"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Tuman hokimligi mas’ullari bilan ish hujjatlari yuritishdagi kamchiliklar muhokama qilindi

Tuman hokimligi mas’ullari bilan ish hujjatlari yuritishdagi kamchiliklar muhokama qilindi


O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash borasida Yakkabog‘ tuman hokimligi tomonidan qator vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish, xodimlarga davlat tilini chuqur o'rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, hujjat ustida ishlovchi mutaxassislarga hujjat yuritishda eng ko‘p qo‘llaniladigan, ularni tuzish tartib qoidalari haqida batafsil yoritilgan Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi foydalanish uchun tavsiya qilindi.

Mutaxassislarga tizimda ish yuritishni lotin yozuvida tashkil etish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish bo'yicha shaxsan mas’ul ekanligi tushuntirildi. Ayrim bo‘lim hujjatlarida xato va kamchiliklar mavjudligi muhokama qilindi.                                                                  

 

24.01.2023 496