"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

MUROJAATNOMA- TARAQQIYOTNING MUHIM DASTURI

Bugun butun O‘zbekiston xalqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini katta hayajon va qiziqish bilan kuzatdi. Eng e'tiborlisi Muhtaram Prezidentimizning 2023-yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilishi barchani birdek quvontirdi. Yurtboshimiz Murojjatnomada mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini ta'kidlab o‘tar ekan, shu o‘rinda aholimiz 36 milliondan oshganligini ta'kidladi. O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a'zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanish zarurligini ta'kidladi.
Murojaatnomada bugungi kunda O‘zbekiston jahon siyosati markazlaridan biriga aylanagotganligi, xalqaro hamjamiyat buni keng e'tirof etayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerakligiga alohida izoh berdi. Shu bois, "Avval-inson, keyin-jamiyat va davlat" degan g‘oya ilgari surildi.

Prezident yangi ma'muriy islohotlar to‘g‘risidagi Farmon imzolanganligini, unga ko‘ra birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinishi, hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishini, davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqarishi, iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltirilishini aytib o‘tdi. 

Murojaatnomada Yangi O‘zbekistonni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurishda eng avvalo inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish ekanligi e'tirof etildi. 

Murojaatnomada yurtboshimiz tomonlaridan ta'limni qo‘llab-quvvatlash o‘qituvchilarning maqomini, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligini qayd etdi. 
Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ona tilimiz e’tirof etilib, milliy o‘zlik, ma'naviyat asosi bo‘lgan tilga e'tibor yanada kuchaytirilishi va ona tilini bilishni majbur qilish kerakligi alohida qayd etildi.Bunday e'tirof barchani, jumladan, biz til sohasi xodimlari qalbini cheksiz g‘urur va iftixorga to‘ldirdi. Davlatimiz ramzlaridan biri sanalmish o‘z onatilimizga hurmat va e'tiborning yuksak namunasi ham aslida-shu. Xo‘sh endichi?!
Endi nima qilishimiz kerak?! Endi barchamiz qayerda, qaysi sohada bo‘lmaylik, farzandlarimizga o‘z ona tillarini o‘rgatishni, o‘z o‘na tiliga nisbatan ular qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishni muqaddas burchimiz deb bilishimiz shart. Toki bobolarimiz, momolarimiz qoldirgan ma'naviy meros sanalmish o‘zbek tilimiz, farzandlarimiz uchun ulkan xazina bo‘lib qolsin.!
Prezident ta'kidlaganlaridek, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi shart.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Murojaatnoma chindan Yangi O‘zbekistonning yangi shahodatnomasi. Unda barcha sohalarning rivojlanishi uchun muhim istiqbolli dasturlar belgilangan. Eng ustuvor jihati esa insonga bo‘lgan e'tibordir. 
Qayerdaki insonga e'tibor bo‘lsa, o‘sha joyda yuksalish, adolat, taraqqiyot, tinchlik, bunyodkorlik bo‘ladi. 

     

Zuhra Ergasheva Buxoro tumani hokimi maslahatchisi

21.12.2022 328