"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Surxondaryo viloyatidagi tashkilot va muassasalarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.


Maʼlumki, reklama qisqa axborot turi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili toʻgʻrisida"gi qonuni hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan talablar belgilab berilgan.



Mazkur qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati Angor va Qumqo‘rg‘on tumanlarida tadbirlar olib olib borilmoqda. Xususan, tuman hokimliklari tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, tashkilot va muassasalarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.


       


Tadbirlar davomida reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy maʼnoni buzib koʻrsatmasligi, tashqi reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal joylashtirilishi va reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kabi talablari tushuntirib oʻtildi.



25.08.2022 2443