"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Lotin alifbosiga asoslangan Davlat tilida ish yuritish yuzasidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi

Lotin alifbosiga asoslangan Davlat tilida ish yuritish yuzasidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi

Mirobod tumani hokimligida bugun malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan 30 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman hokimligi xodimlari hamda tumandagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning ish yurituvchilari Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining malakali mutaxassislari tomonidan bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.




Tadbirda Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori,filologiya fanlari nomzodi, dotsent I.Azimov hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori, PHD, dotsent A.Eminovlar ishtirok etishdi.



Sertifikatlar bilan birga tinglovchilarga “O‘zbek tilini rivojlantirish” jamg‘armasi tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi taqdim etildi.

20.09.2022 292