"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tilining mavqeini ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

    Mirobod tumanida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


    Xususan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi joriy etish to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Mirobod tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Umarovalar ishtirokida maxsus ishchi guruh shakllantirilib, Mirobod tumani hokimligi, shuningdek, 110-sonli DIUM hamda  №389 DMTTlardagi holatlar o‘rganildi.


    O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

08.04.2024 70