyalik olim Tomas Velsford 2020-yil oktabr oyida O‘zbekistonning davlat tili kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan o‘tkazilgan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro ko‘rik tanlovida faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Shu munosabat bilan, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov Davlat tilini rivojlantirish departamentining Faxriy yorlig‘i hamda 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarini britaniyalik tadqiqotchiga taqdim …

Helmut Dalov: ismim qog‘ozlarda nemischa bo‘lgani bilan yuragim o‘zbekcha uradi
06.10.2021O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tarixchi olim va tarjimon Helmut Dalov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda olim nemis tiliga tarjima qilgan «Boburnoma» va «Quyoshga intilib» kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. Adabiy uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, filologiya fanlari doktori, professor Xurram Rahimov va boshqalar olim va tarjimon Helmut Dalovning o‘zbek adabiyotini Yevropaga targ‘ib qilishda qo‘shgan hissasini yuqori baholadi. Shuningdek, «Boburnoma»ning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni haqida alohida to‘xtalishdi. – Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi nafaqat sharq, balki g‘arb uchun ham doim ahamiyatli va qiziq bo‘lgan, – deydi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali. –Tarjima mashaqqatli yo‘l. …

Qahramon bilan uchrashuv
06.10.2021Ma’lumki, shu yilning avgust oyida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori Ayupov Shavkat Abdullayevichga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirildi. Fizika-matematika fanlari doktori, Butunjahon fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad Agentlik yoshlarini O‘zbekiston Qahramonining ibratli hayot yo‘li bilan tanishtirish, sohamiz rivoji uchun qimmatli maslahatlari va tavsiyalarini olish, yurtimizda ilm-fan yo‘nalishidagi ulkan …

Toponimlar: milliylikka alohida eʼtibor beraylik
30.09.2021O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan so‘ng yurtimizdagi ko‘plab toponimik obyektlar qayta nomlandi. Yaʼni o‘zbek tilida joy nomlarini atash, rasmiylashtirish ishlari amalga oshirila boshladi. Buning o‘ziga xos jihati shunda ediki, ona yurtimizning barcha nuqtasi davlat tilida, milliyligimizni, maʼnaviyatimizni va madaniyatimizni anglatib turishi kerak edi. Vatan mustaqilligi, avvalo, uning tilida aks etishi, o‘zbekona jaranglashida namoyon bo‘lishi lozim.O‘zbek tili rasmiy maqomda bo‘lmagan davrlarda yurtimizdagi aksariyat joy nomlari boshqa tilda atalib kelindi. Bir millatning mavjudligi uning tiliga naqadar bog‘liq ekanini o‘tgan davr va bugungi holat yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ko‘plab joy nomlari o‘zbekchasi bilan almashtirilganiga chorak asrdan oshdi, ammo …

Vobkent tumanida 9 oy davomida 152 ta peshlavhalar tartibga keltirildi
25.09.2021Joriy yilning 9 oyi davomida tumanda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.Jumladan tuman hokimining tegishli farmoyishi bilan ishchi guruhi tarkibi tuzilib, hozirga qadar 476 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, korxona va tashkilotlardagi peshlavhalar, narxnomalar va e’lonlar, ayniqsa aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo rastalari, mahalla guzarlari, ko‘chalardagi panno va bannerlar, lavhalardagi yozuv va tasvirlarning davlat tili qoida-me’yorlariga mos emasligi holati birma-bir o‘rganildi. O‘rganishlar mobaynida til qoidalariga mos kelmaydigan 152 ta peshlavhalar tartibga keltirilib, qonun talablariga mos kelmagan 114 …

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!
25.09.2021Bugun Mirzo Ulugʻbek tumani “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Davlat Soliq Qoʻmitasi tashabbusi bilan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi hamkorligida soliq tizimi xodimlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi 32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin ona tilim” mavzusida “Sogʻlom turmush tarzi uchun 5000 qadam” deb nomlangan marafon tashkil etildi.Ushbu marafon koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat Soliq Qoʻmitasining rahbar xodimlari ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada oʻtishini ta’minlashdi. Bundan koʻzlangan maqsad, ona tilimizga boʻlgan muhabbatni oshirish, uni asrab avaylashdek ezgu tuygʻularni mujassam qilish bilan birga soliq tizimi …

Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlarida tobora yangi-yangi qirralar ochilib bormoqda
25.09.2021Bu, ayniqsa, ikkala mamlakat Prezidentlarining o‘zaro rasmiy tashriflari va dastlab 28, so‘ngra 36 punktdan iborat bitimlar imzosidan so‘ng jadal sur’atlarda rivojlana boshladi. O‘sha kelishuv-bitimlarga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida madaniy, adabiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yozuvchi-shoirlar ishtirokida tadbirlar o‘tkazish nazarda tutilgan, albatta.O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasida o‘zbekistonlik qator adabiyot va madaniyat vakillari hamda tojikistonlik adiblaru shoirlar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni ochiq, deya e’lon qilar ekan, O‘zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov ushbu tadbirni ikkala mamlakat Prezidentlari - muhtaram Shavkat Mirziyoyev va muhtaram Emomali Rahmon Janobi oliylarining olib borayotgan dono va oqilona …

“Olamda tengi yoʻq, durdona tilim!”
25.09.2021Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasida joy, tashkilot nomlari, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlarni, shuningdek, idoraviy ish qogʻozlar, turli blanklarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi. Shuningdek, Qoʻmita va Nukus tumani oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun oʻzbek va qoraqalpoq tillari targʻibotiga bagʻishlangan “Olamda tengi yoʻq, durdona tilim!” nomli targʻibot tadbirlari tashkil etildi.Targʻibot tadbirida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sharapiddin Ayapov, Qoraqalpogʻiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Otarbayev Rauaj hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, …

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
20.09.2021Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijrosini taʼminlash, kiyinish madaniyati masalalariga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Majlis Bosh direktor raisligida agentlikning tizim tashkilotlari va hududiy filiallari rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.So‘zga chiqqanlar tomonidan joriy yilning oktabr oyida davlatimizda muhim siyosiy jarayon – Prezident saylovi bo‘lib o‘tishi, ana shu saylovoldi jarayonlarda har bir saylovchi ovoz berayotgan nomzodi haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishi, saylovda qatnashish tartibini bilishi va oila aʼzolariga buni yetkazishi, saylov jarayonlariga masʼuliyat bilan yondashishi lozim ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek, saylovoldi jarayonlarda …

Haqiqiy bilim va mahorat sinovi
17.09.2021Har bir xalqning tarixi, maʼnaviy qadriyatlari va qiyofasi, avvalo, ona tilida aks etadi. Shu bois, ona tilimizni yosh avlodga betalafot yetkazish xalqimiz kelajagini asrash yo‘lidagi muhim qadamdir.Mamlakatimizda o‘zbek tilini davlat tili sifatida rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ayniqsa, Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining tashkil etilishi o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirish imkoniyatini yanada kengaytirdi.Mazkur departament, Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi …

Qoraqalpog‘istondagi til siyosati: muammo va yechimlar
17.09.2021Ko‘plab mamlakatlarda davlat ishlarini tartibga solish, ish yuritish va hujjatchilikni bir xil shaklda olib borish maqsadida hududning tub aholisi manfaatlaridan kelib chiqib davlat tili belgilanadi. Davlat tili qonunan tasdiqlanishi yoki umumxalq e’tirofi bo‘yicha amal qilishi mumkin. Chunki ayrim mamlakatlarda Davlat tili haqidagi qonun mavjud emas, umumxalq e’tirofi bilan davlat ishlari muayyan bir tilda olib boriladi.O‘zbekistonda o‘zbek tili, Qoraqalpog‘istonda esa qoraqalpoq va o‘zbek tillari davlat tili hisoblanadi. Tillarga berilgan “davlat tili” maqomi qonun yo‘li bilan mustahkamlangan bo‘lib, mazkur huquqiy hujjat hududda amal qiluvchi boshqa tillarning manfaatlarini ham himoya qiladi hamda kafolatlaydi. O‘zbekistonda milliy masalalar, ayniqsa, til …

Ona tilim, omon boʻl mangu!
15.09.2021Barchaga ayonki, millatning millat bo‘lib yuksalishida davlat tilining ahamiyati katta. U har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat tili mamlakatda yashaydigan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadi. Xalqning davlat sifatida rivojlanib, yuksalishiga asos bo‘ladigan boshqa omillar kabi davlat tili shu yurtda yashovchi fuqarolarning or-nomusi, g‘ururi kabi ulug‘lanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti videoselektor majlisining …
Davlat tili qonun bilan himoya qilinadigan timsollardan biridir
14.09.2021O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining 14-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish davlat tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib borilishi, sud ishlari olib borayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish hujjatlari bilan to‘la tanishish va sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta'minlanishini, sud ishlarini yuritishda tilni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, iqtisodiy-protsessual va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishi belgilangan.Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi binosida sud raisi F.Qahhorov, tuman hokimi maslahatchisi Z.Ergashevalar rahbarligida seminar tashkil etildi.Seminarda Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi …

Jamgʻarma tomonidan chop etilgan kitoblarga ehtiyoj ortmoqda
12.09.2021Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida "Davlat tilida ish yuritish" qoʻllanmasining yangi nashriga bagʻishlangan taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur qoʻllanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan koʻp sonli talab va takliflarni inobatga olgan holda qayta nashr qilindi. Tadbirda universitet olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va jamgʻarma masʼullari ishtirok etdi. Mazkur amaliy qoʻllanma barcha sohada faoliyat yurituvchi xodimlarga birdek xizmat qiladi degan umiddamiz.

SEN MILLAT GʻURURISAN ONA TILIM
10.09.2021Til - ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Bugungi kun yoshlari o‘rtasida ona tilimizni to‘g‘ri va keng targ‘ib qilish va O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida soliq tizimida davlat tiliga oid milliy qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan aholini xabardor qilishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bugun Yashnobod tuman davlat soliq inspeksiyasida yoshlar va ishchi xodimlar bilan “O‘zbek tili — davlat tili, ona tilim — millat ruhi va g‘ururi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Uchrashuvda soliq organi mas’ul xodimlari, Toshkent Iqtisodiyot Universiteti dotsenti, tilshunos olim Mahmud Ochilov va ona …

"Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi
09.09.2021Kuni kecha poytaxtimizdagi “Toshkent International” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ilgʻor natijalarga erishgan soha mutaxassislari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti A.Qirgʻizboyev ishtirok etdi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, BMTning Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkillashtirildi.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulugʻbek Muhammadiyev Vatanimiz mustaqilligiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini qutladi. Tadbirda ilgʻor natijalarga erishgan soha mutaxassislari hamda davlat xizmatlaridan foydalangan “30 millioninchi mijoz”, hamkor tashkilotlar …

Maslahatchilar faoliyati bilan bog‘liq videoselektor yig‘ilish o‘tkazildi
08.09.2021Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchilari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududiy bo‘lim va bo‘linmalari masʼul xodimlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2O21-yil 26-martdagi "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-5040-son qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan topshiriqlarning ijro holati, "O‘zbek tili bayrami kuni" …

Turkiy xalqlar ilmga qancha eʼtibor qaratsa, shuncha qudratli bo‘ladi!
07.09.2021O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor Maʼrufjon Yo‘ldoshev Turkiya jumhuriyatining strategik tadqiqotlar portali - “Milliy g‘oya markazi” muxbiri Yeliz Shenerli savollariga javob berdi.“Turkiy xalqlar ilmga qancha eʼtibor qaratsa, shuncha qudratli bo‘ladi!”O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor Maʼrufjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasidagi kechinmalari, mamlakatning mustaqillik davridagi ichki va tashqi siyosati hamda davlat tili bilan bog‘liq jarayonlar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Maʼrufjon Yo‘ldoshev turkiy xalqlarning ilm bilangina kuchli va biru bor bo‘lishlari mumkinligiga ishonishini aytib o‘tdi.Yeliz Shenerli: …

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov hamda qiblaga qaratilgan Navoiy haykali haqida:
30.08.2021«Men “Boburnoma”ni ko‘p-ko‘p o‘qishga, Boburning hayot yo‘lini o‘rganishga harakat qilaman. Bilasizlarmi, Boburda umuman halovat bo‘lmagan. Uning hayot yo‘li mashaqqatlar va kurashlarda o‘tgan, faqat mehnat qilgan. Ibrohim akaning ham hayotida halovati bo‘lmagan, umri mehnatda o‘tgan. Hozirga adabiyot sohasidagi barcha yozuvchi va shoirlarimiz bu insonni ustoz deydi. Bu insonga halollik va poklik bo‘yicha munosib bo‘lishga harakat qiladi.Ochiq gap, men Erkin Vohidov va Abdulla Oripov bilan do‘st edim. Abdulla Oripov bilan Zomin maktabini tashkil qilgan edik. Erkin Vohidov bilan esa kechalari ham gaplashardik. Erkin akaning bir gaplari bo‘lar edi: agar o‘zbek tilining buyukligini bilishni xohlasang, Ibrohimjondan so‘rash kerak, …

AKT vazirligida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
27.08.2021Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov ishtirokchilarni Ona Vatanimiz istiqlolining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, o‘tgan davr mobaynida vazirlik tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va IT-sohaga malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, qo‘lga kiritilgan g‘alabalar haqida qisqacha ma’lumot berdi.Tadbirda qatnashchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish …

Jizzax shahrida davlat tilida ish yuritish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
21.08.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarorida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 97-sonli rayosat majlis bayoni hamda viloyat hokimining 2021-yil 6-iyuldagi 01-1127-sonli majlisi bayonida berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax shahrida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda korxona va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.Xususan, joriy yilning 17-avgust kuni shahar hokimligi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi, xalq deputatlari shahar Kengashi hamkorligida ishchi guruh tuzilib, Jizzax shahrida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli 4-oilaviy …

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
21.08.2021Qo‘mita tomonidan 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida “Milliy istiqlol uchun kurashgan jadidlar” mavzusida M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, A.Qodiriy, Munavvarqori, Ibrat, Cho‘lpon kabi siymolar adabiy merosini faol targ‘ib etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda filologiya fanlari doktori, professor N.Jabborov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori M.Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sh.Hojiyeva, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Ummatov va Qo‘mita raisi maslahatchisi G.Qodirova tadbir ishtirokchilariga jadidlar va ularning maʼrifatparvarlik g‘oyalari, milliy tilimiz rivoji yo‘lida olib borgan …

O‘ZLASHMA SO‘ZLARGA QANDAY MUNOSABATDA BO‘LISHIMIZ KERAK?
20.08.2021Til jamiyat bilan dialektik aloqada bo‘lgani sababli biri ikkinchisini to‘ldiradi. Shu bilan birga bir-birini inkor etadigan o‘rinlar ham uchraydi. Jamiyat tomonidan tillar taqdim qilgan har qanday so‘z qabul qilinavermaydi. Til ham inson tanasi kabi tirik va kurashuvchan. Tanamiz har qanday tashqi ta’sirga birdek murosada emas. Tilimizga chet tillardan kirib kelayotgan hamma yangi so‘zlarni ham bosqinchi sifatida tasavvur qilavermasligimiz kerak. Platforma ham short-list kabi bir paytlar tilimizga kirib kelgan. To‘g‘ri, til sofligiga erishishimiz kerak, ammo bu – degani barcha o‘zlashma so‘zlarga qarshi turamiz degani emas, har qanday til tabiiy ravishda ikki manba asosida boyib borishi tilshunoslar …

Standartlar atamalari izohli lug‘ati - rasmiy saytda
18.08.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik Bosh direktorining 99-son buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq bilan davlat tilida yaratilgan dasturiy taʼminotlarni yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ishlash, Farmon bilan tasdiqlangan 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasidan foydalangan holda malaka oshirish tizimida davlat tilida ish yuritishga oid o‘quv-uslubiy darslarni tashkil etish, Xalqaro standartlarning qabul qilinishi jarayonida ularning davlat tiliga sifatli tarjima qilish ishlarini chuqurlashtirish vazifalari belgilab berilgan.Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston …

Abadiyatga aylangan adabiyot: Xalq yuragi turkum hujjatli filmlari namoyishi bo‘lib o‘tdi
14.08.2021Bugun Kinematografiya agentligida “Xalq yuragi” turkumi ostida 24 nafar adibga bag‘ishlab, suratga olingan hujjatli filmlarning namoyishi o‘tkazildi.Mazkur filmlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahrida bunyod etilgan “Adiblar xiyoboni”ga hamda shu yilning noyabr oyida “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda oliy taʼlim muassasalari hamkorligida suratga olingan.Ushbu turkumdan o‘rin olgan filmlar Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Oripov, Zulfiya, Abdulla Qahhor, To‘lepbergan Qayipbergenov, Muhammad Yusuf va bir qator adiblarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida.Namoyishda Agentlik bosh direktori Firdavs …

Kadastr agentligida davlat tiliga e’tibor
14.08.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga asosan Kadastr agentligi tizimida ish yuritish to‘liq lotin alifbosida asoslangan o‘zbek tilida olib borishga o‘tilmoqda.Bunda har bir xodimning bilim va ko‘nikmasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa hisoblanishini inobatga olib, Kadastr agentligida Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.Хodimlar katta bo'lmagan guruhlarga bo‘lingan holda o‘quv holda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy …

Davlat tili rivoji uchun barchamiz masʼulmiz
10.08.2021“Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha. Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning to‘g‘risi shudir...”.Bundan roppa-rosa bir asr muqaddam Fitrat tomonidan aytilgan bu fikrlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. O‘tgan asrda bir qator maʼrifatparvarlarimiz turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili, o‘zbek imlosi haqida munozaralar olib bordi, matbuotlarda chiqish qildi. Bulardan ko‘zlangan maqsad shu ediki, tilimizning taraqqiy etishi, xalqni savodsizlikdan qutqarish, maʼrifatga chorlash... Abdurauf Fitrat tomonidan tuzilgan “Chig‘atoy gurungi”ning maqsad va maslagi ham shunday edi, aslida.O‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Istiqlol yillarida ona tili haqiqiy maʼnoda davlat tiliga …

Oqilona tashabbus
05.08.2021Ma’lumki, 2021-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida davlat tilining qo‘llanishini kengaytirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasiga muvofiq Qurolli Kuchlar tizimlarida davlat tilining qo‘llanilishini kengaytirish, qo‘shin va bo‘linmalar kundalik faoliyatida undan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish, o‘zbek tilidagi ilmiy asoslangan harbiy atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy harbiy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot organlari xodimlarining davlat tiliga hurmat-e’tiborini …

Shahrisabz tumanida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rganish olib borildi
27.07.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 19-yanvarda bo‘lib o‘tgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig‘ilishida “Eng namunali tuman” tanlovining Respublika bosqichini o‘tkazish belgilangandi. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatidan Shahrisabz tumani tanlab olingan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, “Eng namunali tuman” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan Shahrisabz tumanida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni o‘rganib, korxona-tashkilot, umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Shahrisabz tumanidagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” maskani qisqa vaqt ichida qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 2 ta …
“Temir yo‘l sohasiga oid so‘z va atamalarning ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘ati”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
27.07.20212021-yil 27-iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning kichik majlislar zalida Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari A.Qirg‘izboyev, bo‘lim boshlig‘i G‘.Hamroyev, Transport vazirining davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Jalolova, ommaviy axborot vositalari vakillari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarma boshliqlari, xodimlari hamda temiryo‘lchi yoshlar ishtirokida yangi chop etilgan “Temir yo‘l sohasiga oid so‘z va atamalarning ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘ati”ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi maslahatchisi, bir nechta yetakchi boshqarmalar, Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamentining mutasaddi xodimlari birgalikda nashrga tayyorlagan mazkur lug‘at temir yo‘l sohasining turli yo‘nalishlarida foydalaniladigan rus tilidagi …

Bektemirda o‘rganishlar davom ettirildi
26.07.2021Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi tadbirlar qizg‘in pallaga kirmoqda. Amaldagi hujjatlar talablariga ko‘ra 2021-yilning 1-avgust kuniga qadar nomlar, atamalar, peshlavhalar, reklama va e’lonlar, ommaviy targ‘ibot vositalari va ish qog‘ozlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida bo‘lishini ta’minlash belgilangan.Shunga ko‘ra, joriy yilning 26-iyul kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida FVV maslahatchisi B.Valiyev, tuman hokimi maslahatchisi O.Sapayev, tuman FV bo‘limi inspektori M.Artikov hamda tegishli xizmatlar vakillari ishtirokida savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarining peshlavhalari, tashqi e’lon va reklamalarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish …

O‘zbekistonda ish qog‘ozlari lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi
02.07.20212021-yil 1-avgustga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni to‘liq ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 61-son qaroriga asosan, joriy yilning 1-avgustiga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga topshiriq berildi.
Prokuratura organlarida ish yuritish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablari asosida tashkil etilmoqda
01.07.2021Prokuratura organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeуini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.Jumladan, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish bo‘yicha Bosh prokuror maslahatchisi, shuningdek viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshlig‘i va Majburiy ijro byurosi direktorining maslahatchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ustuvor vazifalari belgilab berildi.Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan yaqindan hamkorlik ham o‘rnatildi. Bugungi kunda prokuratura …

Tushuntirishlar o‘z natijasini bermoqda
28.06.2021Shahrisabz shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar IIB, “Tasviriy oyna” Shahrisabz bo‘limi, “Uychilik”, “Kunchiqar”, “Teparlik” mahallalari faollari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, ularning mazmun-mohiyati bilan aholini chuqurroq tanishtirish maqsadida navbatdagi tushuntirish-nazorat targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 3 kun davom etgan kuzatuv ishlari davomida shahardagi Ipak yo‘li shohko‘chasi bo‘yida joylashgan jami 332 ta tashqi yozuvlar, peshlavha, eʼlon va ko‘rgazmali axborot matnlari o‘rganildi. Natijada 332 ta …

Navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi: tuman hokimligida ish yuritish lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tmoqda
27.06.2021Samarqand viloyati Bulung‘ur tuman hokimligida navbatdagi siyosiy, iqtisodiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligining barcha rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.O‘quv soatida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gʻayratjon Shamanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, hokim maslahatchisi tuman hokimligi boshqaruv hamda mas’ul xodimlaridan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olingan insho natijalarini e’lon qilib, hokimlikning eng kam hamda eng ko‘p imlo xatolarga yo‘l qo‘ygan boshqaruv …

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti zahmatkash jurnalist va blogerlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaydi!
27.06.2021Jamiyatda sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning maʼno-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan xalqimizga yetkazib, davlat va xalq o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda fidoyilik ko‘rsatayotgan jurnalistlarimizning mamlakat rivojida munosib hissasi bor.O‘tgan qisqad davr ichida ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik siyosatining eng muhim bo‘g‘inlaridan biriga aylandi. Davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni keng muhokama qilish, qatʼiy pozitsiya va yondashuv bilan ijtimoiy polemikaga yo‘l ochish yaxshi anʼanaga aylandi.Ayniqsa, ilgari 21-oktyabr arafasidagina muhokama qilinib, keyin unutiladigan davlat tilining nufuzi va mavqeiga daxldor mavsumiy chiqishlar bugungi kunda doimiy ahamiyat kasb etmoqda. …

Yangiliklar
26.06.2021“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun Senat tomonidan maʼqullandiOliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.Qonunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida o‘zbek tilining qo‘llanilishi, ish yuritish tili, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til, sud ishlari yuritiladigan til masalalari batafsil belgilangan.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun Senat tomonidan maʼqullandi
26.06.2021Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.Qonunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida o‘zbek tilining qo‘llanilishi, ish yuritish tili, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til, sud ishlari yuritiladigan til masalalari batafsil belgilangan.

Davlat soliq tizimida “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
25.06.2021Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Davlat soliq inspeksiyasida barcha tashqi yozuvlar, peshlavhalar, eʼlonlar va ko‘rgazmali axborot matnlarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror mazmun-mohiyati hamda “Davlat tilining nufuzi va mavqeyi” mavzuida inspeksiya xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Gavharxon Muqaddasova,Davlat soliq qo‘mitasi raisining maslahatchisi

Tilimiz sofligini asraylik...
25.06.2021Oqoltindagi maktablardan biriga A.Navoiy obrazi bilan butun dunyoga tanilgan kinoaktyor Razzoq Hamroyev nomi berildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 30-noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayoni 4-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablariga milliy kino sanʼatining taniqli namoyondalarining nomlarini berish bo‘yicha Sirdaryo viloyat hokimligining 2021-yil 26-martdagi 17-1697-sonli xatiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 48-sessiyasining 180-sonli qarori bilan tumandagi 13-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga Razzoq Hamroyev nomi berildi.Xalqimiz R.Hamroyevni nafaqat teatr aktyori sifatida, balki isteʼdodli kinoaktyor sifatida ham yaqindan taniydi. U …

Boyovut tumani xalq taʼlim bo‘limiga qarashli 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga milliy kino sanʼatining taniqli namoyondalaridan biri Nabi G‘aniyev nomi berildi
25.06.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 30-noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida o‘tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayoni 4-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablariga milliy kino sanʼatining taniqli namoyondalarining nomlarini berish bo‘yicha Sirdaryo viloyat hokimligining 2021 yil 26 martdagi 17-1697-sonli xatiga shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining qaroriga binoan tumandagi 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga Nabi G‘aniyev nomi berildi.”Tohir va Zuhra”, “Nasriddinning sarguzashtlari” filmlari bilan o‘zbek kinochiligiga katta shuhrat keltirgan afsonaviy ijodkor, taniqli Rejissyor Nabi G‘aniyevning o‘lmas kinolari hali-hanuz sevib ko‘riladi.O‘zbek kinosanoati uning sermahsul ijodi hamda ulkan …

“O‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi
24.06.2021Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida yo‘lga qo‘yilgan “O‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish” hamda “O‘zbek tili” o‘quv kurslarida 2021-yil fevral-may oylari davomida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 30 dan ortiq rahbar va masʼul xodimlari anʼanaviy va masofaviy shaklda malaka oshirishdi.Xususan, joriy yilning aprel-may oylarida Jamiyat ijro apparatidan 20 nafar rahbar va masʼul xodimlar uchun anʼanaviy shaklda “O‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.O‘quv dasturi asosidagi mashg‘ulotlarda tinglovchilarning lotin yozuviga asoslangan …

Deputatlar tashabbus ko‘rsatdi
23.06.2021Kitob tumani ko‘chalaridan yursangiz binolar peshtoqlaridagi “Anor”, “Sadaf”, “Tantana”, “Shohsaroy”, “Nur”, “Meros”, “Kumush”, “Nur”, “Shukrona”, “Mingchinor”, Zar tola", “Karvon”, “Soyabon” va boshqa ko‘plab shu kabi yozuvlarga ko‘zingiz tushadi. Peshtoqlarda yarashib turgan bu nomlarni Kitobning tadbirkorlari qo‘yishgan. Yozuvlarga qarashingiz bilan qalbingizga iliqlik yuguradi, ko‘nglingiz yashnaydi. Chunki bu so‘zlar milliy ona tilimizda yozilgan, tilimizning, jozibasini, maʼnodorligini ko‘rsatib turadi.Afsuski hamma joyda manzara bir xil emas. Binolar peshtoqlarida ko‘plab xorijiy atamalarni, imlo xatolarini yoki boshqa tildagi so‘z bilan aralash iboralarni ko‘rish mumkin. Shu sababli Xalq deputatlari Kitob tumani kengashi tashabbusi bilan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman davlat soliq inspeksiyasi, …
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davra suhbati o‘tkazildi
21.06.2021Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlarida tahsil olayotgan bir guruh vazirlik va idoralar tinglovchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Aziz Eminov va Xalq ta’limi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nasiba Mamaraimova, vazirlikning Xodimlar bilan ishlash hamda Ijro intizomi boshqarmalari boshliqlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.Suhbat davomida Jamg‘arma direktori Aziz Eminov O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish …

Davlat tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi
21.06.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2021-yil 5-iyundagi 55-sonli farmoyishi imzolandi.Ushbu farmoyish talablariga asosan bugun A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Guliston davlat universitetida joylashgan filialida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan 25 nafar rahbar xodimlar davlat tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kursida o‘qitilmoqda. Sirdaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi

