"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Maslahatchi minbari

Vatanimga tayanchman

Vatanimga tayanchman

14.01.2023

Yurtimizda Vatan himoyasidek sharafli kasbga o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz, nafaqadagi faxriylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib kelmoqda. Shu bois, har yili  14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni sifatida munosib tarzda nishonlanadi. Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 14-dekabrdagi farmoyishiga asosan, joriy yilning 12-yanvar kuni vazirlikda ham “Vatanimga tayanchman” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova so‘zga chiqib, vazirlik xodimlarini  hamda vataniga cheksiz muhabbati bo‘lgan har bir  insonlarni ushbu ulug‘ bayram bilan tabriklab, barchaga xush kayfiyat ulashdi. Dastur davomida ma’rifatparvar yozuvchi, …

Askar maktubi – harbiyning ko‘ngil oynasi

Askar maktubi – harbiyning ko‘ngil oynasi

13.01.2023

Maʼlumki, “maktub” soʻzi oʻzbek tiliga arab tilidan kirib kelgan boʻlib, “yozilgan”, “xat”, “noma” maʼnolarini bildiradi. Biroq ilk maktublar aynan qaysi yil yoki asrda paydo boʻlgani haqida aniq bir toʻxtamga kelish mushkul. Shunisi aniqki, azal-azaldan odam nasli keyingi avlodlariga oʻzidan qandaydir nishona, xabar qoldirmoqni istab yashagan. Oʻsimlik poʻstlogʻi, daraxt yaprogʻi, keyin-keyin jonivorlar terisiga yozila boshlagan maktublar shu yoʻsinda rivojlanish bosqichini bosib oʻtgan.Demak, insoniyat tarixidagi ilk maktublar - qoyatoshlar va daraxt tanalaridagi bitiklardir. Hamda ular bugungilari singari hissiyotlarni emas, faqat va faqat fikr va maʼlumotlarni yetkazishga xizmat qilgan. Lekin ilk maktublar qachon paydo boʻlgan va bugungilaridan qanday …

TIL TARG‘IBOTI E`TIQOD DARAJASIGA AYLANMOG‘I ZARUR

TIL TARG‘IBOTI E`TIQOD DARAJASIGA AYLANMOG‘I ZARUR

28.12.2022

Bugunning gapiBugun biz madaniyatlar qorishuvi shiddat bilan kechayotgan bir davrda yashayapmiz. “Ommaviy madaniyat” milliy urf-odat hamda anʼanalarni o‘z domiga tortayotir. Mana shunday vaqtda davlat tili nufuzini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotning ahamiyati katta. Prezidentimiz Murojaatnomada “Milliy o‘zligimizning timsoli, maʼnaviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi”, deya taʼkidlashi bunday islohotning dolzarbligidan dalolat. Darhaqiqat, maʼnaviy-maʼrifiy islohot zamirida o‘zbek tilini davlat tili sifatida hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishdek maqsad turibdi. Keyingi besh-olti yilda til islohi bilan bog‘liq o‘ndan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilingani buning isbotidir. Bu yilgi Murojaatnoma bilan ona tilimizning qaddi yanada yuksaldi, deya g‘urur bilan aytish …

Taraqqiyot sari oydin yoʻl davlat tiliga eʼtibordan boshlanadi

Taraqqiyot sari oydin yoʻl davlat tiliga eʼtibordan boshlanadi

27.12.2022

Mana, bir necha kunki, Prezidentimizning navbatdagi Murojaatnomasida ilgari surilgan ilgʻor gʻoyalar taʼsiri va taassuroti bilan yashayapmiz. Tahlilchilar esa uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga xolis baho berish va globallashuv davridagi dolzarb jihatlarini eʼtirof etish bilan band.Davlat rahbarining parlamentga murojaat yoʻllash anʼanasi boshqa mamlakatlarda ham mavjud. Lekin Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasi oʻziga xos. Bizda nafaqat Oliy Majlis, balki butun xalqimizga murojaat qilinadi. Unda islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari bilan birga odamlarni oʻylantirayotgan muammolar yechimiga qaratilgan istiqbolli loyihalar xususida ham soʻz yuritiladi.Bu galgi Murojaatnoma oltita muhim yoʻnalishni qamrab olgan. Avvalgi Murojaatnomalarning har biridagi fikrlar alohida shior atrofida birlashtirilgani diqqatga sazovor. …

ODAMIYLIK DASTURI

ODAMIYLIK DASTURI

27.12.2022

Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida inson qadrini ulug‘lash, “Avval — inson, keyin — jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga, muhimi kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz lozimligi Murojaatnomaning asosiy mezoni bo‘ldi desam mubolag‘a emas     2017-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu siyosiy tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalarning e’lon qilinishi mana 6 yildirki butun xalqimizning diqqat e’tiborini tortib kelayotgani shubhasiz.     Aniq raqamlarga tayansak, mamlakat aholisi 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilayapdi. Demak shunga yarasha imkoniyat va sharoitlar ham yaratilishi kerak bo‘ladi.     Murojaatnomada to‘g‘ri …

Murojaatnomaga munosabat

Murojaatnomaga munosabat

26.12.2022

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan oltita yo‘nalishdagi vazifalar vatandoshlarimizning e’tiborini birdek tortdi, desam hech mubolag‘a bo‘lmaydi.Har qanday jamiyat taraqqiyot yo‘li, o‘zligini anglashi uchun insonga bo‘lgan e’tibor juda muhim. Aynan ta’limga katta imkoniyat yaratilishi, albatta ertangi kunimizda o‘zining natijasini bermasdan qolmaydi. Murojaatnomada urg‘u berilgan yana bir muhim masala bum — ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish siyosatini davom ettirilishidir. Bu bugun xalqimizni hayotidan rozi bo‘lib yashash imkoniyatini yaratadi va hamisha xush kayfiyatda bo‘lishga, hamda o‘z ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradi, deb o‘ylayman.Murojaatnoma har bir O‘zbekiston fuqarosini befarq qoldirmasligi lozim. Unda milliy …

MILLIY RIVOJLANISHNING O‘ZAK OMILLARI

MILLIY RIVOJLANISHNING O‘ZAK OMILLARI

23.12.2022

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasini men ham katta qiziqish va hayajon bilan tingladim.  Albatta, Murojaatnomani o‘ndan ziyod telekanal orqali jonli efirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borilishi ham butun jamoatchiligimizning diqqat-eʼtiborida bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi, deb o‘ylayman. Chunki, millionlab yurtdoshlarimizning maqsad-u muddaolari, orzu umidlarini o‘zida mujassam etgan mazkur siyosiy-ijtimoiy tadbir respublika boshqaruvida katta ahamiyat kasb etishi bilan sezilarli o‘zgarishlarga yo‘l ochib berishi, shak-shubhasiz. Ayniqsa, Prezident o‘z maʼruzasi yakunida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, erishilgan natijalar, kelgusi reja va dasturlar, ishlanishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalarga …

Ertaga emas, hozirdanoq maqsadlarimizni isloh etaylik!

Ertaga emas, hozirdanoq maqsadlarimizni isloh etaylik!

23.12.2022

MUNOSABATInsonga eʼtibor qaratish, uning turmush-tarzidan tortib ko‘nglidagi orzu-o‘ylarigacha bo‘lgan katta masofani qamrab olgan dasturilamal yaratishning o‘zi bo‘lmaydi.Kirib kelajak yangi yilimizga berilgan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” nomidanoq ertangi kunimiz bundanda yorqin bo‘lishiga umidlanasan.Ijodkor ahlini ko‘pchilik “o‘ta taʼsirchan odamlar” sirasiga qo‘shadilar. Darhaqiqat, razolatni, adolatsizlikni, haq-huquqning poymol bo‘lishini va albatta noshukurlikni qoralaymiz. Yaxshilik va mehr-oqibat ko‘rsatish, birdamlik manzaralari esa ko‘z o‘ngimizning bezagi-ko‘rki!Davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimizning kuni kecha Oliy Majlis hamda butun xalqimiz hukmiga yo‘llagan Murojaatnomasini barcha birdek katta qiziqish bilan qarshiladi. Murojaatda tilga olingan barcha masalalarni jamlagan holda bir so‘z bilan odamiylik ifodasi, deyish mumkin.Davlatimiz rahbarining …

Eng qadrli boylik

Eng qadrli boylik

22.12.2022

Millat ruhiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar o‘z yechimini topmoqda. Shu ezgu g‘oyaga muvofiq amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Zero, til har bir millatning eng qadrli boyligi, uning maʼnaviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vositadir. Alixonto‘ra Sog‘uniy ona tilimiz haqida kuyunchaklik bilan “Shundoq bo‘lib o‘z ona tilidan ajramoqlik, milliy hissiyotlarini yo‘qotish natijasidir. Bu ish esa insoniyat olami oldida ulug‘ xiyonat, kechirilmas jinoyat hisoblanadi. …

MILLIY OʻZLIGIMIZ TIMSOLI, MAʼNAVIYATIMIZ ASOSI BOʻLGAN ONA TILIMIZGA EʼTIBOR YANADA KUCHAYTIRILADI

MILLIY OʻZLIGIMIZ TIMSOLI, MAʼNAVIYATIMIZ ASOSI BOʻLGAN ONA TILIMIZGA EʼTIBOR YANADA KUCHAYTIRILADI

22.12.2022

Soʻnggi yillarda yaxshi bir anʼanaga guvoh boʻlyapmiz. Yaʼni yangi yil boshlanishidan avval Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi eʼlon qilinadi. Ushbu Murojaatnomada tugayotgan yil sarhisobi, asosiysi kelgusi yilda rejalashtirilayotgan masalalar, sohalar rivoji haqidagi rejalar eʼlon qilinadi. Shu bois ham ushbu murojaatnomani koʻpchilik intiq kutishadi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan Murojaatnomada Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berishni taklif qildi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Barcha rivojlanishlarning asosi taʼlimdan boshlanadi. Murojaatnomada davlatimiz rahbarining “Milliy oʻzligimiz …

MUROJAATNOMA- TARAQQIYOTNING MUHIM DASTURI

MUROJAATNOMA- TARAQQIYOTNING MUHIM DASTURI

21.12.2022

Bugun butun O‘zbekiston xalqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini katta hayajon va qiziqish bilan kuzatdi. Eng e'tiborlisi Muhtaram Prezidentimizning 2023-yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilishi barchani birdek quvontirdi. Yurtboshimiz Murojjatnomada mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini ta'kidlab o‘tar ekan, shu o‘rinda aholimiz 36 milliondan oshganligini ta'kidladi. O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a'zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanish zarurligini ta'kidladi.Murojaatnomada bugungi kunda O‘zbekiston jahon siyosati markazlaridan biriga aylanagotganligi, …

Globallashuv jarayoning qisqartmalar orqali tillarga ta’siri

Globallashuv jarayoning qisqartmalar orqali tillarga ta’siri

19.12.2022

    Qisqartma so‘zlar yoki so‘z birikmalarining kundalik hayotning barcha sohalarini qamrayotganligini uchratish oddiy holga aylanib bormoqda. Agar ushbu yo‘nalish bo‘yicha biroz jiddiy o‘rganilsa, uning qanchalik hozirgi globallashuv jarayonida rivojlanayotganini, dunyoda keng tarqalgan tillarda jadal qo‘llanilayotganligi, ayniqsa, yangi texnologiyalardagi qisqartma atamalarining kirib kelishi va mahalliy tillar tomonidan o‘zlashtirilishini kuzatish mumkin. Bu hol o‘z navbatida, lingvistikaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylanayotganligini namoyon etmoqda.      So‘zning qisqartmasi degan ma’noni anglatuvchi abbreviatura odatda so‘z yoki iboradagi harflardan hosil bo‘lgan va og‘zaki va yozma tilda qulaylik beruvchi lisoniy qo‘llanish turidir. Shu bilan birga ko‘p so‘z yoki iboralarning qisqartmasi, ayniqsa, idora va tashkilotlar …

YAXSHIGA EL DIL OCHAR  yoxud “mahallabay” ishlash tizimi yangi bosqichda

YAXSHIGA EL DIL OCHAR yoxud “mahallabay” ishlash tizimi yangi bosqichda

19.12.2022

Inson qadri uchunOdamlarni ertaga emas, bugun rozi qilish tamoyiliga asoslangan islohotlar tobora jadallashmoqda. Bu jarayonda mahallalardagi hokim yordamchilari ham tobora muhim rol o‘ynayotir. Hokim yordamchilari dastlab “xalq ichiga kirish”, “ularning dardiga quloq solish”, “g‘amu anduhlari, tashvishlariga sherik bo‘lish” va “muammolarni joyida hal etish” tamoyillari asosida mahalla hududida yashovchi har bir oilani xatlovdan o‘tkazish orqali ishsiz aholi ro‘yxatini shakllantirdilar. O‘z hududlaridagi bo‘sh binolar, foydalanilmayotgan obʼektlar va yerlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritdilar. Ularning tavsiyalari asosida o‘sha joylar foydalanishga berildi, tadbirkorlik yo‘lga qo‘yildi, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratildi.Buning samarasi o‘laroq, biri ikki bo‘lmayotgan, topgan daromadini yeyish-ichishdan orttira olmayotgan kishilarning …

“Sifat - hech kim qaramaganda ham har narsani yaxshi qilishdir”

“Sifat - hech kim qaramaganda ham har narsani yaxshi qilishdir”

07.12.2022

“Sifat - hech kim qaramaganda ham har narsani yaxshi qilishdir” Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida “sifat” tushunchasiga alohida yondoshuv bilan qaralgan, unga turli taʼriflar berilgan, ammo mohiyatan aynan bir narsani – belgilangan ehtiyojni qondirishni tushunilgan. Qadimgi mutafakkir Aristotel sifatni inson faoliyatining turli jabhalarida erishiladigan natijalarining sifatlari majmuasi (xalqasi) koʻrinishida tasavvur qilgan. Amerikalik sanoatchi Genri Ford sifatga shunday baho beradi: “Sifat - hech kim qaramaganda ham har narsani yaxshi qilishdir”. 2022-yil 7-oktyabrda Senat tomonidan maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasi “Standartlashtirish toʻgʻrisida” Qonuniga koʻra, standartlashtirishning asosiy vazifalari fuqarolarning hayotini, sogʻligʻini va mol-mulkini, atrof-muhitni muhofaza qilish, mahsulotning sifati masalalarida isteʼmolchilarning huquqlarini va …

ODDIY LUG‘ATDAN MILLIY TIL KORPUSIGACHA

ODDIY LUG‘ATDAN MILLIY TIL KORPUSIGACHA

28.11.2022

Til — millat ko‘zgusiDavlatimiz rahbarining 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga yo‘llagan tabrigida taʼkidlanganidek, oxirgi uch yilda o‘zbek tilining davlat tili sifatida rivojlanishi, jamiyatimizda keng qo‘llanishi va ilm-fan sifatida taraqqiy etishida 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi alohida ahamiyat kasb etmoqda.Ayniqsa, tilimizning sofligini saqlash, uning lug‘at boyligini oshirish va taraqqiy ettirish borasida muhim natijalarga erishilmoqda. Bugungi kunda oddiy lug‘atdan tortib milliy til korpusini yaratishgacha jarayonlarda olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalashuvi taʼminlanmoqda.O‘tgan qisqa davr mobaynida mutaxassislar tomonidan izohli, o‘quv …

Reklamalar davlat tilida ifodalanadi

Reklamalar davlat tilida ifodalanadi

25.11.2022

Tilni asrash, rivojlantirish millatning yuksalishi ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Keyingi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi ancha oshdi, unga bo‘lgan e’tibor kuchaydi.2022-yil 7-iyun kuni qabul qilingan va 9-sentabrdan kuchga kirgan yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida"gi qonunda ham davlat tilining nufuzini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni asrash va yuksaltirishga qaratilgan yangi normalar, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” deb nomlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatilishi belgilab qo‘yildi. Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarni kamsitmagan holda, shuningdek, reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkinligi belgilandi.  Unga ko‘ra …

Ona tili o‘qitilishida oqsoqliklar ko‘p

Ona tili o‘qitilishida oqsoqliklar ko‘p

24.11.2022

Millat ruhiBugungi kunda Yer yuzidagi 50 milliondan ortiq aholi o‘zbek tilida gaplashadi. Yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatimizda shakllangan odil til siyosati bois so‘nggi yillarda ona tilimizning mavqeyini yuksaltirish, uni chinakam davlat tiliga aylantirish uchun keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Hukumat tarkibida Davlat tilini rivojlantirish departamentining tashkil etilgani, vazirlik, tashkilot va idoralarda rahbarning til masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyat ko‘rsatayotgani — bu boradagi ijobiy siljishlarga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Yurtboshimizning 2020-yil 20-oktabrdagi farmoni bilan “2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” tasdiqlanib, vazifalar belgilab berilgan. Ular qatorida taʼlim muassasalarida …

Jizzax viloyati hokimligida vazir maslahatchisi yig‘ilish o‘tkazdi

Jizzax viloyati hokimligida vazir maslahatchisi yig‘ilish o‘tkazdi

21.11.2022

Maslahatchining hududlardagi faoliyati Viloyat hokimligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari bilan 2022-yil 18-noyabr kuni Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorining ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5177-sonli qarori ijrosi hamda 2023-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatda barcha ish yuritish hujjatlari va OAVning to‘liq lotin alifbosiga o‘tilishi munosabati bilan hududiy bosh boshqarma hamd tumanlar bo‘limlarining tayyorgarlik holati bo‘yicha yig‘ilish …

Gullola Isakova  «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Gullola Isakova «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

18.11.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq    maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni  rag‘batlantirish maqsadida  «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni  taʼsis etilgan. Bugun “Xalqlar do‘stligi” maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gullola Isakova  «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ma’naviyat karvoni zamini javohirlarga, qalblari ma’naviy gavharga to‘la navoiyliklar huzurida

Ma’naviyat karvoni zamini javohirlarga, qalblari ma’naviy gavharga to‘la navoiyliklar huzurida

15.11.2022

Olam ahli bilingizkim ish emas dushmanlig‘,Yor o‘ling bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.Alisher NavoiyYurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etish orqali vatanparvar, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishdek mas’uliyatli «yuk»larni yelkasiga ortgan «Ma’naviyat karvoni»ning navbatdagi manzili hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bobomiz nomi bilan atalgan viloyat bo‘ldi. Taniqli shoiru yozuvchilar, ilmu fan arboblari, san’atkorlar, kino san’ati darg‘alaridan iborat karvon bepoyon kengliklar ichra yashayotgan mard va tanti, ma’rifatparvar insonlar vatani sari yo‘l oldi.Toshkenti azimdan chiqqan poyezdimiz oldinga yeldek uchardi. Yana ijodiy safarga otlanganmiz, yana oldinda qanchadan-qancha samimiy …

Tilga e’tibor – elga e’tibor

Tilga e’tibor – elga e’tibor

26.10.2022

2 yildan buyon Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Samarqand viloyati hokimligi bilan viloyatda davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish borasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.“21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Tashakkurnomani Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi xodimi, leytenant Shoxrux Teshaqulov topshirdi hamda kelgusidagi hamkorlik ishlarida omadlar tiladi.

