"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Namunali tadbirkorlar rag‘batlantirildi

Samarqand viloyati Jomboy  tumanida savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.



“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Hujjatning 6-moddasida reklama faqat davlat tilida yuritilishi belgilab qo‘yilgani e’tiborga molik. Tadbirda ushbu jihat yuzasidan ishtirokchilarga tushuncha berildi.

Shuningdek, tuman markazining zamonaviy qiyofasini saqlash, obodonlashtirish ishlarini tartibli tashkil qilish, bino va inshootlar fasadi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.



Namunali tadbirkorlar tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. 

 

29.07.2022 411