"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Jizzax viloyati hokimligida vazir maslahatchisi yig‘ilish o‘tkazdi

Maslahatchining hududlardagi faoliyati

 

Viloyat hokimligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari bilan 2022-yil 18-noyabr kuni Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash boyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar togrisida” Qarorining ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini targib etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5177-sonli qarori ijrosi hamda 2023-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatda barcha ish yuritish hujjatlari va OAVning toliq lotin alifbosiga otilishi munosabati bilan hududiy bosh boshqarma hamd tumanlar bolimlarining tayyorgarlik holati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalarda samarali islohotlar olib borilayotganligi, aholi orasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida batafsil gapirib, Odob-axloq qoidalari haqidagi buyruqning mazmun-mohiyati xususida ham atroflicha to‘xtaldi. Shuningdek, poraxo‘rlik, korrupsiya hozirda insoniyatning “nafs”i ko‘rinishida davlatning huquqiy-ma’naviy asoslarini yemirib, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotganligi sabablari tushuntirildi.




Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalarni atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

 

Obiddin MAXMUDOV,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi v.v.b. 

21.11.2022 209