Millatni — millat qiladigan uning ona tilidir!

Millatni — millat qiladigan uning ona tilidir!

18.10.2022

Xalqning o‘zligini namoyon etuvchi qadriyatning asosiy mezoni uning ona tili bilan belgilanadi. Non va suv inson hayoti uchun qanchalik zarur bo‘lsa, millatning yashashi va rivojlanishi uchun uning milliy tili ham shunchalik muhim.Ha, ona tili xalqning Vatani, davlati kabibuyuk xazinasi, ehtimolki birlamchi boyligidir. Aynan til vositasida odamlar bir millat sifatida birlashadi, ya’ni til xalqni – xalq, millatni – millat sifatida namoyon qiladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy tilimizning rivoji, barqarorligi, ravnaqi yo‘lida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilayotganini barchamiz ko‘rib, kuzatib turibmiz.Bugun O‘zbekistonning yuragi bo‘lgan Toshkent shahri va tumanlarida ham davlat tilining ijrosi yuzasidan bir qancha samarali ishlar …

“Ona tilim faxr-u iftixorim”

“Ona tilim faxr-u iftixorim”

17.10.2022

Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’matidir. Dunyoda har bir xalqning o‘z ona tili uning bebaho boyligi, iftixori hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar, she’ru dostonlar, qo‘shiqlar, avvalo millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o‘z nufuzi, obro‘siga ega bo‘ladi.1989-yil 21-oktabrr. Bu qutlug‘ kun O‘zbekiston tarixiga, o‘zbek millati yilnomasiga zarhal harflar bilan bitildi. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun ko'plar asrlar bo‘yi orzu qilgan, ammo orzulari sarobga aylanib qolgan davrlarda momaqaldiroqdek guldirab, chaqmoqdek chaqib, yuzaga keldi. U Mustaqilligimiz sari …

VATANIY ISHQ BILAN...

VATANIY ISHQ BILAN...

17.10.2022

21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.Eng pok va toza tushunchalar majmuasi, millat, yurt taqdiri bilan uyqashib ketgan go‘zal tafakkur — maʼnaviyat. Ona tiliga bo‘lgan hurmat esa maʼnaviyatning yuksak cho‘qqisidir. Millatsevarlik, vatanparvarlikning maktabi yo‘q, u qonda bo‘ladi, jonda ulg‘ayadi, yillar davomida pishadi, kamolga yetadi, ishda, so‘zda, amalda aks etadi. Vaqti kelsa jon bilan hisob bermoq uchun tayyor turadi. O‘z egasining kimligini oshkor etadi, etaveradi. Cho‘lpon, Qodiriy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov yoki Halima Xudoyberdiyeva millatsevarlikni biron bir maktabga yoki kursga qatnab o‘rgangan deysizmi? Yo‘q, u jonning jon joyida ulg‘aygan, tomirda nish otgan. Yaqinda Qarshi tumanidagi …

DUNYOLARGA TARALSIN ELIM SHA`NI, TILIM JILOSI

DUNYOLARGA TARALSIN ELIM SHA`NI, TILIM JILOSI

15.10.2022

Til – millat g‘ururi1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi tarixiy qonun qabul qilingan kun sevinchlari, hayajonlari hamon yodimizda. 2020-yil 10-aprelda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi esa barchamizning ruhiyatimizni, ko‘nglimizni yanada ravshan qildi. G‘ururimiz, nomusimiz, shaʼnimiz bo‘lmish ona tilimiz mavqei yanada yuksalib borayotganidan boshimiz ko‘kka yetdi. Endi har yili 21-oktabr sanasi nafaqat butun mamlakatimiz bo‘ylab, balki dunyoning turli burchaklarida katta bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Shu kungacha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish hamda uni …

ALLA SEHRI BILAN SINGGAN SO‘Z

ALLA SEHRI BILAN SINGGAN SO‘Z

13.10.2022

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunRavon so‘zlamoq va bexato yoza olmoq — ziyolilikning birinchi belgisi. Kishi ona tilida o‘ylaydi, fikrlaydi, dilidagini tiliga ko‘chiradi. Demak, tafakkur tili o‘z ona tili bo‘ladi. Yillar o‘tib, milliy liboslarimiz o‘zgarar, yashash tarzimiz almashar. O‘ylab qarasak, o‘zgarmas tushunchaning, birlikning o‘zi yo‘q. Biroq biz o‘zgartirishga haqimiz bo‘lmagan, aksincha, rivojlantirib, sayqallab borishimiz, g‘urur deb bilishimiz kerak bo‘lgan qadriyat bor. Bu — ona tili.  Unga mehr bolalikdan shakllanadi. Beshikda go‘dak orom olganida ona aytgan mehrli va orzuli alladan quvvatlanadi. Shu ma’noda, ona tili rivoji va istiqboli, eng avvalo, oila muhiti, maktab …

TILIMIZ RIVOJI UCHUN IZCHILLIK VA  SOBITQADAMLIK ZARUR

TILIMIZ RIVOJI UCHUN IZCHILLIK VA SOBITQADAMLIK ZARUR

13.10.2022

Til — millat ko‘zgusiMamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish, ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘qitish tizimini takomillashtirish, “Sohada o‘zbek tilining qo‘llanilishi” fanlari joriy etilishi kabi vazifalar 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi.Ya’ni, Prezidentimizning 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, uni 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, ularning bajarilishi ta’minlanishining aniq ijro mexanizmlari, moliyaviy manbalari belgilab berilishi mazkur yo‘nalishdagi faoliyatni …

“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI YANGI TAHRIRDAGI QONUNI BILAN, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA REKLAMA DAVLAT TILIDA TARQATILADI

“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI YANGI TAHRIRDAGI QONUNI BILAN, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA REKLAMA DAVLAT TILIDA TARQATILADI

10.10.2022

“Reklama toʻg‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2022-yil 7-iyunda qabul qilindi (https://lex.uz/pdfs/6052631), Qonun 8 ta bob va 53 ta moddadan iborat. Qonun 2022-yilning 9-sentabr sanasidan kuchga kirdi.Qonunga koʻra:Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli organidir. Qonunga kiritilgan oʻzgarishga koʻra, endilikda Respublika hududida reklama davlat tilida tarqatilishi qat’iy belgilandi.Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” haqida. Unga koʻra:Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin: reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini …

MAMLAKATIMIZDA DAVLAT TILIDA ISh YuRITISh VA MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHALARDA OLIB BORILAYOTGAN KENG QAMROVLI ISLOHOTLAR HAMDA ULARNING AMALIY NATIJALARI

MAMLAKATIMIZDA DAVLAT TILIDA ISh YuRITISh VA MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHALARDA OLIB BORILAYOTGAN KENG QAMROVLI ISLOHOTLAR HAMDA ULARNING AMALIY NATIJALARI

10.10.2022

Mustaqillik yillarida barcha sohalar kabi davlat tilida ish yuritish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Barchamizga ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz. Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan ushbu kun – 21-oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayram kuni” deb belgilandi. O‘zbek tili O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning davlat tilidir. Shunday ekan davlat tili ham har bir davlatning …

Millat oydinlari barhayot

Millat oydinlari barhayot

19.09.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Millat oydinlari barhayot” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.Tadbirni moliya vaziri maslahatchisi D.Boʻriyev kirish soʻzi bilan ochib, Jadidlarning keng qamrovli faoliyati, xususan, moliya-iqtisodiyot sohasini rivojlantirish uchun amalga oshirgan tarixiy harakatlari haqida toʻxtalib, ular tomonidan ilgari surilgan gʻoyalar bugun ham qadr-qimmatini yoʻqotmaganligini taʼkidlab oʻtdi.  Soʻzga chiqqanlar tomonidan Jadidlarning millatimiz ravnaqi yoʻlida olib borgan joʻshqin faoliyati va tarixiy jasorati tilga olindi.Jumladan, tarix fanlari doktori, professor B.Hasanov, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori B.Irzayevlar maʼruzalarida jadidlar tomonidan fan- taʼlimni, pul-kredit siyosatini zamonaviy asoslarda isloh qilish, ilgʻor xorijiy tajribani milliy qonunchilikka …

“Farg‘onaazot” AJda sayyor seminar tashkil qilindi

“Farg‘onaazot” AJda sayyor seminar tashkil qilindi

25.08.2022

        “Farg‘onaazot” AJda tashkillashtirilgan sayyor seminarning ikkinchi kunida tadbirga Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri o‘rinbosari Zafar Ro‘ziyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Aziz Eminovlar tashrif buyurishdi.  Dastlab mehmonlar “Farg‘onaazot” AJ faoliyati hamda korxonada tashkil qilingan ma’naviyat xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birga ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish hamda davlat tilida ish yuritish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.  Unda Zafar Ro‘ziyevning davlat tiliga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, , sohada amalga oshirilgan ishlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish …

Surxondaryo viloyatidagi tashkilot va muassasalarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyatidagi tashkilot va muassasalarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

25.08.2022

Maʼlumki, reklama qisqa axborot turi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili toʻgʻrisida"gi qonuni hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan talablar belgilab berilgan.Mazkur qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati Angor va Qumqo‘rg‘on tumanlarida tadbirlar olib olib borilmoqda. Xususan, tuman hokimliklari tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, tashkilot va muassasalarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.        Tadbirlar davomida reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy maʼnoni buzib koʻrsatmasligi, tashqi reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal joylashtirilishi va reklama maydonining qirq …

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish mavzusida seminar o‘tkazildi

24.08.2022

Viloyat hokimi maslahatchisi A. Rustamov, Buxoro viloyati monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda mazkur boshqarma huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari hamkorlikda Olot tumani hokimligida yangi tahrirda qabul qilingan yangi tahrirdag “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish” mavzusida 2 bosqich reja jadvali asosida seminar tashkil etildi.Seminarda Viloyat hokimi maslahatchisi A. Rustamov, Tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olot tuman bo‘linmasi xodimlari, Buxoro viloyati monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari, tadbirkorlar va tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.Tadbir ishtirokchilariga joriy yilning …

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida o‘quv-seminar tashkil qilindi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida o‘quv-seminar tashkil qilindi

23.08.2022

Shahrisabz Axborot-kutubxona markazida shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Ahmedova tashabbusi bilan “Davlat tilida ish yuritishda uslubiy va imloviy xatolar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil qilindi. Unda shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarning ish yuritish hujjatlari bilan ishlovchi mutaxassislari, xususan, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda umumiy bo‘lim mutaxassislari qatnashdilar. Ma’ruzachilar Toshkent Kimyo-texnologiyalari instituti Shahrisabz filiali Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, davlat tilida ish yuritish fani o‘qituvchisi Sh.Rahmonova hamda F.Ahmedovalar ish yuritish hujjatlarida yo‘l qo‘yilayotgan uslubiy, orfografik va imloviy xatolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida fikr yuritdilar. O‘quv-seminarda Qashqadaryo viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi …

Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!

Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!

19.08.2022

        Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va  mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir. Ona tilimizning bor latofati, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlari munis onalarimiz allalarida, ming yillik dostonlarimizda, o‘lmas maqomlarimizda, baxshi va hofizlarimizning  sehrli qo‘shiqlarida  o‘z ifodasini topadi. Bu tilda  o‘zbek adabiyotining mashhur adiblari  Rabg‘uziy  “Qissasi Rabg‘uziy”, Yusuf Xos Hojib  “Qutadg‘u bilig”, Maxmud Qoshg‘ariy  “Devonu lug‘otit-turk”  asarlarini yaratib, ushbu asarlari  orqali til tarixidan so‘zladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy   “Xazoyin ul- maoniy ”dek bebaho va “Xamsa”dek shoh asarni bunyod etib, so‘z mulkining sultoni bo‘ldi.Jonajon ona tilimizga …

Maqsad tadbirkorlarning burnini qonatish emas

Maqsad tadbirkorlarning burnini qonatish emas

18.08.2022

Davra suhbatida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Akmal Ro‘zitoyev shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv qilingandek, “Reklama to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilinmayapti emas. Qonun loyihasi targ‘iboti allaqachon boshlagan. Bu bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlik qilinmoqda. Tadbirkorlar o‘rtasida ham targ‘ibot ishlari boshlangan. Faqat olib borilayotgan ishlar yetarli darajada yoritilmayotgan bo‘lishi mumkin. Maqsad, qonun kuchga kirishi bilan tashqi reklamalar bo‘yicha tadbirkorlar burnini qonatish emas. Aksincha, ularga qonun mohiyatini qayta-qayta tushuntirib, amal qilishi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir, – dedi A.Ro‘zitoyev.          

Sinov laboratoriyalarida davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi

Sinov laboratoriyalarida davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi

01.08.2022

Davlat tilida ish yuritilishi ta’minlash va lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston TTSA tizim tashkiloti O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati (UzTEST) markazining labortoriyalari faoliyati bilan tanishildi.  Markazda Xalqaro tashkilotlar (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX, STAN) standartlari, talablari va me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoatining mahsulotlarini hamda yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni to‘liq sinovdan o‘tkazadigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalari mavjud. Mazkur o‘rganish “Sifat nazorati va ilmiy tadqiqotlar Markaziy laboratoriyasi”da o‘tkazildi.“Sifat nazorati va ilmiy tadqiqotlar Markaziy laboratoriyasi” eng zamonaviy uskunalar bilan …

Davlat tiliga hurmat – insoniy burchimiz!

Davlat tiliga hurmat – insoniy burchimiz!

25.07.2022

Alla aytay, jonim bolam, quloq solgin alla, Shirin allam tinglab asta, uxlab qolgin alla. Dunyoga kelganimizdanoq onalarimizning sehrli allalari ohangi ila qulog‘imizga, ruhimizga singib ketgan ona tilimiz – o‘zbek tili o‘zining jozibasi, go‘zalligi, ohangi-yu tarovati bilan yuragimizdan chuqur joy olgan. Ilk bor aytgan so‘zlarimiz ham shu tilda baralla yangragan – ona, ota, non kabi aziz va mukarram bo‘lgan, biyron tillarimizda aylangan bu so‘zlar o‘zbek tili ohangida taralgan. Shundan bo‘lsa kerak, ona tili tug‘ilganimizdan boshlab bir umr qalbimizga, butun borlig‘imizga, ruhiyatimizga juda-juda yaqin va unga bo‘lgan mehrimiz ham o‘zgacha. O‘zbek tilining bor jilosi-yu jozibasi, tarovati nafaqat …

Shahar ko‘chalari bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda…

Shahar ko‘chalari bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda…

08.07.2022

Tashqi reklamalar, ko‘chadagi yozuvlar barcha kishilarga dars beradi, yo‘l ko‘rsatadi, madaniyat va maʼnaviyatni ifodalovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori talablari doirasida Qarshi shahrida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlati tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini taʼminlash masalalar bo‘yicha  maslahatchisi Ziyoda Aminova, Qarshi shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlati tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini taʼminlash masalalari bo‘yicha  maslahatchisi Orasta Tosheva, shuningdek, sohaga daxldor tashkilot masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qarshi shahri …

Lotinchami yoki kirill: o‘rganishda qaysi biri yengil?

Lotinchami yoki kirill: o‘rganishda qaysi biri yengil?

01.07.2022

Maʼlumki, 2021-yil 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori qabul qilingan edi. Qarorga asosan 2023-yil 1-yanvardan mamlakatimizdagi rasmiy web-saytlar, mahalliy ommaviy axborot vositalari, bosma nashrlari, internet saytlari, rasmiy hujjatlar va ish qog‘ozlari to‘liq lotin yozuviga o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur qaror va lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosi xususidagi temiryo‘lchilarni qiziqtirayotgan mavzularda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonov bilan suhbatlashdik. – Ravshan aka, ayni kunlarda ona tilimiz borasida olib borilayotgan islohotlar xususida o‘tkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ko‘pchilik lotin …

DAVLAT TILINI MUKAMMAL BILISH MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHDA HAM MUHIM AHAMIYATGA EGA

DAVLAT TILINI MUKAMMAL BILISH MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHDA HAM MUHIM AHAMIYATGA EGA

14.06.2022

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida bugungi kunda ish yuritish hujjatlari, chiqish xatlari lotin alifbosida amalga oshirilmoqda.Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Asadulla Qayumovning maʼlumot berishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevraldagi 52-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-apreldan boshlab masʼul lavozimlarga tayinlangan shaxslar uchun davlat tilini bilish boʻyicha daraja sertifikatlarini olish uchun Qoʻmita tizimida masʼul lavozimlarga tayinlangan shaxslar Davlat test markazining https://org.dtm.uz/ sayti orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmoqda.Bugungi kungacha Qoʻmita tizimida masʼul lavozimlarga tayinlangan xodimlarning 9 nafari belgilangan test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, davlat tilini bilish boʻyicha daraja sertifikatini olishdi. Shu bilan birga, Qoʻmita tizimi xodimlarining 4 nafari test sinovlarida ishtirok etishdi.Xodimlarning lotin alifbosidagi bilimlarini …

Shahrisabz tuman hokimligining turli reklama, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarini yozishda til me'yorlariga amal qilish yuzasidan olib borgan tadbirlari xususida

Shahrisabz tuman hokimligining turli reklama, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarini yozishda til me'yorlariga amal qilish yuzasidan olib borgan tadbirlari xususida

14.06.2022

O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Jalilova mahalla raislari bilan muloqot qildi. Muloqotda ko‘cha nomlari, joy va atamalar, turli reklama bannerlari hamda afishalar, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarini yozishda til me'yorlariga amal qilish, …

GULLARGA BURKANGAN NAMANGAN YOXUD AXSIKENT BUYUK TARIXIMIZ KO'ZGUSI

GULLARGA BURKANGAN NAMANGAN YOXUD AXSIKENT BUYUK TARIXIMIZ KO'ZGUSI

08.06.2022

GULLARGA BURKANGAN NAMANGAN YOXUD AXSIKENT BUYUK TARIXIMIZ KO'ZGUSI   Joriy yilning may oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining bir guruh xodimlari Namangan shahrining ziyorat va turistik maskanlariga sayohatga uyushtirishdi. Qo'mita xodimlarining  sayohati Namanganning qadimiy maskanlari bo'lmish Mavlono Lutfilloh nomli madaniyat va istirohat bog'idan boshlandi. So'nggi yillarda bu erda keng obodonlashtirish ishlari olib borilgan, xususan Mavlono Lutfilloh maqbarasi ta'mirlangan. Qo'mita xodimlari shuningdek, Bibiona ziyoratgohi, u erdagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. So'ngra 3 ming yillik tarixga ega Axsikent arxeologik yodgorligi navbatdagi sayyohlik manzili bo'ldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bu erga qayta …

QONUN VA IJRO: TIL MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MILLIYLIGIMIZ RAMZI EKANLIGINI UNUTMAYLIK!

