"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ishchi guruh tomonidan Yashnobod tumani hududidagi markaziy ko'chalar o'rganildi

Shu kunlarda Toshkent shahrining barcha tumanlarida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi bir qator qonunlari hamda hukumat qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan Yashnobod tumani hududidagi Farg‘ona yo‘li, Parkent, Ohangaron markaziy ko‘chalari va Parkent bozorida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 20-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganishda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining maslahatchisi A.Nasirov, Toshkent shahar hokimi maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Yashnobod tumani hokimi maslahatchisi O.Bekmurodova, Jamg‘arma raisi A.Iminovlar ishtrok etishdi.


Ishchi guruh tomonidan, faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat tilida ish yuritish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Maxsus tadbir davomida, noqonuniy qurilmalar, shuningdek, xorijiy tillardagi reklama hamda imlo xatolar bilan yozilgan har qanday axborot matnlariga ishchi guruh tomonidan qonun doirasida zarur  choralar ko‘rildi.


Shundan davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘rganish davomida 100 ga yaqin tadbirkorlik subyektlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi. 




O.Bekmurodova,

Yashnobod tumani hokimining maslahatchisi 

21.04.2021 619