"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

QONUN VA IJRO: TIL MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MILLIYLIGIMIZ RAMZI EKANLIGINI UNUTMAYLIK!

Shahrisabz Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati tobora rivojlanib borayotgan shaharlaridan biri sanaladi. Hududda sayyohlar e’tiborini tortuvchi tarixiy obidalar hamda me’moriy ansambllar barchaga yaxshi tanish. Shu ma’noda bu yerga tashrif buyuruvchi sayyoh shahri Keshga kirib kelishi bilanoq milliy ruhni his etadi. Davlat tili esa ana shu milliylikni aks ettiruvchi muhim vositadir.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Aminova boshchiligida Shahrisabz shahar hokimligi, viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Shahrisabz shahar davlat soliq inspeksiyasi, shahar IIB, RMMM shahar bo‘linmasi, shahar “Tasviriy oyina” bo‘limi bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat, tushuntirish-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

“Ipak yo‘li” shoh ko‘chasi bo‘ylab olib borilgan o‘rganish jarayonida jami 166 ta reklama, peshlavha va boshqa qator axborot xabarini o‘zida jamlagan tashqi targ‘ibot vositalarining davlat tiliga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Shundan 13 ta tashqi reklama vositalari o‘zbek tilidan boshqa tilda ifodalanganligi, imloviy va orfografik xatolar bilan yozilganligi hamda eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli olib tashlandi. 62 nafar tadbirkorga tashqi reklama vositalarini qonun talablariga muvofiq o‘rnatish hamda tarqatishga doir batafsil tushuncha berildi.


Qashqadaryo viloyat hokimining

davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Ziyoda Aminova

02.06.2022 3204