"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • Shahrisabz tuman hokimligining turli reklama, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarini yozishda til me'yorlariga amal qilish yuzasidan olib borgan tadbirlari xususida

Shahrisabz tuman hokimligining turli reklama, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarini yozishda til me'yorlariga amal qilish yuzasidan olib borgan tadbirlari xususida

O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Jalilova mahalla raislari bilan muloqot qildi.

Muloqotda ko‘cha nomlari, joy va atamalar, turli reklama bannerlari hamda afishalar, savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari nomlarini yozishda til me'yorlariga amal qilish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozish yuzasidan tushunchalar berildi. Manba

                                                 

                                                 

14.06.2022 3070