"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat tilining sofligini saqlash, aholining nutq madaniyatini oshirish dolzarb masala

Davlat tilining sofligini saqlash, aholining nutq madaniyatini oshirish dolzarb masala

                                                                                 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Farmoniga muvofiq 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlangan.

Konsepsiyda davlat tilining sofligini saqlash va uni boyitib borish hamda aholi nutq madaniyatini oshirish masalasi belgilab qo‘yilgan.

Bu borada Yakkabog tuman hokimi maslahatchisi D.Xushvaqtova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bolinmasi, Davlat soliq inspeksiyasi, tuman yoshlar agentligi hamkorlikda tumanda mavjud 12 ta kitob savdo do‘konlarida nazorat ishlari olib borildi.




Tadbirkorlar bilan lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosida chop etilgan adabiyotlar sonini ko'paytirish, jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, hayoti va faoliyatini o‘rganishga oid badiiy kitoblarni hamda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati, “O‘zbek tilining imlo qoidalari” kabi qo‘llanmalarni ko‘paytirish aholininig nutq madaniyatini oshirishda xizmat qilishi hamda “Reklama to‘g‘risida" gi va “Davlat tili haqida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

D.Xushvaqtova 

Tuman hokimi maslahatchis

22.12.2023 251