"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tumanda qonun ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.


Joriy yilning 21-dekabr kuni “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan Vobkent tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Xalilov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari N.Rustamov bilan hamkorlikda tumandagi “Vobkent” va “Quruvchi” mahallalari hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari hamda tumandagi Milliy gvardiya tuman qo‘riqlash bo‘linmasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy ishlar holati o'rganildi.

O'rganish jarayonida tashkilotning ish yuritish hujjatlari tashkilotning pesh lavhalari to'liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o'tganligini guvohi bo'ldik.

O'rganishlar shu mahallada joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan davom etib ishchi guruh bilan birgalikda ko'chalardagi reklama bannerlari ahvoli o'rganildi.

O' rganishlar davomida tadbirkorlik subektlaridagi tashqi reklamalar o‘rganilib, “Davlat tili to'g'risida”gi Qonun talablariga javob bermaydigan reklama e'lonlarining egalariga 3 kun muddatda e'lonlarini yangilash bo'yicha ogohlantirish xatlari berildi.

23.12.2022 218