QONUN VA IJRO: TIL MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MILLIYLIGIMIZ RAMZI EKANLIGINI UNUTMAYLIK!

02.06.2022

Shahrisabz Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati tobora rivojlanib borayotgan shaharlaridan biri sanaladi. Hududda sayyohlar e’tiborini tortuvchi tarixiy obidalar hamda me’moriy ansambllar barchaga yaxshi tanish. Shu ma’noda bu yerga tashrif buyuruvchi sayyoh shahri Keshga kirib kelishi bilanoq milliy ruhni his etadi. Davlat tili esa ana shu milliylikni aks ettiruvchi muhim vositadir.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Aminova boshchiligida Shahrisabz shahar hokimligi, viloyat …

TADBIRKORLARGA DAVLAT TILIDA ISH YURITISHGA KO‘MAK KO‘RSATILADI

TADBIRKORLARGA DAVLAT TILIDA ISH YURITISHGA KO‘MAK KO‘RSATILADI

30.04.2022

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkiloti – “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTEST markazi) davlat muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, lotin …

TIL – MILLAT MAʼNAVIYATINING MUATTAR GULTOJI

TIL – MILLAT MAʼNAVIYATINING MUATTAR GULTOJI

29.04.2022

Insoniylik martabasining asosiy bezagi, millat maʼnaviyatining so‘nmas mashʼali, taraqqiyot omili til hisoblanadi. Inson jamiki fikr-munosabatlari, his-tuyg‘u, kechinmalarini til orqali namoyon qiladi. Shu boisdan, til jamiyatning asosiy aloqa-aralashuv vositasi, ruhiy-maʼnaviy takomil mezoni sanaladi.Har qanday til so‘zlardan tarkib topadi, so‘zlar orqaligina harakatlanadi, yashaydi, qadru qimmat kasb etadi. Shuning uchun ham, so‘z tilning eng muhim tayanchi, boyligi, asosiy manbasi hisoblanadi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan shu qadar qattiq bog‘lanib, uyg‘unlashib ketganki, aksar hollarda so‘z deganda til, til deganda so‘z ham tushunilib ketaveradi. So‘zni anglash va qadrlash o‘z tilini anglash va qadrlash bilan barobardir. Bu borada, ulug‘ mutafakkirlarimiz ham …

ISTEʼMOLCHILARGA REKLAMA VA ISHLAB CHIQARUVCHI HAQIDAGI MAʼLUMOTLAR DAVLAT TILIDA TAQDIM ETILADI

ISTEʼMOLCHILARGA REKLAMA VA ISHLAB CHIQARUVCHI HAQIDAGI MAʼLUMOTLAR DAVLAT TILIDA TAQDIM ETILADI

20.04.2022

Endilikda reklamani dastlab davlat tilida berish qat'iy belgilanyapti va reklama beruvchining ixtiyoriga ko'ra, boshqa tillarda ham aynan qaytarilishi mumkin.Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida davlat tilini rivojlantirish maqsadida bir qancha farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Shu bilan birga, amaldagi qonun hujjatlari Davlat tili haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiqlashtirilmoqda.Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan 2021-yilda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida” hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari ishlab chiqildi. 2022-yil 18-yanvar kuni qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishtoʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlarkiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-746-sonli …

AMIR TEMURNING MAʼNAVIY JASORATI

AMIR TEMURNING MAʼNAVIY JASORATI

08.04.2022

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bagʻishlanadi 9-aprel sohibqiron Amir Temur tugʻilgan kun. 1336-yil (bundan 686-yil oldin) 9-aprelda Shahrisabzning Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur dunyoga kelgan. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat ogʻir ijtimoiy-siyosiy ogʻir holatga tushib qolgan davrda kechgan. Sohibkiron siymosiga boʻlgan cheksiz hurmat, ezgu ishlari, ibratli hayoti yoshlarimiz uchun doimo oʻrnak boʻlib qolaveradi. Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida maʼnaviyat va maʼrifat boshqa sohalardan kam rivojlanmagan. Amir Temur — buyuk shaxs, yirik davlat arbobi, sarkarda, qonunshunos isteʼdodli meʼmor shu bilan birga el yurtini, xalqini sevgan, umr boʻyi bunyodkorlik bilan …

OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGIDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGIDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

08.04.2022

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida xodimlarning lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish masalalari” mavzusida onlayn amaliy seminar tashkil etildi.Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil eetilgan boʻlib, unda Agentlik Markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy filiallarining barcha xodimlari ishtirok etdilar. Seminarni Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi N.Mamadaliyeva ochib, tizimda davlat tilida ish …

Zamonaviy o‘zbek ayolining qiyofasi: tenglik, ishonch va qatʼiyat timsoli

Zamonaviy o‘zbek ayolining qiyofasi: tenglik, ishonch va qatʼiyat timsoli

30.03.2022

Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida ayollarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “Аyoli eʼzozlangan yurt qudratli bo‘ladi”. Binobarin, ayolni eʼzozlash, xotin-qizlarga munosib g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizga xos yuksak fazilatlardan biridir.O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish ishlarini o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan "Zamonaviy o‘zbek ayoli portreti: tenglik, ishonch va qatʼiyat timsoli" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy …

Farzandlarimizga mos bo‘lgan ismlarni qo‘yishga nimalarga e’tibor berishimiz zarur!?

Farzandlarimizga mos bo‘lgan ismlarni qo‘yishga nimalarga e’tibor berishimiz zarur!?

28.02.2022

Chaqaloq tug‘ilganda unga chiroyli ism qo‘yish har bir ota-onaning farzand oldidagi burchidir. Shuning uchun bu muhim ishga alohida e’tibor bilan yondashishi lozim. Farzand ulg‘ayib, katta bo‘lganida o‘z ismidan uyalmasin, balki ism unga ziynat bo‘lishi kerak.O‘zbek xalqi azaldan o‘z farzandiga ma’noli va chiroyli ism qo‘yishga harakat qiladi. Toki, ulg‘ayganda ismini aytib chaqirishganda uyalmasin. O‘zbekistonda yashayotgan turli millatlar vakillari o‘z farzandlariga eng ko‘p qaysi ismlarni qo‘yishyapti?O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yildagi Farmoniga asosan 2020-yil 1-apreldan boshlab FHDY organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazildi. Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekistonda 2021-yilning ortda qolgan davri mobaynida yangi tug‘ilgan eng ko‘p …

Oʻzbek tilini  amaliy rivojlantirish davri keldi

Oʻzbek tilini amaliy rivojlantirish davri keldi

04.02.2022

Internet asrida o‘zbek tili oʻzining kommunikativ vazifasini qay darajada bajara olyapti? Internetdan biror soʻz yoki tushuncha haqida oʻzbek tilida izoh qidirib koʻrsangiz darrov maʼlum boʻladi. Noiloj rus yoki ingliz tillarida qidirishga tushasiz, chunki bu tillarda maʼlumot haddan tashqari koʻp, chunki ular tilshunoslikda  amaliy jihatdan katta natijalarni qoʻlga kiritgan. Nazariyalar amaliyotga keraklicha  xizmat qidirilgan.Bizda-chi: feʼlning morfologik shakllari boʻyicha, feʼl nisbatlari boʻyicha, kelishik qoʻshimchalari boʻyicha yuzlab ilmiy tadqiqotlar qilingan, zarur xulosalarga kelingan, ammo ko‘plari yarim asrdan beri nazariya holatda turibdi. Bugun jamiyat uchun oʻta zarur boʻlgan milliy til korpusini yarataylik desa, aksar ilmiy tadqiqot ishlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanib …

Kurshat Yilmaz: Xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjimasida oʻzbek tilshunoslarini faolligi muhim

Kurshat Yilmaz: Xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjimasida oʻzbek tilshunoslarini faolligi muhim

03.02.2022

Bugungi kun talablariga javob beradigan sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlikka qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, zamonaviy xalqaro norma va talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish  agentligi va Turkiya standartlashtirish instituti (TSE) tomonidan yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan  “Oʻzbek-Turk Test Markazi” Masʼuliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib mazkur qoʻshma korxona ichki va xalqaro bozorda koʻp yillik tajriba va oʻz oʻrniga ega. Bunda Turkiya standartlashtirish instituti (TSE) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kurshat Yilmazning xizmati beqiyosdir.Kuni kecha Turkiya standartlashtirish instituti (TSE) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kurshat Yilmaz bilan oʻtkazilgan uchrashuvda davlat standartlarini xalqqa …

Hoshiyaga bitilgan – umrboqiylik

Hoshiyaga bitilgan – umrboqiylik

02.02.2022

Dunyo yaralib, unda bashariyat paydo bo‘lgandan buyon tug‘ilmoq va o‘lmoq inson qismatiga bitilgan. Umrimizning chegaralanganligi uni chiroyli o‘tkazish sabog‘ini o‘rgatadi. Boshqacha aytganda, bu sinovli dunyoning har birimiz uchun atalgan chig‘iriqlaridan qay tarza o‘tish, foniy dunyodan, boqiylikka qay yo‘sin qadam qo‘yish qaysidir ma’noda o‘z qo‘limizda. Alloh tomonidan aql va idrok in’om etilgan har bir inson bu haqiqatni tushunadi va shu yo‘lda harakat qiladi. Oramizda yashashni sevmagan, uzoq yashashga intilmagan insonni topish mushkul. Faqat yashash mazmunini har kimsa o‘z qarichi bilan baholaydi. Kimdir dunyo qadrini mol-dunyo yig‘ishda deb bilsa, kimdir faqirona bo‘lsa ham ko‘ngil xotirjamligida umrguzaronlik qilishga …

Til millatning dunyoni bilish, anglash, tuyish vositasidir

Til millatning dunyoni bilish, anglash, tuyish vositasidir

31.01.2022

  “O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kamba‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular  o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”(Abdulla Qodiriy)             Har qanday xalqning tarixi, oʻziga xos tabiati, qadriyatlari, avvalo, oʻsha xalqning ona tilida aks etadi. Oʻz tilini asrab-avaylagan, uni zamonlar osha rivojlantira olgan millatgina oʻzligini, milliy qiyofasini saqlab qoladi. Millatning mavjudligi, avvalo, uning tilida namoyon bo‘ladi. Zotan, til millatning dunyoni bilish, anglash, tuyish vositasidir.        Turli millat va elatlarni farqlovchi asosiy belgilardan biri ham til sanaladi. Tilini yo‘qotgan xalq millat sifatida ham yo‘qlikka mahkumdir.        Mustaqilligimizni qo‘lga kiritishning qutlug‘ jarayoni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi …

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?

28.01.2022

“Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi” Abdulla QahhorDavlat tili – muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, masalan, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til maqomi davlat tili maqomidan farqlanadi. Masalan, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari – rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari – davlat tili sanaladi.Oʻzbekistonda shoʻrolar …

Sohani rivojlantirishga maʼnaviyat va ilmsiz erishib boʻlmaydi

Sohani rivojlantirishga maʼnaviyat va ilmsiz erishib boʻlmaydi

21.01.2022

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Maʼnaviyat va Maʼrifat Kengashining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda agentlik, tizim tashkilotlari va hududiy filiallari tomonidan 2021-yilda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, tashkilotlar joylashgan hududlardagi mahallalar bilan hamkorlik yoʻlida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.Majlisda Agentlik Bosh direktori D.Sattarov oʻtgan yili davomida qilingan ishlar haqida gapirdi, ilgʻor boʻlgan tizim tashkilotlari va hududiy filiallar ham alohida toʻxtaldi. Bosh direktorning maslahatchisi yil boshida tashkil etilgan Agentlik Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi faoliyati va qabul qilingan qarorlar, ularning ijrosi …

Firmaga nom tanlashda mas’uliyat bilan yondashish kerak

Firmaga nom tanlashda mas’uliyat bilan yondashish kerak

12.01.2022

Tadbirkorlik, ishbilarmonlik xalqimiz hayotida azaldan muhim o‘rin tutib, uning o‘ziga xos an’analari asrab-avaylangan, bunday fazilatga ega kishilar qadrlangan.         Mustaqillik yillarida yurtimizda tadbirkorlikka, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Bugun o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, o‘zi, oilasi, mahalla, el-yurt farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan, iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotgan tadbirkorlar, xususiy korxonalar safi tobora kengaymoqda. Yurtimiz aholisi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda.          Keyingi yillarda respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarga ko‘maklashish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash …

Madhiya – milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli

Madhiya – milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli

12.12.2021

Ona Vatanni sevgan, yurtga o‘zini daxldor deb bilgan har bir kishi madhiyamiz zalvorini his qiladi. Insonda ona Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, iftihor kabi tuyg‘ularni shakllanishida ham milliy madhiyamizning o‘rni va nufuzi beqiyosdir.O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraganda, “Serquyosh” so‘zi jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Chunki unda yurtimiz tarovati, buyuk kelajak barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-eʼtibori, hech kimdan kam bo‘lmay, kelajakka qatʼiy ishonch bilan intilayotgan yoshlarimizning azmu shijoati aks etgan. Madhiyamizning chuqur maʼnoga ega bo‘lgan har bir satri, ohangi, ona-Vatanimizdan faxrlanish, …

Metrologiya sohasida xizmat ko‘rsatish davlat tilida raqamlashtirildi

Metrologiya sohasida xizmat ko‘rsatish davlat tilida raqamlashtirildi

23.11.2021

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkiloti hisoblangan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) tomonidan davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, tadbirkorlar uchun xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini davlat tilida raqamlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ishbilarmon va tadbirkorlar uchun navbatdagi yana bir muhim qulaylik bo‘lib yaratilgan Metrologiya xizmati axborot tizimi «e-metrologiya» fikrimizga dalil bo‘la oladi. Tizim orqali barcha turdagi ariza va murojaatlar davlat tilida  onlayn tarzda qabul qilinib, qisqa muddatda elektron shartnoma tuzish imkoniyatidan foydalanilmoqda.Respublika Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida yaratilib ishga tushirilgan …

Jizzax shahridagi tashqi reklama vositalarida davlat tili meʼyorlariga amal qilinishi yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda

Jizzax shahridagi tashqi reklama vositalarida davlat tili meʼyorlariga amal qilinishi yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda

10.11.2021

Jizzax shahridagi "Markaziy dehqon bozori", "Eski shahar dehqon bozori", "Eski shahar buyum bozori ", Islom Karimov, Mustaqillik, Sharof  Rashidov shoh ko‘chalaridagi tashqi reklamalar, jumladan peshlavha va boshqa axborot matnlarining "Davlat tili haqida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga mosligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-оktabrdagi  "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5850-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 61-son qarori, Jizzax shahar hokimining 2021-yil 18-fevraldagi 23-f-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy …

O‘zbek tili oyligi tadbirlari samarali o‘tkazildi

O‘zbek tili oyligi tadbirlari samarali o‘tkazildi

05.11.2021

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligini nishonlash maqsadida alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, “Davlat tili oyligi” e’lon qilindi. Ushbu oylik doirasia ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar, seminar treninglar, tizim tashkilotlari va hududiy filiallarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risdagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringi o‘tkazildi, aniqlangan kamchiliklar joyida barataraf etildi, ish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.Bu boradagi asosiy tadbirlardan biri Agentlik Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi majlisining O‘zbek tili bayramiga kuniga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishi bщldi va Agentlik tizimida ushbu yo‘nalishda …

Tilimizning yangi davri boshlanmoqda

Tilimizning yangi davri boshlanmoqda

28.10.2021

Ota-bobolarimiz so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishgan, insonlarni so‘z bilan tarbiyalab, so‘z yordamida ularga malham bo‘lishgan. Adabiyot maydonida bog‘ yaratgan Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuklarning asrlar osha barhayot asarlari bugun har birimizning yuragimizga singib ketgan. Ular orqali ma’naviy hayotimiz yanada to‘yinmoqda. Shu ma’noda til ajdodlardan qolgan merosni anglab yetishimizda, ularning davri, zamoni haqida tasavvurlarimizning shakllanishiga zamin yaratadi. Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir”. Bugun ham tom ma’noda tilimizning yuksalish, rivojlanish davri kechmoqda. Bugun biz yaratgan asarlar, biz aytgan so‘zlar kelajak avlodlar uchun …

Bilimli va zakovatli bo‘lish vositasi

Bilimli va zakovatli bo‘lish vositasi

26.10.2021

Yusuf Xos Hojib ilm-ma’rifat jarchisi va homiysi sifatida bilimni baxt-saodatga erishishning bosh omili deb hisoblaydi. Mazkur asarning “Til odobi” deb nomlangan bobida tilning jamiyat va madaniy hayotdagi o‘rni, til ilmi, nutq odobi va notiqlik san’ati kabi masalalar keng ochib berilgan. Yusuf Xos Hojib, til bilimli va zakovatli bo‘lishning asosiy vositasi ekanligini, tilning sharofati bilan inson o‘z bilimi, aql-idrokiga sayqal berishi, fikrini oydinlashtirishini ta’kidlaydi. Mahmud Qoshg‘ariy ham “Devoni lug‘oti turk” asari bilan tilimiz ravnaqiga bebaho hissa qo‘shib, davlat tilining nufuzini oshirish, ona tilimizning ravnaq topishiga xizmat qilgan. Asarda alifbo, fonetik qonuniyatlar va orfografik qoidalar, turkiy so‘z …

“Murakkab dogʻlar” dilni dogʻlamasin

“Murakkab dogʻlar” dilni dogʻlamasin

22.10.2021

TV yoki RV masʼullari reklamaga tuzatish kiritishga haqqi yoʻq. Chunki u pulli. Qolaversa, ularniyam reklama beruvchilarni himoya qiladigan qonun himoyalab turgan boʻlsa. Bu yogʻi “Lalixon, hayda qoʻyingni boqaman — reklama bergan tadbirkorga boqaman-mi?Atoqli shoirimiz Erkin Vohidov “Ona tili umummillat mulkidir, demak, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy. Men oʻzbekman, degan har bir inson oʻzbek tili uchun qaygʻurmogʻi kerak. Unutilgan soʻzlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolgʻiz tilshunoslarning emas, millatning ishidir. Eski tuzum barbod boʻldi. Ostanovka turganda bekat, rayon turganda tuman, vilka turganda sanchqi deyishga nima bor, deguvchilarning davri oʻtdi”, deganiga ham ancha …

Xorijda ham qadring baland, o‘zbek tilim!

