"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Bektemirda o‘rganishlar davom ettirildi

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi tadbirlar qizg‘in pallaga kirmoqda. Amaldagi hujjatlar talablariga ko‘ra 2021-yilning 1-avgust kuniga qadar nomlar, atamalar, peshlavhalar, reklama va e’lonlar, ommaviy targ‘ibot vositalari va ish qog‘ozlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida bo‘lishini ta’minlash belgilangan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 26-iyul kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida FVV maslahatchisi B.Valiyev, tuman hokimi maslahatchisi O.Sapayev, tuman FV bo‘limi inspektori M.Artikov hamda tegishli xizmatlar vakillari ishtirokida savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarining peshlavhalari, tashqi e’lon va reklamalarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida o‘zga tillardagi, shuningdek, talabga javob bermaydigan 15 ga yaqin peshlavha va reklama matnlari bartaraf etildi. Bundan tashqari, ayrimlarini davlat tili talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan muddat belgilandi.

Amaliy ishlar jarayoniga tegishli xizmatlarning maxsus texnikalari va mutaxassislari jalb etildi.

Tadbirlar davom ettirilmoqda. 

Bahodir Valiyev,
Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi

26.07.2021 524