- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maslahatchilar o‘rtasida ZAKOVAT o‘yini tashkil qilindi
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maslahatchilar o‘rtasida ZAKOVAT o‘yini tashkil qilindi
Bugun Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat
tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbek tilini rivojlantirish
jamgʻarmasi va Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka
oshirish markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Zakovat intellektual klubi bilan
hamkorlikda maslahatchilar, shoir-yozuvchilar, soha mutaxassislari o'rtasida Zakovat
oʻyini bo‘lib o‘tdi.

Jami 12 jamoa ishtirok etgan intellektual
o‘yin qizg‘in hamda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida taklif
etilgan san’atkorlar o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.
Unda viloyat hokimlari maslahatchilaridan
tashkil topgan “Tafakkur” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2-o‘rinni vazir va
idora raislarning maslahatchilaridan iborat bo‘lgan “Jadidlar”, 3-o‘rinni esa “Abdulhamid
Cho‘lpon” jamoalari egalladi.
Faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar kitoblar bilan
taqdirlandi.
