"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari o'rganildi

Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari o'rganildi

Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida ham ushbu yo‘nalishda jadal islohotlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gullola Isakova Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda viloyatning tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini o‘rgandi.



Dastlab vazir maslahatchisining tashabbusi bilan viloyat Bosh boshqarmasida maʼnaviyat soati tashkillashtirib, unga Surxondaryo viloyat hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Sevarov taklif etildi. Viloyat hokimi maslahatchisi tomonidan viloyat Bandlik bosh boshqamasi hamda uning tuman va shahar markazlari uchun Davlat tilida ish yuritish kitoblari taqdim etildi.


Shunnngdek, Termiz shahar va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ish faoliyati o‘rganilib, peshlavhalar, axborot eʼlonlari, shiorlar va boshqalarning davlat tili qoidalariga mos ravishda aks ettirilishi, meʼyoriy hujjatlar (buyruq, farmoyish, ish hujjatlari va h.k.)ning davlat tilida yuritilishi, ish reja va yo‘l xaritasining ijrosining bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Gullola Isakova,
Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirining maslahatchisi

21.04.2021 2683