"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

E’LON!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek imlosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, davlat tilida ish yuritishni o‘rganishga qiziqqan keng aholi qatlamini o‘quv kurslariga taklif etadi.

Shu bilan birga, o‘zbek tilini o‘rganishni istagan o‘zga millat vakillari uchun “Qiziqarli o‘zbek tili” kursi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mashg‘ulotlar 2 shaklda tashkil qilinadi:

- an’anaviy;

- masofaviy.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

O‘quv mashg‘ulotlari Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti homiyligida bepul tashkil qilinadi.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (93) 603-77-76, (91) 142-11-31

09.10.2020 1081