"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Milliy o'zlik va mustaqil davlatchilik timsoli” nomli to'plam nashrdan chiqarildi

“Milliy o'zlik va mustaqil davlatchilik timsoli” nomli to'plam nashrdan chiqarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan shu paytga qadar davlat tili bilan bogʻliq 10 dan ziyod eng noyob kitoblar, qoʻllanmalar chop etilib, tegishli joylarga bepul yetkazildi.

Yaqinda departament xodimlari, davlat tili boʻyicha maslahatchilar, taniqli tilshunos olimlar, tom maʼnoda tilimiz fidoyilarining 2020-yilda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan ona tilimizni rivojlantirish, uning xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini yanada oshirish masalalariga bagʻishlangan rang-barang maqolalari toʻplami Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nashr etildi.

“Milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli” nomli mazkur toʻplam — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, professor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev, “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari Bosh muharriri, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Salim Doniyorov taqrizi ostida nashrdan chiqarildi.

Tuzuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi Rustam Mirvohid, “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi tahririyati boʻlim mudiri Nodir Mahmudov. Masʼul muharrir Oʻzbekiston respublikasi madaniyat vaziri maslahatchisi, filologiya fanlari doktori Ma'ruf Yoʻldoshev.

Departament buyurtmasi bilan chop etilgan mazkur toʻplam tilimiz rivoji yoʻlida mehnat qilayotgan jonkuyar yurtdoshlarimiz uchun munosib tuhfa boʻladi degan umiddamiz.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti

17.02.2021 652