Xorijda ham qadring baland, o‘zbek tilim!

19.10.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi tarixiy Qonunning imzolangani ona tilimizni yanada rivojlantirish hamda uni nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham targ‘ib qilishga keng imkoniyatlar ochib berdi.Zero, “Davlat tilining obro‘-eʼtibori — butun xalq, butun jamiyatning obro‘-eʼtiboridir”. 2020-yil 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Prezidentining o‘zbek tilida nutq so‘zlashi esa xorijda davlatimiz rasmiy tiliga bo‘lgan qiziqishni keskin orttirib yubordi.Ushbu fundamental siyosatdan kelib chiqib Tashqi ishlar vazirligi o‘zbek tili, madaniyati va anʼanalarini xorijda ommalashtirish bilan bir qatorda xalqaro miqyosda o‘zbek tilining o‘rni va nufuzini …

TIL RIVOJIGA FAQAT MUTASADDILARGINA MASʼUL EMAS...

TIL RIVOJIGA FAQAT MUTASADDILARGINA MASʼUL EMAS...

18.10.2021

O‘tmishdan maʼlumki, davlat tili jamiyat maʼnaviyati va taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Shunday ekan, respublikamizdagi ko‘pgina tashkilotlarda hanuzgacha rus tilida ish yuritilayotgani davlat tilini amalga to‘liq joriy qilish jarayonini sustlashtirishi, muddatni uzaytirishi, oxir-oqibatda milliy davlatchilik xususiyatiga putur yetkazishi bilan xavotirli. Vaholanki, davlat tilida ish yuritish uchun barcha imkoniyatlar va salohiyat yetarli. Ularni qonun ustuvorligi asosida maqsad sari yo‘naltirish, qunt va masʼuliyat bilan yondashish talab etiladi.To‘g‘ri, katta tizimlarda, xususan, keng tarmoqli va o‘ziga xos jihatlarga ega sog‘liqni saqlash sohasida davlat tili borasidagi ishlarni tubdan amalga oshirish murakkab va anchayin qiyin kechishi tabiiy. Ammo bu sustkashlikka asos bo‘la …

Ko‘zning ilg‘agani qalbga muxrlanadi

Ko‘zning ilg‘agani qalbga muxrlanadi

15.10.2021

1989-yili ona tilimizning davlat tili maqomini olishi katta bayramga aylanib ketgan edi. Sho‘rolar saltanati hukm surib turgan bir vaqtda bu voqea, shunchaki, kengashli to‘y shaklida, xamirdan qil sug‘urgandek oson ko‘chmaganini oradan o‘ttiz yildan ziyodroq vaqt o‘tganiga qaramay bugun ham bemalol tasavvur qilish mumkin...So‘nggi yillarda jamiyatimizda yuz berayotgan keskin o‘zgarishlarni istagan soha misolida ko‘rishimiz mumkin. Birgina, davlat tiliga bo‘lgan eʼtiborni olaylik. Bugun o‘zbek tilining mavqei ota-bobolarimiz orzu qilgan darajaga chiqib, u nufuzli tadbir, anjumanlarda ham jaranglay boshladi. Shahrimiz ko‘chalarida yot tillardagi yozuv – reklamalar soni kundan kunga kamayib bormoqda. Eng muhimi, katta-katta shohko‘chalarimizda tilni ulug‘lovchi, ona …

Millat taraqqiyotiga daxldor

Millat taraqqiyotiga daxldor

14.10.2021

Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida nihoyatda muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqdaBuni xususan, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi ishlarda ham yaqqol ko‘rish mumkin.Tizimda ayni vaqtda ushbu yo‘nalishda jadal islohotlar davom etmoqda. Xususan, hujjat almashinuvi to‘liq davlat tilida amalga oshirilmoqda. Ish qog‘ozlari lotin yozuviga asos­langan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilgan. Vazirlik va uning tasarrufidagi bino pesh­lavhalari va boshqa ko‘rgazmali axborot matnlari xatolarsiz joylashtirilishiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.Xodimlarning lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida qisqa o‘quv kurslari tashkil qilindi. «Davlat tilida ish yuritish» (lotin va kirill alifbosida), …

Til – millat boyligi

Til – millat boyligi

14.10.2021

21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas Davlat ramziga aylandi. Davlat timsoli, mulki – tilni asrash, rivojlantirish millatning yuksalishi demak.Ona tili millatning ruhidir. Bundan 32 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Afsuski o‘sha vaqtda olimu fuzalolar, buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish masalasi …

Ona tili - muqaddas tushuncha

Ona tili - muqaddas tushuncha

12.10.2021

Har bir inson oʻz ona tilini ulugʻlaydi, koʻkka koʻtaradi. U orqali dunyoni taniydi, kashf etadi, jamiyatda oʻz oʻrnini topadi. Til – millatning koʻzgusi boʻlib, unda tarix, oʻtmish va kelajak jonlanadi. “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgan oyinayi hayoti – til va adabiyotidur”, – deya eʼtirof etadi Abdulla Avloniy.Darhaqiqat, goʻdak tilga kirar ekan, tilida yangragan ilk soʻz oʻz ona tilida boʻladi. Oʻzbek tilimiz beshikdanoq qulogʻimizga singgan, onamiz, otamizning tili sanaladi.  Ona tilimizga boʻlgan hurmat, izzat-ikrom oʻz tilimizni avvalo, oʻzimiz qadrlashimiz bilan belgilanadi.Avtobus salonida ishga shoshar ekanman, koʻzim jajji qoʻllari bilan onasiga koʻchadagi lotin alifbosida yozilgan reklama …

Til sofligini asrash - Vatan sarhadlarini himoya qilishdek sharafli vazifa

Til sofligini asrash - Vatan sarhadlarini himoya qilishdek sharafli vazifa

11.10.2021

Bu yili “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganiga 32 yil to‘ladi. O‘tgan yillar davomida qonun hujjatlarida davlat tilining qo‘llanilish doirasi qatʼiy belgilangan bo‘lsada, rasmiy va idoraviy hujjatlarning boshqa tilda eʼlon qilinishi ziyolilarning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lib keldi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning o‘zbek tiliga tarjimasiz singib ketishi natijasida tilimizning sofligiga jiddiy putur yetdi.So‘nggi yillarda davlat tiliga bo‘lgan eʼtiborning kuchayishi, til siyosatiga oid zarur meʼyoriy hujjatlar qabul qilinishi natijasida yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash, tilimizning sofligini taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar uchun sharoit yaratildi. Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish (hozirda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish) departamenti va vazirlik, …

“O‘zbek tili” norasmiy kundalik aloqa tili emas, - u “DAVLAT TILIDIR”

“O‘zbek tili” norasmiy kundalik aloqa tili emas, - u “DAVLAT TILIDIR”

09.10.2021

Bugun ona tilimizni ommaviy ravishda va keng miqyosda, o‘zbek davlatchiligining har sohasida tafakkur ifodalarimizning omili sifatida qo‘llashimiz u qadar ko‘ngildagidek bo‘lmagani va bunda har birimizning tegishlicha aybimiz borligini his etamiz. Negaki, 1989-yilda «Davlat tili haqida» qabul qilingan Qonunga qariyb 30 yildan ortiq vaqt bo‘ldi. Qonun hech bir sohada o‘zining to‘la-to‘kis ifodasini topmadi.Shu bois, yanada kuchli huquqiy asos beruvchi bir hujjatga, davlat tili amal qilishini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ehtiyoj sezildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019-yil 21oktabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy …

Tashqi yozuvlarni tartibga solishga barchamiz mas’ulmiz

Tashqi yozuvlarni tartibga solishga barchamiz mas’ulmiz

07.10.2021

Ba’zan ko‘chada ketayotib yo‘l betidagi yozuvlarni bir-biriga ulab, hijjalab o‘qib ham biror ma’no topa olmaysiz, xunob bo‘lasiz. Uning davlat tilida emasligi dilingizni xira qiladi, ayni mana shu ishga diqqatni oshirish haqida o‘ylay boshlaysiz. Tilga bo‘lgan hurmat hissini oshirish, bu boradagi ishlarni namoyon etish haqida gap ketar ekan, albatta ko‘cha yozuvlari, peshlavhalarning joylashtirilishi va ularning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi asosiy e’tiborda bo‘ladi.Ba’zan ko‘chada ketayotib yo‘l betidagi yozuvlarni bir-biriga ulab, hijjalab o‘qib ham biror ma’no topa olmaysiz, xunob bo‘lasiz. Uning davlat tilida emasligi dilingizni xira qiladi, ayni mana shu ishga diqqatni oshirish haqida o‘ylay boshlaysiz. …

Yoshlar va qadriyatlar

Yoshlar va qadriyatlar

07.10.2021

Bugungi kunda jamiyatda maʼnaviy qadriyatlarni tiklash, axloqiy ideallarni shakllantirish va millatning, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish ustuvor vazifadir. Yosh avlodni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan jismonan va maʼnan sogʻlom, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish talab etiladi. Negaki, maʼnaviy-axloqiy rivojlanish mamlakatni modernizatsiya qilishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi jamiyatda fuqarolarning qadriyatlarini oʻrganish, soʻnggi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va hayotning barcha sohalarining erkinlashtirilishi taʼsirida aholining, ayniqsa, yoshlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, huquqiy ongida sodir boʻlayotgan …

Ma’naviyat va til egizak

Ma’naviyat va til egizak

07.10.2021

Ma’naviyatni tildan, tilni esa ma’naviyatdan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Kishilik tarixidagi barcha ma’naviy boyliklar bizga til orqali yetib kelgan. Xalq dostonlari, qo‘shiqlari, afsonalari, ertaklari og‘izdan og‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan va bugun ma’naviy merosimizga aylangan. Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar o‘zbek tilini mustaqil O‘zbekistonning muqaddas timsollaridan biri deb biladi, uni o‘qib-o‘rganadi. Eng muhimi, ular ham o‘z ona tili va madaniyatini rivojlantirishi uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida …

Maʼrifatparvarlar  dil  isyoniga – joʻr boʻlgan, tabarruk, turkona tilim!

Maʼrifatparvarlar dil isyoniga – joʻr boʻlgan, tabarruk, turkona tilim!

06.10.2021

  Behbudiy  jo  aylab seni joniga, Avloniy  belandi alvon qoniga, Munavvarqorilar  dil isyoniga – Jo‘r bo‘lgan tabarruk turkona tilim. Zikrilla Ne’mat   Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini keng miqyosda nishonladik. Bayram arafasi, albatta, biz uchun benazir boʻlgan maʼrifatparvar jadid ziyolilarimiz ruhi-poklarini xotirlab, Qurʼon tilovat qilamiz. Bugungi ozod, obod Vatanimiz, tinch va farovon hayotimiz ana shu ulugʻlarimiz saʼy-harakati, isteʼdodi, kurashi, fidoyiligi evaziga ham bunyod boʻlgan desak, mubolagʻa boʻlmas. Tarixdan ayonki, Chor imperiyasi davrida, mustabid sovet tuzumi sharoitida millatimiz erki, maʼrifati, tili, dini, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlaridan, muxtasar aytganda, oʻzligidan mahrum qilish hisobiga oʻziga mute qilish siyosatini …

“Ц” tovushi o‘zbek tiliga begonami?

“Ц” tovushi o‘zbek tiliga begonami?

06.10.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ц” harfi ortidan yana lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga tosh otuvchilar ko‘paydi. Bu borada turli qarashlarni ko‘rishimiz mumkin. Tilshunos sifatida bir narsani ta’kidlash kerakki, bu tovush aslida o‘zbek tilida bormidi? “Ц” tovushi ishtirok etgan va o‘zbek tili lug‘ati tarkibiga kirgan yuzdan ortiq so‘zlar misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu so‘zlar rus tili orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan. Lekin bu so‘zlarning kelib chiqishini ko‘radigan bo‘lsak, rus tiliga ingliz, nemis, lotin va boshqa tillar orqali kirib kelgani, muhimi, bu so‘zlarning tarkibida aslida “Ц” emas, boshqa tovush sifatida talaffuz qilinishini ko‘ramiz. Masalan: Акциз – fr. аccise Аттракцион …

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

25.09.2021

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2020-2021-yillar davomida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish”, “So‘z xiyoboni”, “Xalqaro terminelementlarning izohli lug‘ati”, “Harbiy atamalarning yangi izohli lug‘ati”, “Yuridik terminlarining ruscha-o‘zbekcha lug‘ati”, “O‘zbek tili meʼyorlari (punktuatsiya)”, “O‘zbek tili bank-moliya terminlarining izohli-illyustrativ ruscha-o‘zbekcha lug‘ati”, “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati” kabi kitoblar nashr etilib, taqdimotlari o‘tkazildi.Kuni kecha Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari …

Aniq o‘lchashlar – halollik garovi

Aniq o‘lchashlar – halollik garovi

18.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev har bir chiqishlarida, hududlarga tashriflari jarayonidagi uchrashuvlar maʼnaviyat, halollik haqida alohida to‘xtalib o‘tadi. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomada ham “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak”, deb taʼkidlagan edi.Xo‘sh, “halollik vaksinasi” bilan qanday emlanadi? Fikrimizcha, “halollik vaksinasi” inson qalbiga igna bilan emas, ayan iymon nuri orqali o‘tib, uning vijdonini poklaydi. Har qanday insonga ona suti orqali …

Kadastr agentligi tizimida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

Kadastr agentligi tizimida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

12.09.2021

2021-yil 9-10-sentabr kunlari Kadastr agentligi direktorining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan maxsus o‘quv-seminar dasturi tashkil etildi (seminar video-aloqa tizimi ZOOM ilovasi orqali o‘tkazildi).O‘quv-seminar dasturida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish masalalari bo‘yicha biriktirilgan xodimlari ishtirok etdilar va unda “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2021-yil 17-avgustdagi 165-sonida chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” maqolasi bo‘yicha hamda Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish mavzulari bo‘yicha taqdimot materiallar …

Harfimiz dumlimi yoki... balki  u yersiz qolgandir, ersiz emas

Harfimiz dumlimi yoki... balki u yersiz qolgandir, ersiz emas

09.09.2021

Xalqimizda o‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir, -degan naql bor. Albatta bu suyaksiz tilni bo‘sh qo‘ysang, u nimalar demaydi. Shuning uchun keksalar tilga emas, aqlga ishora qilginda bolam, deyishadi.Ammo keyingi vaqtda ayrim kishilarning “Mening ham fikrim bor”, qabilida ish tutib, taklif bahonasida xalq mulkiga daxldor, ming yillik sinovlardan o‘tgan tilimiz, alifbomiz haqida bo‘lar-bo‘lmas takliflarni o‘rtaga tashlashayotgani kishini ajablantiradi, chuqur o‘yga toldiradi.Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda h harfi bilan x harfini (ularning tilida yumshoq h va qattiq x ni) bitta harfga aylantirish taklifini bildirishdi. Avval bu harflarni farqlab olinglar baraka topgurlar, deging keladi. Ular qattiq yoki yumshoq harflar emas, …

Davlat tiliga e'tiborsizlik – ona tiliga behurmatlik

Davlat tiliga e'tiborsizlik – ona tiliga behurmatlik

07.09.2021

Yangi Oʻzbekistonda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida Uchinchi Renessansga qadam qoʻyilayotgan bir vaqtda davlat tilining oʻrni va ahamiyatini alohida taʼkidlash joiz. Hozir jamiyatimizning eng eʼtiborli masalalaridan biri, shubhasiz, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida yangi tahrirdagi qonun loyihasidir.Ushbu qonun loyihasi avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Uning 3-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili milliy qadriyat sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa, 5-moddasida davlat tilini Oʻzbekiston Respublikasining madaniy merosi sifatida targʻib etilishi belgilab qoʻyilgan.Bu tushunchalar avvalgi qonunda koʻrsatilmagan. Qonun loyihasining 8-moddasida davlat organlari va tashkilotlarining davlat tiliga oid davlat siyosati va uni rivojlantirish sohasidagi vakolatlarining belgilab qoʻyilganligi davlat organlari …

O‘Z TILINI YO‘QOTGAN HAR QANDAY MILLAT  O‘ZLIGIDAN JUDO BO‘LISHI MUQARRAR!

O‘Z TILINI YO‘QOTGAN HAR QANDAY MILLAT O‘ZLIGIDAN JUDO BO‘LISHI MUQARRAR!

