"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish holatlari o'rganildi

Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish holatlari o'rganildi

Maktabgacha taʼlim vazirining maslahatchisi K.Riskulova hamda Sirdaryo viloyati hokimining maslahatchisi M.Hayitov bilan birgalikda Sirdaryo viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tilida ish yuritish holatlari yuzasidan tahliliy o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida Sayxunobod tumanidagi 4,7,9,18-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (DMTT) va davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH) asosida tashkil etilgan “Kamalak” nomli maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda Sirdaryo tumanidagi 2,23-sonli DMTTlarida o‘rnatilgan eʼlonlar taxtasida keltirilgan maʼlumotlardagi imloviy xatolar va ikki xil alifbodagi yozuvlar, bannerlar holati yaxshi emasligi aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.

“Kamalak” nomli DXSH asosidagi MTTni milliylik asosida jihozlash, 2-sonli DMTTning Vatanparvarlik burchaklarini jihozlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 23-sonli DMTTdagi bolalar uchun yaratilgan kutubxonalarni o‘zbek bolalar adabiyotlari bilan yanada boyitish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish davomida MTTlarida tashkil etilgan maʼnaviyat burchaklarini “Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini milliylik asosida jihozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan Tavsiyalar”ga muvofiq jihozlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida doimiy ravishda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tilida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish belgilandi.

 

K.Riskulova,

Maktabgacha taʼlim vazirining maslahatchisi

22.04.2021 460