"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yangi yildan lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tamiz...mi?


Eshik qoqib kelayotgan Yangi yil yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasida juda katta o‘zgarishlarni va’da qilmoqda.

Mamlakatimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan vatandoshlarimiz buni Prezidentimizning joriy yil 20-dekabrda yo‘llagan Murojaatnomalari orqali yanada yaqindan his qilishdi.

Ammo shu bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvardan to‘liq kuchga kiradigan yana bir hujjat borki, jamoatchilik hozircha unga sezilarli e’tibor qaratmayotgani ajablanarlidir.

Gap O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida bormoqda.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini joriy etish topshirig‘i berilgan. Ushbu sanagacha esa barcha elektron va bosma ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa korxonalari, davlat idoralari o‘z faoliyatini bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazishi nazarda tutilgan edi.

Albatta yangi alifbo bo‘yicha hammaning o‘z fikri bor. Ammo Hukumatning tegishli qarori qabul qilingan ekan, hujjat kuchga kirishi uchun salkam ikki yil moslashish vaqti berilgan ekan, unga buysunib, amal qilish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

 

Lotin yozuvi haqida nimalarni bilish kerak?

Aslida lotin alifbosi tilimiz uchun biz o‘ylagandek begona emas. Lotin alifbosiga o‘tish masalasini o‘tgan asrning boshlarida yashab ijod etgan jadidlar ko‘tarib chiqqan edi. Ular millatning millat sifatida shakllanishi, tanilishida ma’lum qonun-qoidalar asosida tizimlashtirilgan, ma’lum me’yorga keltirilgan adabiy til zarurligini anglab yetganlar. Boshqa turkiy xalqlarda bo‘layotgan lotinlashtirish harakatiga jadidlar ham qo‘shildilar.

1926-yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida turkiy xalqlarning lotin alifbosiga o‘tishlari haqida qaror qabul qilinadi. 1940-yilga qadar turli o‘zgarishlar bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritilgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, respublikada o‘zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o‘tkazish haqida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonuni e’lon qilindi. 1995-yil 6-may kuni alifboga o‘zgartirish kiritildi.

Bu hujjatga binoan yangi o‘zbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekani belgilandi. Mazkur alifbo hozircha amaldagi alifbo hisoblanadi.

 

Lotincha

Kirilcha

Lotincha

Kirilcha

Harflar

Harflar


Ҳарфлар

Bosma

Yozma

Talaffuz

Ҳарфлар

Bosma

Yozma

Talaffuz

Аа

Аа

а

Аа

Rr

Rr

re

Рр

Bb

Bd

be

Бб

Ss

Ss

es

Cc

Dd

Dd

de

Дд

Tt

Tt

te

Тт

Ee

Ee

e

Ээ

Uu

Uu

u

Уу

Ff

Ff

ef

Фф

Vv

Vv

ve

Вв

Gg

Gg

ge

Гг

Xx

Xx

xa

Хх

Hh

Hh

he

Ҳҳ

Yy

Yy

ye

Йе

Ii

Ii

i

Ии

Zz

Zz

ze

Зз

Jj

Jj

Je

Жж

Ch ch

Ch ch

che

Чч

Kk

Kk

ka

Кк

Gg

Gg

ga

Ғғ

Ll

Ll

el

Лл

Ng ng

Ng ng

ng

Нг нг

Mm

Mm

em

Мм

Oo

Oo

o

Ўў

Nn

Nn

en

Нн

Sh sh

Sh sh

she

Шш

Oo

Oo

o (ota)

Оо (ота)

Рр

Рр

ре

Пп

Qq

Qq

qa

Ққ

(`) — tutuq belgisi (apastrof)

 

 

Yangi alifboni o‘zlashtirish uchun harflarni shunchaki o‘girish yetarlimi?

 

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi faqatgina kirill alifbosidagi harflarning lotincha transkripsiyasi emas. Shu bois yangi yozuvda ayrim qoidalarni o‘rganib qo‘yish zarar qilmaydi.