Uzoqni yaqin, og‘irni yengil qiladi, ammo...
21.06.2021Chindan ham, xalqimiz taʼbiri bilan aytganda transport vositalariga shunday eʼtirof munosibdir. Azaldan inson uchun qulay vosita transport sanalgan. Ot-arava, izvosh, velosiped, dastlabki transport vositalari sanaladi desak, mubolag‘a bo‘lmas. Inson ehtiyojidan kelib chiqqan transport vositalarisiz bugunimizni tasavvur etib bo‘lmaydi. Transport biz bilan hamisha hamqadamdir. Texnika takomillashib borayotgan taraqqiyot shu qadar jadallashib boryaptiki, inson aqlu-zakovatiga qoyil qolishdan o‘zga chora yo‘q. Bu borada jamoat transportlarining ham o‘rni bo‘lakcha. Bir manzildan, ikkinchi manzilga darrovgina yetib olish ham aslida - baxt. Yo‘llar ravon, jamoat transportlarining qulayligi kishi qalbida xotirjamlik baxsh etadi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, yo‘nalishli xizmat ko‘rsatuvchi transportlarning avvalo manzil …

O‘zbek tili fani bo‘yicha o‘quv dasturlarining uzluksizligini taʼminlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
17.06.2021Bugun, 17-iyun kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida o‘zbek tili fani bo‘yicha o‘quv dasturlarining uzluksizligini taʼminlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va Davlat tilini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirliklari mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari va amaliyotchi pedagoglar ishtirok etdi.Yurtboshimizning 2020-yil 6-noyabrdagi 4884-son qarorida “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim o‘quv dasturlarining uzviyligini taʼminlash” vazifasiga Taʼlim inspeksiyasi, Maktabgacha, Xalq taʼlimi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirliklari masʼul ijrochi sifatida belgilangan. Unga ko‘ra mutaxassis olimlar, tajribali …

Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rahbari KUN.UZ muxbiriga intervyu berdi
17.06.2021Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti ko‘chalarda va tashkilotlar peshtoqida xorijiy tilda yozilgan e'lon va peshlavhalarni davlat tilidagisiga o‘zgartirish, bu boradagi ishlar o‘z vaqtida yuritilayotgani haqida ko‘p gapiradi. Ammo har qanday qonun yoki qaror ijrosi joylarda, jamiyatdagi holatlarda bilinadi. Ko‘ryapmizki, bu boradagi ishlar sezilarli emas, o‘lda-jo‘lda. Ko‘chalar mantiqsiz va sharmandali tarzda xorijiy, jumladan, rus tilidagi e'lon, peshlavhalarga to‘la.Biz tashkilot mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev bilan intervyu uyushtirdik va holat yuzasidan izoh so‘radik.— Abdug‘affor aka, siz suhbatlarda departament bu bo‘yicha qattiq ishlayotgani, o‘zbek tiliga o‘girilgan reklama e'loni va peshlavhalari bo‘yicha raqamlarni keltirasiz, lekin biz, jamoatchilik bu borada …

Qibray tumani hududidagi reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi o‘rganildi
17.06.2021Kuni kecha ijtimoiy tamoqlarda Qibray tumanida 50 dan ortiq eʼlon va reklama vositalari olib tashlanayotganligi haqida xabar tarqaldi.Tabiiyki, bu holat baʼzi tadbirkorlarda norozilik yuzaga keltirdi. Tadbirkorlarning aytishicha, ularga tegishli tashqi reklama obyektlari mahalliy hokimlik tomonidan hech qanday hujjatsiz olib qo‘yilgan.Ushbu xabarga oydinlik kirtish maqsadida Zamon.uz muxbiri Toshkent viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sarvar Fayzullayev bilan bog‘landi.– Nima sababdan tumanda baʼzi eʼlon va reklama vositalari olib tashlandi?– Qibray tumani hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, savdo nuqtalari peshlavhalari (bunga katta hajmdagi bannerlar kirmaydi) O‘zbekiston Respublikasining …

O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha
16.06.2021“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi doirasida o‘zbek tilini ilmiy-amaliy jihatdan rivojlantirishga doir ishlanmalarni rag‘batlantirishga qaratilgan “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” aniqlanmoqda.Tanlovga belgilangan mavzu va yo‘nalishlarga mos keladigan so‘nggi ikki yil ichida yaratilgan (nashr etilgan/patentlangan) lug‘atlar, elektron dasturlar, amaliy qo‘llanmalar taqdim etilishi mumkinTanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 1-avgustiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga murojaat qilish kifoya.G‘oliblar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.Tanlov haqidagi batafsil maʼlumotni (71) 203-32-32 (ichki raqam 232) raqamiga bog‘lanib olish mumkin.

Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim
16.06.2021“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi doirasida vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi g‘olibi aniqlanmoqda.Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 1-iyuliga qadar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga murojaat qilish kifoya.Tanlovning Ishchi guruhi 2021-yil 1-iyulidan 31-avgustiga qadar tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlarda bo‘lib, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda to‘laqonli tatbiq etilishini hamda faol qo‘llanishini taʼminlashga qaratilgan ilg‘or tashabbuslarni baholaydilar.G‘oliblar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.Tanlov haqidagi batafsil maʼlumotni (71) 215-51-76 raqamlariga …

Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud
16.06.2021“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi doirasida mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari orasidan “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishi g‘olibi aniqlanmoqda.Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:Birinchi bosqich (1-iyulgacha)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tuzilgan Ishchi guruh mahalliy ijro hokimiyati (tuman/shahar) organlari faoliyatini joyiga chiqib o‘rgangan holda, tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etadi.Ikkinchi bosqich (1-iyuldan 31-avgustgacha)da tavsiya etilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tuman/shahar) organlari faoliyati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi.Uchinchi bosqich (10-sentyabrgacha)da tanlov g‘oliblari aniqlanadi. G‘oliblar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan …

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi
16.06.2021Davlat tiliga eʼtiborlimisiz? Har bir ishda davlat tili talablariga rioya etasizmi? Ehtimol, siz o‘zbek tilini kompyuter tiliga aylantirish haqida o‘ylayotgandirsiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yana-da oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.Tanlov tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi.Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.Birinchi – “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng …

Xalq deputatlari Buxoro tuman kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
08.06.2021Kuni kecha Buxoro tumani madaniyat uyida Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.Sessiya ishiga Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Xayrillo Jo‘rayev raislik qildi.Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Buxoro tuman hokimi o‘rinbosari S.Xamroyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-sonli “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha …

Andijon viloyati FVB: tumanlarda o'rganish tadbirlari
07.06.2021Viloyat FVBning tumanlardagi FV bo'limlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar, davlat tilida ish yuritish, tashqi yozuv va peshlavhalarning holatini o'rganish tadbirlari tashkil etildi.O'rganish va amaliy yordam ko'rsatish ishlari viloyat FVBning Bo'ston, Ulug'nor, Baliqchi va Oltinko'l tumanlari FV bo'limlarida olib borildi.Tadbirlar jarayonida ma'nan eskirgan peshlavha va stendlar o'rnidan olib tashlanib, ularni davlat tili talablariga muvofiq holda joylashtirish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. Shaxsiy tarkib bilan ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar tashkil qilinib, ma'naviy ishlar, davlat tilida ish yuritish holati tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.Bahodir Valiyev,Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi

Do‘rmon Yozuvchilar ijod uyida “Til – millat maʼnaviyatining ko‘zgusi” mavzusida seminar tadbir tashkil etildi
04.06.2021Til – har bir inson uchun bebaho qadriyat, muqaddas tushunchalar majmui, dunyoni anglashning debochasidir. Millat mavjudligining asosi, millat hayotiyligining timsoli – tildir. Ona tili inson tug‘ilishidanoq vujudiga singgan bebaho qudrat, maʼnaviy qadriyatlar shakllanishining tub negizi.1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi mamlakatimiz mustaqilligining ilk qadamlaridan biri bo‘lishi bilan birga, o‘zbek tilining amal qilish doirasini mustahkamladi, o‘zbek tilining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratdi, tom maʼnoda olamshumul voqea bo‘ldi. Chunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi.“Davlat tili …

O‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
03.06.2021Joriy yilning 3-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev va Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi O.Bekar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tgan mazkur uchrashuvda Departament mudiri mamlakatimizda davlat tili nufuzi va mavqeini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat, o‘zgarishlar haqida gapirib, bunda turkiy tilli mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda turkiy tilli davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham vazifa belgilanganini taʼkidladi.Turkiyaning mamlakatimizdagi elchisi …

Tilni asrashga hamma birdek masʼul
03.06.2021O‘zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonunning 20-moddasida lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va eʼlon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin deb belgilangan. Biroq, bugun mazkur qoidaga barcha birdek amal qilayapti, deya olmaymiz. Xususan, ayrim savdo yoki xizmat ko‘rsatish soha vakillari tomonidan bevosita yoki internet tarmoqlari orqali berilgan lavhalar va eʼlonlarda ham davlat tili qoidalarining buzilayotganligini kuzatish mumkin.Bu kabi vaziyatlarni oldini olish, shuningdek, davlat tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash va shu orqali uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Boyovut tumanida ham qator chora-tadbirlar o‘tkazildi.Jumladan, tumanning yuqoridagi …

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
02.06.2021Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti kichik faollar zalida Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Mazkur davra suhbatida viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani filologiya fanlari doktori Zeboxon Qobilova, bir guruh professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.Anjumanda Farg‘ona viloyati hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilingani mamlakatimizda mustaqillik yoʻlida tashlangan ilk dadil qadam boʻlganini alohida eʼtirof …

Alisher Navoiy maqbarasi ta’mirlanadi va obodonlashtiriladi
01.06.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni turizm, shahar infratuzilmasi, sanoat sohalaridagi loyihalar hamda Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.Prezidentimiz buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va tiklash, uning atrofini obodonlashtirish loyihasiga alohida e’tibor qaratdi.Afg‘onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish vazifasi Prezidentimizning 2020-yil 19-oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan edi.Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida mamlakatimiz mutaxassislari afg‘onistonlik hamkasblari bilan birgalikda maqbarani joyida o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida an’anaviy …

Institutda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi
27.05.2021Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining buyrug‘i asosida tashkil etilgan vazir maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori Odinaxon Jamoldinova rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi.O‘rganish ishlari mobaynida ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va «2020-2030-yillarda davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida olib …

Tabiat bilan tillashib, o‘z tilini sevganlar
24.05.2021Buxoro tumanidagi mavjud geografik obyektlarga ko‘ra 36 ta mahalla, 590 ta ko‘cha, 162 ta aholi punkti, 1 ta istirohat bog‘i, 1 ta ziyoratgoh, 64 ta ko‘priklar mavjud. Shular sirasiga Qorovulbozorda joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi ham bor.“Jayron” pitomnigi 1977-yilda tashkil etilgan bo‘lib, boshqa pitomniklardan farqli o‘laroq, hozirgi kungacha faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib kelyapti. Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigining vazifasi: noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tabiatdagi sonini qayta tiklash uchun ko‘paytirish va biologiyasini o‘rganish; Janubiy-G‘arbiy Qizilqum cho‘lining o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish; tabiat resurslaridan oqilona foydalanish; ekologik maʼrifat; ekologik turizm. Pitomnikning hozirgi kunda umumiy yer maydoni 16522 gektar.Buxoro …

Abdug‘affor Qirg‘izboyev: "Ilhom" mukofoti — iqtidorli yoshlarning qanoti
22.05.2021Ilm va ijod — quyosh kabi ham borliqni yoritadi, ham dillarni munavvar etadi. Insonning hayot mazmuni, yaxshi xulqi, fazilatlari shu ikki ulug‘vor xilqat asnosida shakllanadi va yuksalib boradi. Bugun mamlakatimizda ilm-fan, maʼnaviyat va adabiyotga berilayotgan eʼtibor va rag‘batdan soha ahli mamnun, qaddi, ko‘ksi tog‘day ko‘tarildi.Yoshlarning ham o‘qishga, izlanishga qiziqishi tobora ortib borayotganidan ko‘rish mumkinki, adabiyot, maʼnaviyat sohasi rivojiga qaratilgan islohotlar, yangilanish, imkoniyatlar yaratish borasidagi ulug‘ ishlar yangi bosqichga chiqdi.Davlatimiz rahbarining g‘oyasi va tashabbusi asosida bunyod etilgan Adiblar xiyoboni bu boradagi barcha ibratli ishlarning o‘ziga xos ramziy ko‘zgusiga aylandi. Bir yildirki, bu maskanda adabiy gurunglar, qiziqarli …

Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida «Axborot-kutubxona aʼlochisi» ko‘krak nishoni sohiblari taqdirlandi
21.05.2021Avval xabar berilganidek, bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida «Central Asia – 2021: Fan, taʼlim va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» XIV xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi.Anjumanni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev ochib berdi. U «O‘zbekistonda mutolaa madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi» qabul qilingani, Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Xususan, mamlakatimizda ilk bor «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkazilgani, yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi — “Spark” avtomobili taqdim etilayotgani, «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» va «Rus adabiyoti durdonalari» 100 jildlik majmualari nashr etilayotgani alohida eʼtirof etildi.Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori …

O‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitishni takomillashtirish – dolzarb vazifa
21.05.2021O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasi: integratsiya, metodologiya va amaliyot” mavzuidagi konferensiyada o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasini yaratish borasida respublikamizdagi yetakchi olimlarimizning ilmiy izlanishlari va xulosalari muhokama qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi.Xususan, ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish Dasturi”da: o‘zbek …

Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
20.05.2021Adabiyot xalqning yuragi, ma’naviyati, milliy qiyofasidir.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizda barpo etilgan Adiblar xiyoboni milliy adabiyotimizni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar yuragiga olib kirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida talaba-yoshlar uchun ta’sis etilgan «Ilhom»mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan adabiyot bayrami haftaligi doirasidagi ushbu tadbirga yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, talaba-yoshlar taklif etildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov tadbirni ochar ekan,o‘zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi ushbu xiyobon milliy adabiyot ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarning bir qismi ekanini alohida ta’kidladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustidagi tegishli qarori asosida …

Davlat tiliga eʼtibor- dolzarb masala
19.05.2021O‘zbek tilining ham ona tili, ham davlat tili sifatidagi taraqqiyotini taʼminlash har birimizning muqaddas burchimizdir. Har bir fuqaro qalbida davlat tiliga ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish, dolzarb vazifalardan biridir. Ayni paytda turli soha xodimlarining ish yuritish borasidagi bilim va malakalarini muntazam oshirib borish ham zaruriy ehtiyojlardandir. Hukumatning 2020-yil 3-martdagi qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida hududlardagi Davlat universitetlari va pedagogika institutlari qoshida bo‘linmalarga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazlari tashkil etilgan.Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil etadi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan …

O‘zbek tili internet tiliga aylanmoqda
18.05.2021Insonlarning turmush tarzi o‘zgarib borgani sari dunyoqarash, hatto an’ana va qadriyatlarga munosabat ham davr o‘tishi bilan zamonga moslashib bormoqda, ammo kishilarning o‘zaro aloqa, axborot almashinish vositasi bo‘lgan til hali ham foydalanuvchilar uchun qulay shaklda emas.Dunyo miqyosida 50 milliondan ortiq aholi suhbatlashadigan o‘zbek tili hamon elektron holatga to‘liq o‘tmagani uchun mamlakatda bugun ish yuritishda mutaxassislar, ko‘p sonli foydalanuvchilar bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Xususan, o‘zbek tilining davlat tili sifatida amalda faol qo‘llanishi uchun ish yuritish bo‘yicha zarur qo‘llanmalar, lisoniy, qomusiy, sohaviy, elektron lug‘atlar, mobil ilovalar, kompyuter dasturlari nihoyatda zarur. Til bilan bog‘liq barcha elektron dasturlarning yaratilishi, sifatli …

Muhokama davom ettiriladi
10.05.2021Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini har tomonlama puxta, keng jamoatchilik fikr-mulohazalari va takliflarini chuqur o‘rgangan holda takomillashtirish maqsadida, shuningdek, mutaxassislarning takliflarini inobatga olib, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasining umumxalq muhokamasini 2021-yil 1-noyabrga qadar davom ettirishga qaror qildi.Bu vaqt davomida masʼullar tomonidan Qonun loyihasining zarurati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, maʼruza va seminarlar o‘tkaziladi. Alifboga shakliy o‘zgarishlar kiritilishi munosabati bilan talab etiladigan xarajatlar miqdori o‘rganiladi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida takomillashayotgan …
“Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
08.05.2021Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yaqindagina nashrdan chiqqan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug‘aviy tarkibi, jumladan, terminologiyasi boshqa sohalarga tez, sezilarli, jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Buning obyektiv sabablari bor, albatta. Ijtimoiy terminologiyadagi taraqqiyot, o‘zgarishlar ham yangi lug‘aviy birliklarning paydo bo‘lishi va ayrim lug‘aviy birliklarning isteʼmoldan chiqishi, so‘zlarning yangi maʼnolar kashf etishi va ayrim maʼnolarning yo‘qolishi kabi hodisalardan iborat bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar tegishli lug‘atlarda aks ettirilgandagina ularning salmog‘i, ko‘lami yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-siyosiy terminlar bo‘yicha bir qator terminologik lug‘atlar …

“Oltin qalam” jurnalistika sohasida XV xalqaro tanlovida davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi materiallar mualliflari taqdirlandilar
04.05.2021O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bu yilgi "Oltin qalam" tanlovida rag‘batlantiruvchi yo‘nalishlari bilan ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari orasidan davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan eng yaxshi materiallar mualliflari tanlab olindi va taqdirlandi. Xususan: Matbuotda eʼlon qilingan davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi materiali uchunRustam Jabborov – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bosh direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;Ziyoda Aminova – Qashqadaryo viloyati hokimining til bo‘yicha maslahatchisi;Televideniye yo‘nalishida eng yaxshi materiallari uchunJaloliddin Mirzayev - “Biz TV" onlayn telekanali;Internet nashrlari yo‘nalishida eng yaxshi materiallari uchunIlyos Safarov – kun.uz internet sayti muxbiri taqdirlandilar.Mukofotlarni Davlat tilini …

“O‘tkan kunlar” tarjimoni bilan uchrashuv
03.05.2021Xabaringiz bor, mamlakatimizda AQSHlik madaniyatshunos Mark Edvard Rizning uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida uning ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy ruhda kechgan o‘zaro suhbatda o‘zbek tilining tarixi, milliy romanchiligimiz xususida fikrlar almashishdi.O‘rtoqlik uchrashuvida Departament mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev yurtimizda o‘zbek tilini rivojlantirish borasida chuqur islohotlar olib borilayotgani, amaldagi qonun hujjatlari asosida barcha tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish joriy qilingani haqida so‘zladi.Mark Riz ham bugungi muloqotdan minnatdorligini bildirib, xalqimizga, tilimizga hurmati cheksizligini namoyon etdi. Shuning uchun ham tarjima borasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asariga qo‘l urgani …

DAVLAT TILIGA HURMATNI HAR BIR RAHBAR O‘ZIDAN BOSHLASHI KERAK
01.05.2021shunda kutilgan samaraga erishiladiMaʼlumki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda nafaqat davlat tiliga eʼtibor kuchaydi, balki turli bo‘g‘in rahbarlarining va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan kadrlarning o‘zbek tilini bilish darajasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maʼnoda, Prezidentimizning 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha saʼy-harakatlar bugun avj pallaga kirdi.Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi. Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili …
“Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
29.04.2021Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Toshkent moliya institutida yaqindagina nashrdan chiqqan “Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ilm-fan taraqqiyoti, boshqa davlatlar bilan olib borilayotgan yaqin ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tilimizda o‘z lisoniy ifodasini topmoqda. Jamiyat hayotini bank-moliya tizimisiz tasavvur qila olmaymiz. Shunga ko‘ra, respublikada milliy terminlarni o‘rganishga ulkan ehtiyoj mavjud.Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan respublikamizdagi bir guruh olimlar va tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan mazkur lug‘at hozirgi o‘zbek tilida keng isteʼmolda bo‘lgan sakkiz yuzdan ortiq bank-moliya terminlari, tushuncha va iboralarining izohini …

AQSH Michigan shtati universiteti professori bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi
24.04.2021Joriy yilning 22-aprel kuni AQSH Michigan shtati universiteti talabalariga o‘zbek tilidan taʼlim beruvchi professor Temur Xo‘ja o‘g‘li bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi.Videomuloqotda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi E.Abdualimov, Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori A.Abduvasiqov, O‘zbek tili va adabiyoti hamda Xorijiy tillar kafedralari mudirlari D.Muhiddinova va U.Abdullayevalar ishtirok etdilar.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan 1989-yildan boshlab, jumladan, Mustaqillikning dastlabki yillari hamda yangi O‘zbekistonni bunyod etish davrida milliy tilimizni joriy qilish, shuningdek, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasida belgilab berilgan tadbirlar amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot berildi.Mamlakatimizda so‘nggi yillarda …

Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish holatlari o'rganildi
22.04.2021Maktabgacha taʼlim vazirining maslahatchisi K.Riskulova hamda Sirdaryo viloyati hokimining maslahatchisi M.Hayitov bilan birgalikda Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish holatlari yuzasidan tahliliy o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida Sayxunobod tumanidagi 4,7,9,18-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (DMTT) va davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH) asosida tashkil etilgan “Kamalak” nomli maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda Sirdaryo tumanidagi 2,23-sonli DMTTlarida o‘rnatilgan eʼlonlar taxtasida keltirilgan maʼlumotlardagi imloviy xatolar va ikki xil alifbodagi yozuvlar, bannerlar holati yaxshi emasligi aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.“Kamalak” nomli DXSH asosidagi MTTni milliylik asosida jihozlash, 2-sonli DMTTning Vatanparvarlik burchaklarini …

Ishchi guruh tomonidan Yashnobod tumani hududidagi markaziy ko'chalar o'rganildi
21.04.2021Shu kunlarda Toshkent shahrining barcha tumanlarida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi bir qator qonunlari hamda hukumat qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.Ishchi guruh tomonidan Yashnobod tumani hududidagi Farg‘ona yo‘li, Parkent, Ohangaron markaziy ko‘chalari va Parkent bozorida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 20-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganishda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining maslahatchisi A.Nasirov, Toshkent shahar hokimi maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Yashnobod tumani hokimi maslahatchisi O.Bekmurodova, Jamg‘arma raisi A.Iminovlar ishtrok etishdi.Ishchi guruh tomonidan, faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik …

Bektemir tumanidagi tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi
20.04.2021O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti ko‘rsatmasiga asosan vazirlik va idoralar rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari Toshkent shahar hokimligining tumanlariga biriktirildilar.Bektemir tumanidagi ishchi guruhi tarkibiga Bektemir tumani hokimi maslahatchisi Oybek Sapayev, Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi Bahodir Valiyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Iminov biriktirildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari …

O‘rganishlar davom etmoqda
19.04.2021O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh taʼlim muassasalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash va davlat tilida ish yuritish holatlarini o‘rganmoqda.Toshkent viloyatida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti va institut qoshidagi akademik litsey, shuningdek, Chirchiq tumani Tibbiyot kolleji, Yuqori Chirchiq tumani kasb-hunar maktabi, Parkent tumani kasb-hunar maktablarida o‘zbek tilining davlat tili sifatida to‘laqonli joriy etilishi, barcha tashqi yozuvlar, lavhalar, eʼlonlar, ko‘rgazmali axborot matnlari, taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi choralari ko‘rilgan.Oliy taʼlim muassasalarida tashkil …

Yangihayot tumanida 72 ta tashqi yozuv, reklama va peshlavhalarda kamchiliklar aniqlandi
16.04.2021Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish maqsadida tuman ishchi guruhi aʼzolari – tuman hokimining maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassisi va mutasaddilar hamkorligida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar davomida 72 ta tashqi yozuv, reklama va peshlavhalarda kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar – peshlavha va reklamalardagi yozuvlarning asosan 40 foizi rus tilida, 20 foizi ingliz tilida yoki 14 foizi rus tilida lotin alifbosida, 26 foizi o‘zbek tilida yozilgan. Olib borilgan tushuntirish va targ‘ibotlar natijasida ularning 47 tasi qisqa muddatlarda o‘zgartirilib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida o‘rnatilishiga erishildi. Ayni paytda ishlar davom …
Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
16.04.2021Navoiy kon-metallurgiya kombinatida keyingi yillarda kombinatda davlat tilida ish yuritish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarori dasturulamal bo‘lmoqda.Yaqinda Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi majlislar zalida kombinat bo‘linmalari devonxona, kadrlar bo‘limlari xodimlari va mutaxassislar uchun “Davlat tilida ish yuritish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, pedagogika fanlari nomzodi Husniddin Suyunov …

Alisher Qodirov: Agar ona tili haqida kuyinib gapirganlar millatchi bo‘lsa, mayli men millatchiman
15.04.2021Odam ajratmaslik maʼnosida davradagilarning barchasiga birdek qo'l uzatgan odam tolerantmi yoki o'z ona tilisini qadrlashga, uning obro'sini ko‘tarishga urinayotgan insonni ana shu davra guvohligida millatchi deya haqorat qilgan odammi...Bugun “Angren shina zavodida” tashkil etilgan PRESS TUR boshlanishi arafasida partiya rahbari Alisher Qodirov va Makarenko o'rtasida kutilmagan holat yuz berdi. Ko‘pchilik O'zMTDP Markaziy kengashi raisi Makarenkoni urib yuborarmikan, degan xayolga borgandi. Ammo, Alisher Qodirov og'irlik qildi. "Biz uzoq yillar ular nima desalar ko‘ndik. Indamasligimiz oqibatida tilimiz abgor bo'ldi. Endi til haqida gapira boshlasak, millatchiga aylandik. Agar ona tili haqida kuyinib gapirganlar millatchi bo‘lsa, mayli men millatchiman", dedi …

Yakkasaroy tumanida tashqi yozuvlar, reklama lavhalarining holati o'rganildi
14.04.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 16-martdagi 144-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 7-11-aprel kunlari Yakkasaroy tumanidagi (Shota Rustaveli, Usmon Nosir, Bobur, Nukus, Muqimiy va KXAY ko‘chalari) tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.Mazkur tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Aholini o‘zbek adabiy tilining meʼyor va qoidalarga o‘qitish bo‘limi boshlig‘i U.Boboyorov, Yakkasaroy tumani hokimining maslahatchisi G‘.Chuliyev, Xalq taʼlimi vaziri …

Tashqi reklamalarni joylashtirishga moratoriy eʼlon qilindi
10.04.2021Toshkent shahrida 2021-yil 1-apreldan 2021-yil 31-dekabriga qadar tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish, oʻrnatish, oʻzgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy eʼlon qilindi.Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.Qayd etilishicha, bu xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021-yil 27-martdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan oʻtkazib, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida qilinmoqda.Taʼkidlanishicha, moratoriy tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas.Moratoriy amal qilishi davomida yangi oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni oʻrnatgan shaxslarga nisbatan choralar koʻriladi.Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Namangan viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
09.04.2021Namangan viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yigʻilishda Prezident maslahatchisining o‘rinbosari, Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, respublika ishchi guruhi a’zolari, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkiloti mas’ullari ishtirok etdilar.Ma’lumki, joriy yilning 19-yanvar kuni Prezident rahbarligida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari”ga bagʻishlangan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilib, unda hududlarda mutasaddilar, bevosita maʼnaviyat targʻibotiga, davlat tili ijrosiga masʼullar zimmasiga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar …

Til korpusi – taʼlim samaradorligi va milliy maʼnaviyatimiz ravnaqi garovi
07.04.2021Til maʼnaviy merosni saqlash va boyitishning asosiy vositasi, shu bois u – millatning borligi. Tillarni saqlab qolish milliy maʼnaviyatni, butun bir millatni saqlab qolish demakdir. Zero, asl maʼnaviyat faqat milliy shakldagina mavjud bo‘ladi. Bugungi axborotlashgan asrda tilni qanday saqlab qolish mumkin? Qanday qilib o‘zbek tilini dunyo tillari qatoridan o‘rinlatish mumkin? Javobi bitta: tabiiy tilni raqamlashtirish va shu asosda milliy til korpusini yaratish lozim.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi”da belgilangan davlat tilining zamonaviy axborot …

Buxoro viloyatida Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
04.04.2021Joriy yilning 19-yanvar kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi videoselektor tartibida o‘tkazilib, unda hududlarda mutasaddilar, bevosita maʼnaviyat targ‘ibotiga, davlat tili ijrosiga masʼullar zimmasiga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar yuklandi. Zero, Yangi O‘zbekistonni qurishda Harakatlar strategiyasini amalga oshirilayotganligi har jabhada o‘zini oqlamoqda. Bu tamoyil bugungi hayotimizda o‘z aksini topmoqda.Shu bilan birga, maʼnaviyat sohasida ham o‘ziga hos islohotlarni amalga oshirish bugungi davrning muhim talabi ekanligi hech kimga sir emas. Mamlakatimiz Prezidentining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa — uning joni va ruhi albatta maʼnaviyatdir” degan so‘zlari yuqoridagi fikrni isbotlab turibdi. …

O‘zlik sari yo‘l
03.04.2021Yangilanayotgan O‘zbekiston zamonaviy hamjamiyatga o‘z milliy qiyofasi bilan yuz tuta oladimi va umuman, madaniyatlar qorishib ketayotgan bugungi global dunyoda mafkura qay darajada kerak? Umummilliy taraqqiyotimizda mafkuraning o‘rni qanday? Ziyolilar, rahbarlar, oddiy odamlar uchun milliy mafkura nima? Mamlakatimizda milliy mafkurani shakllantirish va targ‘ib etish siyosati mavjudmi?..Bu savollar mohiyat eʼtibori bilan 130 yil qaramlikda bo‘lgan milliy tafakkurimizni “qutqarishda” muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kechayotgan 30 yilga yaqin vaqt ichidagi mustaqillik davrida jamiyat “siyrati” o‘zgarishi anchayin qiyin kechdi. Bu, bir tomondan, o‘tish davridagi mahdudlik bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlatning o‘zi jamiyatning milliylashuvidan cho‘chidi, uni keskin nazoratda ushlab …

Munosabat: Jahon bozoriga milliy nomlar bilan chiqaylik!
31.03.2021Uzoq kutilgan qarorJoriy yilning 16-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatning ishlab chiqilishida Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bosh tashabbuskorlardan bo‘ldi. Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga davlat tilida nom berish (neyming) xizmati ko‘rsatiladi. Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga bu …

Namangan shahrida davlat tili me'yorlariga javob bermaydigan 67 ta reklama bannerlari olib tashlandi
30.03.2021Namangan shahrida “Reklama to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimining maslahatchisi U.Shermatov rahbarligidagi ishchi guruh o'rganish o'tkazdi.O'rganish davomida davlat tili me'yorlariga javob bermaydigan 67 ta reklama bannerlari olib tashlandi.24 ta tadbirkorga reklamaga joylashtirilgan yozuvlarning bexato va davlat tili, lotin grafikasida to'g'ri yozilishi bo'yicha tushuntirilib, ko'rsatmalar berildi. Mazkur tadbir shahar va tumanlarda davom ettiriladi.

