"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGIDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGIDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida xodimlarning lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish masalalari” mavzusida onlayn amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil eetilgan boʻlib, unda Agentlik Markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy filiallarining barcha xodimlari ishtirok etdilar.



 Seminarni Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi N.Mamadaliyeva ochib, tizimda davlat tilida ish yuritilishini taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich  toʻliq oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha maʼlumot berdi. Binobarin, Agentlik tizim tashkilotlari, hududiy filiallarda bugungi kunda toʻliq ravishda lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarda inson omilini kamaytirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali toʻliq avtomatlashtirish choralari koʻrilib, davlat tilida “e-standard”, “e-metrologiya”, “e-akkreditatsiya” axborot tizimlari ishlab chiqildi va toʻliq ishga tushirildi. Muvofiqlikni baholash sohasida xizmatlarni toʻliq avtomatlashtirishni nazarda tutuvchi kompleks axborot tizimini amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilishi natijasida barcha sertifikat, guvohnoma va bayonnomalar davlat tilida lotin alifbosida taqdim etiladi. Bugungi kunda Agentlik tizim tashkiloti hisoblangan UzTest Oʻzbekiston ilmiy-sinov markaziy tomonidan 7769 ta muvofiqlik sertifikati, 6512 ta sinov bayonnoma davlat tilida rasmiylashtirildi, Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan  133 336 dona oʻlchash vositalari (shulardan 1 084 dona oʻlchash vositasi yaroqsiz deb topilgan) metrologik tekshiruvdan oʻtkazilib, davlat tilida muvofiqlik sertifikatlari berildi. Koʻrsatilgan metrologik xizmatlardan 117 502 dona qiyoslash, 11 406 dona attestatsiya va 3 344 dona kalibrlash ishlarini tashkil etadi. Oʻzbekiston Davlat nazorati Departamenti tomonidan 83 ta davlat nazorati buyruqlari va dalolatnomalari toʻliq davlat tilida rasmiylashtirildi. “Akkreditatsiya markazi“  DK tomonidan 69 ta muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiya guvohnomalari toʻliq davlat tilida taqdim qilindi. Standartlar instituti tomonidan 2 ta davlat tilida Davlat standarti ishlab chiqildi, 107 ta xalqaro standartlar davlat tiliga tarjima qilindi. Bu faoliyat avval rus tilida amalga oshirilar edi.

Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar doirasida hududlar bilan ishlashda u yerdagi korxonalarda mahsulotlarni davlat tilida qadoqlash, tamgʻalash, sertifikatlashtirish, metrologiya xizmatini koʻrsatish, shuningdek 2022-yil 18-yanvar kuni qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasi toʻldirilgan “ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisidagi maʼlumot isteʼmolchiga davlat tilida taqdim etiladi” degan 5-qism mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida oxirgi uch oy davomida Oʻzbekiston Milliy metrologik instituti 2 307 ta (shundan 468 tasi eksportyor) korxonada ”korxonabay" tizimida ish olib bordi, Departament tomonidan 3681ta korxonada oʻtkazilgan profilaktika tadbirlarida tushuntirish ishlarini oʻtkazdi.

Turkiya standartlashtirish institutining (TSE) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kurshat Yilmaz bilan oʻtkazilgan uchrashuvda davlat standartlarini xalqqa tushunarli tilda ishlab chiqish, xalkaro ISO standartlarini davlat tiliga tarjima kilish  va sohalar boʻyicha Milliy Texnik qoʻmitalar ishida davlat tashkiloti vakillari, ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda tilshunos olimlar ham faol ishtirok etishi, har bir  davlat standartini ishlab chiqish yoki xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjima qilishda tilshunos olimlarining fikri muhim hisoblanishi va bu bilan standartlarning sifati ham yuqori boʻlishi va ushbu standartlar asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati ham shunga yarasha boʻlishi haqida soʻz yuritildi va bu borada Turkiya tajribasini oʻrganishga kelishib olindi.

Bu sanab oʻtilgan ijobiy natijalar albatta quvonarli. Lekin bugungi kunda davlat tilida ish yuritishda imloviy va uslubiy xatoliklarga ham yoʻl qoʻyilayotgani, bugungi tadbir aynan ushbu xatoliklarni oldini olish va bartaraf qilish maqsadida tashkil etilgani qayd etildi.

Amaliy seminarda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti M.Saparniyozova “Lotin alifbosida imlo qoidalari”, “Tinish belgilarining ishlatilishi” mavzularida taqdimot bilan ishtirok etdi. Shunisi muhimki, seminarning onlayn tashkil etilgan boʻlsa ham, interaktiv tarzda olib borildi. Imlo qoidalari va tiniy belgilarini ishlatish boʻyicha maʼruzachi tomondan ishtirokchilarga ishlash uchun misollar berildi va natijalari tahlil qilindi. Seminarda hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, oʻzbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini maʼlum darajada tasavvur etish zarurligi, har bir xodim faoliyati davomida ish qogʻozlarini tuzishda oʻzbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalari yuzasidan maʼlum malakaga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Agentlik tizimi xodimlarining aksariyat qismi asosan tadbirkorlik subyektlari bilan ishlaydi, mahsulotlarning nomlanishi, qadoqlanishi va tamgʻalanishi haqidagi maʼlumotlar “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasi toʻldirilgan “ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisidagi maʼlumot isteʼmolchiga davlat tilida taqdim etiladi” degan 5-qismiga mos kelishi kerak. Lekin aksariyat hollarda buning aksini koʻrish mumkin. Shunday holatlarda xodimlarning lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish koʻnikmalari yetarli darajada boʻlishi kerak. Shu nuqtai nazardan M.Saparniyozova ham lotin alifbosining imlo va tinish belgilarini chuqur va atroflicha yoritib berdi.

Shuningdek, tadbirda ona tili shunchaki soʻzlashuv vositasi emas, balki Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va shuning barobarida avlodlarimizga izzat ramzi ekan va bu kabi tadbirlarni hududiy boshqarmalarda ham davom ettirish lozimligi haqida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Darhaqiqat, ijtimoiy hayotimizda davlat tili bilan bogʻliq yuqorida zikr etilgan muammolarni hal qilish uchun avvalo, barcha yurtdoshlarimizdan ona tilimizga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilishimizni talab qiladi. Bu borada dastlab, oilada eʼtiborni yanada kuchaytirish, soha mutaxassislari tomonidan keng koʻlamli ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish orqali muayyan natijalarga erishish mumkin.

 

            Naibaxon Mamadaliyeva,

          Bosh direktor maslahatchisi

08.04.2022 3232