"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Savdo peshtoqida aks etgan eng chiroyli milliy nom” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

“Savdo peshtoqida aks etgan eng chiroyli milliy nom” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi


 Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman hokimligi tomonidan savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va aholiga servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida e’lon qilingan “Savdo peshtoqida aks etgan eng chiroyli milliy nom” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

 O‘zbek tilini nufuzini oshirish, o‘zbekona milliy nomlarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan tanlovda Yakkabog‘ tumanidagi 100 dan oshiq korxona va shoxobchalar ishtirok etib, milliylik bilan uyg‘unlashgan “Chinor” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi 1-o‘ringa, “Anor” 2-o‘ringa,  “Charog‘on” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi 3-o‘ringa munosib deb topildi.   


Tanlovning taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Z.Aminova ishtirok etdi. G‘oliblar tuman hokimining tashakkurnomasi  hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   

                                                                   D. Xushvaqtova

tuman hokimining maslahatchisi 

01.08.2022 812