05.08.2021

Bugungi globallashuv davrida hech bir davlat hamkorlik o‘rnatmasdan turib, yopiq holda o‘zi alohida rivojlanishining imkoni yo‘q. Dunyodagi (интеграция) turli mamlakatlar yagona iqtisodiy siyosat asosida iqtisodiy hayoti o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi jarayonida (гегемон) yetakchi davlatlarning mahsulot va xizmat turlari nomlari bilan ularning tillari ham boshqa davlatlarga kirib bormoqda. Eng achinarlisi, iqtisodiy hamkorlik ma’naviyatga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Oqibatda millatning ruhi hisoblangan milliy tilida xalqaro atama sifatida qo‘llaniladigan ajnabiy tildagi so‘zlar ulushi ortib bormoqda. Agarda hozirdan millat taqdiri – til taqdiri uchun kurashmasak jimjimador ko‘rinishga burkangan, yengil yashashni targ‘ib qiluvchi, o‘zligiga befarq bo‘lishga undovchi “ommaviy madaniyat” …

"Ta’tilni maroqli oʻtkazish" mavzusida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

"Ta’tilni maroqli oʻtkazish" mavzusida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

27.07.2021

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlarining farzandlari uchun "Ta’tilni maroqli oʻtkazish" mavzusida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.Tadbirda farzandlar oʻz ota-onalari uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va mehnat jamoasi bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirni yanada maroqli oʻtkazish maqsadida turli musobaqalar o'tkazildi va gʻolib boʻlganlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.Kadastr agentligi Axborot xizmati

O‘QUV QAYDA BO‘LSA, ULUG‘LIK BO‘LAR

O‘QUV QAYDA BO‘LSA, ULUG‘LIK BO‘LAR

27.07.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021-yil 1-iyuldagi topshirigʻi ijrosi bo‘yicha Buxoro tumani hokimligida navbatdagi amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.O‘quvda Buxoro Davlat universiteti tilshunos olimi Bayramali Qilichev ishtirok etib, til islohoti borasida amalga oshirilayotgan ishlar, alifbo, uning aytilishi va yozilishi, kompyuterda yozilish usuli borasida tushuntirish berib o‘tdi.Tuman hokimi maslahatchisi Z.Ergasheva to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishimiz munosabati bilan bunday keng qamrovli o‘quv soatlariga ehtiyoj borligini vaqt talab etayotganligi xususida munosabat bildirdi.Tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari tomonidan berilgan savollarga tilshunoslar tomonidan javoblar berildi. O‘quv munozaraga boy bo‘ldi. O‘quv bo‘lgan joyda, albatta, ulug‘lik ham bo‘ladi.  Buxoro tuman …

O‘rganishlar natijasi - samarali ko‘rsatkich

O‘rganishlar natijasi - samarali ko‘rsatkich

14.07.2021

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat tilida ish yuritilishi taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma bosqich to‘liq o‘tilishi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Agentlikning markaziy apparati bilan bir qatorda uning tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida ham ijobiy ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, monitoring qilish, o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.Huddi shunday maqsadda Agentlikning tizim tashkilotlari hisoblangan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat korxonasi (“UzTest” DK) hamda Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash Departamentining Sirdaryo, Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallariga tashrif buyurib, har bir filialda …

O‘z tilimizni mukammal bilmaslik yoki... o‘zga tilda xato yozilgan matnlar

O‘z tilimizni mukammal bilmaslik yoki... o‘zga tilda xato yozilgan matnlar

12.07.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni va mazkur Farmon ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qator qarorlar ijrosini taʼminlash bo‘yicha barcha vazirliklar qatori Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga ham tegishli vaziflar yuklatilgan. Garchand sirtdan qaraganda vazirlik tizimi va tarkibida, mahallalarda til masalasiga doir muammolar ko‘zga ko‘rinmasligi mumkin. Ammo bu masalaga chuqurroq kiriladigan bo‘lsa, mazkur tizimdayam Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalasida yetarlicha muammolar mavjudligi ayonlashadi.Vazirlik tizimidagi idoralarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishi borasidagi ishlarning holati o‘rganib chiqilganda hududiy …

Qalampirning tanqidi asossiz

Qalampirning tanqidi asossiz

06.07.2021

Qalampirning tanqidi asossiz. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan Hukumat rahbarining ko‘rsatmasi kuni kecha vazirlik, idoralar va tashkilotlar hamda hokimliklarning rahbarlariga yetkazildi.Topshiriqqa asosan 2021-yil 1-avgustga qadar mamlakatdagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklamalar va eʼlonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini taʼminlash vazifasi belgilandi.Bu haqiqatan, Hukumatning davlat tili bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirishdagi yana bir muhim tashabbuslaridan biri deb baholasa bo‘ladi. Topshiriq qaror bilan mustahkamlangan, uni ijrosi ham o‘z vaqtida …

Agentlik "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" tanlovida qatnashadi...

Agentlik "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" tanlovida qatnashadi...

05.07.2021

Agentlikda Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zstandart” agentligida Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tashkil etildi va Kengashga agentlikning Bosh direktori rais etib tayinlandi. Kengashning dastlabki majlisi kun tartibidan Agentlik va uning tizimida olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash, “Qadring baland …

Davlat tiliga hurmatsizlik, uni kamsitish va buzib talqin etishga yo‘l qo‘yilmaydi

Davlat tiliga hurmatsizlik, uni kamsitish va buzib talqin etishga yo‘l qo‘yilmaydi

29.06.2021

Yakunlangan haftada mamlakatimiz parlamenti faoliyati bilan bog‘liq muhim voqea, bu – Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘tkazilgani va unda senatorlar mamlakatimizdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan 19 ta masala, jumladan, 7 ta qonunni ko‘rib chiqqani bo‘ldi.Muhokamalar jarayoni qizg‘in, bahs-munozara va fikr-mulohazalarga boy tarzda kechdi. Yuqori palata a’zolari har bir masalaga atroflicha e’tibor qaratib, hayotga tatbiq qilinishi mumkin, deb hisoblangan hujjatlarni ma’qulladi, aksincha, hali maromiga yetmagan qonun asosli sabablari ko‘rsatilgan holda rad etildi.  Mazkur yalpi majlis kun tartibidan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun ham o‘rin …

TILIMIZ SOFLIGINI ASRAYLIK...

TILIMIZ SOFLIGINI ASRAYLIK...

25.06.2021

Til-millat ko‘zgusiMamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirishda 1989-yilning 21-oktabrida “Davlat tili haqida” gi Qonunning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etdi. Bu bilan huquqiy asosda tilimizni ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrash, yanada boyitish imkoniyatlari yaratildi.Bugungi suhbatimiz Urganch shahar hokimining maslahatchisi Sayyora Samandarova bilan “Davlat tili haqida”gi Qonunning kundalik hayotimizga samarali tatbiq qilinishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tilimizning benazir ahamiyati haqida bo‘ldi. - Sayyora Erkinovna, tilimizga davlat tili maqomi berilishi maʼnaviy-madaniy meros, umummilliy boylik, taʼbir joiz bo‘lsa, ulkan oliy qadriyat, shunday emasmi? - Hammamizga yaxshi maʼlumki, har bir xalqning, millatning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan qadriyatlari mavjud. Bu qadriyatlarni u boshqa hech qayerdan …

Narpayda 16 ta aholi punkti, Urgutda 13 ta mahalla nomsiz yoki nomi qonun talablariga mos kelmaydi

Narpayda 16 ta aholi punkti, Urgutda 13 ta mahalla nomsiz yoki nomi qonun talablariga mos kelmaydi

21.06.2021

“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun asosida Samarqand viloyatidagi bir qator geografik obyektlarni nomlash borasida joriy yilning 6 oyi davomida qilingan ishlar oʻrganildi.Jumladan, Narpay tumanida nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan 16 ta aholi punkti, 949 ta ko‘cha, 2 ta ziyoratgoh, 96 ta qabriston, Jomboy tumanida 225 ta ko‘cha, Urgut tumanida 13 ta yangi mahalla, Nurobod tumanida 1 ta yangi aholi punkti, 99 ta ko‘cha nomlari ekspertizadan o‘tkazilib, xalq deputatlari viloyat hamda tuman Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlandi va davlat reyestri bazasiga kiritish uchun yuborildi.Shuningdek, nomsiz va nomi qonun talablariga mos kelmaydigan Samarqand shahridagi 130 ta …

O‘zbek tiliga ehtiromni Dushanbeda o‘rgandik

O‘zbek tiliga ehtiromni Dushanbeda o‘rgandik

14.06.2021

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrifi, oliy darajadagi  uchrashuv va muzokaralar jarayoni hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun davlatimiz Rahbarining Tojikistonning yuksak mukofoti - I darajali “Zarrintoj” ordeni bilan mukofotlanganligi haqidagi  teleko‘rsatuvlarni tomosha qila turib, beixtiyor iliq xotiralar yodimga tushdi... Darhaqiqat, Tojikiston bilan yaqin qo‘shnimiz, xalqlarimizning muqaddas yeriyu suvi, dini bir, tarixi va taqdiri, tashvishu shodliklari mushtarak. Hatto, o‘zbek tiliga munosabatlari ham. Bunga o‘zim jonli guvohman....Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetining 2-kursini bitirgan ikki talaba – dugonam Po‘latoy Botirova bilan - 1977 yilning yozida Dushanbe shahrida o‘zbek tilida …

“Unicon.uz” DUK va Fanlar akademiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Unicon.uz” DUK va Fanlar akademiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

13.06.2021

"Unicon.uz" - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga oid bajariladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Davlat tilining zamonaviy AKTga faol integratsiyalashuvini ta’minlash borasida O‘zbek tilini Internet tarmog‘ida ommalashtirish, unda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish, o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini keng miqyosda amaliyotga tatbiq qilish, …

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘rganish tadbirlari tashkil etildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘rganish tadbirlari tashkil etildi

07.06.2021

2021-yil 5-iyun kuni Toshkent viloyati maslahatchisi S.Fayzullayev tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘rganish tadbirlari tashkil etildi.Tadbirda Bo‘stonliq tumani maslahatchisi Shuhrat Samadov ham ishtirok etdi. O‘rganish davomida 50 dan ortiq eʼlonlar, peshlavhalar, banerlar ko‘zdan kechirildi. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga to‘g‘ri kelmaydigan eʼlonlar olib tashlandi, olib tashlanishi uchun vaqt talab qilinadigan reklama obyektlari bo‘yicha mas'ullarga ogohlantirishlar berildi.Toshkent viloyati hokimligiMatbuot xizmati

O‘zbek tiliga eʼtirof

O‘zbek tiliga eʼtirof

02.06.2021

Behzod Safarov: Har tong onajonimning duolarini olib ishga otlanaman. Nazarimda volidam aytadigan duolari vujudimdan ruhiyatimgacha tomirimdagi qondek yuguradi. Mehribonimning ona tilimda qilgan ezgu niyatlari go‘yo boshqa tillarda bunday chiroyli jaranglamaydigandek... Shunga aytishsa kerakda, “til millatning yuragi” deb. To‘g‘ri, Behbudiy bobomiz aytganlaridek, “to‘rt tilni o‘rganish zarur”. Boisi, dunyoga chiqish til bilish orqalidir. Chunki, til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Ammo, mеnimcha, o‘zbek tilida har kuni duo bilan farzandlarini o‘qishga, ishga, safarga jo‘natish ham faqat bizning millatda bor qadriyat.Eldor Bahodirov: O‘qiganlarimni eslayman, "..til xalqni tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, anʼanalarini saqlaydi" deb tilga taʼrif bergan …

ISH QOG‘OZLARI BILAN ISHLASHDA IMLO QOIDALARIGA E’TIBOR!

ISH QOG‘OZLARI BILAN ISHLASHDA IMLO QOIDALARIGA E’TIBOR!

01.06.2021

Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari rasmiy - ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Shuning uchun ham "Davlat tili haqida"gi Qonunning 8-14-moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan. Ish yuritish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi ish qog‘ozlari ma’lumot-axborot hujjatlari sifatida umumlashtiriladi. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi: 1) baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht kabi so‘zlarda d, t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi; 2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o‘zlashma so‘zlar …

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasi: integratsiya, metodologiya va amaliyot

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasi: integratsiya, metodologiya va amaliyot

24.05.2021

Bugungi kunga kelib o‘zbek tilining mavqeyini yangi bosqichga olib chiqish, tilni o‘qitishda ilg‘or va zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘qitish dasturi, standartlari va darsliklarni yaratishga bo‘lgan yondashuv ham o‘zgarmoqda.Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘zbek tili hamda ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, xususan, xalqaro tajribalarga asoslangan kompetensiyaviy yondashuvlarni rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasi: integratsiya, metodologiya va amaliyot” mavzusidagi xalqaro …

O‘rmon xo‘jaligi va davlat tili: konsepsiyalar ijrosining uyg‘unligi

O‘rmon xo‘jaligi va davlat tili: konsepsiyalar ijrosining uyg‘unligi

05.05.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2018-2019-yillarda agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar taqdimoti bilan tanishuvi jarayonida “Vaqti kelib, o‘rmon xo‘jaligi alohida yirik sohaga aylanishi zarur”, deya taʼkidlagan edi.Darhaqiqat, mamlakatimizda so‘nggi 4 yil mobaynida o‘rmon xo‘jaligiga eʼtibor ortib, foydalanilmayotgan yerlardan unumli foydalanish, sohaga innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish, daromad topishning eng qulay manbayi ekanligiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.Xususan, 2020-yil 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4850-son hamda 2021-yil 21-yanvardagi “O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4960-sonli qarorlari qabul qilindi.Konsepsiya qabul qilinishidan …

Inomjon Azimov: Millat kelajagiga beparvo boʻlmang, muhtaram deputatlarimiz!

Inomjon Azimov: Millat kelajagiga beparvo boʻlmang, muhtaram deputatlarimiz!

23.04.2021

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning mulohazalarini oʻqib, toʻgʻrisi, tashvishga tushib qoldim. Nahotki, deputatlarimiz shunchalik loqayd, shunchalik dunyoqarashi tor?! Oʻqimaganlar uchun: “Qonun loyihasini muhokamasida XDPning sovetcha qarashlari va “Milliy tiklanish”ni azaldan jini suymaydiganlar bilan qonunga jiddiy e’tibor bermayotganlarning kayfiyatlari ustuvorlik qilmoqda. O‘zbek tili qadrini ko‘tarish va uni ustuvorligini ta’minlash uchun kiritayotgan takliflarimiz “qolgan millatlarni xafa qilib qo‘ymasligimiz kerak” yondashuvi bilan qabul qilinmay qoladigandek. Kechagi sessiyada shunday normalardan biri yetarli ovoz yig‘madi. Qonunning 11-moddasida davlat xizmatchisi o‘zbek tilini bilishi shartligi belgilangan. Hali bu moddaga yetib kelmadik. Lekin 4-moddada fuqaroni davlat tilini bilmaganligi uchun huquqini cheklamaslik to‘g‘risida …

Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari o'rganildi

Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari o'rganildi

21.04.2021

Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida ham ushbu yo‘nalishda jadal islohotlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gullola Isakova Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda viloyatning tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini o‘rgandi.Dastlab vazir maslahatchisining tashabbusi bilan viloyat Bosh boshqarmasida maʼnaviyat soati tashkillashtirib, unga Surxondaryo viloyat hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish …

Davlat tilini hurmat qilish - barcha fuqarolarning insoniy burchidir

Davlat tilini hurmat qilish - barcha fuqarolarning insoniy burchidir

16.04.2021

Tashqi targ‘ibot vositalarining davlat tilida bo‘lishi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Shu millat maʼnaviyati, qadriyati, madaniyati ko‘zgusi sanalmish davlat tilini hurmat qilish, uning meʼyoriy hujjatlariga amal qilish, barcha fuqarolarning insoniy burchi sanaladi. Ming afsuski, hali hanuz tadbirkorlarimiz o‘rtasida o‘z reklamalarini rus yoki ingliz tillaridagi so‘zlar bilan nomlayotganlar ham bor.Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, ularga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida bugun, Buxoro tuman hokimligi ishchi guruhi tumanning “Gulshanobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududning Buxoro shahri va Kogon tumani chegarasigacha bo‘lgan joyida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdilar.Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etildi, baʼzi tashqi targ‘ibot vositalarini almashtirish …

Tashqi yozuv va peshlavhalar: davlat tiliga e’tibor vijdon ishiga aylanishi kerak

Tashqi yozuv va peshlavhalar: davlat tiliga e’tibor vijdon ishiga aylanishi kerak

14.04.2021

Sir emaski, bugun davlat tiliga e’tibor, o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va maqomini oshirish bilan bog‘liq tarixiy islohotlar davrida yashamoqdamiz. Ushbu ezgu amaliy sa’y-harakatlarning, avvalo, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan dadil boshlab berilganligi, bugun davlat tiliga e’tiborning tobora yuksalib borayotganligini alohida qayd etish joiz.Ta’bir joiz bo‘lsa, tashqi yozuv va peshlavhalarni hayotimizda kechayotgan yorqin islohotlarning ko‘zgusi deyish mumkin. Ammo ming taassufki, ushbu ko‘zgu yillar davomidagi e’tiborsizlik oqibatida anchayin xira tortdi. Ya’nikim, tashqi yozuvlar, peshlavhalar, reklama va axborot matnlari aralash-quralash tilda, o‘zbilarmonlik bilan yoziladigan bo‘ldi. Yaxshilab razm solinsa, shahar va ko‘chalarni yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlar kabi turli …

Yangi tahrirdagi alifboga munosabat

Yangi tahrirdagi alifboga munosabat

29.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining rasmiy sahifasida departament tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi yuzasidan munosabat bildirildi. Aslida, ushbu qonun loyihasi regulation.gov.uz saytida e’lon qilingan kundan boshlab turli xil munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan edi. Bu esa o‘z o‘rnida xalqimizning o‘zbek milliy alifbosiga bo‘lgan hurmati va e’tiboridan dalolat beradi.Alifbo odatiy va katta ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa sanaladi. Kundalik hayotimizda alifbodan ko‘p foydalanamiz, ma’lumot olamiz va ma’lumot tarqatamiz. Bu amallardan ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar yosh-u qari bir xilda foydalanadi. Shu bilan bir qatorda, davlat tilini …

Maqsad aniq, endi ortga yo‘l yo‘q

Maqsad aniq, endi ortga yo‘l yo‘q

18.03.2021

Islohotlar hech qachon oson kechmagan. Bundan to‘rt yil avval mamlakatimiz hayotida boshlangan yangilanishlar jarayoni ham ko‘plab sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish uchun juda katta kuch, mehnat, iroda hamda qatʼiyat zarurligini yaqqol ko‘rsatdi. Masalan, uzoq vaqtdan buyon yechilmay kelayotgan, hamisha bahs-munozaraga sabab bo‘lgan og‘riqli masalalarimizdan biri — bu mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish bilan bog‘liq.2000-yilda kirill yozuvidan voz kechib, lotin yozuviga o‘tishimiz kerak edi, o‘tolmadik. Keyinchalik bu muddat 2005-yilga cho‘zildi, yana o‘tolmadik. 2010-yil dedik, baribir amaliy natija kutilganidek bo‘lmadi. Shu bois ham aholida ishonch susaydi, turli eʼtirozli fikrlar ko‘paydi. Aslida qachonlardir boshlangan islohot …

