"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “YOSH KITOBXON” TANLOVINING 10-14, 15-19 VA 20-30 YOSH TOIFASI BOʻYICHA RESPUBLIKA GʻOLIBLARI ANIQLANDI

“YOSH KITOBXON” TANLOVINING 10-14, 15-19 VA 20-30 YOSH TOIFASI BOʻYICHA RESPUBLIKA GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Tanlovining 10-14 yosh toifasi boʻyicha Buxoro shahridagi 30-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Muxlisa Nasimova “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida faxrli birinchi oʻrinni egalladi. 

Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, Muxlisa mazkur tanlovda uchinchi marta ishtirok etishi. Ilk bor ishtirok etganida, 6-sinfda edi, oʻshanda shahar bosqichi gʻoliblari qatoridan joy olgan. 2020-yilda viloyat gʻolibi sifatida respublika bosqichida ishtirok etgan.

“Yosh kitobxon” tanlovining 15-19 yosh toifasi boʻyicha respublika bosqichida Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinjon Hayitboyev faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

“Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Sevinchxon Avazova faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

 G‘oliblarga tanlovning bosh sovrini Prezident sovg‘asi – Spark avtomashinasi topshirildi.

12.04.2022 556