O‘zbek tilida “Hh” va “Xx” harflar bitta tovushni ifodalaydimi?
27.03.2021Alifbo nega o‘zgarmoqda?Har bir tilning o‘ziga xos tovushlari bo‘ladiki, ular boshqa tillardan farqlanishga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek tili boshqa qardosh turkiy tillardan uch katta lahjani (qorluq, qipchoq va o‘g‘uz) o‘z ichiga olishi bilan muayyan murakkablikka ega bo‘lib turibdi. Shunung uchun unlilar talaffuzi va imlosida ham bir qator tushunmovchiliklar ko‘zga tashlanadi. Tog‘ri, o‘zbek tilining hamma lahjasida ham “ i ” tovushi 4 xil (1. nafis, 2. keldi, 3. bilan, 4. qirmiz) talaffuz qilinmaydi. Jumladan, “ o‘ ” unlisi ham ikki xil aytilishi hammaga ma’lum, biroq bu muammolarni alifboga bog‘lash shart emas. O‘zbek tilida yana “ …

Jarayon: Yunusobod tumanida o'rganish ishlari olib borildi
27.03.2021Yunusobod tumanidagi 100 ga yaqin korxona, tashkilotlar, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish markazlarida o‘rganish ishlari olib borildi.Maxsus tadbir davomida tashkilot rahbarlari hamda masʼul ishchi xodimlarga axborot matnlari, binolarning tashqi yozuvi birinchi navbatda davlat tilida yozilishi kerakligi tushuntirildi. Noqonuniy reklamalar, peshlavha va eʼlonlarni olib tashlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

“O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi yuzasidan
26.03.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevral kuni 61-son qarori bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ning 1-bandiga muvofiq, tilshunos olimlaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasi, avvalambor, tilimizning zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi uchun qulaylik yaratish nuqtayi nazardan shakliy o‘zgarishlarni nazarda tutmoqda. Qonun loyihasi bilan milliy alifbodagi ayrim murakkab harflarning ifodasida o‘zgarish taklif etilmoqda. 1995-yilgi alifbo Taklif etilayotgan loyiha O‘ …
ALIFBO ISLOHOTI – BUGUNNING VAZIFASI!
17.03.2021O‘zbek yozuvining XX-XXI asr tarixi murakkab jarayonlarga boy bo‘ldi: bu asrda yozuv uch marta tub isloh qilindi – bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi (1929-1940- yillarda lotin alifbosi, 1940-yildan kirill alifbosi, 1993- yildan yana lotin alifbosi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi). 1993- yildan buyon o‘tgan qariyb 28 yil mobaynida xalqimiz ikki yozuv arosatida sarson. Jamiyatimizda, ilmiy jamoatchilikda ham alifbo masalasidagi munozara-yu muzokaralar juda uzoq davom etdi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan-kam uchraydi. Lotin alifbosiga uzil-kesil o‘tish muddatlari birnecha marta belgilandi, oxir-oqibat bu muddatlarning barchasi unutildi.2021-yil 10-fevralda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq …

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev Xorazm viloyatining Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig'ilishida ishtirok etdi
16.03.20212021-yilning 12-mart kuni Xorazm viloyati hokimligining katta faollar zalida viloyat maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat, shahar va tuman hokimlari, hokimlarning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar rahbarlari, hokimlarning davlat tili masalalari maslahatchilari, viloyat, shahar va tumanlarning maʼnaviyat va maʼrifat markazlari rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, filologiya sohasi mutaxassislari va boshqalar ishtirok etdi.Mazkur yig‘ilishni Xorazm viloyati hokimi, viloyat maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining raisi F.O‘.Ermanov olib bordi. Kengash raisi dastlab, yig‘ilish mehmonlari, qatnashchilar bilan tanishtirib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.Kengash raisi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning mazmun-mohiyati xalqimizning tinch va …

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻida davlat tilida ish yuritishga qanday ahamiyat berilmoqda?
15.03.2021Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi hududiy davlat oʻrmon xoʻjaliklarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish reja-jadval belgilangan. Unga koʻra, ishchi guruh belgilanib, rais maslahatchisi M.Abduxakimova va Chegara masalalari, mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻlimi bosh mutaxassisi R.Tojimatovlar ishtirokida 2021-yil 9-mart kuni Qoʻmita tarkibidagi Ugom-Chotqol davlat …

Alifboning takomili – birlamchi masala
10.03.2021Hukumatimizning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari, shuningdek, boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da, jumladan, lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, rasmiy veb-saytlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishi taʼminlash kabi vazifalar belgilangan. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet …

Oʻttiz yillik tayyorgarlik....
09.03.2021Ijtimoiy tarmoqlar, qolaversa butun jamiyatdagi muhokamalarni koʻrib, oʻqib, eshitib oʻzbek tiliga boʻlayotgan ulkan munosabatdan quvondik. Toʻgʻrida, agar eʼtibor boʻlmaganida, odamlarga baribir boʻlganida tilimizni rivojlantirish juda qiyin boʻlardi. Gap lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosiga oʻtish toʻgʻrisida ketayotganligini anglayotgan boʻlsangiz kerak. Shu kunlarda muhokamalar yanada kuchaygan, sababi kuni kecha Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudirining “kun.uz”ga bergan intervyularida lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosiga jadal oʻtib borayotganimizni oddiy misollarda tushuntirib berdi.Koʻrinib turibdiki, fuqarolar bunga befarq emas, eng muhimi Prezident va Hukumat bu islohotlarni qoʻllamoqda. Tarixdan maʼlumki, yozuv, alifbo boshqasiga almashganda ayrim qiyinchiliklar albatta boʻladi, xatoliklar ham, ammo yozma til …

DAVLAT TILIMIZNING RAVNAQI YO‘LIDA
08.03.2021Shu kunlarda Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, professor Abdug‘affor Qirg‘iboyevning kun.uz muxbiri Ilyos Safarovga bergan intervyusi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.Haqiqatan ham, bunday suhbat juda zarur bo‘lib, chunki kishilar orasida ushbu muhim masala yuzasidan turli-tuman savollar paydo bo‘lgan edi. Ushbu savollarga mamlakatda mazkur ezgu ishning ro‘yobga chiqishi uchun bevosita masʼul bo‘lgan davlat organi rahbarining javob berishi har xil munozara va taxminlarga chek qo‘yib, davlat tili nufuzi va mavqeyini yuksaltirish jarayonining xususiyatlari va ko‘lamini aniq bayon qilib berishi bilan ahamiyatga molik bo‘ldi. Departament rahbari o‘z javoblarida bir qancha o‘ta muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.Suhbat asnosida …

“O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
05.03.20212021-yil 4-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Tuzuvchilar Nizomiddin Mahmudov, Abduvahhob Madvaliyev, Ne’mat Mahkamov va Dilrabo Andaniyozovalarning samarali mehnati natijasida yaratilagan mazkur amaliy qo‘llanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3000 nusxada “Zamin nashr” bosmaxonasida chop etildi. Tadbirni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdug‘affor Qirg‘izboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, …

Davlat tilida ish yuritish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
01.03.2021O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida davlat tilida ish yuritish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov o‘z maʼruzasi bilan qatnashdi.Tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari, hududiy bo‘linmalari vakillari esa videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosida barcha sohada, jumladan, davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib …

Davlat tili nufuzini mustahkamlash uchun keskin va qatʼiy choralar belgilash vaqti keldi
26.02.2021Samarqand viloyati Jomboy tuman hokimligida davlat tilida ish yuritish tizimini yanada mustahkamlash mavzusi muhokama etildi. Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev qatnashdi.Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, sohaga masʼul xodimlar ishtirok etgan tadbirda ish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, davlat tili meʼyorlari asosida yuritish, reklama va peshlavhalarni o‘zbek tilida yozilishini nazoratga olish, joy nomlari bilan bog‘liq muammolar muhokama etildi.– Davlat tili nufuzini mustahkamlash uchun keskin va qatʼiy choralar belgilash vaqti keldi, – dedi A.Qirg‘izboyev. – Bu borada xalqaro tajriba ham o‘rganilyapti. Misol uchun, Fransiyada shunchaki, peshlavha davlat tilida yozilmagani uchun ham …

O‘zbekiston Respublikasining YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi 19 fevral - Xalqaro ona tili kunini nishonlashga bag‘ishlab virtual tarzda o‘tkazilgan yuqori martabali “davra suhbati”da ishtirok etdi
25.02.2021O‘zbekiston Respublikasining YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi 19 fevral - Xalqaro ona tili kunini nishonlashga bag‘ishlab virtual tarzda o‘tkazilgan yuqori martabali “davra suhbati”da ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.Tadbirning ochilish marosimida YUNЕSKO Bosh direktori Odri Azule, uning o‘rinbosarlari Stefaniya Jannini, Firmin Matoko va Ernesto Ottone hamda O‘zbekiston va Bangladeshning tashkilotdagi doimiy vakillari qatnashdi. Ta’kidlash kerakki, bu yilgi yuqori martabali tadbirga Tashkilotga a’zo-davlatlar orasidan faqat O‘zbekiston va Bangladesh taklif qilindi.Xalqaro ona tili kuniga YUNЕSKOning 1999 yilda bo‘lib o‘tgan bosh anjumanida asos solingan bo‘lib, ushbu kun 2000 yildan buyon har yili 21-fevral kuni keng nishonlanadi. Tashkilot …

Navoiy viloyatida turizm yoʻnalishi bilan bogʻliq davlat tili masalalari oʻrganildi
25.02.2021Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘tkir Saidov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan hududiy boshqarma faoliyatida yuritiladigan hujjatlarning davlat tili me’yorlariga amal qilgan holda yuritilish holati o‘rganildi. O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi 5850-sonli va 2020-yil 20-oktyabrdagi 6084-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yildi. Monitoring ishlari Sarmishsoy darasi, Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum qismida joylashgan “Qosim Shayx”, “Mirsaid Bahrom” madaniy meros obyektlarida amalga oshirildi. O‘rganish davomida yurtimizdagi noyob tarixiy qadamjolardan biri sanalgan Nurotaning “Chashma” majmuasiga ham tashrif buyurilib, obyektdagi …

“O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritish va uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati” mavzusida muloqot o'tkazildi
25.02.2021Bugun yangi O‘zbekiston, yangi Renessans poydevorini barpo etish haqida gapiryapmiz. Bu ezgu maqsadning ro‘yobi, hech shubhasiz, o‘zbek tili bilan bog‘liq.Xo‘sh, biz asriy qadriyatlarimiz sarchashmasi, milliy tafakkurimiz darmoni bo‘lgan ona tilimiz taqdiri haqida nechog‘li qayg‘uryapmiz?Bizning bugungi millat ona tilining qismati o‘zining, butun bir xalqning qismati ekanini anglayaptimi?O‘zbek tilida ish yuritishning huquqiy asoslari, amaliy imkoniyatlari va ilmiy negizlari uning rivojlanishini taʼminlay oladimi?Yurtimizda va xorijda o‘zbek tilini o‘rganishni targ‘ib qilish, darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar, zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etishdan davlatimiz va jamiyatimizga qanday manfaat bor?Global muloqot sharoitida tillarning o‘zaro taʼsirini, ajnabiy so‘zlarning milliy axborot makoniga …

Inson huquqlarining umumjahon eʼtirofi
23.02.2021Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashning 46-sessiyasida o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.Bu davlatimiz rahbarining BMT minbaridan turib ikkinchi bor o‘zbek tilida nutq so‘zlashi. Dastlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida maʼruza qilgandi. Aynan o‘shanda prezidentimiz ushbu nutqi orqali ona tilimizning naqadar jozibali, ohangdor ekanligini butun dunyoga namoyon etgan edilar.Inson huquqlari bo‘yicha kengash faoliyati butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari himoyasini taʼminlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi. Kengashga 47 ta davlat aʼzo bo‘lib, o‘tgan yilning oktabrida O‘zbekiston 2021−2023 yillar davriga ushbu tuzilma aʼzosi etib ilk bor saylangan. …

Ish samaradorligi yutuqlar poydevori
22.02.2021Toshkent shahar hokimligi majlislar zalida Toshkent shahar va tuman hokimlarining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchilarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.Majlisda 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchilik hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar muhokama qilindi.Tadbir so'nggida shahar hokimligi tomonidan maslahatchilar ish faoliyatini yanada oshirish uchun O'zbekiston Respubliksi Prezidentining "Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevori" hamda "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" nomli kitoblari topshirildi.A.Ro'zitoyev,Toshkent shahar hokimi maslahatchisi

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi keng jamoatchilik faolligi orqali amalga kiritiladi
18.02.20211995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tilishini taʼminlash belgilab qo‘yilgan edi. Aynan shu yili o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari yaratilib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etila boshlandi.Oradan 26 yil vaqt o‘tdi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida taʼlim olishni boshlagan avlod bugun davlat va jamiyatning turli sohalarida, boshqaruv organlarida faol mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etishini nazarda tutadigan bo‘lsak, bugun yurtimizda lotin yozuviga asoslangan …

“Milliy o'zlik va mustaqil davlatchilik timsoli” nomli to'plam nashrdan chiqarildi
17.02.2021Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan shu paytga qadar davlat tili bilan bogʻliq 10 dan ziyod eng noyob kitoblar, qoʻllanmalar chop etilib, tegishli joylarga bepul yetkazildi.Yaqinda departament xodimlari, davlat tili boʻyicha maslahatchilar, taniqli tilshunos olimlar, tom maʼnoda tilimiz fidoyilarining 2020-yilda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan ona tilimizni rivojlantirish, uning xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini yanada oshirish masalalariga bagʻishlangan rang-barang maqolalari toʻplami Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nashr etildi.“Milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli” nomli mazkur toʻplam — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, professor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev, “Yangi …

Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asari belarus tilida chop etildi
13.02.2021Joriy yilning 16-fevral kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi binosida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri, jamoat va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, anjuman doirasida Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub” asarining belarus tilida nashr etilgan kitobi taqdimoti o‘tkaziladi.Tadbir O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasi, Belarus Prezidenti kutubxonasi va MDH Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etimoqda.Anjumanda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Belarus Respublikasi Milliy assambleyasi kengashining xalqaro ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi Sergey Rachkov, “Zvyazda” nashriyoti …

DAVLAT TILIMIZNI QO‘LLAB-QUVVATLAYLIK
12.02.2021Kecha rasmiy kanallarda, tarmoqlarda va internet xabarlarda ajoyib yangilik tarqaldi: lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi va bu borada bajariladigan vazifalarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:Qaror bandlari davlat tilimizning nufuzi va mavqeyini oshirishga xalal berayotgan bir qancha holatlarga barham berishi bilan eʼtiborga molik.Ushbu qaror yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bahslar urchigandan-urchidi. Kimlardir shu alifbo yaxshi deb uqtira boshladi. Yana kimdir kirill yozuvi tuzuk edi, u yozuvdagi minglab manbalardan ayrilib qolamiz, deb xavotirlandi. Boshqasi katta avlodni o‘ylab qayg‘urdi: axir, kirill yozuviga o‘rganib qolganlar nima qiladi? Ikki avlod hozirgi …

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori tasdiqlandi
11.02.20212023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.Hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Kun.uz’ga yetib kelgan hujjat matniga ko‘ra, jumladan, quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilanmoqda:Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni …

Navoiy – muzey eksponati emas, u biz bilan yashashi kerak
08.02.2021Alisher Navoiy – noyob iste'dod sohibi, ma'rifatparvar olim va davlat arbobi. Zahiriddin Bobur ta'rifi bilan aytganda «turkiy tilda ko‘p va xo‘b yozgan» shoir yaratgan asarlarining nafaqat miqdori, balki ma'no-mazmunining chuqurligi bilan ham sharq mumtoz adabiyotida katta o‘rin tutadi.Kun.uz tavalludining 580 yilligi nishonlanayotgan hazrat Navoiy ijodi, asarlari zamiriga singdirilgan umuminsoniy g‘oyalar, ularning bugungi kundagi ahamiyati, hazratning e'tiqodiy qarash va maslaklari haqida navoiyshunoslarni suhbatga tortdi.Navoiyni dunyoga tanitishdan avval uni o‘zimiz bilib olaylikAkrom Malikov, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti, navoiyshunos— Har yili an'anaga muvofiq hazrat Alisher Navoiyning ijodini o‘rganish, asarlarining targ‘iboti odatda 9 fevral arafasida …

SO‘Z MULKINING SULTONI (Hazrat Mir Alisher Navoiyga ehtirom)
08.02.2021Alisher Navoiy (1441-y 9-fevral – 1503-y 3-yanvar) – ulugʻ oʻzbek va barcha turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “nizomi millati va din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. Zamondoshlari u haqida koʻpincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin”- din-diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, “mir” - amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Hazrat Mir Alisher Navoiy, Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini …

«Navoiydan navo istab» nomli kitob nashrdan chiqdi
08.02.2021«Muharrir» nashriyoti O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Zikrilla Ne’mat Vafoiyning «Navoiydan navo istab» nomli kitobi chop. Unda shoir Zikrilla Ne’mat Vafoiyning Hazrat Alisher Navoiy g‘azallariga bag‘ishlab yozgan yangi nazira, taxmis–muxammaslar va shu ruhdagi g‘azal, qasida, mustahzod va tuyuqlari jamlangan. Kitob filologiya fanlari nomzodi Ergash Ochilov taqrizi chop etilgan. uza.uz

Adiblar xiyobonida “Jahon tamaddunida – Temuriylar davri renessansi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
06.02.2021Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga eʼtibor kuchaydi, ajdodlarimiz tomonidan uzoq o‘tmishda yaratilgan madaniy-maʼnaviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish dolzarb masalalar qatoriga qo‘yildi.Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi. Dunyo tamaddunida biz faxr bilan tilga oladigan har ikkala sharq renessansi ajdodlarimiz nomi bilan bog‘lanadi. Ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼatni gullab yashnagan davri bu shubhasiz Temuriylar davri, chin maʼnoda Temuriylar davri renessansi deyishga to‘la haqlimiz.Anashu davrning atoqli va dunyo tamadduniga katta hissa qo‘shgan allomalari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburlar hisoblanadi.Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad …

“Buyuk siymo” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
06.02.2021O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida ulug‘ shoir va mutafakkir, o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining asoschisi A.Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk siymo” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda taniqli adabiyotshunos olim, “O‘zbekino” Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Rizayev hamda elimiz ardog‘idagi xonanda, O‘zbekiston xalq hofizi O.Safarov ishtirok etdilar. Adabiyotshunos olim Sh.Rizayev buyuk shoir va mutafakkir A.Navoiy hayoti, ijodiy faoliyati atroflicha to‘xtalib, uning 580 yilligini munosib nishonlash sharafli vazifa ekanligini taʼkidladi. O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylash bilan tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiMatbuot xizmati

“Davlat tilida ish yuritish” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
06.02.2021Shayxontohur tumanidagi 1 va 2-sektorlarda “Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.Seminar davomida o‘zbek tilining imlo qoidalari va bugungi kunda davlat tilida ish yuritilishida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tilga olindi. Unda, 24 ta MFY raislari, profilaktika nozirlari, tadbirkorlar ishtirok etdi.Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati

Navoiyni har kim, har kuni o‘qishi kerak!
05.02.2021Bugun ushbu shior ostida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ma'naviy-ma'rifiy mashg‘ulotlar doirasida Navoiyxonlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.Jumladan, vazirlik Markaziy apparatida tashkil qilingan dars soatiga taniqli adabiyotshunos, professor, “Naqshbandiya” jurnali bosh muharriri, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sultonmurod Olim taklif etildi. Mashg‘ulotni vazirlik Birlashgan tahririyati bosh muharriri Azamat Suyunov ochdi va olib bordi.Ma'ruzachi o‘z so‘zida ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti hamda ijodi, uning davlat, xalq manfaatlari yo‘lidagi fidoyiligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shoirning yaratgan asarlari va ularning hayotiyligi, qimmati asrlar o‘tsa-da o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmaganligi, aksincha dunyo xalqlarini ezgu umuminsoniy g‘oyalar sari chorlab …

“O‘zstandart” agentligi Qashqadaryo hududiy filialida davra suhbati o'tkazildi
05.02.2021“O‘zstandart” agentligi Qashqadaryo hududiy filiali xodimlari hamda agentlik masʼullari ishtirokida Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda ulug‘ mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada chuqur tadqiq qilish va keng targ‘ib etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.Shuningdek, mazkur maʼrifiy uchrashuvda so‘zga chiqqanlar Yurtboshimiz tomonidan imzolangan «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori mazmun mohiyatiga to‘xtaldilar.A.Pardayev,“O‘zstandart” agentligi direktorining maslahatchisi

Umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa
01.02.2021Ko‘hna tarix tajribasi el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-eʼtiqodi butun, mard va jasur, maʼnaviyati yuksak farzandlar jamiyatning chinakam boyligi ekanligidan dalolat beradi. Ana shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazayotgan xalq kelajagi porloq bo‘lishiga shubha yo‘q.Ayniqsa, globallashuv deb atalmish shiddatli jarayonlar kechayotgan, koronavirus pandemiyasi tufayli poyoni ko‘rinmayotgan iqtisodiy va moliyaviy inqiroz davom etayotgan, atrofimizda xavfli mojarolar ro‘y berib, “yot madaniyatlar ekspansiya”si bo‘y ko‘rsatib turgan bir paytda maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib qolayotganini yana bir marta taʼkidlab o‘tish o‘rinli bo‘lardi. Prezidentimiz raisligida 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, …

Barchamiz uchun maʼnaviy bayroq
28.01.2021G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy insonlarni ikki toifaga – surat ahli va maʼno ahliga ajratgan. Surat ahli deganda, bilimi yuzaki, saviyasi past, ichki madaniyati yo‘q insonlar tushunilsa, maʼno ahliga – yuksak axloq, teran madaniyat, oliy tafakkur, mustahkam ichki intizom, sobit eʼtiqod va salim ruhiyat egalari kirgan.Joriy yilning 19-yanvar kuni Navoiy nazdidagi ana o‘sha “maʼno ahli” – ziyolilarimizga dolzarb murojaat sifatida Prezidentimiz raisligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Gapning ochig‘i, mazkur yig‘ilishda shu yurt kelajagiga o‘z taqdirini bog‘lagan fuqaro qatori anchadan beri mening …

Alisher Navoiy adabiy merosiga Yaponiyada qiziqish katta
27.01.2021O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Tokio xorijiy tillar universiteti (TXTU) va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan veb-seminar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Onlayn tadbirda ikki mamlakat professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalar ishtirok etdi. Vebinarda keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonning boy madaniy va adabiy merosini jahon miqyosida targ‘ib etishga alohida eʼtibor berilayotgani va Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng miqyosda munosib nishonlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taʼkidlandi.Adabiy seminarda, shuningdek, Alisher Navoiy ijodida epistolyar janrning o‘rni va ahamiyati hamda «Farhod …

Afg‘onistonda #AlisherNavoiytavalludining580yilligi xeshtegi yo‘lga qo‘yildi
26.01.2021O‘zbekiston Prezidentining «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizning Afg‘onistonda elchisixona ko‘magida diplomatik vakolatxona huzuridagi «O‘zbek tili do‘stlari» klubi tomonidan “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida #AlisherNavoiytavalludining580yilligi xeshtegi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Ayni paytda butun dunyodagi Navoiy ixlosmandlari Facebookdagi muloqot maydonida «g‘azal mulkining sultoni» haqidagi fikr-mulohazalarini qoldirmoqda. Xeshteg Alisher Naviyning xalqaro ko‘lamda yuksak obro‘-eʼtiborga ega ekanini yana bir karra tasdiqlamoqda. Elchixona maʼlumotiga ko‘ra, “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida, shuningdek, «Bizning Guruhimiz» nomli virtual guruh tuzildi. Unda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga oid maʼlumotlar va buyuk shoir hayoti va ijodiga …

«Senariy»mi yoki «ssenariy»? — «ц» tovushli so‘zlar imlosi
26.01.2021O‘zbek-lotin alifbosidagi matnlarda ko‘p uchraydigan xatolar o‘zbeklarga xos bo‘lmagan «ц» harfi bilan bog‘liq. Filologiya fanlari nomzodi, lug‘atshunos Ravshan Jomonov «ц» tovushli so‘zlar imlosi haqida batafsil maʼlumot berdi.1940-yilda joriy qilingan kirill alifbosi orqali o‘zbek tiliga «ц» degan tovush kirib kelgan. O‘shandan buyon bu harfni kirill yozuvida qo‘llay boshladik.1993-yilga kelib o‘zbek lotin alifbosining joriy etilishi bilan mazkur harfni qanday ifodalash masalasi kelib chiqdi. 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan o‘zbek lotin alifbosida «ц» o‘rniga «c» belgisi qabul qilindi. 1995-yilgi o‘zgartirishlardan so‘ng mazkur harf o‘zbek lotin alifbosidan chiqarib tashlandi.Xo‘sh, buning sabablari nima? Birinchidan, «ц» tovushi o‘zbek tiliga xos tovush emas, …

NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM
25.01.2021Bashariyat tamadduni, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning maʼnaviy kamol topishida yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan Alisher Navoiy asarlari o‘rni va roli har tomonlama beqiyosdir. Zero, ezgulik va hayot mazmunini o‘zinnig ohangdor satrlari, falsafiy fikrlari, teran tashbehlari, go‘zal so‘z sanʼati bilan yorqin ifoda eta olgan Navoiydek shoir dunyoda kamdan-kam topiladi. Shuning uchun ham so‘z mulkining sultoni ibratli hayoti va asarlari asrlar osha xalqimiz qalbida, o‘zbek adabiyoti tarixida hamon barhayot siymo darajasida yashab kelmoqda. Shuning uchun ham daho shoir, buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni yaratgan bebaho asarlar butun dunyo ahli o‘ziga rom etib, yuksak eʼtirofga sazovor bo‘lib kelayapti. Bu, …

Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar tub burilish kasb etmoqda
25.01.2021Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021-yilda mamlakatimizning tashqi siyosatini amalga oshirishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ustuvorlik davom ettirilishi maʼlum qilindi. Bu davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyamizning takomillashtirilishini anglatadi. Xalqaro tajriba ham eng avvalo, o‘z mintaqasidagi qo‘shnilari bilan do‘stona va samimiy munosabatlar o‘rnata olmagan mamlakat yakkalanib qolishini ko‘rsatdi. Murakkab pandemiya sharoiti esa bir-birimizga qanchalik bog‘liq va kerak ekanimizni yana bir bor namoyon etdi. Bu ijobiy jarayonlarni chuqur o‘rganish va yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro …

HAYOT TILI
25.01.2021yoxud Jon ichra jonim mening...Ona tilimiz jonli manzaralar yaratishi, shuningdek, biron bir narsa xususiyatini hayotiy real boshqa narsaga qiyoslashi bilan tahsinga sazovor. Bu ajoyib tilda hayotdan yiroq, mavhum iboralar sira uchramaydi. Ayni shu xususiyati tufayli ham manzara yaratish fazilati bo‘yicha manaman degan tillardan ustun tursa, ajabmas. Bunga mumtoz adabiyotimizdan ham, bugungi so‘zlashuv tilimizdan ham istagancha misollar keltirish mumkin.Furqatingdin zaʼfaron uzra to‘karmen lolalar,Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar.“Pargola” – o‘tin chopilganida uchib chiqadigan payraxalardir. Bu o‘rinda ruhiy holat aniq dalillanmoqda. Yana qanaqa dalil deng? Yoshu qari, barcha biladigan hayotiy dalil!Agar hazrat Navoiy bobomizning bu o‘xshatishini murakkabroq deydigan …

O‘ZINI BILMAGAN QUYUSHQONDAN CHIQADI
24.01.2021O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek rok guruhi FLYIN UPning 24-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Akademik teatri oldida bo‘lib o‘tadigan konserti haqida post (afishasi) tarqatildi (FLYIN UP Площад имени А.Навои 24.01/20:45). Postda yuqoridagi ruscha yozuvlardan keyin Mir Alisher Navoiyning... gitara ushlab turgan rasmlari joylashtirilgan. So‘z mulkining sultoni Navoiy asarini ko‘chirishda bitta nuqtani tushirib qoldirgani bois arab imlosida yozilgan ko‘z so‘zi ko‘rga aylanib qolgani uchun hattotdan qanchalar norozi bo‘lgan ekanlar alloma. Biz ko‘rib turgan, ming-minglab odamlarga taqdim etilayotgan postdagi rasm – ilmsizlik, befarosatlik va no‘noqlik kasridan oqbilaklarga munosib keladigan qo‘llar... barmoqlarning hozirgi zamon oliftalari harakatlarini eslatuvchi holati …

Ma’naviyat – barcha uchun daxldor masala
23.01.2021Jamiyat hayotining hech bir jabhasini ma’naviyatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Iqtisodiyot, sanoat, ishlab chiqarishu huquq-tartibot sohalari ham bevosita ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liq. Negaki, ma’naviyat hayotiy, kasbiy mo‘ljal-munosabatlarni to‘g‘ri belgilashda, inson tafakkurining to‘g‘ri shakllanishida asosiy omildir.Davlatimiz rahbari raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyat ekanini astoydil ta’kidlagani bejiz emas, albatta. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida soha xodimlarining ayni masalalar yuzasidan dolzarb vazifalari nimalardan iborat ekanini atroflicha tahlil etishga oid onlayn muloqotda bu haqda …

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
22.01.2021Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida joriy yilning 22-yanvar kuni tashkil qilingan ma'naviy-ma'rifiy dars mashg‘ulotlari davlat tili targ‘ibotiga bag‘ishlandi.“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga tilshunos olimlar, yozuvchi va adiblar taklif etilib, dars jarayonlarida o‘zbek tilini rivojlantirish, uning qadr-qimmatini oshirish, vazirlik tizimida davlat tilida ish yuritish kabi mavzularda fikr yuritilib, xodimlarga zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.Jumladan, vazirlik Markaziy apparatida tashkil qilingan mashg‘ulotga O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori filologiya fanlari nomzodi Jomonov Ravshan Oripovich taklif etildi. Ma'ruzachi o‘z so‘zida o‘zbek tilining boy va betakror tillardan biri ekanligi, ushbu tilda yuksak madaniyat va san'at namunalari yaratilganligi, Mahmud Qoshg‘ariy, …

Tilni majburlab o‘rgatib bo‘lmaydi, uni sevish kifoya!
21.01.2021Millat ma’naviyatining muhim tarkibiy qismi, ruhiyatining ozuqasi sanalmish til masalasi har qaysi davrda muhim sanalgan. Boisi, u xalqning asosiy ijtimoiy muloqot manbayi sanaladi. Tabiiyki, til yordamida og‘zaki va yozma nutq shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va mazkur huquqiy hujjatning 2-ilovasi 1-bob, 2-bandidagi “Barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, shuningdek barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishni nazorat qilish”, 4-bandidagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, …

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimi tubdan takomillashtiriladi
20.01.2021O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. «Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy» tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma'lum qilindi.Yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi ta'kidlandi.O‘zbek tilining davlat tili maqomini kuchaytirish, yurtimizda va xorijda uni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.Milliy g‘oya targ‘iboti, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Ijod» jamoat fondi negizida …

“Suv energiyasi” va yangilanib borayotgan atamalar
15.01.2021Til taraqqiyotida, lug‘at tarkibida ilmiy-sohaviy atamalar ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ilm-fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos aniq va barqaror so‘z yoki so‘zlar birikmasi tilshunoslikda atama deb yuritiladi. Atamalar ham tilning boyish va rivojlanish manbalari hisoblanadi. Chunki ilm-fan hamisha o‘sish va o‘zgarishda bo‘lib, til lug‘atini yangilab, kengaytirib turadi.So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy harakatlar doirasida Atamalar komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shunga ko‘ra, soha terminlari tizimini takomillashtirish, tartibga solish, o‘zlashgan atamalarning o‘zbekcha muqobillarini shakllantirish, terminologiya bo‘yicha lingvistik va leksikografik tadqiqotlar olib borish ishlari yanada aniq va manzilli amalga oshirilishi belgilandi. Zamonaviy o‘zbek …

Davlat tilida ish yuritish uchun nimalarni bilishimiz shart?
14.01.2021Til shunchaki aloqa vositasi, deganlar adashadi. U — millatning joni, ruhi. Shunday ekan, til rivoji, eng avvalo, unga bo‘lgan yuksak munosabatdan boshlanadi. Mana, mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va mavqyeini oshirish yo‘lidagi islohotlar qizg‘in pallaga kirgan. Ammo hali qilinadigan ishlar ko‘p. Muammoyu kamchiliklar talaygina. Ularga oqilona yechim topish esa shu yurtning har bir fuqarosi zimmasidagi burch. Nima uchun ariza, tilxat, ma’lumotnoma, bildirishnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tushuntirish xati, hisobot kabi hujjatlar bilan bog‘liq jarayonlarga kundalik hayotimiz, ish faoliyatimizda kunda-kunora duch kelamiz-u, biroq ularni yozishda ko‘p hollarda xatolikga yo‘l qo‘yamiz? Gap shundaki, davlat tilida ish yuritish borasida bilim va …

Oliy ta’lim muassasalarida “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining taqdimotlari o‘tkazilmoqda
13.01.2021Bugun barcha davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklarda davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida me’yoriy-huquqiy hujjatlar, turli tashkilot va idoralarga yuboriladigan xatlarning matni o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga muvofiq yozilishini talab etadi. Tayyorlangan har qanday hujjat matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan bo‘lishi, og‘zaki nutq shakllari, davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar bo‘lgan taqdirda xorijiy so‘z va atamalarni ishlatmagan holda, ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar; abbreviatura va qisqartmalardan holi bo‘lishi maqsadga muvofiq. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, …

O‘zligimiz aks etgan chashma
11.01.2021Til – milliy g‘ururimizPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shunday taʼkidlab o‘tdi: “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”. Ushbu bebaho maʼnaviy boyligimizni asrab-avaylash va qadrlash borasida keyingi yillarda juda katta ishlar olib borildi. Toshkent shahar va tumanlarida ham bu borada eʼtiborga molik tadbirlar o‘tkazilib, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi jarayonida mavjud bo‘lgan muammolar yechimini topishda samarali natijalarga erishildi.Mana 2021-yil ham kirib keldi. Zamon qanday evrilmasin, qanday sinovlar bo‘lmasin, …

Yangi nashrdagi “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining taqdimoti bo'lib o'tdi
08.01.2021Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashrining taqdimoti o‘tkazildi.Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mazkur qo‘llanmaga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Departament vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent shahar va tumanlari hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilar, tilshunos olimlar va OAV vakillari ishtirok etdi.Mazkur amaliy qo‘llanmada tashkilot va …

48 nafar shaxslarga davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi
07.01.20212021-yil 6-yanvar kuni "Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi" Farg‘ona hududiy bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish istagini bildirib, sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan 48 nafar shaxslarga davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Ma’lumot oʻrnida Sinov imtihoni test, yozma va og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi.(https://lex.uz/docs/-5021251)Test talabgorning kundalik turmushida foydalanuvchi sodda xabarlar, til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda foydalaniladigan ma’lumotlar asosida tuzilgan 10 ta mantiqiy savollardan iborat.Test savollariga to‘g‘ri …

Qo‘shma so‘zlarni qo‘shmaymizmi?
06.01.20212020-yilda o‘zbek tilining besh jildlik izohli lug‘ati takroran chop etildi. Avvalgi nashrdan farqi, zamona taqozosi bilan kirib kelgan broker, depozit, diler, konsalting, lizing, menejer, menejment, monitoring, nou-xau, sanatsiya, xolding, displey, internet, monitor, printer, sayt, skaner, fayl singari bir qancha yangi so‘zlar bilan to‘ldirilgan. Bu nashr keng targ‘ib qilindi, ko‘p tashkilotlarda, hatto ayrim xorijiy mamlakatlarda ham taqdimot marosimi o‘tkazildi. Ona tilimizning bu muazzam yodgorligi har bir o‘zbekning iftixoriga aylanib boryapti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.Biroq... bir xijolatlik joyi bor — hozirgi o‘zbek adabiy tilining imlo va izohli lug‘atlaridagi so‘zlar adadi 100 mingga ham yetmaydi. Chunonchi, “Izohli lug‘at”da 80 …

O‘ZBEK TILI JONKUYARI
05.01.2021O‘zbekistonda lingvopoetikaga doir tadqiqotlarni boshlab bergan, shuningdek terminologiya, nutq madaniyati, o‘zbek tili o‘qitish metodikasi kabi muhim sohalarini rivojlantirishga yangicha yondashib, ko‘p yillardan buyon filolog tayyorlashning istiqboli sifatida til va adabiyotni qo‘shib o‘qitish Konsepsiyasini ishlab chiqqan va amaliyotga joriy qilayotgan, men kabi ko‘plab tadqiqotchilarni ilm yo‘liga olib kirgan, muhim va jamiyat uchun nihoyatda zarur, amaliy ahamiyatga ega ilmiy faoliyatga yo‘naltirgan olim - professor Ibodulla Kamolovich Mirzayev ko‘p yillardan buyon davlat tilini rivojlantirish, uning jamiyatdagi nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy-metodik ishlar bilan shug‘illanib keladi. Ustozning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u kishi o‘nga yaqin tillarni …

E'lon
30.12.2020Hurmatli yurtdoshlar, davlat tili qoidalari buzilishiga guvoh bo‘ldingizmi?U holda til.gov.uz saytining “Tilimiz bo‘yicha taklif va shikoyatlar” bo‘limi orqali bizga murojaat qiling.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan nashr etilgan kitoblarining taqdimoti o'tkazildi
28.12.2020Farg'ona viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan nashr etilgan "Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug'ati", "So'z xiyoboni", "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchilari uchun qo'llanma", shuningdek, "Davlat tilida ish yuritish" kitoblarining taqdimoti o'tkazildi. Shuningdek, "Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi" Farg‘ona bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini …

Harbiy atamalarning yangi izohli lug‘atining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
22.12.2020Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan nashr etilgan “Harbiy atamalarning yangi izohli lug‘ati”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti xodimlari, shuningdek, Mudofaa vazirligi Markaziy apparati, respublika oliy harbiy taʼlim muassasalari (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti, Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona instituti) vakillari qatnashdilar.Taʼkidlash joizki, qo‘shinlar faoliyatida qo‘llanilayotgan harbiy atamalarga nisbatan turli xil yondashuvlar mavjud. Bu xilma-xil yondashuvlar qo‘shinlar harakatini tashkillashtirish va boshqarish jarayoniga salbiy taʼsir …

O‘zbekiston buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning Hirotdagi maqbarasini ta'mirlashda Afg‘onistonga ko‘maklashadi
22.12.2020Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 14-16-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboуev rahbarligidagi delegasiyaning Afg‘oniston Islom Respublikasiga safari amalga oshirilib, afg‘on matbuotida ushbu voqe tafsilotlariga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi.Xususan, “Bakhtar News” axborot agentligining internet sahifasida e'lon qilingan O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarga bag‘ishlangan maqolada aytilishicha, Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Tohir Zuhayr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bilan birgalikda Qobuldagi Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘-muzeyiga tashrif buyurgan.O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolarining Bobur bog‘-muzeyiga tashrifi davomida ularga Afg‘oniston …

Ajdodlardan meros qolgan ona tilim!
21.12.2020Joriy yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son hamda 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Yunusobod tumani bo‘linmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Muqumiy nomidagi O‘zbek Davlat musiqali drama teatri bilan hamkorlikda “Ajdodlardan meros qolgan ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirni Toshkent …

Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
21.12.2020O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan “Geografik obyektlarning nomlarini shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish masalalari muhokamasi”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida Shayxontohur tumanidagi mavjud 600 dan ortiq ko‘chalar nomlari xatlovdan o‘tkazilib ularning Davlat tili talablariga mosligi holati o‘rganildi.O‘rganish natijalariga ko‘ra tumandagi “Obinazir” va “Ilg‘or” mahallalaridagi Sholiquloq tor ko‘chasi, “Kattahovuz” mahallasidagi Slavyanskiy tor, Tepaboshi berk, Qizil tovush ko‘chalari, “Kattabog‘” mahallasidagi Kostyorniy tor ko‘chasi, “Kamolon” mahallasidagi Karshinskiy ko‘chasi, “Yangiobod” mahallasidagi Qizil tamg‘a 1, 2, 3-ko‘chalari, “Ko‘kcha Darvoza” mahallasidagi 5 ta nomsiz ko‘chalar (Eski Miltiq otar)ni ko‘chalar …

Davlat tilida ish yuritish o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi
18.12.2020O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni hamda 2020-yilning 20-oktyabridagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining malakali mutaxassislari tomonidan bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida malakasini oshirgan xodimlar uchun sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning rahbar-xodimlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va …

"O'zbek tilida nomlash (neyming) xizmatini yo'lga qo'yish muammolari va istiqbollari" mavzusida seminar
17.12.2020Keyingi yillarda respublikamizda ishlab chiqarish, savdo-sotiq obyektlari, korxona, muassasa, firma, mahsulotlarga xorij tillarida nom qo‘yish urfga aylanib bormoqda. Ayniqsa, keyingi uch-to‘rt yil ichida nom yaratishda inglizcha yoki so‘zlarga murojaat qilishga ruju qo‘yilmoqdaki, buning sabablarini turlicha izohlash mumkin.Birinchidan, ishlab chiqarish, savdo obyektlari, korxona, muassasa, firma o‘z nomi yoki mahsulotini xorijiy tilda nomlash orqali iste'molchilar e'tiborini o‘ziga jalb qilishni ko‘zda tutgan bo‘lishi mumkin.Ikkinchidan, xorijiy nom orqali ishlab chiqarish, korxona, firma, savdo obyektlari o‘z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqishni nazarda tutgan deb taxmin qilish mumkin.Har qanday holatda ham, bizning nazarimizda, har bir davlatda ishlab chiqarish, savdo obyektlari, korxona, …
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI
16.12.2020Mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini oshirish va ona tilimizga hurmat, mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, korxona, tashkilot, muassasalarda davlat tilida ish yuritish masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu jihatdan Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda joriy yilning 20-oktabridagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari ayni muddao bo‘ldi.Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Farhod” madaniyat saroyida “Kombinatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda kombinatning Navoiy shahrida joylashgan bo‘linmalari devonxona, kadrlar bo‘limi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼul xodimlari va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent …

Sherzod Qudratxo`ja: Biz o`zligimizni anglamas ekanmiz, milliy g`ururni his qilmas ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz!
15.12.2020O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo`jayev o`z familiyasidagi -(y)ev qo`shimchasidan voz kechdi. U «O`zbekiston 24» radiokanali efirida bu haqida izoh berar ekan, endi o`zligini topganini va bundan buyon uning sharifi Qudratxo`ja deb yuritilishini ma`lum qildi.– Men hozirgina Davlat xizmatlari agentligida o`z huquqimdan foydalanib shuni rasmiylashtirdim, – dedi Sherzod Qudratxo`ja. – Biz o`zligimizni anglamas ekanmiz, milliy g`ururni his qilmas ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz.FAMILIYALAR TARIXI...O`zbekistondagi familiyalar borasida Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Orif Tolibning sahifasida berilgan maqolada qayd etilishicha, Sobiq Ittifoqqacha O`rta Osiyo xalqlari, jumladan, o`zbeklar familiyadan deyarli foydalanmagan. Familiya tushunchasi Chor …

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Buxoroda amaliy seminar tashkil etildi
14.12.2020O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020-yil 14-dekabr kuni Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida amaliy seminar tashkil etildi.Seminarda o‘zbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy ma’lumotlar berildi. Amaliy koʻrinishda tashkil etilgan seminar davomida kundalik hayotimizda davlat tili haqidagi qonunning buzilish holatlari, uchrayotgan muammolar, tashqi reklama yozuvlaridagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha jamoatchilik nazoratini qay tarzda tashkil …

Davlat tili – o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tdi
14.12.2020Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. Mazkur kurs tinglovchilari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘z bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlovchi 3 bosqichli yakuniy test imtihonlarini topshirdilar.Test sinovlaridan ijobiy natijalar bilan o'tgan xodimlar …

Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi
12.12.2020Namangan shahridagi Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Prezidentning o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini oshirish, til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan farmonlari ijrosini viloyatda taʼminlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shahar-tumanlar hokimlarining maslahatchilari, shahar va tuman xalq taʼlimi bo‘limlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha metodistlari, Yozuvchilar uyushmasi, AOKB vakillari hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish viloyat markazi mutasaddilari ishtirok etdi.Yig‘ilishda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, muammo va kamchiliklar qayd etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar …

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “O‘zbegim” jurnali tashkil etildi!
12.12.2020XushxabarErkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “O‘zbegim” jurnali tashkil etildi!O‘quvchilar ijodini targ‘ib etish, ularning mahorati va tajribasini oshirib borish, adabiy janrlar va yangiliklardan boxabar etib borish maqsadida tashkil etilgan jurnalning nishona soni yaqindagina chop etildi. Yangi nashr har oyda bir bor chop etilishi ko‘zda tutilmoqda. Undagi “Bizning qahramonlarimiz”, “Oyina”, “Gulqaychi” singari ruknlar maktab hayoti bilan yaqindan tanishtirsa, “Sheʼriy guldasta”, “Nasr bekati”, “Maktub”, “G‘azal oqshomi” kabi ruknlar o‘quvchilarning yangi ijod namunalarini aks ettirishga xizmat qiladi.Umid qilamizki, “O‘zbegim” jurnali kelgusida ijod maydonida munosib o‘rniga ega bo‘ladi va nafaqat o‘quvchi va ustozlarning, balki ota-onalar hamda ko‘psonli adabiyot muxlislarining sevimli …
O'zbekiston fuqaroligini olishga talabgorlar uchun sinov imtihonlari tashkil qilindi
11.12.2020O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 592-son (2020.28.09.) qarori qarori asosida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy qilingan edi. Mazkur qaror asosida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajsaini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlanib, unda davlat tili bo‘yicha sinov imtihonini tashkil etish, davlat tilini bilish bo‘yicha sertifikat berish tartibi hamda davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan. Ushbu vazifa ijrosi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markaziga yuklatilgan edi.Bugun Markaz va uning …

Velosipedda uchiladimi?
10.12.2020O‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan ekani isbot talab qilinmaydigan haqiqat. Buning uchun O‘rxun–Enasoy bitiklaridan tortib, Sarmishsoy va Boysun tog‘laridan topilgan toshga o‘yib bitilgan turli suratlaru (ular ham qandaydir ma’noni ifodalaydiku, axir), insoniyat tomonidan yaratilgan ilk lug‘atlardan bo‘lmish Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otut-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Hibat ul-haqoyiq” yoki Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarini eslash kifoya.Ona tilim – oltin sandig‘im Bizning bobolarimiz mana shunday durdonalar yaratib qo‘ygan asrlarda hozir o‘zimiz o‘rganishni zo‘r berib targ‘ib qilayotgan tillarning ahvoli qanday edi? Bugun ham keng o‘rganilayotgan yoki inson ma’naviy-ma’rifiy dunyosini, tafakkurini boyitishga, demakki, bu yorug‘ olamda inson bo‘lib yashab …

Xo'jayli tumanida “Davlat tilini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida I dasturiy seminar o‘tkazildi.
09.12.2020Xalqimizda “Til – millat oynasi”, “Til yashasa, millat yashaydi”, “Til – millatning bebaho boyligi” degan teran maʼnoli so‘zlar bejiz aytilmagan.Chunki, har bir xalqning o‘zligini namoyon qilishida, jamiyatning rivojlanishida til g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, til – xalqning tarixini, maʼnaviy qadriyatlarini, madaniy merosini, urf-odat va dasturlarini o‘zida mujassam etgan bebaho xazinasi hisoblanadi.Bugungi globallashuv davrida har bir xalq o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.Bugun yurtimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda …

Qashqadaryo viloyatida tashqi ko'cha yozuvlari, reklama va e'lonlarga qo'yiladigan talablarning holati o'rganildi
28.11.2020Tashqi ko'cha yozuvlari, reklama va e'lonlarga qo'yiladigan talab hamda bu boradagi tartib nimalardan iborat? Davlat tilida ish yuritish me'yorlaridan hamyutrlarimiz qanchalik boxabar? Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Z.Aminova va Qarshi shahar hokimi maslahatchisi M.Yusupova, viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi F.Jabborov ishtirokida ishchi guruh vakillari Qarshi shahridagi markaziy ko'chalar bo'ylab navbatdagi nazorat tadbirini olib bordilar. Savdo xodimlari, tadbirkorlar hamda bozor mutasaddilari bilan qilingan muloqot chog'ida O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi va "Reklama to'g'risida"gi Qonunlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi "Tashqi reklama bozorini tartibga solish to'g'risida" gi qarori mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi. Aniqlangan kamchiliklar bo'yicha ogohlantirish, tavsiya va …

«Qutadg‘u bilig» va uni o‘rganishning dolzarb masalalari xalqaro konferensiyada muhokama etiladi
26.11.2020Sharq adabiyotining qadimiy va bebaho durdonasi - «Qutadg‘u bilig» (Saodatga eltuvchi bilim) dostonining 950 yilligiga bag‘ishlab joriy yil 27-28-noyabr kunlari Turkiy Kengashga aʼzo mamlakatlar va Rossiya universitetlari ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri O‘zAga asoslanib.Anjuman Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY, Turkiyaning Istanbul, Marmara, Anqara, Xajettepe universitetlari, Etvosh Lorand nomidagi Budapesht universiteti, Boku davlat universiteti, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, K.Karasayev nomidagi Bishkek davlat universiteti, Qozon Federal universiteti hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tashkil qilinmoqda.«Jahon turkologiyasining buyuk obidasi «Qutadg‘u bilig» va uni o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusidagi …

Yaponiya Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ta'lim jarayonlarini takomillashtirish uchun grant mablag'i ajratdi
26.11.2020O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ta'lim muassasasida ta'lim jarayonlarini takomillashtirish uchun Yaponiya hukumatining grantini jalb qildi.Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg'araz yordam” ((Japanʼs Grant Assistance for Grassroots Human Security Projects) dasturi doirasida 43,6 ming AQSH dollari miqdorida grant mablag'ini oladi.Dekabr oyining o'rtalarida O'zbekistondagi Yaponiya elchixonasi va Is'hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'rtasida grant ajratilishi bo'yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.Loyiha doirasida Yaponiya hukumati ajratgan grant mablag'lar ta'lim muassasaning “Til markazi”dagi mavjud xonalarni eng …

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi bir qator ko‘chalarga yangi nomlar beriladi
24.11.2020Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali “regulation.gov.uz” saytida Nishon tuman hokimining “Tumandagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga yangidan nom berish to‘g‘risida” HQL-1636/20 qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan (https://regulation.gov.uz/uz/d/24924).Qaror loyihasiga ko‘ra tumandagi 20dan ortiq mahalladagi nomsiz ko‘chalarga nom berish ko‘zda tutilgan.Jumladan, tumanning: “Abdulla Qodiriy”, “Baynalmillal”, “Balxiyak”, “Yoshlar diyori”, “Guliston”, “Nishon”, “Jalajin”, “Kaptarli”, “Navro‘z”, “Katta anhor”, “Kimyogar”, “Obod”, “Ko‘ksoy”, “Nuriston”, “Oq oltin”, “Orzu bo‘stoni”, “Paxtaobod”, “Do‘stlik”, “Obi hayot”, “Umr bunyodkori”, “Shirinobod”, “Yangiobod” MFYlardagi jami 303 ta ko‘chaga nom berish nazarda tutilgan.Manba: Qashqadaryo xabarlari

“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarining Buxoro viloyatdagi ijrosi o‘rganildi
20.11.2020O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi hamda "Reklama to‘g‘risida" gi Qonunlarining Buxoro viloyatidagi ijrosini o‘rgandi.Kun davomida viloyatning turli hududlari, maʼmuriy idoralar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, bozor va boshqa savdo majmualari, ko‘chalardagi tasviriy vositalar, davlat tilida ish yuritish tartibiga alohida baho berildi. Aniqroq aytganda, Buxoro shahri, Romitan, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida duch kelingan tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavha, reklama va boshqa eʼlonlar, axborot matnlarini tegishli qonunlarga muvofiqlashtirish yuzasidan mutasaddilarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish boʻyicha muddatlar belgilandi. Geografik obyektlar, shu jumladan, Qonun talablari …

O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan kadrlar uchun davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat joriy etiladi
16.11.2020Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash, mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatni joriy etish maqsad qilingan.Vazirlar Mahkamasining “Davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etiladi.2023-yil 1-yanvardan boshlab rahbar kadrlar hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi majburiy etib belgilanadi.Rahbar …

Poytaxt hokimligida maslahatchi faoliyati bilan bog'liq muhim masalalar muhokama qilindi
04.11.2020Bugun poytaxt hokimligi kichik majlislar zalida Toshkent shahar va tuman hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi PF-6084-sonli Farmonining mazmun-mohiyati hamda ijrosini taʼminlash to‘g‘risidagi, shuningdek, maslahatchilarning 2020-yil iyul-oktabr oylaridagi faoliyatining tahlili, kelgusi faoliyatlarining muhim yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.Tanqidiy va tahlil asosida o‘tgan yig‘ilishda 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, konsepsiyani 2020-2022-yillarda amalga oshirish dаsturi, uning аsosiy yo‘nаlishlаrida hokimliklarga yuklatilgan bandlar o‘z vaqtida bajarilishi …

Til bor ekan – millat barhayot
29.10.2020Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 10-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.Mazkur hujjatga muvofiq, joriy yildan boshlab 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida yuqori saviyada, keng doirada nishonlanadi. Ahamiyatlisi, ushbu sana bilan bog‘liq targ‘ibot-tashviqot ishlarining davomli natijasi hisoblangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar joylarda ko‘tarinki ruh bilan qarshi olinmoqda.Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar madaniyat saroyida shahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shahrisabz shahar kengashi hamda shahar madaniyat bo‘limi hamkorligida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida umumiy o‘rta taʼlim …