MAʼNAVIY YUKSAKLIKKA ELTUVCHI NARVON

MAʼNAVIY YUKSAKLIKKA ELTUVCHI NARVON

17.03.2021

Sir emaski, o‘zbek yozuvi yillar davomida ko‘p bor isloh qilingan. Aynan 1929-1940-yillar mobaynida lotin alifbosida bo‘lib, 1940-yildan kirill alifbosiga o‘tilgan edi. 1993-yildan yana lotin alifbosi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Ming afsuski, 1993-yildan to bugungi kunga qadar “ikki yozuv egasi” bo‘lib kelayotgan edik. Xayriyatki, joriy yil 10-fevralda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori va “Yo‘l xaritasi”da uzoq davom etgan ikkiyozuvlilikka uzil-kesil barham berish fursati qat’iy belgilandi. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Ayni damda mazkur …

DAVLAT TILINI O‘QITISHDA FINLYANDIYA TAJRIBASI

DAVLAT TILINI O‘QITISHDA FINLYANDIYA TAJRIBASI

12.03.2021

Prezidentimizning o‘tgan yili 6-noyabrdagi taʼlim tizimini isloh qilishga doir farmon va qarorlarida Finlyandiya tajribasini o‘rganish masalasi tegishli idoralar, jumladan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oldiga vazifa sifatida qo‘yilgan edi. Shunga ko‘ra mazkur davlat tajribasi o‘rganilmoqda.Keyingi yillarda ona tilimizni asrab avaylash, davlat tili sifatidagi maqomini ko‘tarish, jahon miqyosida o‘rganilishini rag‘batlantirish va targ‘ibotini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu saʼy-harakatlar zimmamimizga mamlakatimizdagi taʼlim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish samaradorligini oshirish masʼuliyatini yuklamoqda. Bu borada ham ilg‘or xorijiy davlatlar, xususan, Finlyandiya tajribasi o‘rganilyapti.Ayni paytda mazkur mamlakatdagi 2341 ta maktabda 560 ming nafar o‘quvchi tahsil olyapti. Finlyandiya maktablari o‘quv rejasiga …

TIL MASALASIDA BAHAMJIHATLIK ZARUR

TIL MASALASIDA BAHAMJIHATLIK ZARUR

11.03.2021

Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning millat ekanligini ko‘rsatadurg‘on oinai jahoni uning tili va adabiyotidir. Tilni yo‘qotmak, millatni yo‘qotmak demakdir. Til yashasa, millat yashar” degan edi. Darhaqiqat, xalqning o‘z tiliga munosabatidan uning millat sifatida jipslashganini yoki parokanda ekanini bilib olish mumkin.Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim” kitobida taʼsirli bir xotira keltirilgan. Shoir Parij safari chog‘ida asli dog‘istonlik bo‘lgan, lekin fransuz ayoliga uylanib, musofirchilikda umrguzaronlik qilayotgan rassomni uchratadi. Rassom unga “Vatan sog‘inchi” suratini ko‘rsatib, ona yurtiga bo‘lgan muhabbati va sog‘inchini o‘z asarlariga jo qilayotganini aytadi. Shoirning: “Nega vataningga qayta qolmaysan?” degan savoliga javoban: “Endi kech, o‘z vaqtida …

O‘zbek tili rivoji uchun yana bir tuhfa

O‘zbek tili rivoji uchun yana bir tuhfa

10.03.2021

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi hamda Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining bir guruh olimlari tomonidan “O‘zbek tili meʼyorlari (punktuatsiya)” kitobining to‘ldirilgan nashri chop etildi.Kitob 3 000 nusxada, ham lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ham kirill alifbosida nashrdan chiqarilgan. Mazkur uslubda kitobning chop ettirilishi, hammaga birdek qulaylik yaratishga qaratilgan desak adashmagan bo‘lamiz.Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 61-son qarori qabul qilindi. Lotin alifbosida ish yuritish bo‘yicha qatʼiy muddat belgilandi. Yuqorida chop ettirilgan “O‘zbek tili meʼyorlari (punktuatsiya)” kitobining lotin va kirill alifbolarida …

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga  to‘liq o‘tishda ziyolilar oldingi safda bo‘ladilar

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishda ziyolilar oldingi safda bo‘ladilar

09.03.2021

Taʼlim tizimi jamiyatda kechayotgan yangilanishlar, o‘zgarishlarning tashabbuskori va  harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.Shu bois, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish masalasi kun tartibiga qo‘yilganda birinchilardan bo‘lib taʼlim tizimi  o‘z vaqtida bu ishga kirishdi.Maktabgacha taʼlimdan boshlab oliy taʼlimgacha, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi, maktabdan tashqari taʼlimda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi joriy etildi.Afsuski, ikki marta qatʼiy muddat belgilanishiga qaramay mamlakatimizda barcha sohalarda  lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tilmadi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyevning  kun.uz  muxbiri bilan “O‘zbekiston kirilldan voz kechib, lotin yozuviga o‘tyapti: rejalar, muammolar va isloh qilinadigan alifbo” mavzusidagi  …

Yozuv ham millat ko‘zgusi

Yozuv ham millat ko‘zgusi

01.03.2021

Odatda, til –  millat ko‘zgusi deya eʼtirof etiladi. Taʼbir joiz bo‘lsa, yozuvni ham millat ko‘zgusi deb atash mumkin. Chunki zaminu zamonlar osha yashab kelayotgan tarix zarvaraqlari va toshbitiklar ham yozuvlar orqali bizga qadar yetib kelgan. O‘sha yozuvlarda xalqning, millatning necha-necha asrlardagi o‘tmish, kechmishlari mujassam. Shu nuqtayi nazardan nafaqat tilimiz, balki yozuvimizning ham qadr-qiymati, nufuzi va mavqeyi doimo eʼtibortalab vazifa bo‘lib qolaveradi. Bu borada yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ayni haqiqatdir.Vazirlar Mahkamasining joriy yil 11-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ham yozuv masalasiga ustuvor ahamiyat qaralatilayotganidan dalolat …

SHARAF VA IFTIXOR MANZILLARI

SHARAF VA IFTIXOR MANZILLARI

24.02.2021

Ko‘p ming yillik tarixiy tajribalar ko‘rsatadiki, o‘z milliy-maʼnaviy qadriyatlariga tayangan, ularni avaylab-asragan va hayotiy faoliyatida keng qo‘llagan jamiyat rivojlanish yo‘lida og‘ishmay davom etadi, taraqqiyotning barcha pog‘onalarini mardonavor bosib o‘ta oladi. Bu jihatdan, O‘zbekiston xalqi ham o‘zining boy va barqaror amaliy yutuqlariga ega. Xususan, so‘nggi yillarda milliy anʼanalar, maʼnaviy meros, ayniqsa, davlat tilini keng targ‘ib etish va amalda qo‘llash borasida shu qadar keng qamrovli islohotlar olib borilmoqdaki, bu jarayonlarda davlatimiz rahbari eng faol tashabbuskor sifatida barchaga namuna bo‘layotganini alohida eʼtirof etish o‘rinlidir.Yanada quvonchli jihatlardan biri shuki, Yurtboshimiz dunyoning eng yirik xalqaro tashkilotlari yig‘inlarida jahon minbaridan turib, …

Yozuv – umummilliy masala

Yozuv – umummilliy masala

23.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-fevral kuni qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori so‘nggi yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish, davlat tining mavqeyini ko‘tarish bo‘yicha qilinayotgan ishlarning uzviy davomi bo‘ldi, desak ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki oxirgi paytlarda ko‘pchilkni qiynab kelayotgan va bahslarga sabab bo‘layotgan ikkiyozuvlilik masalasiga oydinlik kiritildi. Endi hammamiz aniq bilamizki, qachon yozuvimiz bitta bo‘ladi va yagona alifboda yoza boshlaymiz. Lotin yozuviga to‘liq o‘tish uchun qo‘yilgan muddat uzoqday tuyulishi mumkin. Ammo mana shu fursat bugun lotin alifbosida yozishga qiynaladigan shaxslar uchun berilgan katta imkoniyat bo‘lib, bundan unumli foydalanib qolish …

Davlat tili siyosatini takomillashtirishning yangi bosqichi

Davlat tili siyosatini takomillashtirishning yangi bosqichi

22.02.2021

Davlat tili deganda biz maʼlum davlat hududida yashovchi fuqarolarning davlat tomonidan belgilab berilgan yagona rasmiy muloqot tilini tushunamiz va davlat hududida yashovchi asosiy xalqdan boshqa millat vakillarining tilini kamsitilmasligi kerak. Qonunchilikda ham bu belgilab qoʻyilgan. Keyingi yillarda mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish deganda ijtimoiy tarmoqlarda boshqa tillarning kamsitilishi boʻlayotganligi haqida turli yolgʻon maʼlumotlar tarqalib bormoqda. Bu bejizga emas, chunki, davlat tiliga eʼtibor qaratilgani sari, ayrim qoʻshtirnoq ichidagi “doʻstlarimiz”, til siyosatini boshqa tomonga burishga, xalq orasida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Bu befoyda, davlatning qonuni bor, “Davlat tili haqida”gi qonunda, Konstitutsiyamizda davlat tili oʻzbek tilidir degan …

Sadoqatda tengsiz Мir Alisher

Sadoqatda tengsiz Мir Alisher

07.02.2021

Аlisher Navoiy (Nizomiddin Mir Alisher) 1441-yilda Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi, asli Shahrisabzlik bo‘lgan G‘iyosiddin Bahodir Temuriylar xonadoniga yaqin kishilaridan bo‘lgan va Temuriylar saltanati tarkibida bo‘lgan Хurosonning markaziy shahri bo‘lmish Hirot shahriga ko‘chib o‘tgan. Nizomiddinda she`riyatga zavq erta uyg‘ongan. Navoiy bolalikdayoq Farididdin Attorning “Маntiqut-tayr” аsarini yod olgan, mavlono Lutfiy o‘zimning 10-12 ming baytimni birgina baytiga almashtirardim deb yosh shoirning iste`dodiga yuqori baho bergan.Husayn Boyqaro Хuroson taxtiga o‘tirganida, Navoiy hayotida yangi bosqich boshlangan, 28 yoshida muhrdorlik, 31 yoshida vazirlik mansabiga va 46 yoshida Astrobod hokimligiga tayinlangan. Shoir, davlat arbobi bo‘lgan Navoiy …

NAVOIYGA MUNOSABAT

NAVOIYGA MUNOSABAT

24.01.2021

Menga qilsa ming jafo bir qatla faryod aylamam,Elga qilsa, bir jafo ming qatla faryod aylaram.Alisher NavoiyHar bir xalqning o‘z tili, dini, eʼtiqodi va qadriyatlari shuningdek, millat maʼnaviyatiga ulkan hissa qo‘shgan siymolari bo‘ladi. Masalan, hindlar uchun Mahatma Gandi, xitoyliklar uchun esa Konfutsiy qadrlidir. O‘zbek xalqi olimu fuzalo, sarkardayu mutafakkirlarga boy, biroq Hazrat Nizomiddin mir Alisher bu millatning vijdoni hisoblanishini unutmaslik kerak.Madaniyatli inson boshqa birovning qadriyatlarini oyoqosti qilmaydi, aksincha,  ularga hurmat ko‘rsatadi.Turkiylar uchun o‘zidan kechib, buyuk ishlarni amalga oshirgan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyotini o‘z davrida ko‘klarga ko‘targan, turkiy tilni adabiy, badiiy tilga aylantirgan shoir, olim, davlat …

Navoiyni anglash...

Navoiyni anglash...

23.01.2021

Buyuk mutafakkir bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyni xalqimiz turkiy tillarning asoschisi, so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir shoir sifatida yaxshi biladi. Uning bebaho adabiy merosi nafaqat xalqimiz, balki butun jahon adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi. Buyuk bobomiz o‘zining asarlarida yuksak umumilliy g‘oyalar, ona tilimizning butun bo‘y-bastiniyu cheksiz latofatini ko‘rsatib bergan.Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har bir jabhada o‘zining aksi, ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ularning qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni kamol toptirish maqsadida buyuk allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimizning tavallud sanalarini keng nishonlash, ular qoldirgan boy adabiy merosni yurtimizda …

O‘zlikni tanitguvchi maʼnaviyat bulog‘i

O‘zlikni tanitguvchi maʼnaviyat bulog‘i

20.01.2021

Til – hayotning boshlanishi. Inson o‘z ona tili yordamida yangi tushunchalar va munosabatlarni anglay boshlaydi. Ona tili bizga ona suti bilan singdiriladi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyeyov o‘zbek tilini asrash va qadrlash borasida bunday degan edi: “Ona tilimiz — milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir”. Darhaqiqat, ushbu maʼnaviyat bulog‘idan bahramand bo‘lganimiz sayin ajdodlarimiz qoldirgan maʼnaviy meros qanchalar bebaho ekanini yanada chuqurroq anglaymiz.Yuksak taraqqiy etgan davlatlar darajasiga erishish va raqobatdosh bo‘lish uchun O‘zbekiston fuqarolari xalqaro tillarni bilishlari muhim, albatta. Chunki biz global rivojlanish tendensiyalaridan orqada qola olmaymiz. …

Munosabat: Davlat tilida ish yuritish qo‘llanmasi haqida

Munosabat: Davlat tilida ish yuritish qo‘llanmasi haqida

15.01.2021

Xabaringiz bor, o‘tgan yili Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasining to‘ldirilgan va takomillashtirilgan 9-nashri qayta nashrdan chiqarildi. Tabiiyki bu ko‘pchilikni quvontirdi. Kitob taqdimotidan so‘ng, departamentga “nima uchun kiril alifbosida chiqarildi?”, “qo‘llanma kimlar uchun mo‘ljallangan axir?”, “yoshlar uchun qo‘llanma yo‘qmi?” kabi ko‘plab baxs-munozarali savollar berildi. Kuni kecha lotin alifbosiga asoslangan “Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasining 15 ming nusxadagi qayta nashri chiqarildi. Barcha davlat va nodavlat muassasalarga bepul tarqatilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda departamentning mazkur qo‘llanmani chop ettirishdagi saʼy-harakatlari maqtovga loyiq. Qo‘llanma 5 turdagi hujjatlar ustida ishlash bo‘yicha maʼlumot beradi. 1. Tashkiliy hujjatlar; 2. Farmoyish hujjatlari; 3. …

“O‘Z TILIGA SADOQAT, BU –  VATANIY ISHDIR”

“O‘Z TILIGA SADOQAT, BU – VATANIY ISHDIR”

14.01.2021

Til – buyuk neʼmat. U millatning mavjudligi, g‘ururi va o‘ziga xosligini ifodalaydi. Shunday ekan, har bir inson o‘z tilini bilishi, uni ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa xalqlarning tilini ham hurmat qilishi, imkon qadar o‘rganishi foydadan xoli emas. Bu turli xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashi barobarida tilning nufuzi va mavqeyini oshirishga xizmat qilishi tabiiy. Til tarixi va tuzilishini xalqning rivojlanish tarixi va milliy o‘ziga xosligidan ayri holda o‘rganib bo‘lmaydi. Chunki har bir xalq tilida millat o‘tmishi, asriy qadriyatlari, madaniyati o‘z ifodasini topadi. Turkiy tilni ilk bor garammatik nuqtayi nazardan tadqiq etgan alloma bobomiz Mahmud Qoshg‘ariy  “Devonu …

Til — davlatning timsoli, mulki

Til — davlatning timsoli, mulki

08.01.2021

“O‘zstandart” agentligi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan muvofiqlikni baholash idoralari, shu jumladan xususiy sertifikatlashtirish idoralari va laboratoriyalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining holati tizimli o‘rganilmoqda. Xususan, Toshkent shahridagi “Topfin result” va “Nipo standart” korxonalari qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarida muvofiqlikni baholash natijalarini davlat tilida rasmiylashtirilishi, muvofiqlikni baholashda qo‘llanilayotgan standartlarning davlat tiliga tarjima qilinishida mutaxassislarning jalb qilinishi bilan bog‘liq masalalar muhokama etilib, bu yo‘nalishdagi ishlar tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar belgilab olindi.Azamat PARDAYEV,“O‘zstandart” agentligi direktorining maslahatchisi"standart.uz" saytidan olindi

TIL – MILLAT TARAQQIYOTI VA KELAJAGINING MUHIM OMILI

TIL – MILLAT TARAQQIYOTI VA KELAJAGINING MUHIM OMILI

29.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabz shahrida joylashgan bir qator savdo obyektlarining tashqi reklama vositalari, peshlavha va boshqa axborot matnlarining davlat tiliga muvofiqligi o‘rganildi.Shahrisabz shahar hokimining maslahatchisi F.Axmedova tashabbusi bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari L.Abdullayeva, shahar Xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi Ch.Mannonova hamkorligida tashkil qilingan nazorat-targ‘ibot tadbirida Ipak yo‘li shohko‘chasida joylashgan oziq-ovqat va maishiy savdo do‘konlari, go‘zallik salonlari, xususiy shifoxona hamda dorixonalardagi mavjud tashqi yozuvlarning davlat tili …

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

22.12.2020

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari nomzodi Hulkar Hamraeva ma'ruza qildi.Ma'ruzachi o‘z so‘zida o‘zbek tili taraqqiyoti bugungi kunga qadar juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligi, tilimizning ilk namunalari O‘rxun-Enasoy bitiklarida, ulardagi yozuvlarda aks etganligi, tilimiz qadimgi turkiy tillar turkumiga kirishi xususida misollar orqali tushuntirishlar berib o‘tdi.Darhaqiqat, XI-XII asrlarda mamlakatimiz hududida eski turkiy til shakllangan bo‘lib, Mahmud Qoshg‘ariyning bu davrda yaratilgan “Devoni lug‘otit-turk” asari eski turkiy tilda yozilgan betakror va nodir asarlardan hisoblanadi. Ushbu asar nafaqat badiiy, balki ilmiy, ijtimoiy ahamiyatga ega …

Til madaniyatining mashʼali bo‘laylik!

Til madaniyatining mashʼali bo‘laylik!

