"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

TDSHUda kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi


    Joriy yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik oliygohi bilan hamkorlikda Jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “Ona tilim-mangu makonim”, “O‘zbek tili xorijliklar uchun” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, Filologiya fanlari doktori, professor Yorqin Odilov,Yozuvchilar uyushmasi O‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i Ma’mura  Zohidova, “Sharq yulduzi” jurnali muharriri, shoir Aziz Saidov, o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.


    Ilmiy-amaliy tadbir kitoblar taqdimoti bilan cheklanib qolmay, unda Davlat tilini rivoji  yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, so‘ngi yillarda o‘zbek tili rivoji uchun nashr ettirilgan kitoblar haqida, shuningdek savol-javoblar bilan qizg‘in o‘tdi.

16.11.2023 297