"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

DAVLAT TILI TARG‘IBOTIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA


    Yakkabog‘ tibbiyot birlashmasiga qarashli 66-sonli oilaviy poliklinikasida tuman hokimi maslahatchisi D.Xushvaqtova hamda Respublika Ma’naviyat markazi tuman bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda muassasada ish yuritishni davlat tilida tashkil etish, hujjatlar yuritishda til me’yorlariga rioya qilish masalasida uchrashuv o‘tkazildi. 

Tibbiyot xodimlariga “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati hamda ichki va tashqi targ'ibot vositalarining qonun talablari doirasida yuritish lozimligi hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirish olib borildi. 

Mas’ullarga aniqlangan xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha muhlatlar belgilandi.

Davlat tili targ‘ibotlari davom etadi.                                                                                                                            

28.03.2023 460