15.12.2020

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinishi mustaqilligimiz yo‘lidagi dastlabki qadam edi. Chunki o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan 1989-yilda hali sho‘rolar tuzumi hukmronlik qilardi. Qonunning qabul qilinishi maʼrifiy-maʼnaviy qiymatidan tashqari, tilimizning qadri, millatimizning qayta tiklanishida muhim rol o‘ynadi.1992-yilda qabul qilingan Bosh Qomusimizning 4-moddasida o‘zbek tili, mavqeуiga ko‘ra, davlatimiz mustaqilligi ramzlaridan biriga tenglashtirilib, davlat tili sifatida belgilab qo‘yilgani uning jamiyatimizdagi nufuzini yorqin va to‘liq ifodalab turibdi. So‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilgan ishlar tilimiz mavqeуini yana bir karra yuqoriga ko‘tardi.Shuni alohida taʼkidlash lozimki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan  “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilanib, mamlakatimiz …

Konstitutsiya bergan huquq — milliy tilni avaylab, avlodlarga yetkazish ulug‘ sharaf va burchdir

Konstitutsiya bergan huquq — milliy tilni avaylab, avlodlarga yetkazish ulug‘ sharaf va burchdir

08.12.2020

Eng ilg‘or mamlakatlarning konstitutsiyalaridan qolishmaydigan asosiy Qonunimizning yaratilishida xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, jumladan, milliy tili, necha ming yillik milliy davlatchilik tajribasi hamda dunyoning to‘qsondan ortiq davlatining ilg‘or konstitutsiyalaridagi tajribalar hisobga olingan. Xalqaro ekspertlar ko‘p bor ta’kidlaganlaridek, unda eng muhim xalqaro huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan va umum e’tirof etilgan ilg‘or demokratik prinsiplar o‘z in’ikosini topgan. Milliy tilini rivojlantirish har bir xalqning eng muhim huquqlaridandir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir». Ayni paytda ushbu moddada: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, …

ONA TILINI BILISH – O‘ZLIKNI ANGLASH

ONA TILINI BILISH – O‘ZLIKNI ANGLASH

04.12.2020

Tanqid – achchiq, mevasi – shirinOchig‘ini aytish kerak, navbatdagi yig‘ilish o‘ziga xos bo‘ldi. U tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan bo‘lsada, zalda ko‘tarinkilik kayfiyati hukmron edi. To‘g‘rida, davlat tilini rivojlantirish borasida bundan bor-yo‘g‘i 3-4 yil oldin butun boshli mamlakatda bajarilishi u yoqda tursin, hatto xayolga ham kelmagan ishlar, mana bir yil davomida faol amalga oshirib kelinmoqda.Ha, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish mana shunday muhitda o‘tdi.Unda maslahatchilarning 2020-yilning o‘tgan …

O‘Z TILIM BAXTIM MENING - MILLATIM FAXRIM MENING!

O‘Z TILIM BAXTIM MENING - MILLATIM FAXRIM MENING!

30.11.2020

Har bir davlatning davlat tiliga bo‘lgan e’tiborini mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerar.Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiBarchamizga ma’lumku, mustabit tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urunishlar bo‘lgan edi. Lekin, xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoiylarining jonkuyarligi natijasida 1989-yil 21-oktabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, oʻzbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi.Mazkur tarixiy sanadan qariyb o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Muhtaram Prezidentimiz 2019-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili …

TIL — MILLIY G‘URURIMIZ, O'ZLIGIMIZ VA DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI

TIL — MILLIY G‘URURIMIZ, O'ZLIGIMIZ VA DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI

24.11.2020

Til — qomus, madhiya, bayroq kabi millatning o‘zligi, mavqeyi, obro‘-eʼtiborini belgilaydigan muhim vositalardan biri. U milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boyligimiz hisoblanadi.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liq.Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi taʼsiri hamda mavqeyini yanada oshirish bo‘yicha muhim va dolzarb vazifalar Prezidentimizning 2019-yilning 21-oktabrida imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida aniq belgilab berilgan.Jumladan, Farmonda davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga …

Til — milliy g‘ururimiz

Til — milliy g‘ururimiz

20.11.2020

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.Shu sababli yurtimiz mustaqillikka ilk qadamlarini tashlayotgan davrdayoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganini faxr-iftixor bilan eslaymiz. Bu tarixiy hodisaning tub mohiyatini kelajak avlod ongiga singdirish, unga muhabbati, sadoqatini yanada mustahkamlash shu til jonkuyarlari — o‘qituvchilar, tilshunoslar, umuman o‘zini …

O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlandi

O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlandi

09.10.2020

Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida tashkil qilingan navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat mashg‘uloti 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlandi. Tadbir karantin talablariga asosan ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘tkazildi. Mashg‘ulotni vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev olib borib, o‘z so‘zida bugungi kunda davlat tili nufuzi va maqomini oshirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Munira Qahhorova “Ona tili va ma'naviyat” mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzachi ona tili haqida fikr yuritar ekan, uning ma'naviyat tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ekanligini alohida qayd etdi. Ma'naviyat …

SO‘YLASIN AFROSIYOBU, SO‘YLASIN O‘RXUN XATI...

SO‘YLASIN AFROSIYOBU, SO‘YLASIN O‘RXUN XATI...

07.10.2020

Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘ladi. Bu tarixiy hujjatning 1989-yil 21-oktabrda, yaʼni mustaqilligimiz qo‘lga kiritilguniga qadar qabul qilingani uning naqadar ahamiyatli ekanini teranroq his qilishimizga imkon beradi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish arafasidagi dastlabki dadil qadami o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berishdan boshlandi. Bu bilan tilimizni saqlash, tiklash, asrash, yuksaltirish uchun huquqiy zamin yaratildi. Ushbu normativ-huquqiy hujjat til erki, ozodligi, taraqqiyotining millat taqdiriga, milliy hurriyatga nihoyatda chambarchas bog‘liq ekanini, millat va til taqdiri o‘zaro mustahkam rishta bilan payvand etilganini namoyish etdi. 2019-yil 4-oktabrda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi …

Zarhal harflar bilan bitiladigan muhim voqea

Zarhal harflar bilan bitiladigan muhim voqea

29.09.2020

O‘zbek tilining rivojlanish tarixida 2020-yilning 23-sentyabr sanasi milliy tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlash borasidagi zarhal harflar bilan bitiladigan muhim voqea bo‘ldi. Zeroki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasidagi chiqishi, yuksak minbardan turib ona tilimizda maʼruza qilishi o‘zbek tilining davlat tili maqomidagi nufuzini mustahkamlash borasidagi davlatimiz siyosiy irodasi naqadar qatʼiy va izchil ekanligini namoyon etdi.Tilimiz tarixida bunday xalqaro miqyosdagi yuksak minbarda jahon tamadduniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahriddin Muhammad Bobur kabi vatanimizning ko‘plab buyuk daholarini yetishtirgan millatimiz …

TURKIY TILDAGI BEBAHO BOYLIGIMIZ

TURKIY TILDAGI BEBAHO BOYLIGIMIZ

29.09.2020

Alloma, shoiru yozuvchilarning nodir, o‘lmas asarlarida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go‘zalligi va nafosati yorqin namoyon bo‘ladi. Bizgacha yetib kelgan qadimiy yozma yodgorliklar, badiiy asarlar ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosidir. Qadimiy yozma yodgorliklardan Xuastuanift, O‘rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” (“Qisasi anbiyo”), Alisher Navoiyning “Xamsa” va boshqa ko‘plab asarlar orqali tilimizning shakllanish, rivojlanish bosqichlari, jo‘nligi, boyligini ko‘rish mumkin.Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziyning payg‘ambarlar tarixi haqida eski turkiy tilda yaratilgan “Qisasi Rabg‘uziy” (“Qisasi anbiyo”) asari hozir ham sevib o‘qiladigan …

Olam uzra jaranglagin, jon ona tilim!

Olam uzra jaranglagin, jon ona tilim!

27.09.2020

2020-yil 23-sentyabr kuni ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi, desa mubolag‘a bo‘lmas. Shu kuni Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo‘lib o‘tdi. 200 ga yaqin davlatlarni o‘z atrofida birlashtirgan – Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi Assambleyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilida nutq so‘zladi. Yurtboshimizning eng yuksak minbardan turib nutq so‘zlashini nafaqat o‘zbekistonliklar, balki butun jahon katta qiziqish bilan tingladi. Ushbu ma'ruzani oynai jahon, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali tinglagan ko‘pchilikning ko‘zlariga sevinch yoshlari qalqidi. Chunki o‘tmishda o‘z yurtida bo‘la turib o‘z tilida …

Bobolardan senga bir salom!

Bobolardan senga bir salom!

26.09.2020

O‘rxun-Enasoydan so‘zlangan tilimiz bugun jahon uzra baralla yangramoqda.Yangraganda ham shunday yangramoqdaki, unda bir salobat bor..., bir zalvor bor... .Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari nutqlarida ko‘tarilgan dunyo muammolari va ularning yechimlari aynan o‘zbek tilida so‘zlandi.Nutqda umumbashariy muammolar tilga olinarkan, muammolar yechimi so‘zlanarkan, so‘zlarning zalvoridan ularni anglash uchun tarjimaga hojat yo‘q edi go‘yo.Kamtarlik bo‘lsada, aytish mumkinki, bu kunda jahon izlari Shumerning loyxatida muhrlangan, ildizi O‘rxun-Enasoydan qonib-qonib suv ichgan o‘zbek tilining jarangdor so‘zlarini eshitish baxtiga musharraf bo‘ldi.Musharraf bo‘ldiki, Temur “Tuzuklari”, Navoiy Xamsasi, Bobur “Noma”sini aynan o‘z tilida yozilganidan o‘qishga kirishsa, ne …

Дүньяға жар салған Наўайы тили

Дүньяға жар салған Наўайы тили

25.09.2020

Қудайға мың қәтле шүкир, ғәрезсизликтиң шарапаты менен муқаддес динимиз, жанажан тарийхымыз, мәмлекетлик тилимиз өзимизге қайтты. Усы қәдириятлар арқалы ғәрезсизлигимиз мәңги турып, халқымыздың өзлиги беккемленип, мәмлекетимиз байрағы бәлент минберлерде желбирей береди. Сонлықтан, биз бул байлықларымызды көздиң қарашығындай сақлап, келешек әўладларға сап ҳалында мийрас етип қалдырсақ, олар да бизден разы болады, усы қәдириятларды асыраўға тәрбияланады. Егер (Қуда көрсетпесин!) бул сүтинлерден биреўи тайғандай болса, миллеттиң тәғдири қәўип астында қалады. Мәселен, динимизди жоғалтсақ кеўлимиз жент болады, тарийхымыздан айрылсақ есимизди жойтамыз, бәринен де жаманы тилимизди жоғалтсақ барлығымыздан айрыламыз.Бүгинги күнде мәмлекетимизде миллий қәдириятлар ҳәм үрп-әдет, дәстүрлеримизди асыраў, оларды дүнья шеңберинде жаңғыртыў …

Asta-sekin saʼy-harakatlarimizning samarasini ko‘rmoqdamiz

Asta-sekin saʼy-harakatlarimizning samarasini ko‘rmoqdamiz

25.09.2020

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, bugun tilga bo‘lgan munosabat barchamizni xursand qiladigan darajaga yetmoqda. Vaholanki, o‘sha 1989-yil o‘zbek tili mavqeyi uchun ozmuncha kurashlar bo‘l­ganmidi?! Asta-sekin bu saʼy-harakatlarimizning samarasini ko‘rmoqdamiz.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi o‘zbek tilida qilgan maʼruzasi O‘zbek xalqi uchun ulkan bir tarixiy voqea bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu maʼruza butun o‘zbek xalqiga g‘urur va iftixor bag‘ishladi. Ota-bobolarimizning ruhlari shod bo‘ldi desam, bu ham ayni haqiqat.Hech kim o‘ylamagandiki, bizning ona tilimiz xorijiy davlatlarda nufuzli anjumanlarda jarang sochadi deb.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 23-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrifi chog‘ida …

Prezidentimga maktub!

Prezidentimga maktub!

25.09.2020

Assalomu-alaykum muhtaram Shavkat Miromonovich,2020-yil 23-sentyabr kuni Sizning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Davlat tili – O‘zbek tilidagi chiqishingizni butun xalqimiz, kattayu-kichik, jamoatchilik hech bir mubolag‘asiz, mamnuniyat, faxr va iftixor bilan qarshi oldi. Chunki, shu kuni dunyoni anglagan tilim, allalar tinglagan tilim-o‘zbek tili jahon siyosiy minbarida Siz tomoningizdan jarangladi!O‘zbek tilidagi nutqingizni eshitib, davlat idorasida ishlayotgan xodim sifatida emas, eng birinchi navbatda shu yurtda yashayotgan oddiy fuqaro, o‘zbek ayoli sifatida men bu chiqishingizni elimizga, ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat deb bildim. Shu zaminni, har bir qarich yerini, bir siqim tuprog‘ini muqaddas deb bilish, unda yashayotgan xalqini, tilini …

AJDODLAR ARMONI USHALGAN KUN!

AJDODLAR ARMONI USHALGAN KUN!

24.09.2020

Kuni kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75-sessiyasida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonning bo‘y ko‘rsatayotganini jahon ahliga millatimizning bosh va xira tortmas ko‘zgusi bo‘lgan o‘zbek tilida - O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida e'lon qildilar. Bunda har bir hamyurtimizning qalbida o‘zining tiliga bo‘lgan hurmat, ehtirom va g‘urur yana bir marta paydo bo‘ldi. Shaxsan men mazkur nutqni tinglab, O‘zbekiston davlatining Prezidenti butun jahon hamjamiyatiga qarata qator muammolar to‘g‘risida o'ndan ortiq tashabbuslarni ilgari surgani, bugungi yangi O‘zbekistonda jamiyatning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning ketma-ketlikda amalga oshirilayotgani va buni butun jahon tan olayotganini eshitib, eng asosiysi, mazkur nutq o‘zbek tilida baralla yangraganidan, to‘g‘risi, …

MUHTASHAM MINBARDAN YANGRAGAN TILIM

MUHTASHAM MINBARDAN YANGRAGAN TILIM

24.09.2020

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida maʼruza qilishi haqidagi xabarni eshitgan onimizdan beri bu qutlug‘ kunni intiqib kutdik. “Til – birligimiz va borligimiz ramzi”, deya bejiz aytilmaydi. Ushbu nutq dunyoning turli davlatlarida yashayotgan o‘zbeklarni, O‘zbekistonga aloqador insonlarni maʼnan birlashtirdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bu tarixiy hodisani nafaqat yurtdoshlarimiz balki xorijdagi xayrixoh do‘stlarimiz, tildoshu qondoshlarimiz ham behad quvonch bilan kutishdi. Xususan, Turkiyaning nufuzli “Jumhuriyat” gazetasining 21-sentyabr kungi sonida “O‘zbek tili BMTda” sarlavhali maqola chop qilindi. Xabarda “O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMTning yuksak minbaridan Navoiy tilida dunyo hamjamiyatini hamkorlik va birdamlikka daʼvat …

MAQSAD SARI INTILSAK NATIJAGA ERISHAMIZ

MAQSAD SARI INTILSAK NATIJAGA ERISHAMIZ

14.09.2020

Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytadi: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti — bu til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotish millatning ruhini yo‘qotishdir”. Yuz yil avval aytilgan ushbu jumla go‘yoki kelajak avlod taqdirini bashorat qilib ketgandek. Bugun til bilan bog‘liq muammolarimizning sababi aynan Avloniy tilida aytilgan so‘zlardir. O‘tgan asrda til, millat ruhi, milliy g‘oya bilan bog‘liq ko‘p yo‘qotishlar bo‘ldi. Buni inkor etmaymiz. Bugun esa muammolarni tizimli ravishda bartaraf etishga bel bog‘laganmiz. Bunda har birimiz masʼuliyatni his qilgan holda islohotni o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Farmatsevtika tarmog‘ida ham davlat tili bilan bog‘liq muammolar bor, buni inkor etmaymiz. …

E'tirof: Suv, havoday zarur qo'llanma

E'tirof: Suv, havoday zarur qo'llanma

12.09.2020

Suv va havo tiriklik uchun zarur bo‘lgani kabi davlat tili ham unda yashayotgan xalq uchun shu qadar, taʼbir joiz bo‘lsa, hayot-mamot masalasi yanglig‘  muhimdir. Shu maʼnoda, aytish kerakki, bugungi kun, shiddat bilan kechayotgan islohot va yangilanishlar davriga mos va xos, talab darajasida chop etilib, jamoatchilik hukmiga havola etilgan “Davlat tilida ish yuritish” kitobining yangi nashri davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, yanada rivojlantirishdagi dadil va zalvorli qadamlardan biri bo‘ldi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ushbu qo‘llanmaning 9-nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini …

“KELAR ZAMON UCHUN HOZIRLANAYLUK, O‘TGAN ZAMON UCHUN EMAS”

“KELAR ZAMON UCHUN HOZIRLANAYLUK, O‘TGAN ZAMON UCHUN EMAS”

11.09.2020

Behbudiy tilning rivoji, unga boshqa tillarning taʼsiri, oddiy so‘zlashuv tili va adabiy til kabi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, matbuot tilining ko‘cha tilidan, oddiy so‘zlashuv tilidan farq qilishi lozimligi xususida bunday deydi: “Matbuot maydonig‘a bizdan muqaddam otilgan va do‘stlar ila jarida va majallalarg‘a sohib bo‘lgan ichkari Rusiya va Kafkoz musulmonlarini matbuot tili va ham ko‘cha tilig‘a diqqatlik kishig‘a maʼlumdirki, matbuotlari ko‘cha tilidan necha daraja oliydur. Va kundan kun yana oliylashmoqdadur. ... Hech bir firqa va yo lahjaning tili, avom tili matbuotg‘a kirmaydur”.Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat matbuot tili, balki fan, taʼlim-tarbiya tili ham oddiy so‘zlashuv tilidan …

