"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Temir yo‘l sohasiga oid so‘z va atamalarning ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘ati”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Temir yo‘l sohasiga oid so‘z va atamalarning ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘ati”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2021-yil 27-iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning kichik majlislar zalida Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari A.Qirg‘izboyev, bo‘lim boshlig‘i G‘.Hamroyev, Transport vazirining davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Jalolova, ommaviy axborot vositalari vakillari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarma boshliqlari, xodimlari hamda temiryo‘lchi yoshlar ishtirokida yangi chop etilgan “Temir yo‘l sohasiga oid so‘z va atamalarning ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘ati”ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi maslahatchisi, bir nechta yetakchi boshqarmalar, Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamentining mutasaddi xodimlari birgalikda nashrga tayyorlagan mazkur lug‘at temir yo‘l sohasining turli yo‘nalishlarida foydalaniladigan rus tilidagi so‘z va atamalarning o‘zbek tilidagi muqobillari va ularning qisqacha izohidan iborat. Lug‘atga 1300 dan ortiq so‘z va atamalar kiritilgan.

Yagona dispetcherlik markazi yetakchi mutaxassisi N.Chubarova, “O‘zbekiston” deposi injeneri Hulkar Sherzod qizi, “Toshkent” MTU  yetakchi mutaxassisi N.Rasulovlar so‘zga chiqib, lug‘atning dolzarbligi, o‘z vaqtida nashr qilingani, keyingi mehnat faoliyatlarida juda ham zarur vosita ekanligini taʼkidlab o‘tdilar.

Bugun o‘zbek tilining bor bo‘y-bastini, boyligini ko‘rsatish va kelajak avlodning undan to‘la bahramand bo‘lishi uchun izohli va imlo lug‘atlari, umumiy o‘rta taʼlim o‘quvchilari uchun alohida turli nomlarda lug‘atlarning yaratilishi tilimizga bo‘lgan ehtiromning yorqin namunasi sanaladi.

Shu maʼnoda, davlat tili borasidagi islohotlar ijrosini to‘laqonli taʼminlash maqsadida ko‘pming sonli millatga ega temir yo‘l tizimida sohaviy so‘z va atamalar tarjimasini yaratish dolzarb masalalardan biridir.

Tilni asrash, rivojlantirish millatning yuksalishidir. Har bir inson o‘z ona tilida to‘g‘ri, chiroyli, ravon so‘zlasha olsa, tilini hurmat qilsa, o‘z millati qadrini, o‘zligini, qadriyatlarini chuqur his etadi. So‘zga chiqqanlar lug‘at ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida olib borilayotgan ishlarga  munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi, deb umid bildirdilar.


D.Jalolova,
Transport vazirining maslahatchisi

27.07.2021 1141