"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maslahatchi minbari
  • “REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI YANGI TAHRIRDAGI QONUNI BILAN, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA REKLAMA DAVLAT TILIDA TARQATILADI

“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI YANGI TAHRIRDAGI QONUNI BILAN, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA REKLAMA DAVLAT TILIDA TARQATILADI


“Reklama toʻg‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2022-yil 7-iyunda qabul qilindi (https://lex.uz/pdfs/6052631), Qonun 8 ta bob va 53 ta moddadan iborat. Qonun 2022-yilning 9-sentabr sanasidan kuchga kirdi.

Qonunga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli organidir. Qonunga kiritilgan oʻzgarishga koʻra, endilikda Respublika hududida reklama davlat tilida tarqatilishi qat’iy belgilandi.

Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” haqida. Unga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.

Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:

reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib koʻrsatmasligi kerak;

tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;

reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining oʻlchamidan kichik boʻlishi kerak;

tele- va radiokanallarda, shuningdek bosma nashrlarda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oshmasligi kerak.

Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi maslahatchisi Goʻzal Qodirova Sevimli telekanalining Zamon informatsion dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

 

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi masʼul xodimi Umidjon Qayumov maʼlumot berishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi agentlikning hududiy tuzilmalaridagi masʼul xodimlari tomonidan joylardagi hokimliklar bilan ishchi guruhlar tashkil etib,  monitoringlar oʻtkazdi.

 

 Monitoring natijasida “Davlat tili” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablariga mos kelmaydigan reklama vositalari aniqlandi. Olib borilgan profilaktika va tushuntirishlar natijasida kamchiliklar   bartaraf etilmoqda.

 

 

                                                                                                                                      Goʻzal QODIROVA  Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi maslahatchisi

 

 

 

10.10.2022 2589