Yaponiyada “O‘zbek tili bayrami” kuni keng nishonlandi
28.10.2020Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Tokio xorijiy tillar universitetida (TXTU) “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan professor, tadqiqotchi va talabalar ishtirokida uchrashuv hamda taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Ushbu universitet vitse-prezidenti professor Jun Matsukuma bilan o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi, yaqin istiqbolga mo‘ljallangan aloqalarni rivojlantirishga kelishib olindi.Professor Jun Matsukuma "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilingan sana munosabati bilan samimiy tabriklarini izhor etdi. Uning aytishicha, universitetda 2009-yildan buyon o‘zbek tili asosiy til sifatida o‘qitib kelinmoqda. O‘zbek tili fani bo‘yicha darslik, lug‘at va qo‘llanmalar tayyorlangan. Ayni paytda yaponiyalik …

Ozarbayjonda «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari ishtirokida “O‘zbek tili bayrami" kuni nishonlandi
28.10.2020Mamlakatimiz elchixonasida «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari va Ozarbayjonda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida “O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan onlayn adabiy-badiiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Tadbir avvalida ishtirokchilarga o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, joriy yil 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida o‘zbek tilida ilgari surgan tashabbuslari alohida e’tirof etildi. Anjumanda “O‘zbek tili do‘stlari” klubi a’zolari O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqida iliq fikr-mulohazalar bildirdi.Almaz Ulviy Binnatova, professor, filologiya fanlari doktori (Ozarbayjon):— Qardosh o‘zbek …

Ibrohim Abdurahmonov: Atamalarni shunday kiritaylikki, kelajak avlod oldida uyalib qolmaylik
27.10.2020Shu yilning 26-oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov, vazir o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari va vazirlik xodimlari ishtirok etdi.- Bugungi kunda davlat tiliga hukumat darajasida bo‘lgan eʼtibor mutlaqo yangi darajaga ko‘tarildi, - dedi o‘z nutqida I.Abdurahmonov. - Buning uchun davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktabr kuni poytaxtimizdagi yangi anjumanlar saroyida so‘zlagan nutqiga va o‘sha kuni imzolangan “«O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeуini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. …

Innovatsion rivojlanish vazirligining bir guruh vakillari Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan eʼtirof etildi
27.10.2020Joriy yilning 26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, milliy davlatchiligimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish, davlat tilining o‘rni va mavqeyini mustahkamlash yo‘lidagi xayrli saʼy-harakatlari uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbari va bir guruh vakillariga faxriy yorliqlar topshirildi.Tadbirda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sultonov so‘zga chiqishdi.- Davlat tilini bayrog‘imiz va gerbimiz singari davlat ramzi deb qabul qilishimiz kerak, - dedi I.Sultonov.- Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek …

Qozog‘istonda “O‘zbek tili do‘stlari” klubi faoliyatini rivojlantirish doirasida davra suhbati tashkil etildi
26.10.2020Mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi tomonidan «O‘zbek tili do‘stlari» klubi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash mavzusida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.Davra suhbatida Qozog‘iston Respublikasi Xalq assambleyasi vakillari va ilmiy-ekspert kengashi a’zolari, Qo‘lyozmalar va noyob kitoblar milliy markazi rahbariyati, O‘zbek etno-madaniy markazlari a’zolari, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, vatandoshlar ishtirok etdi.Ishtirokchilarga mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat tillariga hurmat ko‘rsatilishi, ular rivoji uchun sharoit yaratilgani ta’kidlandi.Tadbirda so‘zga chiqqan Nur-Sulton shahri Ichki siyosat boshqarmasining …

Rossiyaning Novosibirsk shahrida “Til millat ko‘zgusi: O‘zbekiston” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
22.10.2020O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 31 yilligiga bag‘ishlab “Til millat ko‘zgusi: O‘zbekiston” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.Rossiya fanlar akademiyasi qoshidagi Davlat ilmiy texnika kutubxonasining Sibir bo‘limining konferens-zalida tashkil etilgan anjumanda Novosibirsk viloyati hukumati, ommaviy axborot vositalari va turli millat vakillari qatnashdi.Tadbir O‘zbekiston milliy urf-odatlari, turizm salohiyati hamda buyuk bobokalonlarimiz merosini targ‘ibot etuvchi videorolik taqdimoti bilan boshlandi.“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinishi o‘zbek xalqining maʼnaviyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ona tilni rivojlantirish, uning betakror jozibasi …

Til - millatning borligidan darak
21.10.2020Xalqsiz til bo‘lmaydi, tilsiz xalq bo‘lmaydi. Til - millatning ruhi, ko‘zgusi. Ona tilini asrash, rivojlantirish, targ‘ib etish barchaning muqaddas vazifasidir.Joriy yildan boshlab mamlakatimizda Ona tilimiz, O‘zbek tili bayrami keng miqyosda nishonlanmoqda.Xususan, 2020-yilning 20-oktyabr sanasida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida "Til - millatning borligidan darak" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Jahon tillari universiteti kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, akademik Nazrulla Jo‘rayev, tilshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimovlar ishtirok etishdi.O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining maʼnaviy, siyosiy, huquqiy jihatlari va uning ahamiyati, tilimizning boy tarixi, odamlar orasida kitobxonlikning pasayib …

Mutolaa ixlosmandlariga bag‘ishlandi
20.10.2020Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida o‘ndan ortiq nashriyotlar ishtirokida kitob yarmarkasi tashkil etildi.Davlat tiliga chuqur hurmat uni hayotning barcha jabhalarida: davlat va jamoat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼatda faol qo‘llashdan boshlanadi.Xalqaro minbar – BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yangragan o‘zbek tilidagi nutq barchamiz uchun yoqimli bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqida dunyo hamjamiyatini yagona va umumiy maqsad yo‘lida birlashishga – har bir insonning huquq va erkinliklari, sog‘ligi, farovonligini taʼminlaydigan teng huquqli global tizimni birgalikda shakllantirishga chorladi. Prezidentimiz dolzarb muammolarga to‘xtalib o‘tishi qatorida, o‘zbek tilining butun go‘zalligi va ko‘p qirraliligini …

“Qadring baland bo`lsin, ona tilim” xalqaro tanlovi g`oliblari taqdirlandi
20.10.2020O`zbek tilini rivojlantirish va xalqaro miqyosda nufuzini oshirish, davlat tili sifatida o`qitilishida ilg`or pedagogik faoliyatni qo`llab-quvvatlash, ona tilining o`qitish metodikasini takomillashtirish maqsadida “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” xalqaro tanlovi e`lon qilingan edi.Mazkur xalqaro tanlov jarayonida Tashkiliy qo`mitaga 1 ming 750 ta ijodiy ish kelib tushdi.Xususan, “Eng yaxshi badiiy asar” nominasiyasining nasr yo`nalishiga 125 ta, nazm yo`nalishiga 712 ta, “Eng yaxshi publisistik maqola” nominasiyasi bo`yicha jami 426 ta, O`zbek tilining xorijdagi eng yaxshi targ`iboti (o`zbek millatiga mansub yoki chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan xorijda o`zbek tilini targ`ib qilishga qaratilgan ilmiy, badiiy, musiqiy asarlar hamda audio, video mahsulotlar)ga qaratilgan …

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!
20.10.2020Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida tadbir oʻtkazildi.Keng koʻlamda oʻtkazilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Zokir Rasulov, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Sherzod Mirzanov, Oʻzbek tili va adabiyoti kaferdasi professori Nodir Gʻafforov hamda universitet jamoasi ishtirok etdi.Tadbir davomida universitet professor-oʻqituvchilari oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilish jarayonlari hamda uning sport sohasidagi ahamiyati …

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan “O‘zbek tili do‘stlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
19.10.2020O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan “O‘zbek tili do‘stlari” mavzusida davra suhbati, ilmiy anjumani o‘tkazildi. Mazkur tabdir Nur-Sulton shahri hokimiyati tasarrufidagi “Do‘stlik uyi” binosida tashkil etildi. Unda Qozog‘iston xalqi Assambleyasi vakillari va ilmiy-ekspert kengashi aʼzolari, Qozog‘iston Milliy arxivi qoshidagi Qo‘lyozmalar va noyob kitoblar milliy markazi rahbariyati, Qozog‘iston Respublikasidagi barcha O‘zbek etno-madaniy markazlari rahbarlari va aʼzolari hamda taniqli, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, vatandoshlar ishtirok etdi.

Toshkent metrosida til toʻgʻrisida tadbir tashkil etildi
18.10.2020Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamkorligida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.–Millat tili oʻz bayramini nishonlashi bu katta voqeylik,– deydi shoira Zulfiya Moʻminova. – Tilimiz nufuzini oshirish uchun koʻp ishlar qilindi. Oʻnlab uslubiy qoʻllanmalar, lugʻatlar tuzildi. Qolaversa, Yurtboshimizning BMT minbaridan turib oʻzbek tilida soʻzlagani til bayramimizning 31 yilligiga katta sovgʻa boʻldi.Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan uyushtirilgan mazkur tadbir doirasida oʻzbek tiliga oid koʻrgazmali materiallar, bannerlar taqdim qilindi.Karantin qoidalariga qatʼiy amal …

Berlin davlat kutubxonasida 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
18.10.2020Germaniyaning yirik kutubxonalaridan biri - Berlin davlat kutubxonasining Sharq bo‘limida 21- oktabr — O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.Kutubxonasining Sharq bo‘limi 1919-yil tashkil etilgan bo‘lib, unda Yevropadagi eng muhim kolleksiyalar to‘plamlari jamlangan. Sharq qo‘lyozmalari va bosma nashrlari to‘plami taxminan 42 ming jilddan iborat.Anjumanda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatida mavqeini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, o‘zbek tili bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki ko‘plab xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarida, jumladan Berlindagi Gumbold nomli universitetda ham o‘qitilayotgani alohida qayd etildi.O‘zbekiston Respublikasi …

Tokio xorijiy tillar universitetida 50 nafar talaba o‘zbek tilini o‘rganmoqda
18.10.2020O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganligining 31 yilligini nishonlash doirasida mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi Tokio xorijiy tillar universitetida (TXTU) uchrashuv va taqdimot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.Yaponiyadagi ilk davlat universitetlaridan bo‘lgan Tokio xorijiy tillar universiteti 1873 yil tashkil etilgan. Oliy o‘quv yurtining uchta fakultetida til va madaniyat, xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar chuqur o‘qitiladi.Universitet vitse-prezidenti professor Jun Matsukuma bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.Jun Matsukumanning bildirishicha,oliy ta’dim maskanida 2009-yildan beri o‘zbek tili asosiy til sifatida o‘qitilib, bu fan bo‘yicha darslik, lug‘at va qo‘llanmalar tayyorlangan. Ayni paytda bu yerda …

Bruklinda O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi
16.10.2020O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi tomonidan 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab Nyu-York shahri Bruklin tumanidagi «Ziyo-Art» o‘zbek tili maktabida o‘quvchilar va «Mahalla USA» jamiyati faollari ishtirokida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Anjuman davomida o‘zbek milliy taomlari, liboslari, raqslari, musiqasi, qo‘shiqlari, urf-odatlari taqdimoti hamda ko‘rgazmali chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, «ona allasi» sahna ko‘rinishi ishtirokchilar e’tiboriga taqdim etildi. Bruklin tumani ko‘psonli o‘zbekistonliklar yashaydigan hududlardan hisoblanadi. Tadbirning aynan ushbu tumanda tashkillashtirilishi mazkur hududda istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda o‘zbek tilini AQShda yanada kengroq targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb …

Rudolf Taller: O‘zbek tili dunyoda mashhur, qadim tillardan biri
16.10.2020Avstriya Federal savdo palatasining Markaziy Osiyodagi sobiq vakili Rudolf Taller 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Dunyo» AA muxbiriga mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada, shu jumladan davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida intervyu berdi. — O‘zbekistonning dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi tarixiy shaharlarida juda ko‘p marotaba bo‘lganman — dedi R.Taller. — Yurtingizning go‘zal tabiati, madaniyati, tarixi hamda ochiq ko‘ngil va mehnatkash insonlarini juda yaxshi ko‘raman. O‘zbeklarning samimiy va mehmondo‘st xalq ekanini ko‘rgan va bilgan kishi yana bu o‘lkaga qaytib kelgisi kelaveradi. Shuningdek, O‘zbekiston ulkan boy tarixga egaligi, uzoq yillar davomida …

Departament tomonidan nashrdan chiqarilgan “Davlat tilida ish yuritish” kitobi barchaga tavsiya etildi
15.10.2020Bugun O`zbekistonda Prezident rahbarliklari ostida o`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish, ona tilimizning qadr-qimmatini joyiga qo`yish borasida tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda.Ayniqsa, Shavkat Mirziyoevning joriy yil 23-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o`zbek tilida so`zlagan nutqi bu boradagi sa`y-harakatlarga keng yo`l ochib, o`zbek tilining nafaqat respublikamizdagi, balki jahondagi nufuzini yanada mustahkamladi.Bu yil ilk marotaba respublikamizda 21 oktyabr sanasi O`zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 13 oktyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida O`zbek tili bayrami kuniga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.Tadbirda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi, …

O‘zbek tili dars soatlari rus tilida o‘qitiladigan maktablarda 35 foizga ortgan
12.10.2020Yurtimizda o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktab o‘quvchilari rus tilini o‘rganishida qanchalik muammo bo‘lsa, rus tilida taʼlim olayotgan o‘quvchilar uchun esa o‘zbek tilini o‘rganish shuncha muammo edi. Shu sababli o‘zbek tili izohli lug‘atchasi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirni asosan rus tilida taʼlim beriladigan 110-maktabda ( https://bit.ly/2GMsU6d ) va rus tilini o‘rgatishni yaxshilash bo‘yicha loyihani rasman boshlash marosimini esa Uchtepa tumanidagi 129-maktabda, yaʼni faqat o‘zbek tilida taʼlim beriladigan oddiy maktabda tashkil etdik. Maqsadimiz har bir maktab bitiruvchisi o‘zbek tilini bilib chiqishidir. Shuning uchun o‘tgan o‘quv yilidan rus tilida o‘qitiladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish soatlarini 35 foizga (haftalik 20 soatdan 27 …

Malayziya Milliy kutubxonasida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ning taqdimoti o‘tkazildi
10.10.2020O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar doirasida mamlakatimizning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Milliy kutubxonasi rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining bir guruh olimlari tomonidan tayyorlangan besh jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ning taqdimoti o‘tkazildi.Malayziya Milliy kutubxonasiga ushbu to‘plamning to‘rtta nusxasi, shuningdek, O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid o‘zbek va ingliz tillarida chop etilgan kitoblar to‘plami topshirildi.— «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» nusxalari uchun minnatdorlik bildiraman, — dedi …

Oʻzbek tili - AQSHda qiziqish bilan oʻrganilayotgan xorijiy tillardan biri
09.10.2020Xalqimizda til bilgan el biladi, degan naql bor. Haqiqatan ham shunday. Shuning uchun ham bugungi kunda chet tillarini oʻrganish zamon talabiga aylanib bormoqda. Xorijiy tillarni oʻrganishda esa biz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa, onlayn olib borilayotgan darslar uchun koʻp vaqt sarflanmaydi. Hozirda mustaqil ravishda bilimlarimizni oshirmoqchi boʻlsak internet tarmoqlarida turli tillarni oʻrganishga bagʻishlangan video darsliklarni kuzatib, ularda ishtirok etishimiz mumkin. Lekin biz uchun dunyoda qancha til boʻlmasin ular ichida oʻzbek tilining oʻrni beqiyos. AQSHining Vayoming universiteti qoshida “Jahon tillari va madaniyati” Markaziga asos solgan va unda oʻzbek tili va madaniyatini targʻib etib kelayotgan gumanitar fanlari …

E’LON!
09.10.2020Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek imlosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, davlat tilida ish yuritishni o‘rganishga qiziqqan keng aholi qatlamini o‘quv kurslariga taklif etadi.Shu bilan birga, o‘zbek tilini o‘rganishni istagan o‘zga millat vakillari uchun “Qiziqarli o‘zbek tili” kursi yo‘lga qo‘yilmoqda.Mashg‘ulotlar 2 shaklda tashkil qilinadi:- an’anaviy;- masofaviy.O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.O‘quv mashg‘ulotlari Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti homiyligida bepul tashkil qilinadi.Manzilimiz: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.Murojaat uchun telefon …
“So‘z sandiqchasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
08.10.2020Joriy yilning 8-oktabr kuni poytaxtimizdagi 110-sonli umumtaʼlim maktabida Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘zbek tilining izohli lug‘atchasi – “So‘z sandiqchasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda uyushtirilgan taqdimotda lug‘at haqida batafsil maʼlumot berildi.O‘zbek tiliga chinakam muhabbat qo‘yish uchun g‘ayrat va jurʼat bilan uning sehrli olamiga kirish kerak. Bu olamdagi eng ajoyib va g‘aroyib xazina esa so‘z boyligidir. Ana shu xazina qanchalik yaxshi egallansa, til burrolashib, zehn o‘tkirlashib, fikr tiniqlashib boraveradi. Ana shu tariqa bolada sog‘lom til tuyg‘usi, nozik so‘z sezgisi, go‘zal va taʼsirli nutq zavqi shakllanadi va …

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug‘at chop etildi
08.10.2020O‘zbek tilining izohli lug‘atchasi - "So‘z sandiqchasi" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Kitob boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mutaxassislari, o‘qituvchilar ishtirok etdi.Lug‘at O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov tomonidan tayyorlangan.O‘zbek tili ajoyib so‘z sandiqchasidir. Shu boy xazina o‘rganilsa, egallansa til burrolashadi, zehn o‘tkirlashadi. Aynan bolalarga mos ruh va shaklda tayyorlangan lug‘at yurtimiz yoshlarining o‘zbek tilida bilmaganini bilishi, o‘rganishiga xizmat qiladi.Mazkur lug‘atchada yetti yuz atrofidagi so‘z, so‘z maʼnolarining sodda, ixcham va lo‘nda shakldagi izohlari jamlangan.So‘z maʼnolari bolalar …

Bayram munosabati bilan targ'ibot bannerlari o'rnatilmoqda
08.10.202021 oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tayyorlangan, ona tilimizni mazmun-mohiyatini targ‘ib etuvchi mavzularda tayyorlangan bannerlar, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Amir Temur, Ahmad Donish, Abdulla Qodiriy, Chingiz Aytmatov, Usta Shirin, Iftixor, Moyqo‘rg‘on, Chinobod, Yunusota ko‘chalari, Yunusobod 3-mavze hududi, Yangi Yunusobod, Toshkent Avtomobil xalqa yo‘li va Kichik xalqa yo‘li ko‘chalari bo‘ylab, odam gavjum joylarga, jami 20 dona bannerlar o‘rnatildi.Shuningdek, Uchtepa tumanining Foziltepa, Farxod, Lutfiy, Kichik halqa yo‘li va Toshkent Avtomobil xalqa yo‘llari bo‘ylab ham jami 20 dona bannerlar o‘rnatildi.Bu kabi targ‘ibot bannerlarini respublika kesimida o‘rnatish rejalashtirilgan.Manba: Toshkent shahar matbuot …

Belarus Respublikasi Milliy kutubxonasiga 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” topshirildi
29.09.2020Joriy yilning 25-sentyabr kuni 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” Oʻzbekistonning Belarus Respublikasidagi elchisi N.Yusupov tomonidan Belarus Respublikasi Milliy kutubxonasi direktori R.Motulskiyga tantanali ravishda topshirildi. Lug‘atni topshirish marosimida R.Motulskiy Milliy kutubxona fondlarida dunyo xalqlarining 96 tilidagi10 milliondan ortiq nusxa kitob nashrlari borligi haqida gapirib, kutubxonaning yana bir nodir nashr bilan boyiganini taʼkidladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari kengayib borayotgan bugungi sharoitda ushbu nashrning Belarus milliy kutubxonasiga taqdim etilgani nafaqat ramziy balki amaliy jihatdan ham foydali bo‘lishiga ishonchi komilligini bildirdi.Manba: cis.minsk.by

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi va davlat tilining keng targ‘ibotiga bag‘ishlangan video-anjuman
25.09.2020Joriy yilning 25-sentyabr kuni davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, Turk tili kengashi bilan hamkorlikda "O‘zbek tili va madaniyati" mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi.Tadbirda mamlakatimiz tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, Turkiya tomonidan Turk til qo‘mitasi rahbari, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi “Otaturk madaniyat, til va tarix oliy organi” raisi hamda boshqa davlat va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Anjumanda —O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida gumanitar sohada …

Nyu-Yorkda o‘zbek maktabi ochildi
24.09.2020AQShning Nyu-York shahrida o‘zbek tilida ham o‘qitiladigan maktab ochildi. “Ziyo Art” nomli o‘zbek maktabi Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida (AQSh) ish boshladi. Uning rasmiy ochilish marosimi 2020-yil 19-sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.Bosh konsulxona ma'lumotlariga ko‘ra, maktab "16-Avenue O, Brooklayn NY 11204" manzilida joylashgan bo‘lib, “O‘zbek tili va adabiyoti”, «Odobnoma», “Tasviriy san'at”, «Shaxmat» va «Matematika» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi:Darslar shanba va yakshanbada o‘zbek tilida O‘zbekistondan olingan maxsus o‘quv materiallaridan foydalangan holda malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘qituvchilar tanlov asosida saralab olingan.Bosh konsulxona O‘zbekiston Hukumati nomidan …

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
24.09.2020Joriy yilning 22-sentyabr kuni O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida markaziy apparat xodimlari uchun “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning kirish qismini Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Olimjon Hakimov boshlab berib, tadbir ishtirokchilari bilan tanishtirdi. Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, professor Abdug‘affor Qirg‘izboyev bu yili ilk bora nishonlanadigan “O‘zbek tili bayrami” kunining ijtimoiy, siyosiy, huquqiy jihatlari haqida gapirdi.Davlat tiliga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilayotgani, qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilayotgan ishlar va navbatdagi vazifalar haqida fikr bildirdi. Departament tashabbusi bilan davlat tiliga oid chop etilib, barcha vazirlik, …

Yunusobod tumanida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!” shiori ostida tadbir tashkil etildi
24.09.2020Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qatmak millatning ruhini yo‘qatmakdir”. Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida ishlashimiz zarur.2020-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga o‘ttiz bir yil to‘ladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar …

Germaniyada «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimoti o‘tkazildi
23.09.2020O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida «Nihol» o‘zbek-olmon ilmiy-madaniy jamiyati hamda «Davra» o‘zbek-olmon madaniy jamiyati vakillari ishtirokida yangidan nashrdan chiqarilgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Taqdimotda elchi Nabijon Qosimov bugungi kunda mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi hamda mavqeini oshirishga, uni siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining bir guruh olimlari tomonidan besh jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» tayyorlanib nashr etilgani tilimizni asrash, boyitish …

Yunusobod tumanida o'rganish ishlari olib borildi
23.09.2020Joriy yilning 20-sentyabr kuni Yunusobod tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Mahkamov va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari S.Axmadaliyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarori hamda 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent Metropoliteni Yunusobod yo‘lining Turkiston, Yunusobod, Shahriston, Bodomzor va Abdulla Qodiriy …

Hindistonlik olim: “BMTda o‘zbek tilining yangrashi biz uchun ham faxrlidir”
22.09.2020“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etishi va mustaqil O‘zbekiston tarixida BMT minbaridan birinchi marta o‘zbek tilida nutq so‘zlashi kutilayotgani qalbimizda faхr tuyg‘ularini uyg‘otdi”, - dedi Jamiya Milliya Islomiya universiteti o‘zbek tili o‘qituvchisi professor Shahid Taslim “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida.– Men hayotini o‘zbek tilini o‘rganish va uni hind talaba yoshlariga o‘rgatishga bag‘ishlagan Hindiston olimi sifatida shuni qayd etishni istardimki, yaqin o‘tmishda bunday katta minbardan turib o‘zbek tilida so‘zlashni tasavvur qilish mushkul edi, - deya so‘zida davom etdi suhbatdosh.Sh.Taslim o‘zbek …

«BMTda ilk bor Navoiy tilida» - Turkiyaning «Jumhuriyat» gazetasi Mirziyoyevning BMTda o‘zbek tilida nutq so‘zlashini olqishladi
21.09.2020Turkiyaning nufuzli mustaqil nashrlaridan biri – «Jumhuriyat» (Cumhuriyet) gazetasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi kutilayotgani munosabati bilan maqola chop etdi.«O‘zbek tili BMTda» deya nomlangan maqola avvalida O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi «turkiy davlatlar orasida» eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, mamlakat aholisi asosan o‘zbeklardan iboratligi, qo‘shni o‘lkalar – Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda ham ko‘p sonli o‘zbeklar yashashi qayd etiladi.«Ushbu xususiyatlar hisobga olinganda, rasmiy Toshkent butun mintaqaning barqarorligini ta'minlashda katta hissa qo‘sha oladi», – deyiladi maqolada.Anqaradagi nashr ta'kidicha, O‘zbekistonning ishtirokisiz Afg‘oniston, Xitoy, hatto butun dunyoda ekstremizmning oldini olish oson bo‘lmaydi; mintaqada g‘oyaviy nazorat o‘rnatilmasa, …

O‘zbekiston prezidenti BMT minbarida ilk marta o‘zbek tilida nutq so‘zlaydi
21.09.2020O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etadi.Kun.uz manbasining xabar berishicha, davlat rahbari BMTda oliy minbaridagi bu galgi chiqishida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – o‘zbek tilida nutq so‘zlashi kutilmoqda.Shavkat Mirziyoyev ilk marta Bosh Assambleyada 2017 yil 12 sentyabrda, BMTning Nyu-Yorkdagi bosh shtab-kvartirasida chiqish qilgan edi. Prezident nutqi tashkilotning 6ta ishchi tilidan biri – rus tilida bo‘lgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olingandi.Xususan, Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish, BMTning «Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, BMTning …

O‘z tilimizni hurmat qilaylik!
17.09.2020O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida Kogon shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, shahar ichki ishlar bo‘limi masʼul xodimi hamda "Temiryo‘lchi" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamkorligida Buxoro temir yo‘l vokzali atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari peshtoqida o‘rnatilgan tashqi yozuvlar, peshlavhalar, eʼlonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlari o‘rganildi. O‘rganish davomida Buxoro temir yo‘l vokzali atrofida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib “Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga rioya qilish …

Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!
17.09.2020Hayotimizda ona tiliga ehtiyoj tobora ortmoqda. Bu esa mutaxassislar, aholimizni ona tilimizni yanada chuqurroq bilishga undayapti. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan «Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!» shiori ostida nashr etilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» va «Davlat tilida ish yuritish» qo‘llanmalarining taqdimotini o‘tkazdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilining qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akmal Ro‘zitoyev, O‘zFA ilmiy xodimi Zohida Muqimova va boshqalar mamlakatimizda davlat tili nufuzini oshirish borasida samarali ishlar …

O‘rganishlar davom etmoqda
16.09.2020Mamlakatimizda milliy tilimizning rivoji va ravnaqi, davlat tili sifatida barcha jabhalarda mustahkam o‘rin egallashiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu vaqtga qadar bu borada bir qancha samarali ishlar amalga oshirilib, xalqimizga, qolaversa, tilimiz fidoyilari, jonkuyarlari, va til mutaxassislariga ham keng imkoniyatlar yaratildi.Bugun Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi, Yakkasaroy tuman hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, tuman Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi rahbari tomonidan tumandagi Shota Rustaveli ko‘chasi atrofida bir qator savdo shoxobchalari, do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish uylari va ko‘cha yuziga ilingan har xil mazmundagi reklama bannerlari, eʼlonlar va …

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 4 ming 467 ta bannerlar o‘zgartiriladi
15.09.2020Chilonzor tumanidagi 13 ming 63 ta tashqi yozuv, yaʼni peshlavha, reklama, eʼlon va boshqa axborot matnlari o‘rganib chiqildi.O‘rganishlar natijasida 4 ming 467 ta tashqi yozuv davlat tili talablariga mos kelmaganligi tufayli o‘zgartirilishi belgilandi. Shu o‘rinda, aytish joizki, o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan yozuvlarning 3 ming 688 tasini xorijiy tillarda yozilgan tashqi yozuvlar tashkil qilmoqda.Manba: Kun.uzning Toshkent shahriga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali

Kursantlar Abdulla Qodiriy xotirasini yod etdi
14.09.2020Bugun mamlakatimizning eng xushmanzara maskanlaridan biri boʻlgan Adiblar xiyoboni adabiyot ixlosmandlari, yoshlar bilan gavjum. Bogʻda adabiy uchrashuvlar, maʼrifat darslari oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylandi.Kuni kecha Bojxona instituti tomonidan Abdulla Qodiriy haykali atrofida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham professor-oʻqituvchilar, talabalar, madaniyat xodimlari, shoir-yozuvchilar ishtirok etib, adib xotirasiga hurmat bajo keltirdi.Nargis QUDRIDDINOVA,Bojxona instituti katta oʻqituvchisi:— Ulkan isteʼdod sohibi Abdulla Qodiriy xalq uchun ilm-maʼrifat havodek zarur boʻlgan, yurt tepasida johil shaxslar hukmronlik qilayotgan bir zamonda yashab oʻtdi. U yaratgan qahramonlari orqali xalqni oʻtgan kunlardan saboq olishga, oʻz oramizdagi mehrobdan chiqayotgan chayonlardan ehtiyot boʻlishga chaqirdi. Millatning har bir xonadoniga Otabek, Kumush, …

12-sentyabr - shoir Shavkat Rahmon tavallud topgan kun
12.09.202012 sentyabr – atoqli o‘zbek shoiri Shavkat Rahmon tavallud topgan kun. Shavkat Rahmon o‘zining sodda, o‘tli, tirik sheʼrlari bilan minglab insonlar qalbidan joy olgan. Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, otashnafas shoirimizning tavallud ayyomi bilan barcha adabiyot muxlislarini muborakbod etadi.

