"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Milliy gvardiya Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi

Milliy gvardiya Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi



Milliy gvardiya Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi ma’naviyat markazida “Qadring baland bo‘sin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o‘tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri o’rinbosari Z.Ro’ziyev, dapartament mas’ul xodimi R.Tursunov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi M.Valiyev, O‘zbekiston xalq artistlari Tesha Mo‘minov, Afzal Rafiqov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Ergashevlar ishtirok etishdi.

          

Tadbirda davlat tili bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlari, ona tilimiz ravnaqi, mavqeyini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, muammolar xususida so‘z yuritildi. Ustoz san’atkorlarimiz o’z ijrolari bilan tilimizning betakror jozibasini ko‘rsatib berdilar.


11.10.2022 385