"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Samarqand tumanida 10 dekabrdan - 20 dekabrga qadar “Davlat tili 10 kunligi” e’lon qilindi

Samarqand tumanida 10 dekabrdan - 20 dekabrga qadar “Davlat tili 10 kunligi” e’lon qilindi

Tuman hokimligida tashqi reklama, peshlavha, narxnoma va boshqa axborot matnlarining davlat tilida yuritilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi N.Mavlonov, sektor rahbarlari, viloyat hokimining maslahatchisi Sh.Temirov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tumandagi profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hududiy soliq inspektorlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qayd qilinganidek, “Davlat tili 10 kunligi” davomida har bir mahallada profilaktika inspektori rahbarligida mahalla raisi va hududiy soliq nozirlari ishtirokida ishchi guruhi shakllantirilib, barcha xorijiy tilda va imloviy xatolar bilan yozilgan reklama bannerlarini olib tashlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, soha rahbarlariga magistral va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasidagi, simyog‘ochlardagi, daraxtlardagi noqonuniy ravishda o‘rnatilgan barcha tashqi yozuvlarni olib tashlash vazifasi yuklatildi.

Amalga oshirilgan ishlar 21-dekabr kuni tanqidiy muhokama qilinishi belgilab olindi.

Bunyod YARASHEV

gulobod.uz

13.12.2021 466