"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Kadastr agentligida davlat tiliga e’tibor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga  asosan Kadastr agentligi tizimida ish yuritish to‘liq lotin alifbosida asoslangan o‘zbek tilida olib borishga o‘tilmoqda.

Bunda har bir xodimning bilim va ko‘nikmasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa hisoblanishini inobatga olib, Kadastr agentligida Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Хodimlar katta bo'lmagan guruhlarga bo‘lingan holda o‘quv holda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini oshirishmoqda.


Rustamova Zarnigor,
Kadastr agentligi direktorining maslahatchisi

14.08.2021 535