- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Aziz yurtdoshlar!
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, tiynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.
Ushbu sana munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-u omad, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti
10.12.2022
127