Xorazm viloyatida Davlat tili haqidagi qonun talablari ijrosi ta'minlanmoqda
10.09.2020Urganch shahar hokimining davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Samandarova tomonidan shaharning markaziy ko‘chasi Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan 45 ta tadbirkorlik obyektlaridagi tashqi yozuvlarning Davlat tili qonuni talablariga mosligi o‘rganildi.Bugungi kunda karantin cheklovlari yumshatilishi bilan obyektlar faoliyati birin-ketin yo‘lga qo‘yilmoqda.O‘rganilgan obyektlarning ayrimlarida tashqi yozuvlarda xato va kamchiliklar borligi aniqlandi. Jumladan, sug‘urta kompaniyasi, uy jihozlari, qurilish mollari va oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish, go‘zallik markazlarining peshlavhalaridagi yozuvlarida uchragan xatoliklar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Urganch shahar hokimligi Axborot xizmatiBizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!Bizning manzil: http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep

TIL - MILLAT G‘URURI
10.09.2020Til - millatning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi eng asosiy vosita. Sevimli shoirimiz Erkin Vohidov “So‘z latofati” kitobida yozganidek: “Ona tili umummillat mulki. Demak, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak.”Darhaqiqat, har bir inson kim bo‘lishidan qatʼiy nazar avvalambor o‘z ona tilini sevishi, g‘ururlanishi, hurmat qilishi zarur.Kogon shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilbar Sharipova tomonidan tadbirkorlar bilan olib borilgan targ‘ibot ushbu mavzuga bag‘ishlandi.Tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida”gi Qonunining 20-moddasida lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda …

Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan yana bir kitob nashrdan chiqarildi
10.09.2020Bugun poytaxtning O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Fanlar akademiyasi hamkorligida “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Ushbu qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Hujjatlar tegishli namunalar bilan ko‘rsatilgan, qolaversa mazkur qo‘llanmada ish yuritishga oid lug‘atlar aks ettirilgan.Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev qo‘llanma haqida fikr bildirar ekan, kitob birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotiblar, xodimlar bilan ishlash xizmati vakillari uchun ish yuritishda asosiy manba sifatida foydalanish mumkinligi …

Davlat tilini himoya qilish barchamizning burchimizdir
04.09.2020Xabaringiz bor, “Murad Buildings” qurilish kompaniyasi tomonidan “Toshkent city” majmuasida tibbiyot xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishdagi mardonavor harakatini e’tirof etgan va rus tilida yozilgan “Jasorat uchun tashakkur!” mazmunidagi banner keng jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan edi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi ham oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tanqidiy munosabat bildirgandi.Masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Toshkent shahar hokimligi masʼullari bilan birgalikda “Tashkent City” hududida qad ko‘tarayotgan “NEST ONE” turar joy va savdo majmuasiga tashrif buyurildi. Muhokamalar va turli eʼtirozlarga sabab bo‘lgan tashqi pannodagi mazkur yozuv va lavha yuzasidan majmua …

Ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi
03.09.2020O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorlikdagi ilmiy loyihalar tanlovi eʼlon qilinadi Mazkur tanlov o‘zbek tilining jamiyatdagi va xalqaro miqyosdagi mavqei hamda nufuzini oshirish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishi bo‘yicha mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlash, davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi. Tanlov mavzulari Tanlov shartlari Koronavirus pandemiyasi sababli respublikamizda eʼlon qilingan karantin sharoitida loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifasi …

Qozog‘istonda yangi nashr – «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobining maxsus taqdimoti o‘tkaziladi
28.08.2020O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi tomonidan Chimkent shahrida Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari «Do‘stlik» hamjamiyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan talabni ta’minlash masalalari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.Ta’kidlash joiz, o‘zbek tili nufuzini xorijiy davlatlarda oshirish, o‘zbek tilini o‘rganayotgan va bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotganlarni zarur adabiyot va manbalar bilan ta’minlash borasida mamlakatimizning chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari faol sa’y-harakatlar olib bormoqda.Uchrashuvda Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari «Do‘stlik» hamjamiyati raisi Ikrom Hoshimjonov ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha fikr bildirdi.Bosh konsulxona vakillari Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari «Do‘stlik» hamjamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘zbek tilini rivojlantirish departamenti …

Sankt-Peterburg davlat universitetida o‘zbek tili va madaniyati markazi tashkil etiladi
27.08.2020Mamlakatimizning ushbu mintaqadagi Bosh konsulxonasi tomonidan Sankt-Peterburg davlat universitetida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.Taqdimotda universitet rektorining Xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Sergey Andryushin, tilshunos olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Bosh konsullik vakillari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklor leksikografiya instituti tomonidan yaratilgan 5 jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobining yaratilishi va uning o‘zbek tili rivojlanishidagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.Muloqot davomida tomonlar Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshida O‘zbek tili va madaniyati markazini ochish bo‘yicha fikr almashdi. Ushbu tashabbus oliy ta’lim muassasasi …

Koreya Respublikasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
27.08.2020Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillar universitetida "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti tomonidan tayyorlangan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan taqdimot chog‘ida O‘zbekistonda milliy o‘ziga xoslik va mustaqillikning ramzi bo‘lgan davlat tili sifatida o‘zbek tilining o‘rni va obro‘sini oshirishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. O‘zbek tili xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy boyligini aks ettiradi va mamlakatning zamonaviy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy va madaniy rivojlanishi uchun muhimdir.Xankuk universiteti Markaziy Osiyo tillari kafedrasi professori Li Ji In taqdim etilgan “O‘zbek tilining izohli …

Davlat tilini himoya qilish barchamizning burchimizdir!
26.08.2020O‘tgan hafta Davlat rahbarining Toshkent shahri Bektemir tumanidagi “Bektemir metall konstruksiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyati zavodiga tashrifi jarayonida aholi yashash punkti ko‘rsatkichida imlo xatoga yo‘l qo‘yilganligi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tanqid qilinishiga sabab bo‘lgan edi.Yo‘l qo‘yilgan xatolikni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahri va Bektemir tumanining masʼul xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bugun kamchilik bartaraf etildi.Shu o‘rinda aytish kerakki, Davlat tili uchun qayg‘urgan tilimiz jonkuyarlariga masalaga befarq bo‘lmasdan, hamkorlik va hamjihatlikda ishtirok etaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.Hurmat bilan,“Bektemir metall konstruksiyalari” masʼuliyati cheklangan jamiyati

“O‘zbek tili bo‘yicha eng yaxshi videodars” ijodiy ishlar Respublika tanlovi
22.08.2020Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida “O‘zbek tili bo‘yicha eng yaxshi videodars” ijodiy ishlar Respublika tanlovi e'lon qilinadiTanlovning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:- Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ona tili (o‘zbek tili) o‘qitish metodikasini takomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan ijodiy ishlarini qo‘llab-quvvatlash;- O‘zbekistonda o‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha ilg‘or pedagogik faoliyatni keng targ‘ib etish va o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish;- mamlakatda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, adabiy til meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash va boshqalar.Tanlovga quyidagi …

«O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi» ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovi e'lon qilinadi
22.08.2020O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi «O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi» ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovini e'lon qiladi. Tanlovning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, oliy ta'lim muassasalarida o‘zbek tilining o‘qitilishini takomillashtiruvchi ilmiy-uslubiy faoliyatni rivojlantirishdan iborat. ✅ Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy, uslubiy, ijodiy ishlar qabul qilinadi: 👉 filologik yo‘nalishlarda – sohaga aloqador tilshunoslikning nazariy hamda amaliy dolzarb muammolari va ularning yechimiga qaratilgan ishlar, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha zamonaviy kadrlar tayyorlash istiqbollari, o‘zbek tilini rivojlantirish masalalari; 👉 nofilologik yo‘nalishlarda – o‘zbek tilining sohaviy …

Yashnobod tumani hududida joylashgan ta’lim muassasalarining davlat tiliga rioya qilish holati oʻrganildi
21.08.2020Yashnobod tumani hududida joylashgan ta’lim muassasalarining davlat tiliga rioya qilish holati oʻrganildiMamlakatimizda davlat tiliga rioya etilishi, xususan davlat tashkilotlarida ona tilimizning samaradorligini ta'minlash yuzasidan bosqichma-bosqich ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Yashnobod tumani hududidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi peshlavhalar va hikmatli iqtibos so‘zlarning qonun hujjatlariga mos ekanligini o‘rganish, aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Akmal Ro‘zitoev, Yashnobod tuman hokimining maslahatchisi Ozoda Bekmurodova va MTT vakili Nargiza Ismoilova bilan birgalikda Yashnobod tumanida joylashgan №329, № 92, №93, № 129, № 237 maktabgacha ta'lim tashkilotlarining peshlavha yozuvlarining holati va Davlat tili to‘g‘risidagi qonun-hujjatlariga mosligi …

Tojikiston Milliy kutubxonasida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
20.08.2020DUSHANBE, 20-avgust. /«Dunyo» AA/. Tojikiston Milliy kutubxonasida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Mazkur tadbir mamlakatimizning Dushanbedagi elchixonasi tomonidan Tojikiston Milliy kutubxonasi rahbariyati bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Lug‘at besh jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan tayyorlangan. Taqdimotda «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni yaratish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar, o‘zbek tilining xalqaro maydonda tutgan o‘rni va mohiyatini yuksaltirishda lug‘atning tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. — Bugungi tadbir uchun O‘zbekiston elchixonasiga minnatdorlik bildiramiz, — dedi Tojikiston Milliy …

“Ucell” rahbari Vladimir Kravchenkodan oʻzbek tilini oʻrganish, davlat tilida ishlash boʻyicha master-klass
16.08.2020Bugungi suhbatdoshimiz sizu bizning uzogʻimizni yaqin, mushkulimizni oson qilishda, yurtimizda axborot-kommunikatsiya sohasi va texnologiyalarini rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan “COSCOM” MCHJ (“Ucell” savdo belgisi) bosh direktori Vladimir Kravchenko.U yosh boʻlishiga qaramay “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Lekin bugun unga mobil aloqa xizmati yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusiga oid savol bermaymiz.Suhbat davomida gap oʻzbek tilining nufuzi va mavqeini yana-da yuksaltirish borasida ulkan ishlar olib borilayotgan bir paytda boshqa millat vakili boʻlishiga qaramasdan uning oʻzbek tilida hecham qiynalmasdan gapirishi, oʻz fikrini oʻzbek tilida toʻliq ifodalay olishi, umuman davlat …

“Qadring baland boʼlsin, ona tilim” shiori ostida Respublika tanlovi
25.07.2020O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida Respublika tanlovini eʼlon qiladi.Tanlovning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlash, yana muhimi, davlat tiliga oid muammolarni hal etishga ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat.Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar aholi hamda yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy faolligi va millat taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, kitobxonlik madaniyati, yozma va og‘zaki savodxonligini oshirish, yosh avlodda o‘zbek tiliga nisbatan milliy g‘urur …

Fargʼonada akademik Аzizxon Qayumov nomidagi “Ona tili va adabiyoti” toʼgaragi oʼz faoliyatini boshladi
24.07.2020Аvval xabar berganimizdek, joriy yilning 29-iyun kuni Аhmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat hokimi Sh.G‘aniev ishtirokida tilshunos va adabiyotshunos olimlar ishtirokida Аnjuman bo‘lib o‘tgan edi.Ushbu Аnjumanda “Farg‘ona filologiya” maktabi faoliyatini yanada rivojlantirish hamda universitetda faoliyat olib borayotgan tilshunos va adabiyotshunos olimlarning tajribasi, bilim va mahoratidan samarali foydalanish maqsadida viloyat Аxborot-kutubxona markazida “Ona tili va adabiyoti” to‘garagini tashkil etish hamda to‘garakka o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasini inobatga olib, akademik Аzizxon Qayumov nomini berish g‘oyasi ilgari surilib, bu borada ilk qadamlar tashlangan edi.Bugun viloyat Аxborot-kutubxona markazida pandemiya sharoitidan kelib chiqib, ushbu to‘garak mashg‘ulotlarining …

Xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi yangi darslik ishlab chiqildi
14.07.2020Chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi “O‘zbekona” darsligi ishlab chiqildi. Qo‘llanma audiolar va qo‘shimcha materiallar bilan boyitilgan bo‘lib, boshlang‘ich A1 darajani egallash imkonini beradi.O‘zbekistonlik tilshunoslar tomonidan chet elliklarga o‘zbek tilining boshlang‘ich darajasini o‘rgatuvchi yangi “O‘zbekona” darsligi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Qo‘llanma xorijiy tilni egallashning umumevropa kompetensiyalari tizimiga asosan A1 darajani egallash imkonini beruvchi darslik bo‘lib, u 9 ta bo‘lim, 3 ta nazorat bloki, audiolar va qo‘shimcha materiallar kabi qismlardan iborat.Ushbu darslik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Gulruxsor Ergasheva hamda …

Davlat tili bilan bogʻliq yangiliklar
14.07.2020“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida respublikaning turli hududlarida ishchi guruhlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda (Batafsil: https://telegra.ph/Davlat-tili-bilan-bog%CA%BBliq-yangiliklar-07-14).Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hokimining maslahatchisi Sh.Bo'ronov boshchiligida markaziy ko'chalarda o'rnatilgan tashqi reklama yozuvlari o'rganildi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ham hokimning maslahatchisi R.Namozova boshchiligida o'rganish ishlari tashkil etildi.Qonun talablariga zid bo'lgan tashqi reklama vositalari to'g'risida tushuntirish berib o'tildi. Aksariyat kamchiliklar joyida bartaraf etildi, ba'zilariga muddatlar belgilandi.Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!Bizning manzil:http://til.gov.uz/uz/ | https://t.me/dtrdep

VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI TANLOV E'LON QILADI
02.07.2020O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI BAJARILISHI SAKKIZ OYGA MO‘LJALLANGAN AMALIY LOYIHA TANLOVINI E'LON QILADIAmaliy loyiha mavzusi: “O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning amaliy metodik ta'minotini yaratish”Mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar:- o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda til o‘zlashtirilishidagi nazariyalar va zamonaviy metodikaga asoslangan holda o‘rganuvchilarning quyidagi ko‘nikmalarini shakllantiruvchi darslik va audio-videomateriallar to‘plami tizimi ishlab chiqiladi:• o‘qib tushunish ko‘nikmasi;• tinglab tushunish ko‘nikmasi;• yozish ko‘nikmasi;• o‘z fikrini og‘zaki bayon qilish ko‘nikmasi;• leksik va grammatik ko‘nikmasi;- mazkur darslik va audio-videomateriallar to‘plami tizimi o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchilarga onlayn kurs sifatida o‘qitish uchun tayyorlanadi.Natijalarni sinovdan o‘tkazish …

Yoshlarga bayram tabrigi!
30.06.2020Mamlakatimizda yoshlarning faolligini kuchaytirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash siyosatimizning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizda va xorijda Vatani istiqboli uchun harakat qilayotgan barcha yoshlarni chin yurakdan tabriklaydi.Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga mustahkam sog‘liq, yutuqlar, baxt va omad tilaymiz.

Aziz Qayumov nomidagi “ona tili” toʻgaragi tashkil etiladi
29.06.2020Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazida “Millat tafakkurining bebaho xazinasi” mavzusida amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tilshunos va adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar, umumtaʼlim maktablarining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari ishtirok etdi.Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktyabrda qabul qilgan “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni esa yangi bosqichni boshlab berdi. Albatta, bugungi kunda ona tilimizning sofligini saqlash har qachongidan muhim. Mazkur anjumanda shu …

Qosim-Jomart Toqayev: Oʻzbekiston vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal qildi
27.06.2020Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Ana tіlі» nashriga bergan intervyusida qozoq tilini ommalashtirish, rus tili istiqbollari haqida soʻz yuritdi. Qozogʻiston rahbari, oʻz navbatida, Oʻzbekiston borasida ham qator fikrlarni bildirib oʻtgan, deb xabar berdi “Dunyo” AA.- Oʻzbekiston oʻziga xos vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal etdi, - deydi Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti. - Xalqning butun pragmatizmi shunda namoyon boʻladi. Ular butun tarix davomida shunday boʻlib kelgan. Oʻzbekiston ijtimoiy munosabatlarni siyosiylashtirishdan qochgan holda, asosiy urgʻuni mehnat va savdoga qaratib, XX asrning boshida Markaziy Osiyoda eng yirik xalqqa aylandi. Shuning uchun ham buyuk Abayning oʻzbek xalqi haqidagi …

Bayram tabrigi
27.06.2020Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyosdir.Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti yurtimizdagi barcha jurnalistlar, blogerlar, teleradio, nashriyot va matbaa sohasi vakillarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!Fidoyi, jonkuyar jurnalistlar, barchangizga kasb bayrami qutlug‘ bo‘lsin! Jamiyat farovonligi yo‘lidagi ijodiy izlanishlaringizga baraka tilaymiz!

Yangi nashrdan chiqqan O‘zbek tilining izohli lug‘ati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
26.06.2020Bugun tilimizning sofligini saqlash, uning lug‘at boyligini oshirish, barcha sohalarda zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish, bir xil qo‘llanishini ta'minlashga doir bir qator amaliy tadbirlar, muhim qarorlar qabul qilinmoqda. O‘zbek tilining izohli lug‘atini yangi nashrdan chiqishi esa mazkur amaliy tadbirlarning tasdig‘i boʻldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Poytaxtimizda joylashgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan tayyorlangan O‘zbek tilining izohli lug‘ati taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, mas'ul xodimlari, Fanlar akademiyasi olimlari, tilshunos va adabiyotshunos mutaxassislar, soha vakillari ishtirok …

O‘zbek tilining izohli lug‘ati qayta nashr etildi
26.06.2020Lug‘atlarning har nashri – hodisa. Chunki lug‘at yaratish va chop etish ilmning va noshirchilikning eng qiyin, mashaqqatli ishidir. Shu bilan birga, yaxshi lug‘at tayyorlagan va chop etganlar nomi, shaksiz, tarixda qoladi.Kitobshunoslar yaxshi bilishadi: badiiy, publisistik va boshqa janrdagi kitoblar ko‘pincha bir marta o‘qiladi. Ularning taassuroti va xulosalari muhim. Taassurot va xulosalarni miya va qalbda saqlaysiz.Agar boy, salmoqli hamda amaliy foydasi katta kutubxona shakllantiraman desangiz, lug‘atlar, ilmiy risolalar va qo‘llanmalarga urg‘u bering. Chunki ular, odatda, kam nashr etiladi, kutubxonalarda navbatga turib o‘qiladi, hayot davomida esa doimiy ravishda, qayta-qayta murojaat etiladi.2006-2008 yillarda chop etilgan besh tomlik “O‘zbek …

“O‘zbekgidroenergo” Aksiyadorlik Jamiyatida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi ta’minlanmoqda
24.06.2020“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.N.Po‘latova rahbarligida shakllantirilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan tizim huzuridagi hududiy korxona va tashkilotlarda tanqidiy-tahliliy o‘rganishlar olib borildi.Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, yuqori tizim ko‘rsatmalariga asosan Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tezkor o‘zgarishlar qilinmagan, tashqi va ichki peshlavhalar, shiorlar hamda devoriy ko‘rgazma vositalaridagi yozuvlar, shuningdek, ayrim ish yuritish hujjatlarining to‘liq davlat tilida bo‘lishi talab darajasida ta'minlanmagan.Korxona va tashkilotlarning mas'ullari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida ish yuritish va axborot matnlarining …

Kun tartibida - Davlat tili masalasi
23.06.2020Xabaringiz bor, bugun respublika bo'ylab "Davlat tili haqida"gi Qonun ijrosini ta'minlashga qaratilgan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Markaziy ko'chalar bo'ylab joylashtirilgan bannerlar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o'rnatilgan peshlavhalar, e'lonlar, ko'rgazmali vositalar xatlovdan o'tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.Shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ham tashkil etildi.Tumanda tuzilgan ishchi guruhi a'zolari tomonidan markaziy buyum bozori va dehqon bozoridagi tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, reklama va e'lonlar, ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining Davlat tilida bo‘lishi yuzasidan o'rganishlar olib borildi. "Davlat tili haqida"gi Qonun talablari doirasida bo'lmagan hamda imloviy xatolari mavjud tashqi yozuvlar o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.Targ‘ibot-nazorat …

Tashqi reklama bozorini tartibga solish yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda
13.06.2020Tashqi reklamalar mazmunining "Davlat tili haqida"gi Qonun talablariga muvofiqligini ta'minlash maqsadida Respublikamizning qator viloyatlarida amaliy ishlar tashkil etilmoqda.Xususan, Namangan, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatining bir qator shahar va tumanlarida, markaziy ko‘chalaridagi tadbirkorlik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarining binolarida o'rnatilgan tashqi reklamalar, peshlavhalardagi yozuvlarning mazmuni tegishli qonun hujjatlari talablariga mos kelishi haqida o‘rganildi. Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Z.Aminova, Qarshi shahar hokimi maslahatchisi N.Xonqulova, viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Kenjaev hamkorligida - Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 15 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, savdo do‘konlarida bo‘lib, tadbirkorlar bilan yakkama-yakka muloqot o‘tkazildi. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablari asosida ish yuritish bugungi …

Toshkent shahrida "Davlat tili haqida"gi Qonun ijrosini ta'milash ishlari olib borilmoqda
13.06.2020Jamiyatning asosiy tayanchi bo‘lgan ona tilimizning mustahkam poydevori maktablarda qo‘yiladi. Shu maqsadda Toshkentning Yashnobod va Yunusobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan bir qator tashkilot, ta'lim muassasalarida Davlat tili me'yor qoidalariga amal qilinishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Toshkent shahar hokimi maslahatchisi A. Ro‘zitoyev, Yashnobod tuman hokimi maslahatchisi O. Bekmurodova, tuman XTB vakili M. Aminjonova tumandagi 198, 149, 152, 69-sonli maktablar peshtoqidagi peshlavhalar, shiorlar, hikmatli lavhalarning bexato va Davlat tilida mavjud qonun normalariga muvofiq yozilishini ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan ju'ziy xato va kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuni unutmaslik kerakki, faqat o‘zbek tiliga to‘laqonli yondashuv orqali mavjud vaziyatni …

Fargʼona viloyatida ham ish qizg`in
09.06.2020Fargʼona viloyatidagi shahar-tumanlar kesimida yangi bunyod etilgan turar-joylarga koʼcha nomlarini berish, mavjudlarini хatlovdan oʼtkazish va yangilash ishlari olib borilmoqda.

Yunusobod tumanidagi o`zgarishlar
09.06.2020Yunusobod tuman hokimining maslahatchisi А. Maxkamov va Toshkent shahar Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimi M. Jumaniyozov hamkorligida "Media Lux" reklama agentligi, "Komfort house" qurilish firmasi, "Tong" restorani rahbariyati bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Nomimiz – yuzimiz!
04.06.2020Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi hamda Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamkorligida ishlab chiqarish, savdo ob'ektlari, kompaniya, firma, mahsulotlarga nom qo‘yish jarayonini yengillashtirish, xal¬qimizning milliy an'analari va mentalitetiga yot nomlar berilishining oldini olish, ularning O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuniga mos bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, nomlar zaxirasini yaratish ishi yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan “O‘zbekcha nomlash laboratoriyasi” o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu laboratoriyada o‘zbek tilida nomlar bazasini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Internet …

Qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi
03.06.2020Ichki ishlar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi (https://regulation.gov.uz/uz/document/18319)."O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19 va 20-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan Davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishi belgilab qo‘yildi.Qonuning ushbu moddalariga muvofiq chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan imtihon o‘tkazish tartibi hamda Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlandi.Qaror loyihasiga …

"Ensiklop" o`zbek tili haqida
01.06.2020YouTube" video ijtimoy tarmog'ida "Ensiklop" nomli kanal mavjud. Kanal muallifi poliglot bo'lib, til haqida ko'plab qiziqarli videolar tayyorlaydi. Muallif tomonidan turli tillar haqida qiziqarli videolar tayyorlangan, jumladan: fransuz, shved, italyan, ispan, rus, ukrain, belarus, nemis, turk, qozoq, tatar, arab, fors tillari. Shu tillar safiga endi o'zbek tili ham kiritildi. O'tgan hafta "Ensiklop"ning o'zbek tili haqida tayyorlangan videosi ijtimoiy tarmoqqa joylashtirildi.Marhamat, quyidagi havola orqali videoni tomosha qilishingiz mumkin: 👇 https://www.youtube.com/watch?v=Pc32iJ3ZwcM

O‘zbek tilini o‘rganish borasida foydali ma`lumotlar
29.05.2020Bugungi kunda o‘zbek tili ikki yo‘nalishda o‘qitilmoqda: ona tili sifatida; davlat tili sifatida.O‘zbekistonda rus tilida ta’lim beriladigan 827 ta maktab, qozoq tilida ta’lim beriladigan 386 ta maktab, tojik tilida ta’lim beriladigan 250 ta maktab, qirg‘iz tilida ta’lim beriladigan 58 ta maktab, turkman tilida ta’lim beriladigan 45 ta maktab mavjud. Ular uchun o‘zbek tili ta’lim, muloqot, turli lavozimlarda faoliyat yuritish tili bo‘lib, hayotining barcha jabhalarida nihoyatda muhimdir. Shunga ko‘ra O‘zbekistondagi ta’limning yuqori bosqichlarida – umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar ta’limi tizimida, shuningdek, Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi o‘zga tilli guruhlarda “O‘zbek tili” fani o‘qitiladi. O‘quv soatlari …

XATO YOZILGAN REKLAMA HAQIDA BIZGA XABAR BERING!
29.05.2020t.me/bexatoreklamabot telegram boti (test rejimida) ishga tushirildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish bo‘yicha 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish loyihasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.Bunda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, yosh avlodning qalbiga ona tilini bolalikdan singdirish, internet va aloqa vositalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalangan holda o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish muhim o‘rin tutadi.Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan o‘ziga yuklatilgan, xususan, reklama bozorini tartibga …

Xorazmda ishlar davom etmoqda...
27.05.2020Bugun Urganch shahar hokimining maslahatchisi S.Samandarova Urganch shahridagi mahallalar raislari va militsiya inspektorlari bilan birgalikda kichkina markaziy ko‘chalar ob’ektlaridagi yozuvlarni ko‘zdan kechirib, kuzatilgan kamchiliklar yuzasidan takliflar berib, mutasaddi rahbarlarga ularni tezda bartaraf etishlarini ta’kidlab, ogohlantirdi.

