"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Bobolardan senga bir salom!

O‘rxun-Enasoydan so‘zlangan tilimiz bugun jahon uzra baralla yangramoqda.

Yangraganda ham shunday yangramoqdaki, unda bir salobat bor..., bir zalvor bor... .

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari nutqlarida ko‘tarilgan dunyo muammolari va ularning yechimlari aynan o‘zbek tilida so‘zlandi.

Nutqda umumbashariy muammolar tilga olinarkan, muammolar yechimi so‘zlanarkan, so‘zlarning zalvoridan ularni anglash uchun tarjimaga hojat yo‘q edi go‘yo.

Kamtarlik bo‘lsada, aytish mumkinki, bu kunda jahon izlari Shumerning loyxatida muhrlangan, ildizi O‘rxun-Enasoydan qonib-qonib suv ichgan o‘zbek tilining jarangdor so‘zlarini eshitish baxtiga musharraf bo‘ldi.

Musharraf bo‘ldiki, Temur “Tuzuklari”, Navoiy Xamsasi, Bobur “Noma”sini aynan o‘z tilida yozilganidan o‘qishga kirishsa, ne ajab!

Bu kunda jadid bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan purhikmat so‘zlari o‘z tasdig‘ini topdi.

Tasdig‘ini topdiki, kutilgan kun keldi!

Aynan shu kunlar kelmasligi uchun ming bir bo‘hton qildi g‘animlar. 

Aynan shu kunlar kelishi uchun “Ih!”  demadi Qodiriylar!

O‘rxun-Enasoyda to‘lib-toshgan daryo oqqan! Oqqan daryo esa oqaveradi. Uning oldin to‘sgan g‘arq bo‘lar, albat! Xuddi duelga chiqqan qaysar kas kabi...

Bizga meros ul Navoiy so‘zlagan o‘zbek tili,

Chun sabab elaro bir toj mangu Navoiy tili!

Bashar dardin so‘zlamoq va mehr bermoq uchun,

Bobur qalbi ichra tug‘yon urdi Navoiy tili!


Bas, nechun men so‘zlamayin g‘ururim, orim ila,

Borlig‘im madh etgan zabon – o‘z tilim, yorim ila?!

De, bir so‘z endi sen rafiq, yo so‘zingmi bo‘ldi dol?

Men bashar farzandiman, chun bashar Navoiyla...



O.Sevarov,

Surxondaryo viloyati hokimining maslahatchisi

26.09.2020 3306