"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Jizzax viloyatida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmonlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.



Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rahbari o'rinbosari Zafar Ro'ziyev va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Inomjon Azimov, Jizzax viloyati (tuman, shahar) hokimlarining maslahatchilari ishtirok etishdi.



“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan Baxmal tumanidagi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha  maʼlumotlar tinglandi. 

12.09.2022 302