TAYINLOV
27.05.2020Azimov Dilshod Abduxakimjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Munosabat
24.05.2020Telegram messenjeridagi “Platforma.uz” kanalida 2020-yil 23-may kuni eʼlon qilingan “Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti diqqatiga!” sarlavhali materialga javobanАyrim davlat idoralari va tashkilotlarning internetdagi veb-saytlarining nomlanishi davlat tilida emasligi bor gap. Kanalda bu holatning sabablari ham qisman koʼrsatib oʼtilgan. Davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzini oshirish boʼyicha Departament tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʼlamli chora-tadbirlar, nafaqat tilimizning huquqiy asosini kuchaytirish, balki, uning ilmiy-nazariy poydevorini mustahkamlashga ham qaratilgan.Bulardan koʼzlangan maqsad — kelgusida kompyuter lingvistikasi singari dolzarb yoʼnalishlardagi fundamental tadqiqotlar ham davlat tilida boʼlishini taʼminlashdir. Dasturlar va ilovalarni oʼz tilimizda yaratish esa nafaqat veb-saytlarning nomlari, balki mazmunini ham oʼzbek tilida …

Tilimizga mehr beraylik!
23.05.2020Ma’lumki, istiqlol bergan ne’matlar sirasiga xorijiy tillarni o‘rganish, chet ellarga chiqish va xorijiy yurtlarda o‘sha elning ona tilida so‘zlashish imkoniyati ham kiradi. Mustaqillik yillariga kelib yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga e’tibor kuchaydi.Rasmiy hujjat va qonunlarni ishlab chiqishda, ish yuritishda, o‘zaro muloqot va hatto ta’lim sohasida ham gohida rus tili bir oz ustunlik qilmoqda.Ayni vaqtda yoshlar orasida esa O‘zbek tilida savodli yozadiganlar bir oz kamayib bormoqda. Buning sababi nimada va siz uchun zamonaviy dunyoda qaysi tilni bilish muhimroq?Afsuski, oxirgi paytlarda ko‘chalardagi e’lonlarda ko‘p xatolarni ko‘rish mumkin - na o‘zbek, na rus tilida to‘g‘ri yozilgan. Menimcha avvalo ona …

Poytaxtda ish qizg‘in...
22.05.2020Poytaxtimizning Yashnobod tuman hokimligi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari hamda Til masalalari bo‘yicha Toshkent shahar hokimi maslahatchisi Akmal Ro‘zitoyev bilan birgalikda “Aviasozlar” dehqon bozori atrofidagi bir qator savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish uylari va ko‘cha yuziga ilingan turli mazmundagi reklama bannerlari, e’lonlar, peshlavhadagi yozuvlarning holati va ularning “Davlat tili haqida”gi Qonunga qanchalik mosligini o‘rganishdi.

Ona tili darsimi yoki tilshunoslik?
21.05.2020Ijtimoiy tarmoq deganlarining foydasi ham ko‘p ekan. 15 yil ilgari oliy o‘quv yurtini bitirgan, anchayin uzilishib qolgan kursdoshlarimizni darrov yaqinlashtirdi. Endi telegram tarmog‘idagi guruhimizda xabarlashib turamiz.Aksariyat kursdoshlar maktabda ona tili va adabiyot fanidan saboq berishayotgani bois ko‘p hollarda fanga oid savollar, munozaralar ham uchrab turadi.Ana shunday savollardan biridagi jumla diqqatimni tortdi: «Otning o‘rin belgisi...». Keyin bilsam, bu “-dagi” qo‘shimchasi bilan hosil bo‘larkan. Masalan “idish” buyum nomi. “Idishdagi” so‘z esa endi buyum emas, balki o‘rinni anglatarkan.To‘g‘ri, nazariy qo‘shimcha bilan bog‘liq vaziyat birmuncha qiziqarli. Ammo o‘quvchi «o‘rin belgisi» atamasini bilmagani bilan nima bo‘ladi. Aynan shu atamani bilmagani, …

Boshlagan ishimizni oxiriga yetkazaylik
20.05.2020Til har bir millatning mavjudligini belgilovchi ijtimoiy hodisa. Til yo‘qolsa, o‘sha millat ham tanazzulga yuz tutadi. Shuning uchun ham har qanday jamiyat o‘z milliy tilini saqlashga, uni rivojlantirishga, maqomini yuksaltirishga harakat qiladi. 30 yil vaqt mobaynida eʼtiborsizlik tufayli maqomi pastlab ketgan o‘zbek tiliga yana hukumat miqyosida jiddiy eʼtibor qaratilishi uning unutilish arafasiga kelgan mavqeini qayta tiklash imkonini berdi. 2019-yil 4-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror, “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon, Vazirlar Mahkamasida davlat tilini rivojlantirish Departamentining tashkil qilinishi, …

Tilimizni mayna qushdan asraylik!
20.05.2020O‘zbek tili jonkuyarlaridan biri Ahmad Aʼzam “Til nomusi” nomli kitobida tilimizda muqobili bor bo‘la turib, ko‘plab ajnabiy so‘zlardan foydalanayotganimizni tahlil qilib kuyunchaklik bilan shunday yozadi: “...tub so‘zlarimiz bo‘la turib, ularning o‘rniga chet atamalarni isteʼmolga kiritib olganimiz – maʼnaviy fojia, fikrli har bir odam, afkor omma kech bo‘lsa-da, hech o‘ylab ko‘radigan yo‘qotishlar...”.Adib til ekologiyasini tabiat ekologiyasiga mengzaydi va tilimizga yelimdek yopishib, o‘zimizning so‘zlarni begonalashtirayotgan unsurlarni mayna qushiga o‘xshatadi: “qoramolda bo‘ladigan bo‘ka (so‘na, o‘qaloq, qataloq) qurtini cho‘qilab, terib yer ekan, deb olib kelingan bu ochofat yemishi qolib boshqa parrandalarning, kattalarining tuxumi, maydalarining polaponigacha qirishga tushdi, ilgari shahar-qishloqlarda …

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tilini haqorat qilgan shaxs qamoqqa olindi
18.05.2020Fuqaro Doniyor Yakubov o‘zi Toyloq tumani hokimligi madaniyat bo‘limida ishlab kelsa-da, 2020-yil 15-mayda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Halq fikri” nomli guruhda o‘zining profilidan o‘zbek tili va millatini kamsituvchi fikrlarni qoldirgan. Ushbu holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida IIB xodimlari uning uyiga borgan vaqtida u IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, ularga qarshilik ham ko‘rsatadi.Samarqand shahar maʼmuriy sudida unga nisbatan to‘plangan ish 2020-yil 18-may kuni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 42, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddalari bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tilimizni kamsitmasliklari uchun...
16.05.2020Boshqa millat vakilining tilimizga oid so‘zini e’tiborsiz qoldirish to‘g‘ri deb hisoblayman. Lekin uning so‘zi tufayli indamay qoldirib bo‘lmaydigan vaziyat yuzaga kelmoqda. Bildirilgan mulohazaga o‘z vatandoshlarimiz quvvat bermoqchi bo‘lyaptilar. Sabablarini keltiraylik desak, sabab yo‘q, bahona bor xolos.Yaratgan inoyati bilan dunyoda mavjud bo‘lgan har qanday millatni yerga urish hech bir insonlik yo diniy shartlarga mos kelmas?Chetdan turib shuncha boshqarilganimiz yetar. Nahot bugungi taraqqiyot davrida har qanday muammoning eng to‘g‘ri yechimini o‘zimiz topa olishimizga ishonmasalar. Bizni, tilimizni salkam yarim asr davomida o‘zlari kamsitib, tariximizni yo‘q qilib, eski o‘zbek yozuvida “0,2 foizi savodli edi”, deb miyamizga quyganlari, iligi to‘q, …

Peshlavhalar nega o‘zbekcha emas?
15.05.2020Kasbim taqozosi bilan tumandagi jamoat joylari, bozorlar hamda ko‘chalardagi savdo do‘konlari peshtoqiga yozilgan turli lavha va reklama bannerlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga qanchalar mosligini o‘rganganimda, o‘zbek tilida yozilgan peshlavhalarni juda kam uchratganim meni tashvishga soldi.Shundan angladimki, o‘ttiz yil davomida o‘zimizni o‘zimiz “Biz mustaqillikdan avvalroq o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan xalqmiz”, deya ovutib yurgan ekanmiz. Tan olish kerak, 1989 yilda “Davlat tili haqida”gi qonun o‘z-o‘zidan qabul qilinmagan.Uni qabul qilish jarayonini bevosita kuzatmagan, ishtirok etmagan bo‘lsam ham o‘sha lahzalar tushirilgan videotasvirlarni ko‘rganda, o‘zbek tiliga nechog‘liq zahmat va mashaqqatlar evaziga davlat tili maqomi berilganiga ishonch hosil …

Hujjatlar avvalo davlat tilida yozilishi kerak
14.05.2020Insoniyat tarixining mukammal yaratilishi, ajdodlar yaratgan maʼnaviy, ilmiy, maʼrifiy boyliklarning avlodlardan avlodlarga o‘tishi yozuvning ixtiro qilinishi bilan bog‘liq. Turkiy xalqlar ijod qilgan turk-run va uyg‘ur hamda uzoq tarixda isteʼmolda bo‘lgan boshqa ko‘plab yozuvlar tufayli eng qadimgi zamonlardan boshlab ota-bobolarimizning yaqin-yiroq mamlakatlar bilan o‘zaro turli-tuman munosabatlarini aks ettiruvchi yozishmalar, yilnomalar, hujjatlar, yaratilgan ming-minglab badiiy, ilmiy, tarixiy, maʼrifiy asarlar yetib kelgan.Tarixda miloddan avvalgi 1792-1750-yillarda Bobilda podshohlik qilgan Hamurappi, miloddan avvalgi 2112-2094-yillarda hukmronlik qilgan Ur-Nammularning “Qonunlar majmui” eng qadimgi va nodir hujjatlar sanaladi. Hujjatchilik borasidagi bu anʼana turk hoqonlarining “Qonunnoma”sida ham davom ettirilgan bo‘lib, unda Buyuk turk hoqonligining …

Davlat tili to‘g‘risidagi qonun mavsumiy xarakterga egami?
14.05.2020Televideniye, radioda boshlovchilik qilayotgan suxandonlarimizning ochiqdan-ochiq shevada so‘zlashishlari, ajnabiy tillardan foydalanishlari hayratimni oshiradi.Taajubga solayotgan jihati bu hurmatsizlikka ularning rahbariyati tomonidan hech qanday chora qo‘llanilmayotganidir. Agar chora qo‘llanilganida shevalarda so‘zlashish hali-hamon kuzatilmayotgan bo‘lar edi. Yoshlarimiz ko‘pincha taniqli suxandonlarimizdan o‘rnak oladi, ularni o‘zlariga ustoz sifatida tanlaydi.To‘g‘ri, davlat tili to‘g‘risidagi qonun bor. Ammo ming afsuski, nazarimda, ushbu qonun mavsumiy xarakterga ega bo‘lib qolayotganday. O‘ttiz yildan beri oktyabr oyida Davlat tili bilan bog‘liq sanani nishonlaymiz, ammo bu eʼtirof shu kunni o‘zida yakunga yetadi. Shu bilan tilimizni eʼzozlangan kunni nishonlash bo‘yicha tantanalar ham tugaydi. Yuqoridagi holatlar hamon bor ekan, tilimizga …

Bu ishni maktabdanoq boshlash kerak
13.05.2020«O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019-yil 21-oktyabrdagi prezident farmoni 30 yil oldin qabul qilingan qonunni unutganlar yoki bu qoidalarga xohlab-xohlamay, bilib-bilmay amal qilmayotganlarning uyg‘onishi uchun bir turtki bo‘ldi, deyish mumkin.To‘g‘ri, o‘tgan 30 yil o‘zbek tilini davlat, umumjamiyat, mamlakat hududida yashovchi ko‘pmillatli aholining o‘zaro muloqot tiliga aylantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildiki, bularga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Biroq 2020 yil o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning mavqeini yana-da yuksaltirish, mamlakat hududida faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralarda, korxona va tashkilotlarda ish yuritishning asosiy vositasi darajasiga ko‘tarish yo‘lida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi.Muhim …

Yangi tayinlov
12.05.2020“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati bilan ishlash departamenti rahbari Kamoliddin Usmonov kompaniya raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradi.

Beshinchi bebaho neʼmat...
12.05.2020Tilning eng asosiy manbai — so‘z. Biroq shu tilda so‘zlashuvchi xalq unga nisbatan eʼtiborli va masʼuliyatli munosabatda bo‘lmasa, bora-bora bu til unutilishi, yo‘qolib ketishi hech gap emas.O‘zbek tili lug‘ati juda boy. Ammo undan olingan so‘zlarni qatorlashtirib tashlash yoki jimjimador so‘zlardan nutqimizda, matnimizda ko‘proq foydalanish bilan to‘g‘ri gapirgan yo yozgan bo‘lib chiqmaymiz. Negaki, tilning o‘z meʼyor va qoidalari bor! Qolaversa, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish ham kerak. Masalan, ilm-fan tili bilan adabiy-badiiy asarlar yaratish imkonsiz. Aksini qo‘llasak ham, biror tayinli natijaga erishib bo‘lmasa kerak. Xuddi shunday, badiiy matn yozish uslubini idora, tashkilot va muassasalarda davlat tilida …

Munosabat bildirishda xolis bo‘laylik yoxud davlat tili maqomiga noo‘rin daxl qilmaylik
08.05.2020Maʼlumki, shu kunlarda “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qizg‘in muhokamalar markazida turibdi. Loyiha muallifi 42-moddani davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi haqidagi ikkinchi qism bilan to‘ldirish taklifini kiritgan.Afsuski, Qonun loyihasi yuzasidan regulation.gov.uz portalida (maxsus platformada) qoldirilayotgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim fikr-mulohazalarga eʼtibor qaratar ekanmiz, ularning naqadar noxolis ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu fikr-mulohazalarga nisbatan munosabat bildirishdan avval, loyiha matni mazmun-mohiyatini anglab yetmay yoki tushunishni …

Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz!
08.05.2020So‘nggi paytda, farzandimni rus bog‘chaga beraman, rus sinfga berdim, degan gaplar qulog‘imizga tez-tez chalinib qolmoqda. Millat kelajagi yoshlar qo‘lida ekan, ularni millat tili bo‘lgan o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatini, eng avval, oiladan boshlash darkor.O‘zbek tili – millat tili. Nega endi, biz shu jonajon Vatanda o‘sib-ulg‘ayib, yashab turib, o‘z ona tilimizda gaplashmasligimiz kerak. Buning uchun turli bahonamiz ham yetarli. Baʼzi o‘zbek oilalarida ota-ona rus tilida gaplashib, farzandlarini ham ushbu tilda gaplashishga faol undaydi. Ularga ko‘ra, rus tilini bilgan bolaning dunyoqarashi keng bo‘lar ekan. Shu o‘rinda, o‘z ona tilini bilmaydigan bolaning dunyoqarashi nechog‘lik keng bo‘ladi, degan o‘rinli savol …

Vatani, ajdodlaridan g‘ururlangan inson o‘z tilini ham hurmat qilishi lozim!
07.05.2020Nega davlat tili yagona bo‘lmasligi kerak? Til bu davlat ramzlaridan biridir. Bayrog‘imiz yagona, gerbimiz yagona, madhiyamiz yagona demak tilimiz ham yagona bo‘lmog‘i shart!O‘z tiliga ingliz va rus tillarini aralashtirishga zo‘r berib gapiradigan tanishlarim yo‘q emas. Ular bu so‘zlash usuli bilan go‘yo o‘zlarini “zamonaviy” ekanliklarini yoki ko‘proq tillarda so‘zlasha olishini ko‘z–ko‘z qilmoqchi bo‘ladilar. Bu holatni deyarli barchangiz yo‘l-yo‘lakay, ish va o‘qish jarayonida, bozor va shunga o‘xshash gavjum joylarda guvohi bo‘lgansiz. Biroq shu kabi “zamonaviy” hamyurtlarimizga “Nega ona tilimizga hurmat ko‘rsatmayapsiz?” deb tanbeh bermaganmiz. Undan buning uchun izoh so‘ramaganmiz. Hech bo‘lmaganda, bu ishi xato ekanligini bir og‘iz …

O‘zbek tilini ozorlab ko‘nikib qolgan ekanmiz
07.05.20201996-yil. Talabalikning ilk yillari. Poytaxtning “Chorsu” bozori biqinida joylashgan “Turon” kutubxonasida “Adabiy gurunglar” bo‘lardi. Ozod Sharafuddinov, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov, Said Ahmad, Muhammad Yusuf, Abdug‘afur Rasulov, Aziz Qayumov saboqlarini olish uchun oshiqamiz. Tilga eʼtibor mavzusi – bosh mavzu.So‘zga xasis bo‘lish, uni ayab yozish, ijodkorlik masʼuliyati bu – mudom o‘zni tahrir qilish, tarbiyalash ekani haqida soatlab suhbatlar bo‘ladi. Ulug‘ SO‘Z tilsimlarini tobora his qilaveramiz. Kitoblarini sevib o‘qigan yozuvchi, shoirlarning o‘zini ko‘rib turganimizdan, ular bilan hamsuhbat bo‘layotganimizdan ichimizga sig‘may sevinamiz. “Zo‘r, hech kim kutmagan” savollar beramiz. Aytganlarini qog‘ozga, yurakka muhrlashga intilamiz. O‘shanda kutubxonaning torgina kitoblar bo‘lmasida o‘zbek …

Kimki yurtning davlat tilini hurmat qilmasa, bu o‘sha mamlakatni, o‘sha xalqni mensimaganidir
06.05.2020Adliya vazirligi muhokamaga qo‘ygan qonun loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Eʼtiroz haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Qolaversa, uni yana-da takomillashtirish tarafdorimiz. Jazo choralari bundan-da og‘ir bo‘lsin.Til bor – millat bor. Til yo‘q – millat yo‘q. Chunki har bir so‘zda millatning bittadan ruhi bor. Ruh butunligi uchun ham uni asrash kerak.Avar shoiri Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim” badiasida uzoq yillar Fransiyada yashagan rassom yigit va uning avar onasi haqida hikoya bor. Har safar o‘qiganimda allatovur bo‘lib ketaman.Muallif Parijdan qaytgach, musavvirning qondoshlarini qidirib topadi. Baxtni qarangki, uning onasi hali hayot bo‘ladi. Kampirning uyiga yig‘ilgan qarindoshlari Vatanini o‘zga yerlarga almashgan o‘g‘il …

Jon ichra jonim mening
06.05.2020Hazrat Аlisher Navoiy “Muhokamatul-lugʻatayn” asarida shunday yozadi: “Nuh paygʻambar salavotullohi alayhaning uch oʻgʻligʻakim, Yofas va Som va Homdur yetishur. ...Yofasniki, tarixlar ahli Аbut-turk biturlar, Xito mulkiga yubordi va Somniki, Аbul-furs biturlar, Eron va Turon mamolikining vasatida voliy qildi va Homniki, Аbul-hind debdurlar, Hindiston bilodigʻa uzatti”. Shuningdek, paygʻambar oʻgʻillaridan Yofas ibn Nuhni “Va Yofas oʻgʻlonniki, Аbut-turkdur, tarix ahli ittifoqi bila debdurlarki, nubuvvat toji bilan sarafroz va risolat mansabi bila qardoshlaridin mumtoz boʻldi” deb sharaflaydi.Zamonaviy tarix toʻfon voqealariga kelganida taysallanadi va bilib-bilmay uni qadimgi dunyo asotir-rivoyatlari qatoriga qoʻshadi. Ya’ni, uning roʻy berganini mutlaq haqiqat deb bilishdan nimagadir …

Idorada iboralar to‘g‘ri qo‘llansa...
05.05.2020Shu yil 10 aprelda Prezidentimiz “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. Unga ko‘ra, ushbu bayram har yili 21 oktyabrda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy kunda nishonlanadigan bo‘ldi. Albatta, bu yangilik butun xalqimiz uchun quvonarli voqea bo‘ldi. Zero, tilga eʼtibor elga eʼtibordir.Bu boradagi ezgu amaliy saʼy-harakatlarning taʼsiri yurtimizning turli hududlarida allaqachon sezila boshladi. Maxsus tuzilgan ishchi guruhlar ko‘chalarga ilingan reklama va eʼlonlar burchagiga davlat tilini eʼzozlashga oid teran maʼnodagi hikmatli so‘zlarni joylashtirmoqdalar. Davlat tiliga xos va mos bo‘lmagan matnlar o‘rnini xatosiz, maʼnoli va sifatli shaklda yaratilgan shior hamda eʼlonlar egallamoqda.Yana bir …

Globallashuv: milliy til va davlat tili
04.05.2020XX asrning oxirgi choragidan boshlanib, hozirgi kunlarda ham davom etayotgan globallashuv jarayoni siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalari kabi til sohasini ham qamrab olgan bo‘lib, globallashuvning milliy tilga taʼsiri masalasi bugungi kundagi dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Globallashuv o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega bo‘lgan murakkab bir jarayon sifatida, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, til sohasida ham chuqur o‘ylab ko‘rilgan yondashuvni talab qiladi.Globallashuvning til bilan bog‘liq jihatlarida ham ushbu jarayonning ana shu ikki tomoni – ijobiy va salbiy tomonlari ko‘zga tashlanadi: globallashuv jarayoni muayyan til yoki tillarni mintaqaviy yoki xalqaro tilga yoki tillarga aylantirish orqali, …

Ona tilimiz rivojiga eʼtibor tibbiy atamashunoslikni ham yangi bosqichga ko‘taradi
04.05.2020Shu bois, yana-da kuchli huquqiy asos beruvchi meʼyoriy hujjatga, davlat tili amal qilishini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ehtiyoj sezildi. Prezidentimizning 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yana-da oshirish, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.Qaror asosida davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari tuzilmalarida rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi …

Globallashuv muhitida har bir xalq ona tilini asrashga intiladi
01.05.2020Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 10 aprel kuni "O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bir-necha kun bo‘ldi – O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasiga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.Bularning bari bizga o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatimiz haqida yana bir karra jiddiy o‘ylab ko‘rish, ona tilimizga chetdan bir qur nazar tashlash, tahlil va tafakkur etish imkoni va masʼuliyatini beradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, professor Abdug‘affor QIRG‘IZBOYEV bilan suhbatimiz ham shu fursat, shu tafakkur mahsuli o‘laroq eʼtiboringizga havola etilmoqda.– Bugungi sinovli kunlarda "O‘zbek tili bayrami kunini belgilash …

Minnatdorlik tuyg‘usi bilan
30.04.2020O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor PAK yaxshilikning qadriga yetadigan, ezgulikka xayrixoh, qalbi allaqachon o‘zbeklashib ketgan hamyurtlarimizdan.Viktor Nikolayevich ona tilimizga hurmat bilan qaraydigan, ibratli milliy fazilatlarimizni minnatdorlik bilan eʼtirof etadigan mehridaryo inson.– Bugungi sinovli kunlarda o‘zbek xalqining qanday millat ekani yana bir karra jahonga namoyon bo‘lmoqda, – dedi Viktor Pak. – Aslida, qadimdan o‘zbek xalqi saxovatli, bag‘rikeng sanalgan. Qo‘ni-qo‘shnilarga, muhtojlarga yordam qo‘lini uzatish o‘zbeklarning qon-qonida bor.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlanib, endilikda tobora keng quloch yozayotgan "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati endilikda jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston bo‘ylab …

DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN: xorijda qanday?
29.04.2020ROSSIYA “Davlat tili to‘g‘risida”gi Rossiya Federal qonuniga ko‘ra, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili) da ish yuritishi, tashkilotni nomlashda ham davlat tilidan foydalanishi belgilangan. Rossiyada 190 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Qonunni buzish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi. GERMANIYA“Maʼmuriy amaliyotlar to‘g‘risida“gi qonunga ko‘ra, maʼmuriy amaliyotlar uchun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar masʼul idoraga nemis tilidan boshqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi. IRLANDIYADavlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat …

Bir hurmatga o‘n izzat...
28.04.2020Adliya vazirligi muhokamaga kiritgan “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida“gi loyiha davlat tilimizning rivojlanishidagi amaliy ishlardan biridir. Ayni kunlarda O‘zbekistondagi minglab kishilar ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlab, turli izohlar va takliflar yozib qoldirmoqda.Mazkur loyiha Prezidentimizning 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonidan va shu yilning 10 aprelida qabul qilingan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqqan holda, davlat tilini rivojlantirishning amaliy davomi va ijrosi hisoblanadi. Bu bilan xalqaro hujjatlar, qonunlar, davlat organlari va tashkilotlari orasidagi barcha yozishmalar davlat tilida …

Yo‘qolib ketgan millatlardan bo‘lmaylik
28.04.2020Davlat tilida ish yuritilmaganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkinligi to‘g‘risidagi maʼlumot internet foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.Bir yil oldin ham davlat tili atrofida shunday ommaviy rezonans holatini kuzatgan edik. O‘shanda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 7 bob, 29 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilgandan so‘ng, “Vesti.uz” saytida bir qator fuqarolar O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifini ilgari surgan edi. Aslida, bunday “tashabbuslar” ortida yurtimizda tinch-totuv yashab kelayotgan millat va elatlar o‘rtasiga nifoq solish hamda jamiyatni parokanda qilish maqsadi yashiringanligi sir emas.Aslida, o‘zbek xalqidek bag‘rikeng va soddadil xalq bo‘lmasa …

Tilimiz qachondan “yangi til” bo‘lib qoldi yoxud hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...
27.04.2020Ustoz Inomjon Azimovning “Men bog‘dan kelsam...” chiqishini o‘qib bo‘liboq, ushbu fikr-mulohazalar paydo bo‘ldi. “Bunday yoshda yangi tilni o‘rganishni hamma ham uddalay olmaydi” deyish, bilmadim-u, savol tug‘iladi: qachondan tilimiz alar aytganidek, “yangi til” bo‘lib qoldi? Axir, bu zuluslar, aborigenlar tili emas, Navoiy tili-ku! Asli Odamdan – Hotamgacha, Hotamdan – shu damgacha hamisha-hardam ohori to‘kilmagan gap bor: hikmat izlaganga – hikmatdir dunyo, g‘urbat izlaganga – g‘urbatdir dunyo. O‘zi suymagan kasb-kor unga hech bir maʼno-mazmun va naf keltirmagani singari til o‘rganish ham u uchun shunday gap.Dunyo dunyo bo‘lib yaralibdiki, har bir davlatda o‘zining milliy davlatchiligi, to‘ra-tuzugi mavjud va …
Davlat tili ravnaqi yo‘lida yana bir dadil qadam
27.04.2020Til jamiyat hayotidagi eng muhim va yagona aloqa, muomala-munosabat vositasi hisoblanadi. Inson tafakkur tarzi, dunyoqarashi til va so‘z orqali chuqur namoyon bo‘ladi, har qanday fikrini til vositasidagina jonli va taʼsirchan bayon qila oladi. Shu jihatdan ham, til ¬– dil kaliti, til – millat qalbi, millat ruhi deya eʼtirof etiladi.Bugun mamlakatimizda davlat tiliga bo‘lgan eʼtibor har qachongidan ham kuchli siyosiy maqom kasb etib, o‘zining yana-da yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilib bormoqda. Millat tili taqdiri borasida uzoq yillardan buyon qayg‘urib kelayotgan tilshunos, adabiyotshunos, madaniyat va sanʼat ahlining, har bir millatsevar, vatanparvarning maqsad-muddaolari munosib yechimini topmoqda.Kuni kecha Adliya vazirligi tomonidan …

Davlat tilida ish yuritilmaganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin
26.04.2020Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni taʼminlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.Konstitutsiyamizning 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tilidir.Shuningdek, “Davlat tili haqida”gi Qonunning 9-moddasiga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinadi.Shu bilan birga, “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasiga ko‘ra korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish davlat tilida, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. Biroq bugungi kunda ayrim davlat tashkilotlarida ish yuritish davlat tilida emas, balki boshqa tillarda olib …

Davlat tili amal qilishini rivojlantirish yo‘lida
24.04.2020O‘zbek tilini davlat tili sifatida mamlakatimiz miqyosida, barcha sohalarda rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilib, bu sohada xalqimizga, qolaversa, tilimiz fidoyilari, jonkuyarlari, barcha mutaxassislariga keng imkoniyatlar yaratildi.Prezidentimizning 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda uning ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.Mamlakatimizda 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni deb eʼlon qilinganligi, 2020-2030 yillarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya va davlat dasturi ishlab chiqilayotgani, “Davlat tili haqida”gi qonun bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yangi tahrirda tayyorlangani va bu boradagi ishlarimiz tizimli va aniq reja asosida olib …

