"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Adliya vazirligi va tilshunos olimlar hamkorligida “Ismlar” elektron lug‘ati va mobil ilovasi yaratilmoqda

Adliya vazirligi va tilshunos olimlar hamkorligida “Ismlar” elektron lug‘ati va mobil ilovasi yaratilmoqda

 

Inson dunyoga kelishi bilan unga ism qo‘yiladi va u Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarida tegishli tartibda qayd etiladi. Ushbu jarayonda fuqarolarga qulaylik yaratish, ismlarning ma’nosi va yozilishidagi o‘ziga xosliklarni e’tiborga olish, milliy qadriyatlarga mos ismlarni ommalashtirish masalalari bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.

Hozirgi kunda Adliya vazirligi tashabbusi va taklifiga ko‘ra Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fandar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan o‘zbek ismlarining elektron imlo lug‘atini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Ushbu elektron lug‘atda ismlarning o‘zbek tili lotin alifblsida hamda ingliz tilida yozilishi va ma’nosi (izohi) aks etadi. Lug‘at FHDYO elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

Ushbu loyiha fuqarolarga ism tanlashda, FHDYO organlari xodimlariga esa ismlarni qayd etish va o‘zgartirish jarayonlarida muhim tayanch manba bo‘lishi nazarda tutilgan.

Bugun Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘atini yaratish hamda uni FHDYO elektron tizimiga integrasiya qilishga doir muhim masalalar” mavzusidagi vebinar ushbu masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Seminarda Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Saodat Muhamedova va dosenti Muyassar Saparniyazova, Xalqaro Islom akademiyasi prorekori, professor Zohidjon Islomov kabi olimlar, shuningdek, Respublikamizdagi 200 dan ortiq FHDYO organlari xodimlari ishtirok etishdi. Mavzuga oid nazariy va amaliy masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

manba 

16.12.2022 295