"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Ommaviy diktant” loyihasi davom etmoqda


 “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining “Ayollar va yoshlar qanot”lari tashabbusi bilan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda Ommaviy diktant loyihasi davom etmoqda. Loyihaning navbatdagisi Jamoat xavfsizligi universitetida o‘tkazildi.



Loyihada universitetning 700 ga yaqin kursant va talabalari ishtirok etiib, Nizom talablari asosida ozlarining savodxonlik darajasini ko'rsatishdi.

Loyiha Nizomiga muvofiq bundan ko‘zlangan maqsad aholining o‘zbek tilini bilish darajasini o‘rganish, nutq madaniyati bilan bog‘liq salbiy taʼsirlarga qarshi kurashish, o‘zbek yozuviga asoslangan lotin alifbosiga oid islohotlarni jadallashtirish va bu borada boshqaruv organlari hamda jamoatchilik vakillari masʼuliyatini oshirishdir.

O‘zaro kelishuvga asosan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda respublika miqyosida korxona, tashkilot, muassasalarda “Ommaviy diktant” loyihasi o‘tkaziladi.



Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanovaga ko‘ra mazkur loyiha globallushuv jarayonida tobora ko‘p tilli bo‘lib borayotgan o‘zbek jamiyatining davlat tiliga hurmat va eʼtiborini kuchaytirish uchun ham zarur. Ayniqsa, yoshlarga har bir xalqning tilini uning buyuk qadriyati, o‘zligining timsoli, millatning ruhi, tafakkuri va tarixini aks ettiruvchi maʼnaviy xazinasi sifatida ardoqlanishi lozimligini anglatish, O‘zbek tilining ko‘p millatli xalqimizni birlashtiruvchi kuch sifatidagi o‘rni va taʼsirini yangi bosqichga ko‘tarish hamdir.



Tadbirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi mutaxassislari kursantlar va talabalardan “Milliy qadriyatlar ona tili bilan singadi” mavzusida diktant oldilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘n nafar talaba va kursantlar g‘olib deb topilib (1-o‘rin 2 nafar, 2-o‘rin 4 nafar, 3-o‘rin 4 nafar), Milliy taklanish demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

08.11.2023 445