Birinchidan, yangi alifboda kirill yozuvidagi yumshatish (ь) belgisi, ц (ts), я (ya), ю (yu), ё (yo), е (ye) harflarini ifodalovchi belgilar o‘rin olmagan. Bunda tilimiz qoidalaridan kelib chiqib so‘zni qanday talaffuz qilsak va eshitsak, shunday tarzda har bir tovushga bir harf belgisi yoki birikmasi (sh, ch, ng) tarzida yozamiz.

Ana shu jihatlardan kelib chiqib, ba’zi so‘zlar yozilishida kiril alifbosiga nisbatan tafovutlar bo‘lishi mumkin.

Xususan, ц harfi so‘z avvalida (цирк-sirk, цемент-sement, циркул-sirkul) hamda so‘z o‘rtasida undosh tovushdan keyin (концерт-konsert, концепция-konsepsiya, конструкция-konstruksiya) kelgan o‘rinlarda lotin alifbosida s harfi bilan tarzida ifodalansa, so‘z o‘rtasida unli harfdan so‘ng ts tarzida yoziladi (конвертация-konvertatsiya).

я (ya), ю (yu), ё (yo) harflari esa yuqorida aytganimizdek talaffuzga moslashtirilgan holda yoziladi. Faqat ba’zi o‘zlashma so‘zlarda,undoshdan keyin kelgan o‘rinlarda yana o‘sha talaffuz me’yorlaridan kelib chiqib, y harfi yozilmaydi (сентябрь – sentyabr- sentabr, бюджет -byudjet- budjet, пляж - plyaj- plaj, рюкзак -ryukzak- rukzak, целлюлоза-sellyuloza-selluloza).

Lotin yozuvidagi yana bir o‘ziga xoslik chiziqcha (defis)larni qo‘llash bilan bog‘liq. Ilgari sanalarni yozishda garchi –nchi qo‘shimchasini talaffuz qilsakda, amalda uni ifodalovchi chiziqcha (defis) belgisini qo‘ymasdik (2022 йил, 28 декабр). Endilikda esa ushbu belgi qo‘yiladi: 2022-yil, 28-dekabr.

Yana bir jihat. Kirill alifbosida juft so‘zlar o‘rtasida qo‘llangan –u bog‘lovchisi qo‘shib yozilgan (дўсту душман, каму кўст, баҳору ёз) bo‘lsa, yangi alifboda chiziqcha bilan yoziladi (do‘st-u dushman, kam-u ko‘st, bahor-u yoz).

Albatta yangi alifboning barcha qoidalarni bitta maqolaga sig‘dirish mushkul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan va hozircha amalda bo‘lib turgan imlo qoidalari bilan yaqindan tanishish uchun Sh.Rahmatullayev va A.Hojiyev tomonidan tartib berilgan “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” kitobi (Toshkent. ,,O‘qituvchi" 2003)ni tavsiya etamiz.

Kitobning bosma variantini topishga qiynalganlar https://fayllar.org/ozbek-tilining-imlo-lugati.html  havolasi orqali elektron shaklidan ham foydalanishlari mumkin.

Darvoqe, lotin yozuvini kompyuter tugmachalarida tez tera olmaydigan xodimlarga yana bir tavsiya: mazkur jarayonga moslashgunga qadar yurida orfo, lotin.uz dasturlari kirill alifbosidagi matnlarini lotin alifbosiga nisbatan xatosiz o‘girish imkoniga ega.

Albatta yana kimdadir bu jarayon bilan bog‘liq boshqa qulay dasturlar mavjuddir. Asosiy maqsad esa hukumat qarori ijrosini sifatli ta’minlash va davlat tilidagi yozma nutqimizni xatosiz ifodalashdir.

 

Akbar Rustamov,

viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy

ishlar samaradorligini oshirish,

davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga

rioya etilishini ta’minlash

masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

29.12.2022 473