KISHI SOFLIGINI SAQLASH UCHUN BADANTARBIYA SIRLARINI O‘RGANISHI KERAK

KISHI SOFLIGINI SAQLASH UCHUN BADANTARBIYA SIRLARINI O‘RGANISHI KERAK

26.08.2020

Alisher Navoiyning asrdan asrga, nasldan naslga o‘tib, xalqimizning tili va dilida yashab kelayotgan noyob asarlarida jismoniy tarbiya va sport, salomatlik masalalari keng yoritilgan. Alloma o‘zbek tilining boyligi, imkoniyatlari cheksizligi va unda yorqin ijod qilish mumkinligini isbotlab, asarlarida har bir insonning aqlli, axloqli, bilimdon, dono, oqil, sofdil, saxovatli, sabr-qanoatli, muruvvatli, kamtar, mard va jasur bo‘lmog‘i zarurligini uqtiradi. Ayniqsa, “Farhod va Shirin” dostonida jangovar mashqlar, kuchlilik, bahs-munozaralarga alohida eʼtibor bergan. Shuningdek, dostonda Farhod harbiy mashqlarning barchasi bilan maxsus shug‘ullanganligi to‘g‘risida so‘zlab, “dilovarlig‘” degan atamani ishlatadi. Yaʼni “Farhod maʼnaviy bilimlar “ulum”ni juda ko‘p o‘rganib bo‘lgach, jismoniy mashqlarni mukammal …

Ona tilimizning qadri va qaddini yuksaltirish ˗ barchamizning burchimiz

Ona tilimizning qadri va qaddini yuksaltirish ˗ barchamizning burchimiz

24.08.2020

Darhaqiqat, Mahmudxo‘ja Behbudiy millatparvar, vatanparvar va taraqqiyparvar shaxs sifatida milliy tariximizni bezab turgan zotlardan sanaladi. Behbudiy milliy taʼlim, milliy mafkura, milliy taraqqiyot asoslarini puxta anglagan va millatning maʼnaviy rahnamosi darajasiga ko‘tarilgan siymodir. Milliy tafakkur milliy tildan boshlanadi. Behbudiy dunyoni o‘zbek tafakkuri bilan anglashni targ‘ib qilgan mutafakkir, millat peshvosi, ziyolilarga yo‘l ko‘rsatgan maʼrifatparvardir. O‘zbek teatri, o‘zbek jurnalistikasi kabi ko‘p jabhalar rivojida Behbudiyning hissasi katta. U millat ziyolilarini bir maslak — milliy taraqqiyot yo‘lida birlashtirishga intilgan. Shuning uchun ham bu jihat buyuk ajdodimizning fojiali o‘limidan chuqur qayg‘uga botish Sadriddin Ayniy, Cho‘lpon kabi ijodkorlarimizning Behbudiyga bag‘ishlangan marsiyalarida yorqin …

Til sofligini asrash har birimizning vijdon ishimizdir

Til sofligini asrash har birimizning vijdon ishimizdir

18.08.2020

Bugungi kunda o‘zbek tilida Yer yuzida 50 milliondan ortiq aholi so‘zlashadi. Bu sayyoramizdagi taxminan har 160 nafar odamdan biri o‘zbek tilida gapiradi, deganidir. Boshqacha aytganda, o‘zbek tili so‘zlashuvchilar soniga ko‘ra sayyoramizda eng keng tarqalgan 40 ta tildan biridir.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va davlatimizning asosiy Qonunida mustahkamlab qo‘yilishi xalqimiz tarixida buyuk voqea bo‘lganligi, shubhasiz. O‘zbek tili davlatimiz ramzlari qatorida turadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.Tilimizning imkoniyatlari, qo‘llanish doirasi, lug‘at boyligi tez sur'atda kengaydi. Uning rivojlanishi uchun barcha imkoniyat eshiklarini ochildi.Har qanday tilning lug‘at boyligini “jamiyat hayotining barometri” deyishadi. Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, yangilanishlar o‘zbek …

MASLAHATCHI MUSAHHIH EMAS

MASLAHATCHI MUSAHHIH EMAS

01.08.2020

Hech bir mezbon o‘z uyiga kelgan mehmonga xom-xatala, chala pishgan, bemaza taomni qo‘ymaydi. Nega?! Chunki u mehmonidan uyaladi. Nomus qiladi. Shuning uchun mehmon kelganda, hatto “yo‘qni bor” qiladi. Davlat tilida chala-yarim, sifatsiz matn, xat-hujjat tayyorlashdan ham shu taxlit uyalishimiz kerak.So‘zimiz – bizning yuzimiz. Xatimiz esa bamisoli ko‘zgu.U o‘zligimizni, boru yo‘g‘imizni aks ettirib turadi. O‘ylab qarasak, o‘zbek tili dunyoning eng boy tillaridan biri ekanini anglaymiz. Ammo ba'zi birlarimiz nutqimizda, so‘zimizda uning bu imkoniyatlaridan foydalanmaymiz. Aksincha, “borni yo‘q” qilib ko‘rsatamiz.O‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan …

TILIMIZNING MING YILLIK JILVАLАRI

TILIMIZNING MING YILLIK JILVАLАRI

21.07.2020

Millat maʼnaviyati milliy tilga bo‘lgan munosabat va eʼtiborda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Аynan ona tili insonning maʼnaviyatini boyitishga, madaniyatini saqlashga, uni avloddan avlodga yetkazilishiga xizmat qiladi. Mubolag‘asiz, har birimizning vujudimizga jamiki ezgu niyatlar onamiz ohanrabo allasi, onamiz tilining jozibali sehri, qaynoq mehri bilan to‘yintirilgan. Ona tilimizga bo‘lgan hurmat ruhini millatning har bir fuqarosi o‘z oilasidagi farzandlari shuuriga singdirsa, tilimizni sevguchi, qadrlovchi, asraguvchi kelajak avlodni voyaga yetkazgan bo‘ladi. Urf-odat, anʼana va ezgu qadriyatlarni millatning vatanparvarlari qadrlaydi, Ona tili ulug‘ qadriyat hisoblanib, uni kelajak istiqbolda vatanparvar o‘g‘il-qizlar yuksaltiradi. Ona tilimiz milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘i bo‘lgani holda, unga munosib …

MАSLАHАTCHINING TАYANCHI

MАSLАHАTCHINING TАYANCHI

16.07.2020

Davlat miqyosida amalga oshiriladigan har qanday faoliyat, albatta, qonun bilan kafolatnadi. Bugunga qadar qabul qilingan farmon, qonun va qarorlar bizga davlat tilini rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Endigi asosiy masala – oʼzbek tilining davlat tili sifatida mamlakat miqyosida toʼliq amal qilishiga erishishdir. Bu borada ham muhim qadamlar tashlangan, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 34-sonli qarori bilan har bir vazirlik, tashkilot, muassasalarga davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimi joriy qilindi. Maslahatchi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda oʼzi tayinlangan sohada oʼzbek tilining nufuzini oshirishi, hujjatlarning davlat tilida yuritilishini nazorat qilishi, vazirlik, tashkilot …

TIL EKOLOGIYASI

TIL EKOLOGIYASI

14.07.2020

Har bir davrning o‘ziga yarasha kundalik ehtiyojda ishlaydigan leksemasi (jargonlari) mavjud bo‘ladi. XXI asr yoshlarining so‘zlashuv jarayonida, nutqida "ko‘cha" tili, umumiste’molga kirib kelayotgan yangi iboralar talaygina. Bu leksik birliklar ma’nosini anglamay ishlatish, ba’zi iboralarning mazmuniga e’tibor bermasligimiz oqibatida ba’zi o‘smirlar ongi va nutqida ushbu so‘zlar o‘rnashib qolmoqda. Masalan: otasini “paxan” (“paxan” aslida o‘g‘riboshi degani) deb chaqirishlari yoki o‘z sevgan qizlarini mening “tyolkam” (“tyolka” ruschada sigirning bolasi) deyishlari yosh avlodning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi afsuslanarlidir. “Jargonlarning ko‘pchiligi o‘tkinchi, vaqtincha bo‘lib, ular davr, sharoit o‘zgarishi bilan tez o‘zgaradi. Ba’zan jargonlar oddiy so‘zlashuvga o‘tib, undan adabiy tilga o‘tib …

HUJJAT YURITISHDAGI USLUBIY XATOLAR (Jajji tadqiqot)

HUJJAT YURITISHDAGI USLUBIY XATOLAR (Jajji tadqiqot)

11.07.2020

Davlat hujjatlarini yuritishda imloviy, ishoraviy xatolar bilan birga uslubiy xatolar ham uchraydi. Imloviy xatolarni lug‘at yordamida to‘g‘rilash mumkin, lekin uslubiy xatolarni to‘g‘rilash uchun ma’lum darajada bilim va malaka kerak bo‘ladi. Biz ushbu kichkinagina tadqiqotimizda hujjatlarda uchraydigan ba’zi bir uslubiy xatolar va ularning oldini olish borasida fikr yuritmoqchimiz. Hujjatlarda eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri qaratqich va tushum kelishiklarining farqlanmasligidir. Bu xatolarning oldini olishda hujjat yurituvchi ushbu kelishik qo‘shimchalari, ularning xarakterli jihatlari haqida ma’lum darajada bilimga ega bo‘lishi lozim. Agar matn tarkibidagi biror bir so‘z egalik qo‘shimchasini olib kelgan bo‘lsa, unga tobe bo‘lib kelgan so‘z bosh yoki …

Chinakam mustaqillik — til istiqlolidan boshlanadi!

Chinakam mustaqillik — til istiqlolidan boshlanadi!

09.07.2020

Yurtimizda ona tilimizni izchil takomillashtirish va rivojlantirish, xalqimizning milliy ruhini yuksaltirish, adabiyot, madaniyat va sanʼatni baland pogʻonalarga koʻtarish, tom maʼnoda bugungi kundalik hayotimizning dasturiga aylangan desak mubolagʻa emas.Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Akmal Roʻzitoyev bilan boʻlgan suhbatimiz bevosita milliy tilimizning bugungi kundagi rivoji, bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida boʻldi.— Akmal Aʼzamovich ayting-chi, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etishda qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash yuzasidan belgilangan vazifalar qanchalik oʻz samarasini beryapti?— Milliy tilimizning hurligi istiqlolning birinchi sharti sanalarkan, chinakam mustaqillik sururi, milliy til erki va ozodligidan boshlanadi. Oʻz tilida erkin muloqot qilish, kuylash va …

Raqamlashtirish jarayonida qanday atamalardan foydalangan maʼqul?

Raqamlashtirish jarayonida qanday atamalardan foydalangan maʼqul?

08.07.2020

Bugun “raqamli” yoki “raqamlashtirish”, “elektron hukumat” soʻzlari inson hayotining har bir jabhasiga kirib ulgurdi. “Raqamli televideniye”, “raqamli iqtisodiyot”, “agrar sohani raqamlashtirish”, “axborot tizimi” shular jumlasidandir. Bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin.Bu kabi tushuncha, soʻz va atamalarning kirib kelishi jarayonida bir qancha savollar tugʻiladi: xoʻsh, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid soʻz va atamalarning maʼnosini hammamiz ham tushunamizmi yoki toʻgʻri talqin qila olamizmi?Zamonaviy texnologiyalarning kundalik hayotimizga kirib kelishi, xorijiy davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik natijasida tilimizga kirib kelayotgan yangi soʻz va atamalarni aslicha qabul qilish kerakmi? Yoki ularning oʻzbek tilidagi muqobilini yaratish maqsadga muvofiqmi?Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat …

Birgina holat bilan butun faoliyatga baho berish mutlaqo noto‘g‘ri

Birgina holat bilan butun faoliyatga baho berish mutlaqo noto‘g‘ri

04.07.2020

Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi rasmiy veb-saytida “E'tiborsizlik qachongacha davom etadi?” sarlavhali maqola chop etilib, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Buxoro viloyati bo‘limi ma'muriy binosi peshtoqidagi “YUKSAK MAʼNAVIYAT – YENGILMAS KUCH” yozuvi bundan salkam 2 oy oldin, aniqrog‘i, joriy yilning 27-aprel kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida abgor ahvolga kelib qolganligi va boshqa bir qator obyektlardagi shu kabi juz'iy kamchiliklar haqida so‘z yuritilgan.Garchi respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Buxoro viloyati bo‘limi ma'muriy binosi peshtoqidagi “YUKSAK MAʼNAVIYAT – YENGILMAS KUCH” yozuvi maqola e'lon qilingan kunning ertasigayoq tuzatilgan bo‘lsada, 25-iyun kuni mazkur markaz viloyat …

Shevalar – xalqniki, adabiy til – millatniki

Shevalar – xalqniki, adabiy til – millatniki

22.06.2020

Yaqinda telegram ijtimoiy tarmog‘idagi bir kanal tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra “Sevimli”, “Zo‘r tv” telekanallari eng ommabop ekanligi ko‘rsatilgan. Bu degani xalqimizning ko‘pchiligi ushbu telekanallarni sevib tomosha qiladi deyishga qaysidir ma’noda asos beradi. Biz bu o‘rinda yuqoridagi va boshqa nodavlat telekanallarning ko‘rsatuvlari saviyasi haqida to‘xtalmoqchi emasmiz. Ma’lumki, televideniye eng muhim targ‘ibot vositalaridan biri hisoblanadi. Yosh-u qari birday unda berilayotgan ko‘rsatuv qahramonlariga, boshlovchilarga o‘zlari sezmagan holda taqlid qiladi. Shunday ekan, bu ijodkorlardan o‘z ishlariga ikki hissa mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Biz yuqorida televideneyeni targ‘ibor vositasi dedik. Demak, u tilni ham targ‘ib qiluvchi hisoblanadi. Telekanallarni bugungi …

“X” xatolarni anglashni, “h” esa himmatni o‘rgatadi

“X” xatolarni anglashni, “h” esa himmatni o‘rgatadi

16.06.2020

Bugun davlat tili haqida ko‘p gapirilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki har bir davlat, xalq o‘z tili bilan tirikdir. Tilga e'tibor xalq va davlatga, unda yashayotgan insonlarning ma'naviyati-ma'rifatiga e'tibordir.Sir emaski, hozirgi taraqqiyot, yuksak fan-texnika va texnologiyalar asrida tilimizga qator yangi so‘z va atamalar kirib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Negaki, til ham doimiy rivojlanish, yangilanish jarayonlarini boshidan kechiradi. Ayrim yangi so‘z va iboralar paydo bo‘lsa, ayrim hollarda ba'zilari tobora iste'moldan chiqib boradi...Ayni hol muammo emas, muammo shundaki, bugun ko‘pchiligimiz davlat tiliga yuqori e'tibor bilan qaramayapmiz. Davlat tilida ish yuritishni-ku qo‘yaturaylik, oddiygina so‘zlashuvda, ya'ni og‘zaki nutqimizda ruscha yoki …

Milliy o`zlik va mustaqil davlatchilik timsoli

Milliy o`zlik va mustaqil davlatchilik timsoli

13.06.2020

Millat ruhiyatining yorqin timsoli va davlatchilikning eng muhim ramzlaridan biri tildir. Til – jamiyat tarixi va taraqqiyotini ko‘satuvchi, insoniy aloqa-munosabatlarni ta’minlovchi asosiy vosita. Shu boisdan ham, oxirgi paytlarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash borasida bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, muhim islohotlar olib borilmoqda.Xususan, aprel oyida qabul qilingan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat tilida ish yuritishni ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi, o‘tgan yaqin kunlarda Ichki ishlar vazirligi tashabbusligida normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalari portaliga joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul …

Yurtimiz tarixini o‘rganishda joy nomlari muhim manbalardan biridir

Yurtimiz tarixini o‘rganishda joy nomlari muhim manbalardan biridir

12.06.2020

Mustaqillik yillarida bebaho tariximiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz qayta tiklanib, bu borada chuqur o‘rganishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, hududlar, shahar va qishloqlar, mahallalarimizdagi joy nomlarini o‘rganish yuzasidan har tomonlama keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari samarali tarzda olib borilyapti. Bu esa yurtdoshlarimizning o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan va umrguzoronlik qilayotgan qadrdon maskanlarning nomlarini yanada chuqur o‘rganishlarida yaqindan yordam bermoqda.Ma’lumki, joy nomlari yurtimizning qadimiy tarixi, geografik sharoiti, xalqimizning orzu-umidlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, ona tilini o‘zida ifoda etgan ulkan xazinadir.Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlar izchil ravishda davom etmoqda. Ana shu jarayonda har bir hududda yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda …

DONOLARIMIZ MILLAT TILI HAQIDA

DONOLARIMIZ MILLAT TILI HAQIDA

11.06.2020

Barchaga ayonki, millatning millat bo‘lib yuksalishida davlat tilining ahamiyati katta. U har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois davlat tili tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiladigan barcha xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan olinadi. Davlat tili mamlakatda yashaydigan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadi. Xalqning davlat sifatida rivojlanib, yuksalishiga asos bo‘ladigan boshqa omillar kabi davlat tili shu yurtda yashovchi fuqarolarning or-nomusi, g‘ururi kabi ulug‘lanadi. Buyuk ajdodlardan avlodlarga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan …

Til – xalq tafakkuri ko‘zgusi

Til – xalq tafakkuri ko‘zgusi

09.06.2020

O‘zbek xalqi qadim-qadimdan tabiat bilan hamnafaslikda yashab, ijtimoiy turmushning turli jabhalarida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani uning milliy qadriyatlarida, urf-odatlarida, an’analarida o‘z aksini topgan. Shu tariqa xalq tafakkurining tarkibiy qismi hisoblangan til taraqqiyotida ham o‘zgarish va rivojlanishlar sodir bo‘lishini har bir davrning o‘zi taqozo etishini inkor etib bo‘lmaydi.Ko‘pchilik “ekologiya” deganda faqat tevarak-atrofimizdagi tabiatni, tog‘u toshlarni, daryo-ko‘llarni ko‘z o‘ngiga keltiradi. Bu to‘g‘ri. Ammo inson qalbi, his-tuyg‘ulari, jumladan, tili ham himoyaga muhtoj ekanini unutmasligimiz kerak.Abdulla Oripov “Qo‘riqxona” she’rida yozganidek,Oqibatni asrang, oqibat guyoAyiqdek qaydadir topmasin zavol.Hayoni asrangiz, kuymasin hayo,Otashga duch kelgan palopon misol.Bunday tashbehlarni ona tilimizga nisbatan …

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH – BUGUNNING MUHIM VAZIFASI

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH – BUGUNNING MUHIM VAZIFASI

09.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tilidir. Prezidentimizning 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat idoralarida, vazirlik va xo‘jalik tashkilotlarida rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Bu, joylarda davlat tili va uning qo‘llanilishi bilan bog‘liq jarayonlarni muvofiqlashtirish imkonini beradi. Keling, bu borada Navoiy …