"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Maʼrifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovining respublika bosqichi toʻgʻrisida

“Maʼrifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovining respublika bosqichi toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan esselar tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi.



 

Ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyotning jamiyat hayotida, xususan, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda tutgan oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan bu tanlov umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari tomonidan qizgʻin kutib olindi.



Maʼlumot uchun:

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida tanlovning maktab bosqichida 68 649 nafar, tuman, (shahar) bosqichida jami 13408 nafar, shundan: 1-yoʻnalish boʻyicha 7696 nafar ona tili va adabiyot, oʻzbek tili fani oʻqituvchilari, 2-yoʻnalish boʻyicha 5712 nafar boshqa fan oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

11-oktabr kuni tanlovning viloyat bosqichida jami 397 nafar, shundan
1-yoʻnalish boʻyicha
ona tili va adabiyot, oʻzbek tili fani oʻqituvchilari 208 nafar, 2-yoʻnalishd boʻyicha 189 nafar boshqa fan oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Tanlovning hududiy bosqichlarida ishtirokchilarga Erkin Vohidov, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti toʻgʻrisidagi filmlar namoyish etildi. Ishtirokchilar filmdan olgan taassurotlari asosida esse yozishgan edi.

Tanlovning viloyat bosqichida eng yuqori ball toʻplagan 27 nafar gʻoliblar tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etishdi.

Respublika bosqichi noanʼanaviy shaklda tashkil etildi. Ishtirokchilar 2 guruhga boʻlinishdi. 1-guruhga mashhur oʻzbek maʼrifatparvari, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy toʻgʻrisidagi film namoyish etilgan boʻlsa, 2-guruh Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida Kamoliddin Behzod ijodi boʻyicha esse yozishdi.

21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tanlov gʻoliblarini  taqdirlash marosimi 18-oktabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida boʻlib oʻtdi.

 


 

“Maʼrifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovining Respublika bosqichi

gʻoliblari

1-yoʻnalish (ona tili va adabiyot, oʻzbek tili fani oʻqituvchilari

boʻyicha) 3-oʻrin

1

Buxoro viloyati Jondor tumani
1-
sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Saltanat Toʻxtamishyeva

2-yoʻnalish (boshqa fanlar  oʻqituvchilari boʻyicha) 3-oʻrin

 

1

Andijon viloyati Shahrixon tumani
44-IDUM tarbiya fani oʻqituvchisi

Muqaddamxon Orifova

1-yoʻnalish (ona tili va adabiyot, oʻzbek tili fani oʻqituvchilari

boʻyicha) 2-oʻrin

2

Xorazm viloyati Urganch shahar 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Yulduz Artikova

2-yoʻnalish (boshqa fanlar  oʻqituvchilari boʻyicha) 2-oʻrin

2

Fargʻona viloyati Fargʻona tumani
4-
sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

Dilnoza Mahkamova

1-yoʻnalish (ona tili va adabiyot, oʻzbek tili fani oʻqituvchilari

boʻyicha) 1-oʻrin

3

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani
13-
sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Dilorom Berdimurodova

2-yoʻnalish (boshqa fanlar  oʻqituvchilari boʻyicha) 1-oʻrin

3

Jizzax viloyati Forish tumani
38-
sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

Sevara Shukurova

 

 

 

 

 

 

 

 

18.10.2022 282