Tilimiz “tug‘may” qo‘ydi...
22.04.2020Hukumatimizning ona tilimizga bu qadar eʼtibor berishi quvonarli hol, albatta. Chunki, tilimiz milliy rangini yo‘qotish bilan birga, taraqqiyotdan ham ancha orqada qolib kelyapti. Taʼbir joiz bo‘lsa, o‘zbek tili borgan sari, “dangasa”, “tekinxo‘r”, “qashshoq” tilga aylanib borayotir. Ilmiy salohiyati-ku, no‘lga tushib qolayozgan. Texnika, tibbiyot, internet, qishloq xo‘jaligi... kabi sohalar tilining holi ham shu. Hatto tilshunosligimizga oid atamalar ham chetdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinib, isteʼmolga kiritilmoqda. Xullas, tilimiz “tug‘may” qo‘ydi, faqat begonalarning “bola”sini asrash (yoki o‘ziniki qilib olish) bilan cheklanib qolmoqda. Albatta, bu holatga bizning o‘zimiz sababchimiz.Oldindan taʼkidlab o‘taman, tilimiz borasida aytib o‘tilayotgan barcha kamchiliklarga qo‘shilaman, ko‘riladigan chora-tadbirlarni …
Adliya vazirligi: regulation.gov.uz portaliga davlat tilida matni bo‘lmagan loyihalar portal maʼmuriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chiriladi
21.04.2020Davlat organlari loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) mustaqil ravishda o‘zlari joylashtirishadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi.Shunga asosan, davlat tilida matni bo‘lmagan boshqa tilda kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari regulation.gov.uz portal maʼmuriyati tomonidan avtomatik ravishda o‘chirilishi haqida ogohlantirilgan. Ushbu ogohlantirish joriy yilning 20-apreldan joylashtirildi.Shu bilan birga, Adliya vazirligi ekspertiza yakunlari bo‘yicha hulosada loyiha o‘zbek tilida taqdim etilsin deb yozadi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi …

Turkiyada o‘zbek tiliga bag‘ishlangan “vebinar” o‘tkazildi
20.04.2020O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat tilini rivojlantirish, shu jumladan o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlari mahalliy va xorijiy olimlar eʼtirofiga sabab bo‘lmoqda.Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, “bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-eʼtibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shayotgani” ayni haqiqatdir.Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, yigirmaga yaqin xorijiy davlatning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ko‘plab maktablarida o‘zbek tilini o‘rgatilishi, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilarning safi yil sayin kengayib borayotgani xalqaro hamjamiyatda ona tilimizga bo‘lgan qiziqish va eʼtibor kuchayotganidan dalolatdir.Bundan tashqari hozirgi …
Ko‘zgu xira tortmasin
17.04.2020Qay shahar, qay manzilga bormang ilk eʼtiboringizni ko‘cha yozuvlari, ko‘rgazmali vosita va peshlavhalar tortadi. Asta sekin ularni o‘qiy boshlaysiz. “Optom yaxna ichimliklar”, “Mi otkrilis”, “Mega fayz”, “Mega stroy”, “Chayxana”, “Zavtrak”, “Oboylar do‘koni”, “Ledi butik”, “Mini market”, “Supermarket”, “Xleb bor”, “Har kuni zakaz osh”... Boshingiz aylanib ketishi tayin. O‘z-o‘zingizga savol berasiz: “Men qayerdaman? Ona yurtimdami?”Tavba, bizga nima bo‘lyapti. Mashhur kinofilmda aytilganidek, xo‘rozqand chet elniki desa yotib yalaydiganlarning soni tobora ortib borayotgani taajjubli. Turli xorij so‘zlaridan yasalgan “qorishma”ni elga tortiq etayotganlar bu ishi bilan nafaqat kulguga qolayotganini, hudud husniga dog‘ tushirayotgani bilarmikin? Axir bolalikdan ongu-shuurimizga onamiz allasi …

O‘zbek adabiy tilining asoschilari
17.04.2020O‘tgan asrning 30-yillarida SSSR deb atalmish imperiyada boshlangan qatag‘on o‘zbek millatining eng sara fidoyilarini o‘z domiga tortib ketdi. Mashʼum ofat ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori til va adabiyotimizning iqtidorli namoyandalarini ham chetlab o‘tmadi, ularning “xalq dushmani”, “jadid millatchilari” tamg‘alari ostida qatag‘on qilingani tarix sahifalarida o‘z aksini topgan.Jadidlar nomi bilan tarixda o‘z nomini qoldirib ketgan vatan fidoyilari jonlarini garovga qo‘yib, millat taqdiri, kelajagi uchun jang maydoniga kirdilar. Buning uchun avvalo, parokanda xalqni bir g‘oyaga birlashtirish, huquqiy ongini o‘stirish zarurligini anglab yetdilar. Bu buyuk ishlarni amalga oshirishning birdan bir yo‘li xalqni maʼrifat bilan qurollantirish edi.Mana shunday ezgu …

TAYINLOV: jismoniy tarbiya va sport vaziriga maslahatchi tayinlandi
16.04.2020O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.Rasulov Zokir Pardayevich Jismoniy tarbiya va sport vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.U faoliyati davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlarda Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi boshlig‘i, vazir yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tilimizda qancha begona so‘z bo‘lsa, ruhimizda shuncha begona ruh bor
16.04.2020Bugun madaniyatlar qorishiq zamonda yashayapmiz. Hatto ayrim xalqlar o‘z milliy qiyofasini yo‘qotib ham bo‘ldi. Bu — maʼnaviy tanazzul! Globallashuv davrida boy berilgan bebaho neʼmatlar!.. Insoniyat esa hamon tetik, tik oyoqda. Biroq ruhi siniq, qalbida kattakon bo‘shliq bor...O‘zimizdan qiyos: 130-yil qaramlikka mahkum etildik. Qismatimizga bitilgani shu ekan-da, deb taskin izlagan paytlarimiz ham ko‘p bo‘ldi. Lekin asoratlar, jarohatlar og‘ir ekan: keyingi 30 yilda ham o‘nglanishimiz, o‘zgarishimiz qiyin kechyapti. Jamiyatning “siyrati” yangilanishini umidvor bo‘lib kutyapmiz.Avvalo, o‘tish davridagi mahdudlik bilan bog‘liq bu! Qolaversa, chorak asr davomida davlat jamiyatning milliylashuvidan cho‘chidi, uni keskin nazoratda ushlab turdi. Hozir esa eshiklar keng …

O‘zbekiston aeroportlari Davlat tilida ish yuritishning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda
15.04.2020Har bir yurtning o‘z darvozasi bor!Uzoq-yaqindan keladigan mehmonlarning ilk qadam qo‘yadigan manzili ham, sayyohlarga “tashrif qog‘ozi” ham – shu! Havo kemasidan tushiboq, O‘zbekistonning masaffo havosidan ayni shu yerda nafas olishadi, zaminimiz taftini his qilishadi, ko‘rku tarovatidan bahra olishadi. Shunday ekan, xalqaro aeroportlarimiz milliy qiyofamizga mos bo‘lmog‘i kerak. Unda o‘zligimiz, yuzimiz, milliy qadriyatlarimiz aks etishi shart! Buning eng asosiy omili – til! Davlat tili!Dunyoning uzoq bir nuqtasidan kelgan inson “Assalomu alaykum, xush kelibsiz” degan o‘zbekcha lutf bilan qarshi olinsa, qanday yaxshi?! “Aviatsiya” sohasiga taalluqli aeroport, aerodrom, aerovokzal, ramp, perron, dyutifri, terminal, notam, ambulift, shassi, agent, dispetcher, …

Telegram‘dan o‘zbek tilida foydalanish imkoniyati taqdim etildi
15.04.2020Telegram‘ning O‘zbekistondagi foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik — endilikda messenjerning o‘zbekcha variantidan ham foydalanish imkoni mavjud. Bu haqda Telegram qo‘llab-quvvatlash markazi vakilining norasmiy kanalida xabar berildi.Interfeys tilini o‘zbekchaga o‘zgartirish juda oson:Settings → Language → O‘zbek (Sozlamalar → Til → O‘zbek).“Hozirgi kunda o‘zbek tili rasmiy ravishda Android va iOS tizimlaridagi Telegram‘da taqdim etildi. Tez orada Telegram Desktop ham bu imkoniyatga ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda. Shu bilan birga, interfeysni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirilgan. Shuningdek, istalgan vaqtda tarjimalar platformasida tarjimani mukammallashtirishda yordam berish imkoniyati borligi eslatib o‘tilgan.

21-oktyabr — O‘z Ona tilini, Vatanini, millatini sevgan har bir kishi uchun bayram
13.04.2020Har yil 21-oktyabrni – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun sifatida ramziy nishonlar edik. Bu yana tilshunoslar, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari va o‘quvchilar, shuningdek talabalar tomonidan tor doirada bayram qilinar edi.Til millatniki bo‘lgach, u umummillat ishi bo‘lishi lozim. 2019-yil 21-oktyabrda Prezidentimiz o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha tarixiy farmonni imzolagan edi. Bu o‘z Ona tilini, Vatanini, millatini sevgan har bir kishi uchun bayram edi.2020-yil 10-aprel kuni ikki moddadan iborat “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash” to‘g‘risidagi Qonunga imzo chekildi. Bu Abdulla Qodiriyning tavallud kuniga to‘g‘ri keldi. Endi har yil 21-oktyabr “O‘zbek tili …

Dunyo tillari orasida eng baxtlisi
12.04.2020Til bilan xalqning ruhini bir-biridan alohida-alohida ajralgan holda tasavvur qilish mumkin emas. Tilning ravnaqi uchun xizmat qilish rus tilshunosligidan qolip olib dissertatsiyalarni “bolalatib” tashlash degani emas, balki tilimizda eng qadimgi davrlardan shu bugungacha ishlatilgan so‘zlarning lug‘atlarini tuzish, grammatik qurilishiga oid tadqiqotlarni amalga oshirish va boshqa shu kabi izlanishlarni qilishdir.XV asrda Husayn Boyqaro turkiy (o‘zbek) tilining taqdiri haqida qayg‘urib farmon chiqargan va ijodkorlarni o‘zlarining ona tilida ijod qilishga daʼvat qilgan edi. Husayn Boyqaroning Farmoni turkiy tilning mavqeini Xuroson va Movarounnahrda yuksaltirish hamda saqlab qolish edi.Prezidentimizning o‘zbek tili taqdiri haqida qayg‘urib, bu borada amalga oshirayotgan ishlari asrlar …

Munosabat: el-yurtga eʼtibor tildan boshlanadi
12.04.2020Prezidentimiz o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida taʼkidlaganidek, o‘zbek tili xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida maʼqullangan va davlatimiz rahbari tomonidan kecha imzolangan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ona tilimizning mavqeini yana-da oshirishda mustahkam poydevor bo‘ladi. Qolaversa, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni, nufuzi tobora ortishi hamda xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor, uni o‘rganishga …

Xаlqimizning yangi bаyrаmi muborаk boʻlsin!
11.04.2020Kuni kecha butun mamlakat boʻylab Prezidentimiz “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani haqida xabar tarqaldi. Bu xabarni nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi 50 milliondan oshiq oʻzbeklar va ona tilimiz ixlosmandlari quvonib qarshi oldilar.Oʻtgan yilning 21-oktabr kuni poytaxtdagi muhtasham majlislar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoev oʻzbek tili haqida yoniq soʻzlarini aytganida barcha tik oyoqqa turib, davomli qarsaklar bilan olqishlagan edi. Chunki yangilanayotgan Oʻzbekistonning rivojlanish tamoyillari belgilab qoʻyilgan har bir sohasi oʻz taraqqiyotida shiddat bilan davom etar ekan, ayni til sohasi eʻtiborga muhtoj boʻlib turgan, vaqt-soati kelib bu borada ham tub islohotlar amalga oshiriladi …

Vatanga ehtirom va sadoqat ifodasi
10.04.2020Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunini imzoladi.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan kun - 21-oktyabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilinishi mamlakatimizning yangi tarixi, yangi taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan buyuk islohatlarning yuksak samarasi, mustaqil Vatanamiz ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, madaniy, maʼnaviy hayotidagi ulkan voqeadir.Ushbu muhim tashabbus davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktyabr kuni qabul qilingan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida o‘z ifodasini topgan edi.O‘zbek tili o‘zining qadimiy va boy tarixida hech qachon davlat va jamiyatning bugungidek yuksak eʼzoz-eʼtibori va g‘amxo‘rligiga sazovor …

O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida Qonun imzolandi
10.04.2020“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” Qonun (O‘RQ-615-son, 10.04.2020-y.) Prezident tomonidan imzolandi.Qonunga muvofiq, 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.Eslatib o‘tamiz, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktyabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilish to‘g‘risidagi taklif Prezident tomonidan maʼqullangan edi. edi.

“Ona tilim – g‘ururim” onlayn insholar tanlovi endi Buxoroda
08.04.2020Umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinflari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn insholar tanlovi Buxoro viloyatining tumanlarida davom etmoqda.Xususan, Romitan, Kogon va Qorovulbozor tumanlarida tanlovga start berildi.Tanlov shartlari - ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, milliy o‘zlikni anglash va mustaqil davlatchilik timsoli bo‘lgan, bebaho maʼnaviy xazina, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida yuksak kuch – o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga doir qarashlar va bilimlarni ifodalash. So‘zga bo‘lgan hurmat hissi hamda yuksak tafakkurni namoyon etish.G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.Eng yaxshi insholar tuman nashrlarida eʼlon qilinadi.

Yana bir viloyatda onlayn insholar tanlovi e’lon qilindi
07.04.2020Namangan viloyati hokimligi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda "Dunyoni ilm bilan qutqaramiz" shiori ostidagi "Ona tili-millat ruhi" insholar tanlovini e’lon qildi. Kelajagimiz egalarini har jihatdan barkamol insonlar qilib ulg‘aytirish, viloyatimiz o‘quvchi-yoshlarini ilmu tafakkurga chorlash, ularda ona tilimizga, boy tariximiz, ajdodlarimiz merosiga mehr uyg‘otish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy yuksalishga chorlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlov 9-, 10-, 11- sinf maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.Unda ishtirokchilar milliy g‘urur va iftixor, yurtimizning mustaqillik yillaridagi odimlari, boy tariximiz hamda ajdodlarimizning beqiyos merosi, mutafakkir bobolarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan hissasini o‘z ijodiy ishlarida bayon etadilar.Mavzuni yoritishda ona tilimiz taraqqiyoti, tarixi, bugungi kundagi istiqbolining …

Onlayn insholar tanlovi eʼlon qilindi
04.04.2020Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ona tilim-g‘ururim” mavzusida onlayn insholar tanlovi eʼlon qilindi. Tanlov shartlari - ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, milliy o‘zlikni anglash va mustaqil davlatchilik timsoli bo‘lgan, bebaho maʼnaviy xazina, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida yuksak kuch – o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga doir qarashlar va bilimlarni ifodalash. So‘zga bo‘lgan hurmat hissi hamda yuksak tafakkurni namoyon etish.Ijodiy ishlar dastlab tuman, shahar bosqichlarida saralanadi. Insholar 2020-yilning 10-apreliga qadar viloyat xalq taʼlim boshqarmasining https://t.me/ona_tilimtanlovi telegramm kanali orqali onlayn qabul qilinmoqda. Har uch sinf kesimida uchtadan g‘olib aniqlanadi va …

Ajdod tili, avlod tili – Davlat tili!
01.04.20201989-yil 21-oktyabr.Ushbu sana shubhasiz, mamlakatimiz o‘tmishidagi eng qutlug‘ sanalardan biri. Zero bu kunda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinib, mustabid tuzum hukmronligi davridayoq xalqimizning o‘ziga xos jasorati timsoliga aylangan edi. Va shuni alohida e’tirof etish lozimki, bu hujjat o‘z vaqtida xalqimizning Istiqlolga bo‘lgan umid-ishonchini, milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirdi, Mustaqilligimizning o‘ziga xos poydevori vazifasini bajardi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.Mutaxassislarning fikricha, jahon ahli bugungi kunda 7000 dan ziyod tilda gaplashar va buni qarangki, ularning faqatgina 200 ga yaqinida davlat tili yoki rasmiy til maqomi mavjud ekan. O‘tmishda 9000 dan ortiq til mutloq yo‘qolib ketganligi ham …

“Vaqtincha to‘xtatilgan ommaviy tadbirlar reklamasi olinishi shart!”
31.03.2020Koronavirus pandemiyasi mamlakatimizda qayd etilgan ilk kunlardan kasallikning ommaviy kirib kelishi va keng tarqalishiga qarshi tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, joriy yilning 15 martidan boshlab yurtimizda barcha ommaviy tadbirlar, jumladan, teatr, kino va konsert tomoshalari vaqtincha to‘xtatilib, noma’lum muddatga qoldirildi.Ammo ommaviy axborot vositalari va tashqi reklama konstruksiyalari orqali joriy yilning mart-aprel oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalda noma’lum muddatga qoldirilgan yoki namoyishi bekor qilingan ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi reklamalarni tarqatish davom etayotgani fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.— “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra, noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborilishi, shuningdek, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan …
Vatanparvarlik ona tilini sevishdan boshlanadi
30.03.2020Milliy o'zlik, avvalo, tildan keyin boshqa qadryatlarga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi. Milliy tilimizni, kuyimizni, ashula, milliy kiyim va raqslarimizni sevamizmi? Ularni ifoda, ijro etishga ishtiyoqimiz qanday? Tilni tilchilar, kuyni sozandalar, raqsni raqqos(a)lar, adabiyotni shoir va yozuvchilar, vatanni harbiylar asraydi, degan tushunchamiz qachon o'zgaradi?! Qachon yigit-qizlarimiz o'z nikoh to'ylarida vals o'rniga milliy kuylarimizga raqs tushishib, ko`zlarni quvontirishadi?! Qachon ota o'z farzandlari bilan milliy ashula yoki she'rlarimizni hirgoyi qiladi? Qachon onalar tug'ilgan kunlarda o'z farzandlarini o'zbek tilida qutlashni odat qiladi? Tadbirkorlarimiz qachon ishlab chiqqan mahsulotlariga bino va tashkilotlariga iftoxor bilan o'zbekcha nom qo'yishdi?! Bu kabi savollarni istagancha …

Elchi tavsiyalarini o‘zbek tilida bermoqda
27.03.2020AQSh elchisi Daniel' Rozenblyum koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalarini o‘zbek tilida bayon qildi. U aholini bemaqsad jamoat joyida yurmaslikka, niqob taqishga chaqirmoqda.
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring amalga oshirildi
27.03.2020Peshko‘ tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli Farmoniga asosan tuman hokimining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruh, tuman markazidagi korxona va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat tili me'yorlariga amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.O‘rganish davomida Tadbirkorlik sub’ektlarining peshlavhalaridagi yozuvlar Farmon talablariga javob bermasligi to‘g‘risida korxona egalariga tushuntirish berildi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish uchun muhlat belgilab berildi.

“O‘zbekcha nom yaratish” laboratoriyasi tashkil etildi
26.03.2020Til millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulkidir. Har bir tilda shu tilning ijodkori bo‘lgan xalqning tarixi va madaniyati, olamni anglash uslubi, borliqni ko‘rar ko‘zi aks etadi.Toshkent davlat o‘zbek tili va va adabiyoti universitetida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratish” amaliy loyihasi davlat tili nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi muhim islohotlardan biridir.Prezidentimizning 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tilimiz ravnaqi yo‘lida dasturilamal hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur farmonda davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarurligi, bugungi globallashuv davrida …

Tilimiz - tariximiz, bugunimiz va kelajagimizdir
25.03.20202019-yilning 21-oktabr kuni poytaxtimizda ziyolilar ishtirokida boʻlib oʻtgan katta anjumanda mamlakatimiz Prezidenti tilimizning mavqei haqida: “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʻnaviy boylik, buyuk qadriyatdir” deb taʼkidlagan edi. Ushbu tadbirda davlatimiz rahbari “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” ustuvor gʻoyasi asosida “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekkanini aytganida, barcha oʻrnidan qalqib, bu xushxabarni davomli olqishlar bilan qarshiladi.Аyni farmonga koʻra, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, …

O‘zbek tili bayrami kuni belgilanishi kutilmoqda
25.03.202024-mart kuni Oliy Majlis Senatining 3-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar bir qator masalalarni muhokama qilishdi.Xususan, Senat a’zolari tomonidan kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilindi.Qonun ijtimoiy hayot va xalqaro maydonda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirishga, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’analar va qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.Qonun bilan 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanmoqda.
“Boychechak” qissasini albatta o‘qing
24.03.2020O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi "Sharq yulduzi" jurnalining 1- va 2-sonlarida tilimizning beqiyos qudratini ma’lum ma’noda namoyon etuvchi, davlat tilini keng miqyosda yoyishga moneliklarning eng katta kuchi maktab ta’limida ekaniga ishora qiluvchi "Boychechak" (muallif Ma’mura Zohidova) qissasi chop etildi.Albatta o‘qing.

Yana til haqida
24.03.2020Dunyo aholisi 8 milliardga yaqinlashib bormoqda. Globallashuv jarayonida ne-ne millatlarning o‘zligi, milliy qadriyatlari, tili, urflari yo‘qolib, boshqa yirik millatlar ichiga singib borayotir. Daf’atan xayolga bir o‘y keladi: asli yaralishda hamma millat ham birdek kengayib, ko‘payib borishi lozim bo‘lgandir-u, bosqinlar, qirg‘inlar, tazyiqlar, boshqa talafotlar ta’sirida millatlarning ko‘pi yo‘qolib ketgandir, odamlar ota-bobolari kimligini-da bilmaslar, unutib qo‘ygandirlar. Asl ajdodlaridan uzoqlashib ketgan millatlar juda ham ko‘pdir.Ha, chindan ham shunday.Ma’lumotlarda bildirilishicha, insonlar tomonidan ishlatilgan, bir qavmdan tarqalgan, ko‘paygan va yashagan odamlar o‘zaro aloqasiga xizmat qilgan, bundan tashqari, inson tafakkuri mevasi bo‘lgan xalq folklori namunalari yaratilgan, xalqning qadriyatlari, udumlari, odatlarini o‘zida …

Mezonsizlik fazilat emas
20.03.2020“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotidur”… Millatparvar mutafakkir Abdulla Avloniyning bu so‘zlari hech bir zamonda ahamiyatini yo‘qotmaydi. Chunki millat deganlari tilga ko‘ra belgilanadi.Til – millatning mavjudlik sharti. Millat vujud bo‘lsa, til – ruh. Shu bois o‘zini tanigan, o‘zligiga ega har bir millat ona tili rivojini hayot-mamot masalasi deb biladi. Til taraqqiysi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Ona tilimiz davlat tili maqomiga ega bo‘lgani uning rivoji uchun huquqiy kafolat demakdir. Biroq tilning chinakam rivoji uchun buning o‘zigina kifoya qilmaydi. Davlat tili haqida qonun qabul qilingani – til taraqqiyotining huquqiy kafolati. Usiz …

Davlat tili millatlararo aloqa tili hamdir
20.03.2020Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh “o‘zbek ziyolilari” imzosi ostida mazmun-mohiyati mamlakatimizda rus tiliga “millatlararo aloqa tili” rasmiy maqomini berishga qaratilgan “taklif” xususida bahsli tortishuvlar davom etmoqda. Bunday tortishuvlar har qanday demokratik jamiyatda yuz berishi tabiiy, chunki haqiqat bahslarda tug‘iladi. “Elim deb, yurtim deb kuyib-yonayotgan bu ziyolilarning mamlakat va millatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan “tashabbusi”, albatta, xalq ommasining jamoaviy aql tarozisida tortib ko‘rilishi va ma’lum xulosalarga kelinishi lozim.Bu “tashabbus”ning ayni shu kunlarda e’lon qilingani tasodifmi? Bizningcha, tasodif emas. Chunki Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrif buyurishi chog‘ida “Vesti.uz” saytida e’lon …

LUQMA: peshtaxtadagi yozuvlar peshonamizga bitilmagan bo‘lsin...
20.03.2020Toshkent. Amir Temur ko‘chasi. Oloy bozori. Hech shu bozorga yo‘lingiz tushganmi? Biz bu yerdagi narx-navo haqida aytmoqchi emasmiz. Barchamizni tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasi ham xayolimizda yo‘q. Bu mavzu har qanday virusdan fojiali. Gap millatimiz sha’niga, qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan do‘kon va rastalarga nomi yarashmagan xorijiy so‘zlar haqida.Yo‘lingiz tushgan bo‘lsa u yerdagi peshtaxta, do‘kon va maishiy xizmat ko‘rsatish joylarining nomlariga ko‘zingiz tushgandir. Amir Temur bobomiz nomi bilan ataluvchi markaziy ko‘cha bo‘ylab biroz yursangiz hamma yoqni ajnabiy so‘zlar bosib ketganidan dilingiz xira tortadi.Chorrahaning har to‘rtala tomonida joylashgan yozuvlarga razm solsangiz, undagi ajabtovur nomlardan boshingiz aylanib ketishi tayin. U …

Davlat xizmatchilari uchun davlat tilida ish yuritish o‘quv kurslari ochildi
18.03.2020Markazda o‘quv mashg‘ulotlari davlat tashkilotlari xodimlari uchun to‘lov-shartnoma asosida, aholi uchun bepul o‘tkaziladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” tashkil etildi.Markaz faoliyatini belgilovchi barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar, jumladan, markaz nizomi, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, tinglovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus ish daftari, har bir mavzu bo‘yicha taqdimot materiallari ishlab chiqildi.Markaz 144 soatlik o‘quv dasturi asosida tinglovchilarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek …

Davlat tili masalasi: Hukumat yana bir dadil qadam tashladi
18.03.2020Bugun oʻzbek tilining mavqeyi va maqomini tubdan yuksaltirish masalasi davlatimiz va hukumatimizning alohida eʼtiborida. Chunki bunga ehtiyoj har qachongidan koʻra katta. Odamlarni eng quvontirgan jihat esa amaliy ishlarga keng miqyosda kirishilayotgani.Mana, kecha Vazirlar Mahkamasining mazkur sohaga doir yana bir muhim hujjati qabul qilindi. “Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi mazkur qaror davlat tili rivojida yana bir dadil qadam boʻlishiga shubha yoʻq.Qarorda nimalar koʻzda tutilgan?Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tuzilmasida Sotsiolingvistika boʻlimi tashkil etiladigan boʻldi. Ushbu boʻlim davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi va 5 …

Endi davlat tilida markirovka qilinmagan tovarlarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi
18.03.20202020-yil 1-avgustdan boshlab isteʼmol tovarlarining ayrim turlari ishlab chiqaruvchi tomonidan davlat tilida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida markirovka qilinmagan taqdirda ularga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi, deb xabar bermoqda Norma.2013-yil 1-iyuldan boshlab roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan import isteʼmol tovarlari oʻzbek tilida markirovka qilinishi lozim. Tovarlar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan markirovka qilinadi. Bunda tovarlarning turiga qarab markirovka qilish usullari va unda aks ettiriladigan maʼlumotlar tanlab olinadi.Qayd etilishicha, 2018-yil 1-sentyabrdan tovarlarning bunday majburiy markirovkasiz “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat berilgan. Biroq, shu bilan birga, Oʻzbekistonga olib kiriladigan bir qator tovarlar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim. 2020-yil 1-avgustdan boshlab …

Bosh vazir: Ularda davlat tiliga hurmat degan tuyg‘u bormi o‘zi?!
18.03.2020O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi qadrini hurmat qilish, unga beparvolik bilan qaramaslik, ayniqsa, ommaviy joylardagi yozuvlar, reklama va e’lonlarda til va imlo qoidalariga rioya qilish, shu orqali ona tilimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromni saqlash eng og‘riqli nuqtalardan biri bo‘lib kelyapti. Shu vaqtgacha «Oila davrasida» gazetasida xuddi shu mavzu yuzasidan o‘nlab tanqidiy-tahliliy maqolalar e’lon qilingan edi. Soha mutaxassislari, olimlar va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari gazeta sahifalarida peshma-pesh berib borildi...Endilikda bu masala davlat va hukumat miqyosida muhokama qilinib, jiddiy choralar belgilanadigan bo‘ldi. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan ko‘cha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va e’lonlarning …

Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi
18.03.2020Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar!Aziz doʻstlar!Avvalambor, mana shu quvonchli ayyomda barchangizni azim poytaxtimizning markazida barpo etilgan, kuni kecha ishga tushirilgan muhtasham va ulugʻvor koshonada xush kayfiyatda koʻrib, qutlab turganimdan gʻoyatda baxtiyorman.Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni tarixiy sana – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.Maʼlumki, Oʻzbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barcha shahar va viloyatlarimizda koʻplab qad koʻtarmoqda.Albatta, ularning orasida “Toshkent-Siti” ishbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi.Guvoh boʻlib turganingizdek, “Toshkent-Siti” markazi oʻzining meʼmoriy qiyofasida shaharsozlik sanʼatining eng soʻnggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va …