"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida huquqiy bayram sayli o‘tkazildi

“Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida huquqiy bayram sayli o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida “Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida huquqiy bayram sayli o‘tkazildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Abdugʻaffor Qirgʻizboyev ishtirok etib, Oʻzbek tili bayrami kuni arafasida tashkil etilayotgan tashabbuslar, davlat tili nufuzi va mavqeyini oshirish borasida Hukumat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida maruza qildi.


Tadbir doirasida yig‘ilgan xayriya mablag‘lari haqidagi sertifikat adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan “Ezgu amal” xayriya jamg‘armasiga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning saraton kasalligiga chalingan farzandlarini davolash uchun topshirildi.


Shuningdek, bayram tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etilib, adliya, davlat xizmatlari markazlari, Intelektual mulk agentligi, FHDYO, “Madad” NNT xodimlari, notariuslar tomonidan aholiga ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar beriladi.


Adliya vazirligi Matbuot xizmati

16.10.2021 544