"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Dunyodagi eng qadimgi kutubxonalar



1. Ashshurbanipal kutubxonasi.

 

Dunyodagi eng qadimgi kutubxonasiga miloddan avvalgi VII asrda asos solingan. Ossuriya hukmdori Ashurbanipalning buyrug‘i bilan qurilgan. Ushbu kutubxona Iroqda joylashgan. Kutubxona 30000 ga yaqin mixxatlardan iborat. Unda arxiv hujjatlar, diniy afsonalar va ilmiy matnlar saqlangan. Shu jumladan 4000 yillik “Gilgamish eposi” ham saqlangan.

 

2. Aleksandriya kutubxonasi.

 

Miloddan avvalgi 323-yilda Buyuk Iskandarning o‘limidan keyin Misr ustidan nazorat uning sobiq generali Ptolomey I qo‘liga o‘tdi va u Iskandariya shahrida ta’lim markazini yaratmoqchi bo‘ldi. Natijada Iskandariya kutubxonasini qurdirdi. Ushbu kutibxona qadimgi dunyoning intellektual marvaridiga aylangan. Unda 500 mingdan ziyod papirus varaqlari saqlangan bo‘lib, unda adabiyot asarlari, tarix, huquq, matematika va boshqa fanlarga oid matnlar mavjud.

 

3. Pergamum kutubxonasi.

Kutubxona miloddan avvalgi III asrda qurilgan. U Turkiya hududida joylashgan. Unda 200 mingga yaqin kitoblar xazinasi joylashgan edi. Kutubxona to‘rtta xonani o'z ichiga olgan bo‘lib, uchta xona kutubxona tarkibi uchun, to‘rtinchisi esa ziyofatlar va ilmiy anjumanlar uchun uchrashuv maydoni bo‘lib xizmat qilgan.

 

14.12.2022 1432