"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Reklama to‘g’risida”gi Qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘rab qolamiz

“Reklama to‘g’risida”gi Qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘rab qolamiz


Olmazor tuman hokimligi, tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, tuman Davlat soliq inspektsiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi, tuman deputati Yo.Malikov hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bosh mutaxassisi N.Murodovlar bilan birgalikda “Davlat tili haqida”gi Qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi Qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi Usta Shirin ko‘chasidagi “Chuqursoy” qurilish mollari bozoridagi tashqi yozuv e'lonlari, reklama yozuvlari, turli xil axborot matnlari qonun talablariga mosligi o‘rganilib, tegishli ishlari olib borildi hamda ogohlantirish xatlari taqdim etildi.

   

Hurmatli tadbirkorlar Sizdan “Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi Qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘rab qolamiz.

Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!  

08.11.2022 285