"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun


Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bayram-tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

        

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan “Mámleketlik tilde is júrgiziw” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida Til fidoyilariga qimmatbaho sovg‘alar berildi.

       

Ayni damda esa “Davlat tili haqida”gi Nizomning qabul qilinganligiga 33 yil to‘lgani munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lmoqda.

       

Unda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishtirok etib ma’naviyat fidoyilariga “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdilar.

       

01.12.2022 262