- Bosh sahifa
- Rahbariyat
Rahbariyat

Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjonovich, 1962-yilda tug‘ilgan. 1985-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan, 1993-95-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti dotsenti, 1996-2004-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining birinchi prorektori, 2005-2009-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i, 2010-2014-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2015-2019-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2019-yilning noyabr oyidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri. Tarix fanlari doktori, professor.