"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Sinov laboratoriyalarida davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi


Davlat tilida ish yuritilishi ta’minlash va lotin alifbosiga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston TTSA tizim tashkiloti O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati (UzTEST) markazining labortoriyalari faoliyati bilan tanishildi.  Markazda Xalqaro tashkilotlar (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX, STAN) standartlari, talablari va me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoatining mahsulotlarini hamda yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni to‘liq sinovdan o‘tkazadigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalari mavjud. Mazkur o‘rganish Sifat nazorati va ilmiy tadqiqotlar Markaziy laboratoriyasida o‘tkazildi.



“Sifat nazorati va ilmiy tadqiqotlar Markaziy laboratoriyasi” eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, har bir uskunaning pasporti lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida yozib qo‘yilgan. Ushbu uskunalar yordamida barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ham sifat ko‘rsatkichlarini, ham xavfsizlik ko‘rsatkichlari tekshiraladi va murojaatchiga davlat tilida va ayrim hollarda tadbirkorning iltimosiga ko‘ra boshqa tillarda ham taqdim etiladi. Boshqa tillardagi sinov bayonnomalari asosan eksporter yoki import bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun beriladi.  

Laboratoriyada xavfsizlik ko‘rsatkichlari: pestitsidlar, og‘ir metallar, antibiotiklar (sut va go‘sht mahsulotlarida), o‘simlik yog‘lari va hayvon moylarini xromatografik usulda identifikatsiya qilish ham yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni ularni yog‘ kislotalari tarkibi ham aniqlanadi. Spirt va alkogol mahsulotlarini toksik mikroqo‘shimchalarini va tarkibida furfurol mavjudligini xromatografik usulida aniqlanadi. Aniqlash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy eritmalarning barchasi maxsus idishlarga joylshatirilgan, ularning nomlari ham davlat tili, ham rus tilida yozib qo‘yilgan.



O‘tkazilgan suhbatda laboratoriya xodimlari asosan yoshlardan iborat bo‘lgani uchun ularda lotin alifbosida ishlash ko‘nikmasi shakllangani, lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritishda qiyinchilik tug‘ilmasligi ma’lum bo‘ldi.

Bugungi kunda laboratoriya oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda. Bu bir tomondan talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa tadqiqotchi, doktorant va yosh olimlarning doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayonida sinov ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar, talaba va magistrlar birgalikda sohaga oid atamalar bazasini shakllantirish ishlarini olib borishmoqda. Sohaga oid atamalar asosan xorijiy tillardan o‘zlashganligi, davlat tilidagi ko‘rinishlari  nisbatan kamligi va bu borada bosqichma-bosqich izlanishlar olib borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda soha atamalarini davlat tilida qo‘llanishi bo‘yicha ham tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.


Laboratoriya xodimlari ham muntazam ravishda o‘z ustida ishlab, yangidan yangi sinov usullari ishlab chiqish yo‘llarini amalga oshirmoqda. Masalan, baqlajon tarkibidagi yog‘ miqdorini aniqlash uchun sinov usuli mavjud emasligidan kelib chiqib, yosh xodimlar ushbu sinov usulini yaratish ustida izlanishlar olib borishmoqda. Ishlab chiqilgan sinov usulini keyinchalik validatsiya qilib, mazkur laboratoriyaga joriy qilish rejalashtirilgan. Validatsiya lotincha “validus” so‘zdan olingan bo‘lib, to‘g‘ri tanlab olingan jarayon, usul yoki tizim avvaldan belgilangan me’yoriy hujjatga mos kelishi haqida yuqori darajadagi ishonchli ma’lumotlar olishni ta’minlaydigan hujjatlashtirilgan tekshiruv jarayonidir. Yangi sinov usullari yaratish jarayonida qo‘llanilgan elementlarni, sinov jarayonini davlat tilida bo‘lishiga erishish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, laboratoriya xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganlar.

Shuningdek, UzTEST markazi laboratoriyalarida muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish, sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini o‘zaro bog‘lashni va to‘liq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi e-laboratory axborot tizimi joriy qilindi. Mazkur dastur orqali sinov laboratoriyalarida rasmiylashtirilib kelinayotgan sinov bayonnomalari respublikada yagona elektron reestrini yuritish amalga oshiriladi, ya’ni portal.standart.uz tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar “e-laboratoriy”ga kelib tushganda, mutaxassis bayonnomani to‘ldirishni boshlaganida avtomatik tarzda ma’lumotlar to‘ldiriladi. Dasturning eng samarali tomonidan biri shuki, kerakli bo‘lgan tahliliy ma’lumotlarni 24 soat davomida shakllantirilgan bazadan to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn tarzda ma’lumotlarni olish, turli shakllardagi hujjatlar va hisobotlarni tayyorlash, topshirish va saqlashdagi ovoragarchiliklarini kamaytirish (oldin hisobotlarni tayyorlashga 3-4 kun ketgan bo‘lsa, bu dastur yordamida 2-3 soat vaqt ketadi) imkoniyatiga ega bo‘linadi.




Monitoring jarayonida laboratoriyada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat sharoitlari bilan ham yaqindan tanishildi, ular bilan suhbatlashildi. Laboratoriya mudiri Zilola Isakovaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomga asosan ishchi xodimlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida laboratoriyalar majmuasida “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazilgan. Attestatsiya natijasiga ko‘ra namunaviy nizomga asosan Sinov laboratoriyalar majmuasida zararli omillar bilan ishlovchi har bir xodim bepul kunlik sut bilan ta’minlanadi.




Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasi hamda “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talabiga asosan shahar hamda hududiy filiallarda zararli omillar bilan ishlovchi xodimlar, pensiya yoshidagilar, xizmat ko‘rsatish xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib boriladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-410-sonli qonuning 18-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 14-avgustdagi 273-son  “Mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom”ga asosan mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari hamda tibbiy qutilar bilan ta’minlangan. Shuni ta’kidlash lozimki, maxsus kiyim boshlarda ham tashkilot nomi lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida yozib qo‘yilgan.




Monitoring jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etildi, kirill alifbosida ayrim plashet va bannerlarni lotin alifbosidagi ko‘rinishga keltirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

 

                                                                        Noibaxon Mamadaliyeva

                                                Bosh direktor maslahatchisi, filologiya

fanlari doktori, professor

01.08.2022 3188