"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Bugun Mirzo Ulugʻbek tumani “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Davlat Soliq Qoʻmitasi tashabbusi bilan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi hamkorligida soliq tizimi xodimlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi 32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin ona tilim” mavzusida “Sogʻlom turmush tarzi uchun 5000 qadam” deb nomlangan marafon tashkil etildi.

Ushbu marafon koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat Soliq Qoʻmitasining rahbar xodimlari ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada oʻtishini ta’minlashdi.

Bundan koʻzlangan maqsad, ona tilimizga boʻlgan muhabbatni oshirish, uni asrab avaylashdek ezgu tuygʻularni mujassam qilish bilan birga soliq tizimi xodimlarining ahilligi va sogʻlom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan e’tibordir.

 

Gʻofir Hamroyev

25.09.2021 474